JANGU JADAL, URUSH MAYDONIGA
KIRISH VA CHIQISH, QO‘SHINNI
SAFLASH, G‘ANIM LASHKARINI
SINDIRISH TUZUKI
Amr etdimki, agar g‘anim (lashkari) soni o‘n ikki ming otlikdan kam bo‘lsa, bu urushda amir ul-umaro
(lashkarimga) sardorlik qilsin. Aymoq va tumanlardan o‘n ikki ming otliq unga hamroh bo‘lsin. Mingboshilar,
yuzboshilar va o‘nboshilarni ham o‘ziga hamroh qilsin. G‘anim lashkariga bir manzil
293
yo‘l qolguncha yurish qilib,
dushman bilan ro‘baro‘ kelgach, menga xabar yuborsin.
Yana amr qildimki, o‘shal o‘n ikki ming otliq askarni to‘qqiz qismga bo‘lsinlar, ushbu tartibda: qo‘lda bir favj,
barong‘orda uch favj, javong‘orda uch favj, hirovulda–bir favj va qorovulda–bir favj tursin. Barong‘orning o‘zi
hirovul, chopovul va shiqovuldan iborat bo‘lsin. Shunga o‘xshash, javong‘or ham hirovul, chopovul va shiqovuldan
iborat bo‘lsin.
Va buyurdimki, amir ul-umaro urush maydonini tanlashda (quyidagi) to‘rt narsani nazarda tutsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |