Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
To‘rtinchisi–bugungi ishni ertaga qoldirmadim. YUmshokdik lozim bo‘lsa, muloyimlik qildim; qattiqqo‘llik
ishlatish vaqti yetsa, qat’iy choralar ko‘rdim. Shoshmaslik kerak yerda shoshilmadim, shoshilinch ishlarni kechiktirmadim. Qaysi ishni chorayu tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim. Kunduzlari tajribali va dono kishilar bilan turli mamlakatlarni zabt etish shatranji ustida bosh qotirdim. Kechalari bo‘lsa to‘shagimda yonboshlab olib, mamlakat ishlarini qanday yurgizish kerakligi haqida o‘yladim va ularni bajarish vositalarini o‘zimcha tasavvur qilib ko‘rdim. O‘zga mamlakatlarni zabt etish yo‘llarini o‘z ko‘nglimda chamalab, qay tarzda hujum qilib, qanday chekinish mumkinligini belgilar edim. Sipohiylarim bilan qanday muomala qilishim to‘g‘risida fikr yurgizib, qaysi birini qanday tarbiyat qilishim kerak, qaysi ishni qay biriga topshirsam, xato qilmagan bo‘laman deb, har ishning oldi-ketini o‘ylar edim. Sipoh boshlikdaridan qaysi biri menga do‘stlik qilsa, uni haddan ortiq xayru ehsonlar bilan siyladim. Yaxshilik qilsam, yomonlik bilan javob bergan kimsalarni nopok deb bildim. Ikki olam sarvari va (Olloh) ning rasuli debdilarkim: «Zinodan tug‘ilgan kishi o‘ziga yaxshilik qilgan odamga yomonlik qilmaguncha dunyoni tark etmaydi». Pirim menga yozdikim: «Xudoning va payg‘ambarining hukmiga amal qilgin, rasulullohning zurriyotiga yordam ber, Tangrining ne’matlarini yeb, yana unga va uning payg‘ambarlariga dushmanlik qilgan podshohlarni Ollohning mulkidan chiqar. Parvardigorning mulkida adolatli ish tutgilkim, shunday demishlar: «Mamlakat kufr bilan turishi mumkin, lekin zulm bor yerda turolmaydi...» Qabih xatti-harakat, yomon ishlardan Olloh mulkini tozalagin. YOmon taom badanga qanday ziyon qilsa, yomon xatti-harakat ham olamga shunday ta’sir ko‘rsatadi. Zulmning nom-nishonini yo‘qot. Zolimning dunyoda uzoq hayot kechirishini yaxshilikdan deb bila ko‘rma. Zolim va fosikdarning uzoq yashashiga sabab shuki, o‘zlaridagi bor yomonliklarini yuzaga chiqarib, tugatmagunlaricha Tangri ularga muhlat beradi, keyin Ollohning qahru g‘azabiga uchraydilar. Gohida Ollohning qudrati bilan zolimlar, fisqu fujur qiluvchilar birdan bandu zindonga, talon-torojga, ochlikka, qahatga, vaboga, to‘satdan o‘lishga giriftor bo‘ladilar. Gohida begunoh bo‘lgan yaxshi, to‘g‘ri va taqvodor kishilar ham yomonlarning qilmishlaridan ofatu baloga uchraydilar. Shundaykim, to‘qayga o‘t tushsa, ho‘lu quruqqa qaramay barchasini kuydiradi. Kofirlar, zolimlar, fosiqu fujurlar qancha ko‘p zulm-xiyonat, fisq-fasod qilsalar, noz-ne’matlari shuncha ko‘payar ekan, deb o‘ylamagin. Qisqasi, ularning ne’matlari ko‘payishining sababini bilib olish kerak. Buning sababi ushbudir: «Ehtimol, haqiqiy ne’matlar beruvchi (Olloh)ning inoyatini ko‘rib, ular (balki) zulmdan, fisq-fasoddan qaytib, imon-insofga kelib, uning ne’matlariga shukr etarlar», deb shundai qilingandir. Biroq Ollohga shukr aytishni unutarkanlar, Tangrining dargohiga qaytmas ekanlar, Xudo va uning rasuli ne’matlari haqini bilmas ekanlar, oxir-oqibat Parvardigorning qahru g‘azabiga giriftor bo‘ladilar». Pirimning bu maktubi menga yetib kelgach, Xudo mulkini zolimlar, bid’atchi munofikdar, fosiqu fujurlar qo‘lidan tortib olish, ularni yo‘qotish uchun belga himmat kamarini bog‘ladim. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling