Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


SIPOHNING YAROQ-JABDUQLARI VA


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

SIPOHNING YAROQ-JABDUQLARI VA 

ANJOM-JIHOZLARI TUZUKI 

 

Buyurdimki, yurish vaqtida oddiy askarlardan har o‘n sakkiz kishi o‘zi bilan birga bir chodir olsin, har bir askar 



ikki  ot,  bir  kamon,  bir  sadoq  (o‘kdon),  bir  qilich,  arra,  bigiz,  bir  qop,  juvoldiz,  tesha,  bolta,  o‘nta  igna  va  (orqaga 

osiladigan) charm xalta olsin. 

Bahodirlardan har besh kishi bir chodir olsin. Har biri bitta javshan

245


, dubulg‘a, bir qilich, sadoq, yoy va tuzukka 

muvofiq ot olsin. 

O‘nboshilardan har biri o‘zi bilan birga bir chodir, sovut

246


, qilich, sadoq, o‘q-yoy va beshta ot olsin. 

Yuzboshilardan har biri bir chodir, o‘nta ot, qurol-aslahadan: qilich, sadoq, o‘q-yoy, gurzi, cho‘qmor, koskan

247



zirih, bagtar



248

 olsin. 


Mingboshilardan  har  biri  o‘zi  bilan  birga  bitta  chodir,  bir  soyabon,  qurol-aslahadan  javshan,  dubulga,  nayza, 

qilich, sadoq va o‘q-yoydan ko‘targanicha olsin. 

Birinchi  amir  bir  chodir,  bir  o‘tov,  bir  juft  soyabon,  qurol-aslahadan  shu  mikdorda  olsinlarki,  qo‘l  ostidagilarga 

ham  bergudek  bo‘lsin.  Shunga  o‘xshash  ikkinchi,  uchinchi,  to‘rtinchi  amirdan  tortib  to  amir  ul-umarogacha  har 

qaysilari, o‘z martabalariga yarasha, chodirdan, o‘tovdan, otlardan boshlab, to boshqa harbiy anjomlargacha saranjom-

sarishta  qilib  qo‘ysinlar.  Birinchi  amir  bir  yuz  o‘n  ot,  ikkinchi  amir  bir  yuz  yigirma,  uchinchi  amir  bir  yuz  o‘ttiz, 

to‘rtinchi amir bir yuz qirq ot, amir ul-umaroga yetguncha tartib shunday bo‘lsin. U esa o‘zi bilan birga uch yuzdan 

kam ot olmasin. 

Piyodalar  bo‘lsa  har  biri  o‘zi  bilan  birga  bir  qilich,  bir  kamon  va  ko‘targanicha  o‘q-yoydan  olsinlar.  Biroq  jang 

paytida tuzuklarda ko‘rsatilganidan kam bo‘lmasin.

 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling