Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


SALTANAT SAROYIDA O‘TIRISH VA


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

SALTANAT SAROYIDA O‘TIRISH VA 

O‘RIN OLISH TUZUKI 

 

Amr  etdimki,  o‘g‘illarim,  nabiralarim,  qavm-qarindoshlarim  o‘z  daraja  va  martabalariga  yarasha  xuddi  oy 



qo‘rg‘onlagandek, saltanat taxtini o‘rab o‘ltirsinlar. 

Sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, shayxlar, ulug‘lar va aslzodalar o‘ng tomondan o‘rin olsinlar. 

Amir ul-umaro, beklarbegi, amirlar, no‘yonlar, ulus, tumanlar, qo‘shinlarning sardorlari va amirlari, mingboshilar, 

yuzboshilar, o‘nboshilar o‘z martabalariga yarasha, chap qo‘l tomonda o‘tirsinlar. 

261

 Qobulshoh–asli chingiziy shahzodalardan, darvishtabiat odam bo‘lgan. 1364 y. boshida amir Husayn va Amir Temur uni xon ko‘targan 



edilar. 

                                                 




Devonbegi va vazirlarning o‘rnini taxt qarshisidan ko‘rsatdim. Turli mamlakatlar, el-uluslarning yurt-og‘alari va 

beklari esa, vazirlar orqasida qator bo‘lib o‘tirishlarini buyurdim. 

Bahodir degan faxrli nomga ega mard yigitlar, qilich chopib tanilgan o‘g‘lonlar saltanat taxtining orqasida, o‘ng 

qo‘l tomonda o‘tirsinlar. Qorovulbegilarni esa saltanat taxtining orqasida, chap qo‘l tomonda o‘tirishlarini buyurdim. 

Hirovul amiri mening ro‘paramdan o‘rin olsin. Ichki

262


, xususiy yasovulim esa katta chodir eshigi oldida, taxtim 

poyasining to‘g‘risida tik tursin. Arz-dod qilib kelganlar o‘ng va chap tomonda tik tursinlar. 

Oddiy  sipohiylar,  xizmatchi  va  saroy  kishilari

263 


har  qaysilari  o‘z  martabalariga  yarasha  saf  tortib,  o‘z  joylarini 

bilib tik tursinlar. 

O‘rin  olish  qoidalarining  bajarilishini  nazorat  qiluvchi  to‘rt  amirga,  majlisga  hozir  bo‘lganlarni  o‘z  tartibi  bilan 

taxtimning o‘ng va so‘l, oldi va orqasiga joylashtirishlarini buyurdim. 

Yana  hukm  qildimki,  qachon  majlis  qoidaga  muvofiq  tartibga  keltirilgach,  ming  tovoq  osh,  ming  dona  non 

keltirib, umum yig‘ilganlarga shohona ziyofat bersinlar. Ming tovoq oshni mumtoz va xos kishilar bazmiga olib kelib, 

shundan besh yuz tovog‘ini ulus amirlariga, sarkardalarga, oqsoqollarga, har qaysisining nomiga atab tarqatsinlar. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling