Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
RUM
160 MAMLAKATINI ZABT ETIB, QAYSAR 161 LASHKARINI SINDIRISH BOBIDA QILGAN KENGASHIM Shom shaharlarini zabt etganimdan keyin va Misru Shom podshosi Malik Faraj jang maydonini tashlab qochgandan so‘ng, Rumga yuborgan elchim Yildirim Boyazidning teskari javobini olib keldi. Lekin (Boyazid) Misr va Shom lashkari mendan yengilganini eshitgach, o‘ylanib qolgani va sarosimaga tushib, shoshilinch ravishda yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini ham aytdi. Men esa kengashib Damashq shahrini olib, Shom viloyatlarini bo‘ysundirgach, Mosul 162 yo‘li bilan Bag‘dodga qarab yurdim. Bu bilan qaysarning menga qarshi urush qilish niyati bor-yo‘qligini bilib olmoqchi bo‘ldim. Tabriz tarafga qarab borar ekanman, amirzodalardan ba’zilarini ko‘p sonli lashkar favjlari bilan Bag‘dod ustiga jo‘natdim. Bu vaqtda Bag‘dod hokimi Sulton Ahmad Jaloyir shaharni va uning qal’asini qo‘rikdashni navkari Farajga topshirib, yoniga ko‘p odamlarni qo‘shib bergandi. Amirzodalar Bag‘dodga yetib, shaharni qurshab oldilar. Ish urush qilishga borib taqalgach, (chopar orqali) bor haqiqatni menga arz qildilar. (Bu xabarni) eshitib o‘zim Bag‘dodga borib, shahar va qal’ani ozod etishga qaror berdim. Tabriz yo‘lidan orqaga qaytib, yurish bilan Bag‘dodga keldim va ehtiyotkorlik bilan harbiy hiylalar ishlatib, qal’ani qo‘lga olishga kirishdim. Qamal muddati ikki oyu va yana bir necha 156
Qora Yusuf Turkman–1380–1468 yillari Iroq va Ozarbayjon ustidan hukm yuritgan Qora-qo‘yunlilar sulolasidan chiqqan hukmdor (1388–1420). (– А.А.) 157
Lekin Boyazid Yildirim Amir Temurning talabini inobatga olmagan, aksincha, unga haqoratomuz javob maktubi yo‘llagan. 158
Malik Barquq o‘g‘li Malik Faraj–1382–1517 yillarda Misr bilan Shomda hukmronlik qilgan Burjiylar sulolasidan chiqqan hukmdor (1399–1405). Sharkdagi Amir Temurga qarshi kuchlar, To‘xtamish, Qora-qo‘yunli turkmanlari, Sulton Ahmad jaloyir va Rum sultonlari bilan ittifokdosh bo‘lgan. 159
Bu voqea 1401 yil 11 yanvarda yuz bergan. 160
Rum–bu yerda: Usmonli sultonligi. (– А. А.)
161 Qaysar–bu yerda: Usmonli sultoni Boyazid I Yildirim nazarda tutilgan. (– А.А.). 162
Mosul–arab Iroqining shimolidagi katta shahar, Jazira o‘lkasining markazi.
kunga cho‘zilgandan keyingina qal’a bilan shahar ishg‘ol etilib, g‘alaba qozonildi 163
. Qal’a boshlig‘i Faraj Dajla daryosida g‘arq bo‘ldi. Men shaharga kirdim va barcha bebosh, buzuqi kishilarni qatl etishni, qal’a va imoratlarni buzib yer bilan barobar qilishni buyurdim. Bag‘doddan keyin Ozarbayjonga keldim va o‘sha yerda bir qancha vaqt turib qoldim. Shu asnoda Qaysarning Halab, Hums va Diyorbakr 164
viloyatlariga lashkar favjlarini yuborgani va mendan qochib uning panohiga kirgan Krra Yusuf esa qaroqchilar boshlig‘iga aylanib, ayniqsa, ikki muqaddas shahar 165 ziyoratiga qatnovchilarning karvonlariga ko‘p zarar keltirayotganligi xabari qulog‘imga chalindi. Buning ustiga o‘sha taraflardan bir jamoat kishilar kelib, ular ham Qora Yusufning jabr-zulmidan arz qildilar. Shuning uchun uning jazosini berib, qaysarning ko‘zini g‘aflat uyqusidan ochib qo‘yishim lozim ko‘rindi. Bu xususda maslahatni shundan topdimki, har bir shahar va qabiladan lashkar to‘plab, qaysarning ustiga yopirilib borgayman. Lashkarlar jam bo‘lgandan keyin hijriy 804 yilning rajab oyida (milodiy 1402 yil fevralida) Ozarbayjondan chiqib, unga qarshi jang qilish uchun yo‘lga tushdim. O‘zimdan ilgari lashkarimdan bir necha favjini Rum mamlakati ustiga to‘satdan bosqin qilishga tayin etdim. Yana bir necha favjga esa yo‘limizdagi to‘xtash manzillarini ko‘zdan kechirib, oziq-ovqatni hozirlab turishni buyurdim. O‘zim Ankuriya
166 yo‘li bilan yurish qildim. qaysar to‘rt yuz ming otliq va piyoda askari bilan menga qarshi yuzlandi. Urushni boshladim va uni yengdim 167
. Qaysarni lashkarboshilarimdan biri qo‘lga tushirib, huzurimga keltirdi. Etti yillik yurishdan so‘ng zafar va nusrat bilan Samarqandga qaytdim 168 .
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling