Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
MISR VA SHOM (MAMLAKATLARI)NI
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
MISR VA SHOM (MAMLAKATLARI)NI
FATH ETISH BOBIDA QILGAN KENGASHIM
Mening shon-shavkatim va qudratim ovozasi (Rum) qaysarining 155 qulog‘iga yetdi. U o‘ziga qarashli Sivos hamda Malatiya qal’alari hamda ularga tobe’ yerlarni zabt etganim, qal’alar ichidagi askarlarining barisini tarqatib, tevarak- 148
Dehli 1398 yil 18 dekabrda zabt etilgan. 149
Bu voqea 1399 yil 27 aprelda yuz bergan. 150
Sivos–Kichik Osiyoning yirik qal’a-shaharlaridan; o‘rta asrlarda Sebastiya deb nomlangan. «Sultoniya–Tabriz–Ko‘niyo» karvon yo‘li ustida joylashgan shahar. hozirgi vaqtda Turkiyadagi shu nomdagi viloyat markazi. (– А.А.) 151
Malatiya–Rum mamlakatining mashhur shaharlaridan. Hozirda Turkiyaning shu nomdagi viloyat markazi. 152
Halab – Shom(Suriya)ning shimolida joylashgan qadimiy shahar (milod.av. 20-asrdan ma’lum), o‘rta asrlarda Aleppo nomi bilan mashhur bo‘lgan. 153 Hums–qadimgi Emessa, Osi (Oront) daryosi bo‘yida joylashgan va Shomga qarashli qadimiy shahar. 154 Misr va Shom zabtiga Amir Temur yetti yillik (1399–1404) yurish vaqtida, aniqrog‘i 1399–1401 yillari kirishgan. 155 Bu yerda Usmonli imperiyasi sultoni Yildirim Boyazid I (1389 –1402) nazarda tutiladi. 1403 yilning 8 martida Oqshaharda vafot etgan. O‘rta asrlarda bitilgan tarixiy manbalarda Rum mamlakati sultonlari shu nom bilan atalgan. (–A.A.)
atrofga sochib tashlaganim haqidagi xabarni eshittach, tomirlaridagi g‘ayrat harakatga keldi va lashkarim zarbasidan qochib, qaysar qoshida panoh topgan qora Yusuf Turkman 156 ig‘vosi bilan ustimga lashkar tortishga qaror qildi. Qaysar baloga yo‘liqib, davlati vayron bo‘lishi yaqinlashib qolgandi, chunki u Qora Yusufning ig‘vosiga uchib, menga qarshi lashkar tortgan edi. (Qolaversa) Misr va Shom qo‘shinlarini ham yordamga chaqirgan edi. Men kengashib lashkarimni uch favjga ajratsam yaxshi bo‘lar, dedim. Biroq jangda yengish-engilish ishi takdir pardasi ostida yashirinligi bois bu to‘g‘rida amirlarim bilan kengash o‘tkazdim. Ular sipohiylarga xos ish tutib, urush ochmoqni maslahat berdilar. (Shunday bo‘lsa) ham men qaysarning (g‘ayrat) o‘tini achchiq-chuchuk gap bilan so‘ndirmoqni maslahat ko‘rdim va unga maktub yo‘lladim. Xatning qisqacha mazmuni shunday edi: «Eru ko‘kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinkim, yetti ikdim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olam sultonlari, hokimlari menga egilib, itoat halqasini jon qulokdariga takdilar. O‘z qadrini bilib, haddidan oshmay jasorat oyokdarini tiygan bandasini Tangri yorlaqasin! Sening naslu nasabing qaerga borib taqalishi jahon xalqi oldida ma’lumdir. Shunday ekan, holingga munosib ish tutib, jur’at oyog‘ini oldinga qo‘ymagilki, ranju mehnat balchig‘iga botib, balo chuquriga yiqilgaysan. Iqbol eshigidan haydalgan bir to‘da ig‘vogar kishilar g‘arazli ishlarini bajarish uchun sening panohingdan joy olib, uxlab yottan fitnani uyg‘otmishlar. Yana o‘shalarning ig‘vosi bilan davlating yuziga ofat va balo eshigini ochmagil. (Darhol) Qora Yusufni mening oldimga yuborgil. Yo‘q esa taqdir pardasi ikki lashkar saflari to‘qnashganda yuzingga ochilg‘usidir» 157
. Maktubni tanilgan elchilarim bilan qaysarga yuborganimdan keyin Shom poytaxti (Damashq)ga borib turishga qaror qildim. Hums va Halab yo‘li orqali u yerga ravona bo‘ldim. halab shahriga yetganimda Misr podshosi Malik Barquq o‘g‘li Malik Faraj 158 mening Damashqqa kelayotganimni eshitib, shoshilinch ravishda Misrdan Damashqqa qarab yo‘l olgani haqida xabar keltirdilar. Men Misr va Shom lashkarlarining qushilishiga iul quimaslik uchun zudlik bilan otlanib, oldinga yurdim. Lekin Malik Faraj abjirlik qilib, mendan oldin Damashqqa yetib oldi. (Shunday bo‘lsa ham) men uning orqasidan shaharga yetib bordim va Damashqni zabt etdim 159
.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling