Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni


-§. O'qitishning umumdidaktik tamoyillari


Download 0.54 Mb.
bet13/49
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#244371
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'q

3-§. O'qitishning umumdidaktik tamoyillari
Darsning rejasi:

  1. Zamonaviy darslarga qo'yiladigan didaktik talablar: ongli ta'lim. ilmiylik, ko'rsatmalilik, o'quvchilarni bilish imkoniyati va yosh psixologik xususiyatlari, uzviylik va uzliksizlik. mavzuni zamon bilan bog'lash.

  2. Ta’lim tarbiya maqsadi. Ta'lim tarbiya mazmuni. Didaktik jarayon. Tashkiliy shakllari.

  3. Ma'ruzaning samaradorlik shartlari. Ma'ruza turlarining o'ziga xos xususiyatlari. Seminar mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlari.

  4. Darslik va o'quv qo'llanmalarining tarkibiy tuzilishlari. Milliy g'oya va mafkura fani mazmuniga qo'yiladigan talablar. Milliy g'oya va mafkurani singdirishning metadalogik asoslari.

  5. Uzluksiz ta’lim tizimida milliy g'oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirish talablari va bosqichlari. Dars va mashg'ulot turlari. An’anaviy va noan'anaviy darslar.

MILLIY G‘OYA VA MAFKURALARNING TARIXIY SHAKLLARI” VA UNI O‘QITISH METODIKASI (VARIANT)

Darsning turi: Noan'anaviy tarzdagi amaliy mashg‘ulot-guruhlararo musobaqa.

Darsning maqsadi: tanlangan mazkur mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning to‘liq ma'lumot olishlariga erishish, guruhdagi har bir o‘quvchining o‘z fikrini erkin namoyon qilishi uchun imkon tug‘dirish, o‘quvchilar o‘rtasida erkin bahs-munozarani va ularning o‘zini o‘zi baholashini yo‘lga qo‘yish, “Milliy g‘oya” o‘quv faniga o‘quvchini yanada qiziqtirish.

FANLARARO BOG‘LANISh: O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, siyosatshunoslik, Ma'naviyat asoslari.

AMALIY MASHG‘ULOTNING TA'MINLANISHI:



    1. Marker yoki bo‘r.

    2. Turli ko‘rgazmali stendlar.

    3. O‘quvchilarning o‘z fikrlarini jamlab yozishlari uchun plakat yoki doska.

    4. Kerakli adabiyotlar.

    5. Rag‘bat kartochkalari

DARSNING BORIShI:

1. TASHKILIY QISM-3 daqiqa. Bu jarayonda o‘qituvchi darsni boshlab, davomadni aniqlaydi. Bugungi dars jarayonining qay tarzda tashkil etilishi xususida o‘quvchilarga axborot beradi va ularni to‘rt guruhga ajratadi.

2. MAVZUNI OYDINLASHTIRISH VA O‘QUVCHILARDA MA'LUM KO‘NIKMALAR HOSIL QILISH:-10 daqiqa. Dars qaysi metoddan foydlanib o‘tilishidan qat'iy nazar avvalo bu qismda tanlangan mavzuni o‘rganish uchun reja tuzib olinadi. U quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1. G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari

2. Insoniyat tarixi –bu g‘oyalar kurashidir

3. Bunyodkorlik g‘oyalari, ularning mohiyati va mazmuni

4. Buzg‘unchilik g‘oyalari va mafkuralari

Dars noan'anaviy tarzdagi amaliy mashg‘ulot turiga mo‘jallanganligi uchun mavzuni oydinlashtirishda va hattoki reja tuzib olishda ham o‘quvchilarning o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayaniladi, ya'ni ular bilan o‘qituvchi orasida boshlang‘ich munozara yo‘lga qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan ularga oddiy va qisqa savollar tashlanadi:

1. G‘oya deganda nimani tushunasiz?

2. Mafkura deganda nimani tushunasiz?

3. Umuman g‘oya, mafkura tushunchalari qachon paydo bo‘lgan?

4. Bunyodkorlik g‘oyalari haqida qanday tasavvurga egasiz?

5. Buzg‘unchilik g‘oyalari haqidachi?

Mazkur savollarga o‘quvchilar qisqa va aniq javob berishga harakat qiladilar. O‘qituvchi to‘g‘ri deb hisoblagan javoblarga qizil kartochka ko‘rsatadi. Qisman to‘g‘ri quyidagicha bo‘lishi mumkin:

-G‘oya-inson tafakkurining mahsulidir. G‘oya muayyan maqsadni ifodalaydi va voqyelikni aks ettiradi, inson va jamiyatni ma'lum maqsad sari yo‘naltiradi.

-Mafkura –jamiyat a'zolarining maqsadlari, orzu-intilishlarini birlashtirib turuvchi va ularni amalga oshirish tamoyillarni o‘zida mujassam etuvchi umumiy g‘oyalar tizimidir.

-umuman insoniyatning yashash uchun izlanishi, maqsad va muddaosi sari intilishi paydo bo‘libdiki, u bilan chambarchas ravishda uning g‘oyasi ham mafkurasi ham paydo bo‘lgan. Chunki hyech bir inson maqsad va intilishsiz yashamaydi, busiz jamiyat ham mavjud bo‘lmaydi.

-bunyodkorlik g‘oyalari o‘z mohiyatiga ko‘ra ezgulik va yaxshilikka xizmat qiluvchi g‘oyalar bo‘lib, xalqlarni ezgu ishlarga safarbar etadi, jamiyatda farovonlikka, rivojlanish va taraqqiyotga erishilishiga zamin yaratadi.

-buzg‘unchilik g‘oyalari buning aksi bo‘lib, uning negizida yovuz maqsadlar yotadi. Buzg‘unchilik g‘oyalari oqibatida turli nizolar, urushlar kelib chiqib, taraqqiyot butunlay izdan chiqib ketadi.



Izoh: O‘quvchilar mustaqil o‘qib, izlanishlari va muayyan ma'noda bilim va tasavurlarga ega bo‘lishlari uchun o‘tgan darslarda ular mazkur mavzu yuzasidan kerakli adabiyotlar yoki o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan tayanch ma'ruza matni bilan ta'minlashlari zarur. O‘quvchilarga bu savollarni berish bilan o‘qituvchi avvalo o‘tgan darslarni mustahkamlaydi, yangi mavzuni oydinlashtiradi, mavzulararo bog‘lanishga erishadi.

3. DARSNING ASOSIY QISMIGA O‘TISH (55 DAQIQA)

Bu qismda to‘rtta konvert olinib, mavzuni o‘rganish yuzasidan tuzib olingan to‘rtta reja kartochkaga yozilib konvertlarga joylanadi. O‘qituvchi konvertlarni aylantiradi va o‘z stoli ustiga terib qo‘yadi. To‘rtta guruh sardori chiqib o‘z guruhi uchun konvert tanlaydi va konvertni ochib guruhning chekiga tushgan rejani o‘qib eshittiradi.

Shu tariqa to‘rtta guruh o‘zlarining aniq yo‘nalishlariga ega bo‘ladilar. Masalan birinchi guruh: «Bunyodkorlik g‘oyalari, ularning mohiyati va mazmuni» mavzusiga; ikkinchi guruh «Buzg‘unchilik g‘oyalari va mafkuralari» mavzusiga; uchinchi guruh esa «G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari» mavzusiga, to‘rtinchi guruh esa «Insoniyat tarixi-bu g‘oyalar kurashidir» mavzusiga tayyorlanishlari kerak bo‘ladi.

Guruh a'zolari tayyorlanishlari, to‘g‘rirog‘i fikrlarini jamlab olishlari uchun uzog‘i bilan 5 daqiqa ajratiladi. Bu vaqt davomida har bir guruh o‘z oldiga tayyorlab qo‘yilgan plakat, yoki oddiy qog‘ozga o‘z mavzulari yuzasidan tayanch so‘z va iboralarni yozib oladilar, masalan g‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini, bunyodkorlik g‘oyalarini, buzg‘unchilik g‘oyalarini, insoniyat tarixida qanday g‘oyalar kurashi davom etganligini tartib raqami qo‘yib yozib chiqishlari mumkin.

O‘qituvchi belgilangan vaqt tugaganini e'lon qilishi bilan ular o‘zaro fikrlashish yoki yozishni to‘xtatishadi. So‘ng munozara yoki fikr almashish boshlanadi.

Bunda o‘qituvchi avvalo birinchi bo‘lib tayyormiz, deb qo‘l ko‘targan guruhga navbat beradi. To‘rtta guruh ham birdaniga tayyor bo‘lishsa, qur'a tashlash usuli qo‘llaniladi va shu asosda navbat bilan javoblar tinglanadi. Har bir guruh uchun 10-12 daqiqa vaqt ajratiladi.

Masalan, uchinchi guruh birinchi bo‘lib javob berishi aniq bo‘ldi. Guruh sardori guruh a'zolari tomonidan g‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari yozilgan plakatni doskaga olib chiqadi va dsokaga osib qo‘yadi. Unda o‘quvchilar quyidagi tarzda g‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini nomlarini yozib chiqqan bo‘lishlari mumkin:

1. Totemizm, animizm, fetishizm;

2. Hinduizm, konfutsiylik, daosizm, sintoizm;

3. Monizm, dualizm, plyuralizm;

4. Idalizm, materializm;

5. Shovinizm, nigilizm, kosmopolitizm;

6. Islom, xristianlik, buddizm.

Endi guruh a'zolari o‘zlari yozib chiqqan g‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini izohlay boshlaydilar. O‘qituvchi javob berish uchun qo‘l ko‘targan har bir o‘quvchini e'tiborga oladi va uning fikrini tinglay boshlaydi. O‘quvchining fikri xato bo‘lsa, o‘qituvchi buni o‘z o‘rnida javob beruvchigagina emas, balki barcha guruh a'zolariga eslatadi va kim to‘g‘ri javob bilan fikrni to‘ldirishini so‘raydi. Shu tariqa o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin bayon qila boshlaydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning munozarada qanchalik ishtirok etishini, necha marta to‘g‘ri javob berganini nazardan qochirmaslik uchun yana har bir to‘g‘ri javob egasini qizil kartochka bilan, qisman to‘g‘ri javob egasini yashil kartochka bilan rag‘batlantirib boradi.

Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, keyingi guruhga navbat beriladi va xuddi shu tariqa ularning fikrlari ham tinglab boriladi. Keyingi guruhga «Insoniyat tarixi-bu g‘oyalar kurashidir» degan mavzusi tushgan bo‘lsa, bu guruh o‘z fikrini quyidagicha ifodalashi mumkin:

Insoniyat tarixi-bu turli g‘oyalarning yillar, asrlar davomidagi o‘zaro kurashidan iboratdir. Masalan, quyidagi qarama-qarshi g‘oyalar hanuzgacha kurashadi:

1. ezgulik va yovuzlik

2. ozodlik va istibdod

3. ma'rifat va jaholat

4. bunyodkorlik va vayronkorlik

5. adolat va zulm

6. farovonlik va qabohat.

Bu guruh a'zolari ham yuqoridagi guruh kabi fikrlarini izohlashadi va o‘qituvchi –boshlovchi tomonidan bu izohlar va javoblar e'tiborga olib boriladi.

Navbatdagi guruhning chekiga «Bunyodkorlik g‘oyalari, ularning mohiyati va mazmuni» mavzusi tushgan bo‘lib, ular plakatga quyidagi tarzda bunyodkorlik g‘oyalarining mohiyatini ifoda etgan bo‘lishlari va misollar keltirgan bo‘lishlari mumkin:

Bunyodkorlik g‘oyalari eщgulik va insonparvarlik maqsadlarini ifoda etadi, xalqlar va davlatlar, millatlarni yuksalish sari yetaklaydi.

1. Xalqparvarlik g‘oyalari

2. Tinchlik g‘oyalari

3. Ozodlik g‘oyalari

4. Hur fikrlilik g‘oyalari

5. Do‘stlik g‘oyalari

6. Tenglik g‘oyalari

7. Bag‘rikenglik g‘oyalari

8. Taraqqiyot g‘oyalari.

So‘ng o‘qituvchi fikrlarning izohini so‘raydi. To‘g‘ri javobni tinglagach, sanab o‘tilgan g‘oyalarga o‘quvchilarning misol keltirishlarni so‘raydi. O‘quvchilar navbat bilan javob bera boshlaydilar.

Masalan, O‘zbekistonda ilgari surilayotgan g‘oyalar xalqparvarlik, tinchlik, ozodlik, hurfikrlilik, do‘stlik g‘oyalariga misol bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida tom ma'noda bunyodkorlik g‘oyalari ifoda etilgan;

Amir Temurning «Temur tuzuklari» ham bunyodkorlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan asar hisoblanadi, unda ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.

Shu tariqa erkin fikrlar bayon qilinadi, o‘qituvchi bu guruhda ham yuqoridagi usulni qo‘llab, javoblarni tahlil qilib boradi va har bir to‘g‘ri va qisman to‘g‘ri javob egasiga rag‘bat kartochkalarini taqdim etib boradi.

Eng so‘nggi guruhga navbat yetadi va guruh sardori o‘z plakatlarini doskaga osadi. Unda quyidagi kabi buzg‘unchilik g‘oyalari aks etishi mumkin:

1. Aqidaparastlik

2. Diniy fanatizm

3. Terrorizm

4. Bosqinchilik

5. Fashizm

6. Bolshevizm

7. Jaholatparastlik

8. Shovinizm

Mazkur guruh a'zolari bilan ham yuqoridagi kabi ishlanadi va to‘g‘ri javoblar o‘z vaqtida rag‘batlantirilib boriladi.

4. MUNOZARAGA YAKUN YASASH, FIKRLARNI YAKUNIGA YETKAZISH VA O‘QUVCHILARNI BAHOLASH (9-10 DAQIQA)

Amaliy mashg‘ulotning bu qismida avvalo o‘qituvchi barcha fikrlarga yakun yasaydi. Chunki, o‘qituvchi mazkur dars jarayonida boshidan oxirigacha munozarani tashkil etgan boshlovchi sifatidagina namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar esa mavzuni mustaqil ravishda o‘zlashtirib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon qiladilar. Boshlovchi noto‘g‘ri javoblarning noto‘g‘riligini e'tirof etadi-yu, lekin uni to‘g‘rilashni yana o‘quvchilar hukmiga havola etadi.

Munozaraga yakun yasash qismidagina mavzuning qay darajada o‘rganilganligini, qaysi kerakli fikrlar bayon etildi-yu, qaysi fikrlar e'tibordan chetda qolganligini izohlab o‘tadi, o‘quvchilarning fikrlarini to‘ldiradi va o‘quvchilarning mavzu yuzasidan olgan tushuncha va tasavvurlarini yanada boyitadi.

So‘ng o‘quvchilar olgan rag‘bat kartochkalari hisoblab chiqiladi… Yashil kartochkalar qizil kartochkalilar bilan bir xil baholanishlari uchun ularning hajmi ko‘proq bo‘lishi lozim. Kartochkalar hajmiga qarab o‘quvchilar baholanadilar.

Qizil va yashil kartochkalarning umumiy hisobiga ko‘ra g‘olib guruh aniqlanadi. Shu tariqa guruhlararo musobaqa tarzidagi dars yakuniga yetkaziladi.

5. UYGA VAZIFA BERISH VA DARSNI YAKUNLASH (2-3 daqiqa)

O‘quvchilarga uyga vazifa beriladi va dars yakunlanadi.

Tayanch so‘z va iboralar: Ibtidoiy g‘oya va mafkura shakllari, mifologik xarakterdagi g‘oyalar, milliy-diniy asosdagi mafkuralar, olam va uning yaralishi haqidagi bahslar, g‘oyalarning tarixiy shakllari, bunyodkorlik, yaratuvchanlik, buzg‘unchilik, yovuzlik.


Mavzuni mustahkamlashga oid savollar:

  1. G‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va ko‘rinishlari nimalardan iborat?

  2. Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuraning roli qanday?

  3. Uyg‘onish davrining va mafkuraning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Chor istilosi va sho‘rolar istibdodi davrida g‘oyaviy va mafkuraviy jarayonla qanday kechgan?

  5. Yakkaxokimchilikka intiluvchi g‘oya va mafkuraning xalqimiz boshiga keltirgan fojealari haqida nimalarni bilasiz?

  6. “Milliy g‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllari” mavzusini o‘tishda qaysi o‘qitish metodlariga asoslanish mumkin?

Mavzuga oid adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qo‘rmoqdamiz». –T.: «O‘zbekiston», 1999 yil.

  2. Karimov I.A. «Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va kelajagiga ishonchdir»-T.: «O`zbekiston» 2000.

  3. .Karimov I.A “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” T: “Ma'naviyat” 2008

  4. «Ma'naviyat yulduzlari»-T.: «Abdulla Qodiriy», 1999.

  5. «Barkamol avlod orzusi»-T.: «Sharq» 1999.

  6. Abdumutal Zikrullaev. «G‘oyalar kurashi» -T.: «Movarounnahr», 2000 yil.

  7. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar (izohli ko‘rgazmali vositalar to‘plami). T: «Yangi asr avlodi», 2001 yil.

  8. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. (dasrlik) T.: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati», 2003 yil.

  9. A.Gadoyboev, S.Raximov. «Oltin o‘tda, odam mehnatda toblanadi» (savol-javoblar). T.: «Yangi asr avlodi», 2003 yil.

  10. «Zalolatga ketmang (Hizbut-tahrir fitnasidan ogoh bo‘ling)» -T.: «Movarounnahr», 2004 yil.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling