Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

Oltinchi  (tuzukim)–adolat  va  insof  bilan  Tangrimning  yaratgan  bandalarini  o‘zimdan  rozi  qildim.  Gunohkorga 

ham,  begunohga  ham  rahm-shafqat  bilan,  haqqoniyat  yuzasidan  hukm  chiqardim.  Xayr-ehson  ishlarim  bilan 

odamlarning  ko‘nglidan  joy  oldim.  Siyosat  va  insof  bilan  sipohlarimni,  raiyatni  umid  va  qo‘rqinch  orasida  tutib 

turdim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik qildim, askarlarimga in’omlar ulashdim. 

169

 Tuzuk–qonun; turkiy xalkdar orasida amalda bo‘lgan qonun-qoidalar. 



 

                                                 




Zolimdan mazlumning haqqini oldim. Zolim yetkazgan moddiy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, uni 

shariatga muvofiq ikkisi o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm yetkazmadim. 

Menga  yomonliklar  qilib, boshim  uzra  shamshir  ko‘targanlar, ishimga  ko‘p  ziyon yetkazganlarni  ham,  agar  ular 

iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelsalar, hurmatlab, yomon qilmishlarini xotiramdan o‘chirdim. Martabalarini oshirdim. 

Ular  bilan  muomalada  shunday  yo‘l  tutdimki,  agar  xotiralarida  menga  nisbatan  shubhayu  qo‘rquv  bo‘lsa,  butunlay 

unutishar edi. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling