Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


HINDISTON POYTAXTI (DEHLI)GA LASHKAR TORTISH BORASIDA QILGAN KENGASHIM


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

HINDISTON POYTAXTI (DEHLI)GA LASHKAR TORTISH BORASIDA QILGAN KENGASHIM 

 

Kobulda javong‘orning o‘ttiz ming otliq askari bilan turgan amirzoda Pirmuhammad Jahongirga Sulaymon tog‘i 



orqali yurib, Sind daryosidan o‘tgach, Mo‘lton

139


 viloyati ustiga to‘satdan bostirib borib, zabt etishni tayinladim. 

132


 Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasidagi bu urush 1395 yil 17 aprelda Terek daryosi bo‘yidagi vodiyda bo‘lgan va Sohibqironning 

g‘alabasi bilan yakunlangan. Shundan keyin Amir Temur, Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»larida keltirilishicha, 

Dashti qipchoqqa qarashli qator viloyat va shaharlarni, Oltin O‘rdaning poytaxti Saroy Berkani egallagan, Moskvagacha borgan. (–

А.А.) 


133

  Yetti iqlim tushunchasi fanda ilk bor Muqammad al-Xorazmiy tomonidan muomalaga kiritilgan. Xorazm, Movarounnahr, Farg‘ona, 

Dashti qipchoq yerlari beshinchi va oltinchi iqlimlardan joy olgan. (–

А.А.) 


134

 Pirmuhammad Jahongir (1376–1406) – Amir Temurning nabirasi. Otasi Jahongir vafotidan (1376) keyin u Kobul, Qandahor, G‘azna va 

Balxni idora qilgan. 

135


 Muhammad Sulton–Amir Temurning nabirasi. Jahongirning o‘g‘li (1376– 1403). Onasi Oltin O‘rda xoni O‘zbekxonning (1312–1341) 

nabirasi Xonzoda begim bo‘lgan. Amir Temur o‘ziga valiahd etib tayinlagan. 1403 yili Qora shahar (Turkiya)da kasal bo‘lib vafot etgan. 

136

 Sulton Husayn–Amir Temurning nabirasi, qizi Aka Begi (Tag‘ayshoh)ning o‘g‘li. 



137

  Shohrux  (1377–1447)  –  Amir Temurning kenja o‘g‘li, 1405 yildan Xuroson noibi, 1409–1447 yillarda Temuriylar saltanati oliy 

hukmdori. 

138 


Qur’oni karim, Tahrim surasi, 9-oyat. 

139


 Mo‘lton–hozirgi Pokistondagi shahar. 

                                                 




Sulton Muhammadxon

140


, amirzoda Rustam

141


 va boshqa amirlarga barong‘orning o‘ttiz ming otlig‘ini olib Sind 

daryosidan  kechib  o‘tib,  Kashmir  tog‘i  etagidagi  yo‘l  bilan,  Lohur  viloyatiga  qo‘qqisdan  bosqin  qilishni  buyurdim. 

O‘zim  o‘ttiz  ming  otliq  askar  bilan  g‘o‘lni

142


  boshqardim.  Hindiston  yurishiga  jamlangan  lashkarlar  umumiy  soni 

to‘qson ikki ming otliqqa yetgan edi. Lashkarim soni Ollohning yerdagi elchisi Muhammad sallollohu alayhi vasallam 

ismi shariflari soniga to‘g‘ri kelganligi uchun, bu tasodifni istiqbolning xayrli va muborak follari sirasiga kiritdim. 

Otlanib yo‘lga tushdim va Badaxshon chegarasidagi Andarob degan joyga kelib tushdim. (Bu yerda bir necha kun 

bo‘lib)  Katur

143


  tog‘ida  istiqomat  qilib  turgan  kofirlarni yengdim.  Ularga  jazo  berganimdan  so‘ng,  dor  ul-harb 

bo‘lmish Hindiston g‘azovotiga yuzlandim

144



 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling