Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


AMIRLAR, VAZIRLAR, LASHKAR HAMDA


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

AMIRLAR, VAZIRLAR, LASHKAR HAMDA 

RAIYATNI TAQDIRLAB, MARTABALAR VA 

IN’OM SOVG‘ALAR BERISH TUZUKI 

 

Amr  qildimki,  qaysi  bir  amir  biron  mamlakatni  fath  etsa,  yo  g‘anim  lashkarini yengsa,  unga  uch  narsa  bilan 



imtiyoz bersinlar: faxrli xitob, tug‘ va nog‘ora topshirib, uni «bahodir» deb atasinlar; uni davlat va saltanat sherigi 

(deb)  bilib,  kengash  majlisiga  kirgizsinlar;  unga  chegara  viloyati  topshirilsin  va  o‘sha yerlik  amirlar  unga 

bo‘ysunsinlar.  Agar amirlardan  qaysi  birovi  to‘rani  (xon o‘g‘lini)  yengsa  yoki biron  amirzodaga  shikast yetkazsa, 

yo  biror  o‘lka  xonini  mag‘lub  etsa,  uni  yuqoridagi  tartibda  mukofotlasinlar.  Chunonchi,  Dashti  qipchoqqa, 

O‘rusxonga qarshi urush uchun yuborgan amirim Iygu Temur uni yengib qaytgach, amirni mukofotlab, unga tuman 

(lashkar),  tug‘,  bayroq  va  nog‘ora  berdim.  Uni  davlatimga  sherik  bilib,  o‘zimga  maslahatchi  va  vazir  qildim. 

Kengashlarimga  kiritdim  va  chegaradagi  viloyatlardan  birini  unga  takdim  etib,  u yerlik  amirlarni  unga 

bo‘ysundirdim. 

Shunda  hasadchilar  uning  haqida  (turli  uydirma)  gaplar  tarqatib: «O‘rusxonning  ulusini  talon-toroj  qilib,  mol-

mulkini  o‘ziniki  qilib  oldi»,  –dedilar.  Bu  gaplari  bilan  undan  ko‘nglimizni  bir  oz  sovutdilar.  Biroq  men  Bahrom 

Chubin

236


 qissasini eshitib tajribam ortgandi. Voqea bunday bo‘lgan ekan. Xoqon

237


 uch yuz ming jangari turk askari 

bilan Hurmuz ibn Nushirvon

238

 ustiga lashkar tortdi. Hurmuz esa Nushirvonning vaziri, maslahatchisi va sipohsolori 



bo‘lmish Bahrom Chubinni 320 ming askar bilan xoqonga qarshi urushga yo‘lladi. U xoqon lashkari bilan to‘qnashib, 

uch kechayu uch kunduz jangu jadalda tin bilmadi. Oxiri xoqonni yengib, bor haqiqatni Hurmuzga arz qildi, qo‘lga 

kiritgan  butun  o‘lja,  mol-mulkni  Hurmuzning  huzuriga  jo‘natdi.  Shu  asnoda  hasadchilar  va  g‘iybatchilar  Hurmuz 

majlisida  unga  qarshi  tuhmat  qilib: «Bahrom  mol-mulkning  katta  qismini  o‘ziga  olib  qoldi,  xoqonning  asl 

234

 Amir Temurning Rum sultoni Boyazid I Yildirim bilan 1402 yilning 20 iyulida Anqara ostonasida bo‘lgan jang nazarda tutiladi. 



235

 Bu jang 1400 yili bo‘lgan. 

236

  Bahrom Chubin  (vaf. 592 y.)  –  Sosoniylar zamonida o‘tgan mashhur sarkarda, vazir va Eron podshosi. 590–591 yillari hukmronlik 



qilgan. 

237


 Milodning 590 yili Eronga bostirib kirgan g‘arbiy turk-larning xoqoni Shaba nazarda tutilgan. 

238


 Hurmuz ibn Nushirvon–Sosoniylar sulolasidan shahanshoh Hurmuz IV (579–590), Xusrav Anushirvonning o‘g‘li. (–

А.А.) 


                                                 


qimmatbaho  toshlar  bilan  bezatilgan  qilichi  va  toji,  javohirlar  qadalgan  etigini  o‘zlashtirib  oldi»,  –dedilar.  Hurmuz 

ham  xomtama  bo‘lib,  Bahromning  (avvalgi)  xizmatlarini  unutdi.  G‘arazgo‘y  va  g‘iybatchi  kishilarning  gaplariga 

ishonib,  Bahrom  Chubinni  gunohkor  va  xoin  deb  bildi.  Unga  ayollar  yopinchig‘i, bo‘g‘ov  va  zanjir  kishan  yubordi. 

Bahrom  bo‘yniga  bo‘g‘ov,  oyog‘iga  zanjir  kishan  solib,  ayollar  libosini  kiydi.  So‘ng  huzuriga  amirlar,  sipoh 

boshlikdarini  chaqirtirib,  saroyda  yig‘ilganlar  oldiga  shu  alpozda  chikdi.  Sarkardalar  va  oddiy  sipohiylar  bu  holni 

ko‘rib, Hurmuzga ta’nayu dashnomlar yog‘dirishdi. Undan ixloslari qaytdi. Sipoh Bahrom Chubin bilan ittifoq bo‘lib, 

Hurmuz  dargohiga  bostirib  keldi:  uni  saltanatdan  tushirib,  Ajam  mamlakati  saltanatining  taxtiga  Xusrav  Parvizni

239


 

o‘tqazdilar. 

Men  bu  voqeadan  saboq  olganim  sababli,  sipohimning  ta’nayu  dashnomlariga  qolib  ketmaslik  uchun  amir  Iygu 

Temurni huzurimga chorladim; saroy xodimlari va xalqni to‘plab majlis qurdim. O‘rusxon ulusidan o‘lja qilib olingan 

butun  mol-mulkni  bir yerga  to‘plab,  amir  Iygu  Temurga  va  u  bilan  birga  qilich  chopgan  bahodirlaru  sipohiylarga 

in’om qildim. 

Yana amr qildimki, jangda o‘zini ko‘rsatib, qarshisidagi g‘anim lashkarini sindirgan har bir amirning martabasini 

oshirsinlar. 

Chunonchi,  Tobon  bahodir  To‘xtamishxon  bilan  bo‘lgan  urushda  (ot  solib),  g‘anim  bayroqdoriga yetib  oldi  va 

dushman  bayrog‘ini yerga  tushirdi,  o‘zi  bir  necha joyidan  yaralandi.  Hasadchilar  va  shu  qahramonlikka  da’vogarlar 

uning bu xizmatini mendan yashirmoqchi bo‘ldilar. Lekin men uni (in’omdan) xoli qoldirish insofdan emas, deb bilib, 

Tobon bahodirga amirlik martabasini berdim. So‘ngra unga izzat-ikrom ko‘rsatib, bayroq takdim etdim. 

Yana amr kdldimki, o‘nboshi, yuzboshi va mingboshilardan qay biri dushman safini buzib, o‘z qarshisidagi askar 

favjini sindirsa, o‘nboshi bo‘lsa, shahar hokimligini bersinlar. Yuzboshi bo‘lsa, uni biron mamlakat hukmdori etsinlar. 

Bunga  misol  shulki,  yuzboshi  Barlos  bahodir  To‘xtamishxon  bilan  bo‘lgan  urushda  yov  lashkari  bilan  yuzma-yuz 

to‘qnashib,  dushmanni  sindirdi.  Uni  hisori  Shodmon  mamlakatiga  hokim  etib  tayinladim.  Yana  buyurdimki, 

mingboshilardan  birontasi  qarshisida  turgan  g‘anim  lashkarini  sindirsa,  uni  mamlakat  hukmdori  qilsinlar.  Bunga 

misol,  Muhammad  Ozod  Katur  jangidan  (bir  oz  burun)  Burxon  o‘g‘lon  lashkarini  mag‘lubiyatta  uchratgan 

siyohpo‘sh

240


  jamoasini yengib,  ularga  o‘nglanmas  zarba  berdi.  Muhammad  Ozodni  Kunduz  va  Ko‘lob

241


 

mamlakatlariga voliy etib tayinladim. 

Yana hukm chiqardimki, amirlardan qaysi biri g‘anim qo‘lidagi biror mamlakatni fath etib, dushman tasarrufidan 

ozod qilsa, shu mamlakatni uch yilga unga in’om tariqasida bersinlar. 

Va amr kildimki, qaysi bir askar kdlich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida gurzi, qimmatbaho toshlar 

qadalgan o‘tog‘, kamar, turna bellik qilich va bir ot bersinlar hamda o‘nboshilik martabasiga ko‘tarsinlar. Ikkinchi, uchinchi 

bor bahodirlik ko‘rsatsa, yuzboshi va mingboshi martabasiga yetkazsinlar. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling