Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

SALTANATNI IDORA QILISH 

TUZUKI 

 

Qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-e’tiborli kishilarini aziz tutdim; sayyidlari, ulamolari, 



fuzalo  va  mashoyixlariga  ta’zim  bajo  keltirdim,  ortiq  hurmatladim.  Ularga  suyurg‘ol,  vazifalar  berib,  maoshlarini 

belgiladim,  o‘sha  viloyatning  ulug‘larini  og‘a-inilarimdek,  yoshlari  va  bolalari  bo‘lsa  o‘z  farzandlarimdek  ko‘rdim. 

Mazkur mamlakatlarning sipohi uchun dargohimga yo‘l berdim. Raiyatini o‘zimga qaratib oldim. Xammani qo‘rquv 

va umid orasida saqladim. Xar mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzukdar 

va axloqsiz odamlarni mamlakatimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o‘zlariga loyiq ishlar topshirdim 



hamda  haddilaridan  oshishlariga  yo‘l  qo‘ymadim.  Xar  elning  ulug‘larini  va  sharaf-e’tiborli  kishilarini  hurmatlab, 

martabalarini oshirdim. Xar mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo‘lini to‘sdim. 

(O‘z  erki  bilan)  menga  bo‘ysungan  viloyat  hokimlariga  o‘sha  yurt  hukumatini  berdim  va  ularni  in’omu  ehson 

bilan  qadrlab,  o‘zimga  tobe’  qilib  oldim.  Bo‘ysunmaganlarini  esa  qilmishiga  yarasha  jazoladim.Odil,  oqil  va 

uddaburon kishilarni ularga hokim etib tayinladim. 

Amr  etdimki,  o‘g‘ri  va  qaroqchilarni  «Yaso»  asosida  jazolasinlar,  fasodchi,  buzuqi,  nafsi  yomon  kishilarni 

mamlakatdan haydasinlar. Ezma-bekorchi odamlarni viloyat va shaharlarda qoldirmasinlar. 

Har  bir  shahar  va  qishloqqa  kutvol  tayinlasinlarki,  sipohu  raiyatga  soqchilik  qilsin,  kimning  biron  narsasi 

o‘g‘irlansa, buning mas’uliyati uning zimmasida bo‘lsin. 

Va  yana  buyurdimki,  yo‘l  ustiga  kuzatuvchilar,  zobitlar  tayinlasinlarki,  yo‘llarni  qo‘rikdab,  yo‘lovchilar, 

savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo‘ysinlar. Yo‘l 

ustida  birortasining  narsasi  yo‘qolsa,  o‘zi  o‘ldirilsa  yoki  boshqa  korhol  yuz  bersa,  bular  uchun  javobgarlik 

ularning zimmasida bo‘lsin. 

Yana  buyurdimki,  g‘arazgo‘y,  nafsi  buzuq  kimsalarning  tuhmati  bilan  katta  va  kichik  shaharlar  aholisidan  hech 

kimni  jazolamasinlar.  Faqat  gunohi  to‘rt  kishining  guvohlik  berishi  bilan  isbotlansa,  gunohiga  yarasha  jazolasinlar. 

Amr  etdimki,  hech  bir  shahar  va  qishlokda  odamlardan  jon  solig‘i

270

,  uy  solig‘i



271 

olmasinlar.  Sipohiylardan  biron 

kishi raiyatning xonadoniga zo‘rlik bilan kelib tushmasin, raiyatning ot-ulovini tortib olmasin. 

Har  bir  mamlakatning  raiyati  bilan  bo‘lgan  muomalada,  ularga  nisbatan  xolislik  bilan  ish  tutsinlar.  Yana 

buyurdimki, har mamlakatning gadolariga vazifa yuklab ish bersinlar, toki shu yo‘l bilan gadolik yo‘qotilsin. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling