Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


DEHLI HOKIMI SULTON MAHMUD VA


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

DEHLI HOKIMI SULTON MAHMUD VA  

MALLUXONLARNI YENGISH BOBIDAGI 

KENGASHIM 

 

Sulton  Mahmud



146

,  Malluxon

147

  ikkisi  ellik  ming  otliq  va  piyoda  askar, 120 zanjirband  fil  bilan  Dehli  qal’asini 



mustahkamlab,  menga  qarshi  jangga  shaylandilar.  Ko‘nglim  g‘ash  bo‘ldi.  Bordiyu  Dehli  qal’asining  qamaliga 

kirishsam, bu ish uzoq muddatta cho‘zilib ketsa, (unda nima qilaman?) Kengashni shundan topdimki, g‘anim lashkari 

dadillanib, (qal’adan)  chiqib,  saf  tortib  jang  maydoniga  kirishi  uchun,  o‘zimni  kuchsiz  va  (qo‘rqqandek)  qilib 

ko‘rsatmoqchi  bo‘ldim.  Shu  sababdan,  lashkardan  uzoqrokda  xandaq  qazdirdim.  Lashkarim  bilan  xandaq  ichiga 

yaxshilab  joylashganimdan  keyin,  lashkarlarimning  bir  favjini  dushmanga  qarshi  jangga  tashladim.  Dushman 

140


  ... Sulton Muhammadxon  –  «Tuzuklar»ni asliyatdan forschaga tarjima qilgan tarjimon yoki xattot xatosi, aslida Sulton Mahmudxon 

(1388–1402) bo‘lishi lozim, Chig‘atoyxon avlodi, Amir Temur hukmronligi davrida xon deb e’lon qilinganlardan biri. (–

А.А.) 

141


  Amirzoda Rustam  (1381–1424)  –  Amirzoda Umarshayxning o‘g‘li. 1405–1408 va 1415 yillari Isfahon hokimi bo‘lgan. 1424 yili 

Isfahonda vafot etgan. 

142

 G‘o‘l (yoki qo‘l, qalb) – lashkarning markaziy qismi. 



143

 Katur–Hindikushdagi tog‘li viloyat, Kofiriston, hozir Nuriston deb ham ataladi. 

144

 Hindistonga yurish 1398 yil aprel oyida boshlanib, 1399 yil aprel oyining 27 sigacha davom etgan. 



145

 Karkas–xato yozilgan. Kakar bo‘lishi kerak. Hozirgi Pokistonning shimoli-g‘arbida yashaydigan qabila. (–

А.А.) 

146


 Sulton Mahmud (Sulton Nosiriddin Mahmudshoh II)–Shimoliy hindistonni idora qilgan Tug‘luqiylar sulolasi (1320–1413)dan chiqqan 

podshoh. U 1393–1399 yillari mamlakat hukmdori bo‘lgan. 

147

 Malluxon–Sulton Mahmudshoh hukmronligi davrida vazir va amiralumaro bo‘lib, hukumatni deyarli o‘zi boshqargan. 



                                                 


qarshisiga borgach, o‘zlarini kuchsiz ko‘rsatib, qo‘rqqanday bo‘lib chekinishlarini va g‘animlarni dadillantirib kelishni 

buyurdim.  Dushman  lashkari  bu  holni  ko‘rib  o‘zlarini  g‘olib  hisoblab,  gerdayib  jang  maydoniga  chiqqan  edilarki, 

(mening) qahrli lashkarim favjlari bilan yuzma-yuz keldilar. Dehli hokimi sulton Mahmud jangga kirishdi va yengilib 

tog‘ tarafga qochdi. Beqiyos xazina va mol-mulki sipohiylarimga nasib bo‘ldi. 

Bir  yil  ichida  Hindiston  poytaxti  Dehlini  zabt  etdim

148


  va  mazkur  yilning  oxirlarida  saltanatim  poytaxti 

(Samarqand)ga qaytdim

149



 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling