Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

KATTA NOG‘ORA VA BAYROQ 

BERISH TUZUKI 

 

Amr qildimki, o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir nog‘ora berilsin. Amir ul-umaroga bayroq va 



nog‘ora,  tuman  tug‘i

242


  va  chortug‘

243


  takdim  etsinlar.  Mingboshiga  esa  bir  tug‘  va  karnay  bersinlar.  Yuzboshi  va 

o‘nboshiga  bshtadan  katta nog‘ora  bersinlar. Aymoqlarning

244

  amirlariga  bo‘lsa, bittadan  burg‘u  takdim  etsinlar. To‘rt 



beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortug‘ va burg‘u bersinlar. 

239


 Xusrav Parviz (581–628) – Sosoniylar sulolasiga mansub podshoh. 

240


  Siyohpo‘sh–yuziga qora mato tortilgan odam; ba’zi manbalarda Katur (Kofiriston) xalqi islomni qabul qilmaganliklari uchun shunday 

atalgan. 

241

 Ko‘lob–qadimgi Xuttalon; «Temur tuzuklari» birinchi kitobining 11 va 13 kengashlarida Xuttalon shaklida berilgan. Asarning 1868 yilgi Tehron 



nashrida Ko‘lob emas, Xuttalon shaklida yozilgan. «Ko‘lob» atamasi XVII asrdan keyingi nusxalarda paydo bo‘lgan. 

242


  Tuman shug‘i–o‘rta asrlarda uchiga qo‘tos, ot yoli yoki dumi, yarim oy yoki kerilgan besh panja tasviri o‘rnatilgan lashkarning 

bayroqsimon nishon-belgisi; ushbu asarda tug‘ atrofida to‘plangan harbiy bo‘linma ma’nosida ham keltirilgan. 

243

 Chortug‘–harbiy bo‘linma amirining darajasini bildiruvchi uchi o‘tkir nayza; bayroqning bir turi. 



244

 Aymoq (o‘moq)–bir necha qarindosh-urug‘lar ittifoqi; qabila. 

                                                 



(O‘n ikki) amirdan qaysi biri dushman favjini sindirsa yoki g‘anim qo‘li ostidagi biror mamlakatni fath etsa, uni 

takdirlab, agar birinchi (darajali) amir bo‘lsa, ikkinchi (darajali), ikkinchi bo‘lsa, uchinchi (darajali), uchinchi bo‘lsa, 

to‘rtinchi (darajali) amir martabasini bersinlar. Shu tartibda o‘n birinchi (darajali) amirgacha davom ettirsinlar. Agar 

o‘n  birinchi  (darajali)  amir  bo‘lsa,  uni  o‘n  ikkinchi  (darajali)  amir  qilib,  bayroq,  tug‘  va  nog‘ora  bersinlar.  Shu 

yo‘sinda  birinchi  (darajali)  amirga  bitta  tug‘,  ikkinchisiga–ikkita,  uchinchisiga–uchta,  to‘rtinchisiga–to‘rtta  tug‘  va 

nog‘ora berib, ularni tumantug‘ va chortug‘ olish martabasiga yetkazib rag‘batlantirsinlar. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling