Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
HINDISTONNI ZABT ETISH UCHUN
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
HINDISTONNI ZABT ETISH UCHUN
QILGAN KENGASHIM
Dastavval, farzandlarim va amirlarimning ko‘ngli, o‘y-fikrlarini bilish uchun ularga maslahat soldim. Amirzoda Pirmuhammad Jahongir 134
: «Agar Hindistonni olsak, uning oltinlari bilan butun yer yuzini egallaymiz», – dedi. Amirzoda Muhammad Sulton 135 esa: «Hindistonni olamizu, biroq (bunga) to‘siqlar bor: birinchisi–dengizlar, ikkinchisi–o‘rmonu to‘qaylar, uchinchisi–jangovar sipohiylar hamda odam ovlaguvchi fillari ko‘p», – dedi. So‘zga amirzoda Sulton Husayn 136 qo‘shildi: «Agar Hindistonni qo‘lga kirita olsak, to‘rt iqlimga hukmron bo‘lurmiz». Amirzoda Shohruh 137
so‘zni bunday davom etdirdi: «Men turk qonunlarida o‘qigan edimki, jahonda beshta shon- shavkatli podshoh bordir. Ularning ulug‘vorligini hurmatlab nomlarini atamay, laqablari bilan aytadilar: Hind podshosini–roy, Rum podshosini–qaysar, Xitoy va Chinu Mochin podshosini–fag‘fur, Turkiston podshosini–xoqon, Eronu Turon podshosini–shahanshoh deydilar. Shahanshoh hukmi hamisha Hindiston mamlakatlarida (ham) joriy etilardi. hozir Eronu Turonzamin bizning qo‘limizda bo‘lgani uchun, Hindistonni ham fath etmog‘imiz lozimdir». Amirlar eshitishib: «Boringki, hindistonni oldik ham deylik. Biroq u yerda turg‘un bo‘lib qolsak, naslimiz yo‘qoladi, avlodlarimiz o‘z aslidan ajrab, tillari hindcha bo‘lib ketadi», –deyishdi. Men, Hindistonga yurish uchun himmat kamarini belga bog‘laganimdan o‘z azmu jazmimdan voz kechishni istamadim va shunday javob qildim: «Tangri taologa o‘tinch bilan murojaat etaylik. Jang qilish yoki qilmaslik haqida qur’ondan fol ochaylik, Tangri taolo neni buyursa shunga amal qilgaymiz». Hammalari mening taklifimni ma’qullashdi. Qur’oni majiddan fol ochsam, ushbu ulug‘ oyat chikdi: «Ey payg‘ambar, kofirlarga va munofikdarga qarshi jaxd qilgil» 138 . Ulamo mazkur oyatning mazmunini amirlarga tushuntirib bergandan keyin, boshlarini egib, jim bo‘lib qoldilar. Ularning xomushligidan dilim ranjidi. O‘z-o‘zimcha kengashib, Hindistonni zabt etishga rozilik bermayotgan amirlarni mansablaridan olib, qo‘shinlarini kutvollariga topshirsammikan, deb o‘yladim. Lekin o‘zim tarbiyalagan kishilar bo‘lganliklari uchun, ularni xarob qilishni istamadim. Garchi yuragimni qonga to‘ldirib ezsalarda, ularga muloyimlik ko‘rsatdim. Oxiri fikrimga qo‘shilganlarida, ko‘nglimda ularga nisbatan g‘ubor qolmadi. So‘ngra qaytadan kengash chaqirib, iqbolimiz xonasi– Hindistonga yuzlanib, zafaru fath duosini o‘qidim.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling