Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
TO‘XTAMISHXONGA SHIKAST YETKAZISH
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
TO‘XTAMISHXONGA SHIKAST YETKAZISH
BOBIDA QILGAN KENGASHIM
Lashkarlarim besh oy davomida To‘xtamishxonning ortidan quvib yurgani sababli 118 ko‘pincha och qola boshladilar. Chunonchi, bir necha kun osh balmoq 119
, ov go‘shti, sahro parrandalarining tuxumi bilan kun kechirdilar. Lashkarim bunday og‘ir ahvolga tushib qolganini eshitgan To‘xtamishxon fursatdan foydalanmoqchi bo‘lib, chumoliyu chigirtkadan ham ko‘p askari bilan ustimizga yopirilib keldi va men bilan to‘qnashdi. Askarlarimning ochlikdan tinkasi qurigan edi. To‘xtamishxon askarlari esa to‘q va osuda edilar. Farzandlarim va nabiralarim huzurimga kelib tiz cho‘kib, men uchun jon fido qilishga tayyor ekanliklarini bildirmagunlaricha, sarkardalarim va askar boshliqlarim jang qilishga ro‘yxushlik bermadilar. Shu payt To‘xtamishxonning bayrokdori men bilan til biriktirdi–urush boshlaganimda, ikki tomon lashkari yuzma-yuz kelganda, bayrokdor bayrog‘ini tuban qilishi haqida u bilan kelishib oldim. Farzandlarim (va nabiralarim) oldimga kelib, tiz cho‘kkanini eshitgach, amirlarim va no‘yonlarimning 120 jasurligi tutib, jangga shay holatga keldilar. 113 Bu yurish Xurosonda amir Valibek va Alibek Joniqurboniy isyonini bostirish maqsadida qilingan. 114 «Qur’oni karim». Baqara surasi, 237-oyat. ( – А.А.) 115
Dorug‘a–shahar hokimi. 116
Bu voqea 1387 yili 18 noyabrda sodir bo‘lgan. Qurolsiz kishilar, sayyidlar, shayxlar va hunarmandlarga tegilmagan. 117
Shoh Mansur–Muzaffariylar sulolasidan. 1387–1393 yillari Fors, Isfahon va Iroqi Ajamni idora qilgan hukmdor. 1393 yil 26 aprelda jangda o‘ldirilgan. 118 Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi 1391 yildagi yurishi nazarda tutilmoqda, Jang Amir Temurning g‘alabasi bilan yakunlangan. 119 Osh balmoq–atala. (– А.А.) 120
No‘yon–tuman, ya’ni 10 ming kishilik lashkar qo‘mondoni.
Men (nabiram) amirzoda Abu Bakrni 121
sakkiz ming otliq bilan hirovul etib tayinladim. Savashu chopish qizishib, jangu jadal o‘ti ko‘kka ko‘tarilganda, chodirlar tikib, taom tayyorlashga kirishishni buyurdim. Xuddi shu payt g‘anim bayrog‘i tuban bo‘ldi va To‘xtamishxon sarosimaga tushib qoldi. U Jo‘chi ulusini 122
g‘oratta tashlab, jang maydoniga orqa o‘girib qochdi
123 .
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling