Milliy gimnastika tizimining yaratilishi


Download 88.75 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi88.75 Kb.
#1555138
1   2   3   4
Bog'liq
GIMNASTIKA

Miya gimnastikasi
Miya gimnastikasi - bu odatdagidek, dam olishga yordam beradigan va mavzuni diqqatini jalb qiladigan, aqliy ish faoliyatini rag'batlantirishga qaratilgan barcha mashqlar.
Gimnastikaning asosiy vositalari
Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida odamning hayotiy muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning mehnat, harbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish) va hokazolardan olingan.
Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
Saf mashqlari – safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanuvchilarda faoliyat strukturasiga muvofiq bo‘lib harakat qilish malakalarini, qad-qomatni rostlovchi, ritm va sur’at hissasini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatdir.
Umumrivojlantiruvchi ayrim bo‘g‘in, qismlarda bajariladigan, ya’ni har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va qad-qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan mashqlardir.
Erkin mashqlar – tanani ayrim a’zolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‘shib bajarishdir.
Amaliy mashqlar – yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlarda oshib o‘tish va hokazolar.
Sakrash (tayanmay va tayanib) sakrovchilarni rivojlantirish, shuningdek, oyoq va qo‘llarning kuchini, harakat tezligi aniqligini, chaqqonlik va dadillikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlar – sport gimnastikasining eng xarakterli vositalaridir. Ulardan ko‘zda tutilgan va statik holatlarni ham o‘z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi.
Badiiy gimnastika mashqlari – gimnastika asboblari (arg‘amchi, gardir, to‘p, cho‘kmarlar va h.k.) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan mashqlar.¹
Ko’p bilim sohalarida turli ishlab chiqarish harakat faoliyatlarida buyum-hodisa tushuncha jarayonlarini qisqacha ifodalash maqsadida maxsus atamalardan foydalaniladi. Jismoniy tarbiyada, jumladan, behad ko’p mashqlar qo’llaniladigan gimnastikada atamalar juda muhim rol o‘ynaydi.[tahrir | manbasini tahrirlash. Atamalar mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchilar bilan o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlarini yengillashtiradi. Gimnastika atamalari gimnastikadan boshqa mashg’ulotlarda ham qo’llaniladi.
Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan turib, uni o’rganish qiyin.
Gimnastika atamasi–bu gimnastika mashqlari umumiy tushunchalari, jihozlar, inventarlarning nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo’llaniladigan maxsus nomlar (atamalar) sistemasi, shuningdek, atamalar shartli qoidalaridir.
Gimnastikadan atama deganda, biron harakatlanuvchi faoliyat yoki tushunchaning qisqacha shartli nomi tushuniladi.
Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika atamasi ham jismoniy tarbiya taraqqiyoti bilan, jumladan gimnastika taraqqiyoti bilan bir qatorda takomillashib bordi.
Gimnastika atamasi 1938 yilda joriy etilgan. Olib borilgan ko’p izlanishlar va muhokamalar natijasi o’laroq, 1965 yilda gimnastika federatsiyasi amalda atamalarga so’nggi o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritdi.
Gimnastikadan o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari odatda maxsus jihozlangan gimnastika zallarida yoki ochiq maydonchalarda o‘tkaziladi. Gimnastika mashg‘ulotlari quyidagidek zallarda o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Umumta’lim maktablari va internet maktablari uchun: Zallarda jihozlar uchun qo‘shimcha xonalar, instruktorlar xonalari, yechinib kiyinadigan xonalar (erkak va ayollarga), shuningdek dush va xojatxonalar bo‘lishi kerak. Ular qulay joylarda bo‘lishi darkor. Oliy o‘quv yurtlari uchun . ³
Oyoq siltash uchun kon. Bo‘yi 160 sm eni 36 sm, dastaklari 40-45 sm oraliqda simmetrik o‘rnatilgan, dastaklarning kon sirtidan balandligi 12 sm, poldan esa 120 sm bo‘ladi.
Sakrash uchun kon. Uning o‘lchamlari ham dastkali konga o‘xshash bo‘ladi. Konning poldan balandligi 110-150 sm, ayollar uchun 110 sm balandlikda bo‘ladi.
Kozyol. 100 sm dan 160 sm gacha bo‘lgan balandlikda ko‘ndalang yoki uznasiga qo‘yiladi. Bo‘yi 60 sm, qalinligi 40 sm.
Bruslar. A) erkaklar parallel bruslar yog‘ochning uzunligi 350sm, poldan 160-170sm balandlikda o‘rnatilib oralig‘i 42-62sm bo‘ladi.
b) ayollarning bruslari (balandligi xar-xil) pastki yog‘och 130-150sm, yuqori yog‘och 190-249sm balandda bo‘ladi; yog‘ochlar oralig‘i 43-55sm.
Turnik tortqichlar yordamida mustahkamlangan tik tirgovuchlari gorizontal mahkamlangan, silliqlangan diametri 28 mm temir tayoqdan iborat. Mashg‘ulotning mazmuniga qarab turnik balandligini xar-xil balandlikda 120 sm dan 240 sm gacha o‘rnatsa bo‘ladi .¹
Gimnastika mashqlari pеdagogik vazifalarda hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy gruppalarga bo`linadi.
Sof mashqlar-safda birgalikda bajariladigan, shug`ullanganda uyushqoqlik va intizomni, sof kollеktiv bo`lib harakat qilish malakalarni qad-qomatni tarbiyalashga, shuningdеk ritm va sur'at xissini tarbiyalashga yordalashadigan harakatlardir.
URM-ko`proq ayrim bo`g`in qismlarida bajariladigan ya'ni har yuklama jismoniy tayyorgarligi uchun, organizmning funktsional imkoniyatlarini kеngaytirish va qaddi-qomatni tarbiyalash uchun qo`llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim muskul qurilmalariga, tana a'zolariga, alohida shuningdеk, butun harakatlantiruvchi apparatga umumiy ta'sir ko`rsatadi. URM kishi shunday dastlabki elеmеnt ko`nikma va malakalarni egallab olish imkonini bеradiki, ulardan kishi kеyinchalik o`z harakatlantiruvchi faoliyatni tashkil qilishda foydalanadi.
Erkin mashqlar-tana ayrim a'zolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, akrobatik va xorеografik mashqlarni birga qo`shib bajarishdir. Ulardan asosiy maqsad-koordinatsion qobiliyatni takomillashtirish, ritm va harakat go`zalligi xissini tarbiyalashdir. E.M. buyumsiz (sport gim) va qo`lga turli buyumlar olib (bad gim) ijro etiladi. E.M. komplеks haraktеrda bo`lib uzluksiz kompozitsiya tarzida tuziladi.
Amaliy mashqlar-yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o`tish, emaklab o`tish, muvozanat saqlash, to`siqlardan oshib o`tish va x.k. Shular yordamida hayotiy zaruriy ko`nikma va malakalarni egallaydilar, ularni xilma-xil sharoitlarda qo`llashni o`rganadilar.
Sakrash-(tayanmay va tayanib) sakrovchanlikni rivojlantirish oyoq va qo`llarning kuchini, harakat tеzligini va aniqligini, chaqqonlik dadillikni rivojlantirish uchun qo`llaniladi.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlLar-(kon, xalqa, bryus, turnik, yakka cho`p) sport gimnastikaning eng haraktеrli vositalaridir. Ulardan asosiy maqsad-gavda va harakatlarni boshqarish malakasini takomillashtirishdir. Bundan tashqari bu mashqlar shug`ullanishni jismoniy tayyorlash uchun ham qo`llaniladi.
Akrobatika mashqlari akrobatik sakrashlar va statik holatlarni ham o`z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Ular turli kontingеntlar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda kuch, chaqqonlik, epchillikni, rеaktsiya tеzligini, fazoda mo`ljal olishni rivojlantirish uchun, shuningdеk, vеstibulyar apparatni mashq qildirish uchun kеng qo`llaniladi.
FOYDALANILGAN adabiyotlar
1.Toshkent, 2000-yil 1.Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma – Tashkent, Ilm-ziyo - 2011 y
2. Сушко Г.К. Гимнaстикa и методикa её преподaвaния. Учебное пособие Т.: ILM-ZIYO.-2012 г
3. P.Edwards M.A. Gymnastics, London, The Royal Navy, 199




Download 88.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling