Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
MULKU MAMLAKAT, SIPOHU RAIYAT
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
MULKU MAMLAKAT, SIPOHU RAIYAT AHVOLIDAN XABARDOR VA OGOH BO‘LIB TURISH TUZUKI
Amr qildimki, har yerda, viloyatu shahar va lashkar o‘rdusida kundalik voqealarni yozuvchilarni 272 tayin
qilsinlarki, hokimlar, raiyat, sipoh, o‘z lashkari va yot lashkarning xatti-harakati haqida meni xabardor qilsin. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan, chetga chiqqan yot kishilar, har turli mamlakatlardan kelgan karvonlar, qo‘shni podshoxdar, ularning gap-so‘zlari, ishlari haqidagi xabarlar va uzoq o‘lkalardan bo‘lib, mening dargohimga yuzlangan ulamo, fuzalo haqidagi so‘zlarni to‘g‘rilik bilan menga yozib tursinlar. Agar bunga xilof ish tutgudek bo‘lsalar, (bo‘lib o‘tgan) voqealarni yozmasalar, yozuvchining xabar yozgan barmokdari kesilsin. Agar xabar yozuvchi biror sipohiyning xizmatini yashirsa yoxud xabarni boshqa libosga kiyintirib (yolg‘on) yozgan bo‘lsa, u holda uning qo‘lini kessinlar. Agar yolg‘on xabarni tuhmat yoki g‘araz bilan yozgan bo‘lsa, uni qatl etsinlar va yana amr etdimki, ushbu xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening arzimga yetkazib tursinlar. Amr qildimki, mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqunchi, ming nafar tezyurar piyodani chopar etib tayinlasinlarki, turli mamlakatlar, sarhadlarning xabarlarini, qo‘shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib, xabar qilsinlar, toki biron voqea, korhol yuz bermasidan burun uning chorasi va iloji qidirilsin. Chunonchi, To‘xtamishxonning O‘rusxondan yengilgani haqida menga xabar yetkazganlarida 273
, uning panoh izlab huzurimga kelishini bildim. (Shuning uchun) O‘rusxonga qarshi jang qilishga tayyorlana boshladim va To‘xtamishxonga yordam berdim. (Shunga o‘xshash) yana bir misol. Hindistonni zabt etish uchun yo‘lga chiqqanimda 274 , bu o‘lkaning har bir viloyatida alohida hokim yoki voliy saltanat taxtida o‘tirgani haqida menga xabar keltirdilar. Chunonchi, Mo‘lton o‘lkasida Malluxonning inisi Sarang, Dehlida Sulton Mahmudxon saltanat bayrog‘ini yoygandi. Lohur 275
Matnda «sari shumor». 271
Matnda «xona shumor». 272
Matnda «xabarnavis». 273
Gap 1376 yili To‘xtamishxon O‘rusxondan qochib, Samarqandga kelishi bilan bog‘liq voqealar ustida bormokda. (— А.А.)
274 Bu voqea 1398 yil apreli 1399 yil apreli oralig‘ida yuz bergan. (– А.А.) 275
Lohur–Panjobning markaziy shahri. (– А.А.)
nohiyasida Malluxon lashkar to‘plagandi, qanauj 276
viloyatida esa Muborakxon saltanatga da’vogarlik qilib bosh ko‘targan edi. Qisqasi, Hindistonning har bir viloyatida biron-bir kimsa saltanat toju taxtiga da’vogarlik qilardi. Bu xabar qulog‘imga yetgach, bu mamlakatni zabt etishim oson tuyuldi. Chunonchi, Hindistonni zabt etgan vaqtimda Rum qaysari mening ba’zi mamlakatlarimga chopqun qilgani, gurjilar bo‘lsa o‘z yurtlari chegarasidan tashqari chiqib, mening lashkarlarim qamal qilib turgan ba’zi qal’alar ichidagi odamlarga yordam berayotgani haqida xabar keltirdilar. O‘z-o‘zim bilan kengashib, agar Hindistonda ko‘proq turib qolsam, Eron mamlakatida ham tartibsizlik boshlanishi mumkin, dedim. Shuning uchun Hindiston poytaxtidagi ishlarimni tezda tartibga keltirib, yurish boshladim. Yo‘lda bir necha kun Movarounnahrda to‘xtadim. U yerdan Rum va Gurjiston tomon yo‘l oldim. O‘sha mamlakatlarning barisini zabt etdim.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling