Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
VAZIRLARNING XIZMAT QILISH
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchisi
VAZIRLARNING XIZMAT QILISH
TUZUKI
Amr qildimki, to‘rt vazir har kuni devonxonada muqarrar hozir bo‘lsinlar. Birinchisi–mamlakat va raiyat vaziri. Bu vazir mamlakatning muhim va kundalik ishlarini, raiyat ahvolini, viloyatlardan yig‘ilgan hosil, soliq-o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, (mamlakat) obodonligini, (aholining) farovonligi ishlarini va mulkni qay tarzda tartibga keltirayotganligini menga bildirib tursin.
holatga tushib qolmasligi uchun ularning ahvolidan xabardor bo‘lsin, vaziyatni menga anglatib tursin. Uchinchisi–egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotgan (savdogarlar va sayyoxdar)ning mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvalarini, ularning o‘tlov-yaylovlarini boshqarib, bularning barisidan yig‘ilgan daromadni omonat tarzida saqlovchi vazirdir. U g‘oyib bo‘lganlar va o‘lganlarning mol-mulki bo‘lsa, merosxo‘rlariga topshirsin. To‘rtinchisi–saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan tamom xarajatlar, (hatto) otxona va (saroydagi) boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlargacha ogoh bo‘lishi lozim. Yana amr qildimki, chegara yerlar va menga tobe’ mamlakatlarga oid (ishlarga mas’ul) uch vazirdan iborat davlat hay’ati tuzilsin. Ular mazkur yerlardagi moliyaviy muomalalar va keladigan daromadlarni boshqarsinlar. Bu yetti vazir devonbegiga bo‘ysunishi lozim hamda u bilan ittifoqda muhim moliyaviy ishlarni amalga oshirmokdari va mening arzimga yetkazmoqlari zarur. Yana hukm qildimki, bir kishini arzbegi qilib tayinlasinlar. U sipoh, raiyat va arz-dod qilib (huzurimga) keluvchilarning ahvolini, mamlakatning obod-xarobligini, muhim ishlardan qaysi biri bitgan-bitmaganligini mening arzimga yetkazib tursin. Amr qildimki, sadri a’zam sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg‘ol tariqasida berilgan yerlar hamda vaqflarning ahvolini, ular vazifalarini qay darajada ado etayotganini, ularga ajratilgan jamg‘armalarning taqsimlanishini menga arz qilib tursin. Islom qozisi shariat ishlarining borishi va ajrim qozisi dunyoviy ishlar haqida menga bildirib tursinlar. Yana amr qildimki, saltanat ishlari, mamlakatni idora etish, undagi o‘zgarishlar, almashtirishlar, sipohiylar va amirlarning tayinlanishi, turli kengash-tadbirlarni xos majlisda menga arz etsinlar. Bu majlislarda maxfiy va sirli ishlarni pinhon tutishga qodir maxsus kotib hozir bo‘lib, rostlik qalami bilan maxfiy-yashirin kengashlarni va gaplarni yozib borsin. Va yana majlis kotiblarini 254
tayinlashni buyurdimki, devon majlisida navbatma-navbat hozir bo‘lib, majlisda ko‘rilgan, hal qilingan muhim masalalar va ayrim ishlar tafsilotlarini yozib olib, saqlasinlar. Menga arz qilingan 253 Bozor ahli–harbiy yurishlar vaqtida o‘g‘ruqda savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilar. Ular askarlardan o‘lja tushgan mollarni arzon bahoda sotib olish va o‘z galida askarlarning ehtiyojiga zarur bo‘lgan narsalarni sotish uchun doimo lashkarga hamroh bo‘lganlar. Askarlarning o‘zlari ham fursat kelganda oldi-sotdi bilan shug‘ullanganlar. (– А.А.)
gaplar, chiqargan hukmlarim, majlislarda ko‘rilgan mamlakat ahamiyatiga molik ishlardan tortib, juz’iy ishlargacha barchasini qalamga olib, (boshimdan kechirgan) voqealar daftariga kirgizsinlar. Saltanatning har bir idorasida bo‘ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling