Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni


-§ Ma’naviyat asoslari fanining didaktik asoslari


Download 0.54 Mb.
bet40/49
Sana08.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#244371
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'q

12-§ Ma’naviyat asoslari fanining didaktik asoslari

Darsning rejasi:

  1. Ma'naviyat asoslari darslariga qo'yiladigan didaktik talablar: ongli ta'lim. ilmiylik, ko'rgazmalilik, o'quvchilarni bilish imkoniyati va yosh psixologik xususiyatlari, uzviylik va uzliksizlik, mavzuni zamon bilan bog'lash.

  2. Ta’lim tarbiya maqsadi. Ta'lim tarbiya mazmuni. Didaktik jarayon. Tashkiliy shakllari.

  3. Reyting tizimi va uni amalga oshirish yo'llari.

  4. Ma'ruza haqida tushuncha va uning asosiy vazifalari. Ma'ruzaning samaradorlik shartlari. Ma'ruza turlarining o'ziga xos xususiyatlari. Seminar mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlari.

  5. Seminar mashg'ulotlarida ta’lim berish texnologiyasini loyihalash va rejalashtirish. Darslik va o'quv qoilanmalarining tarkibiy tuzilishlari. Ma’naviyat asoslari fani mazmuniga qo'yiladigan talablar.

  6. Uzluksiz ta’lim tizimida shaxs ma'naviyatini shakllantirish talablari va bosqichlari.


1. Milliy g’oya fanini o`qitishning didaktik printsiplari.

A) Ta`limda tarbiya va informatsiya birligi.

B) Ilmiy va tushunarlilik printsipi.

V) Sistemalilik izchillilik printsipi.

G) Amaliyot va nazariy birligi printsipi.

D) Onglilik, faolilik, mustaqillik printsipi.

E) Ko`rgazmalilik printsipi.

J) Ta`limda tinglovchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, o`quv imkoniyatlarini hisobga olish printsipi.

2. «Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasi» ni o`qitishning xususiy printsiplari:

a) Umumiylikka, alohidalikka o`tish printsipi.

B) Tanqidiy tafakkur printsipi.

V) Mustaqillik tafakkur printsipi.

G) Analiz va sintez printsipi.

D) Tarixiy va mantiqiylik printsipi.

E) Kuzatish va umumlashtirish printsipi.

3. «Milliy g’oya fanini o`qitish metodikasi» ni o`qitishda umumiy va xususiy printsiplarning uzviy birligi.

Maktablar tajribasi darsning ma`lum tizimini yaratdiki, ko`pchilik o`qituvchilar bu tizimga rioya qilib, ma`lum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshqa uy vazifasi tekshiriladi yoki o`tgan mavzu takrorlanadi, so`ngra o`tgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. SHundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustaxkamlash uchun nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa beriladi.

Ba`zan, bu maqsadlardan bittasiga bag`ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo`ysinadi.


  1. O`qitishda didaktik printsiplar:

A) ta`lim va bilimning birligi.

B) ilmiylik va tushunarlilik

V) sistemalilik, izchillilik

G) amaliyot va nazariya birligi

D) onglilik va faollilik, mustaqillilik

E) ko`rgazmalilik

Z) Ta`limda tinglovchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, o`quv imkoniyatlarini xisobga olish printsipi.

2. O`qitishning xususiy printsiplari;

A) umimiylikka va aloxidalikka o`tish printsipi; B) tanqidiy tafakkur V) mustaqil tafakkur, G) analiz, sintez, D) tarixiylik, mantiqiylik, E) kuzatish umumlashtirish, Z) umumiy va xususiy printsiplarning uzviy biriligi, ta`lim va bilishning birligi.



Didaktika-ta`lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o`rganuvchi qismidir. Didaktika-grekcha so`z bo`lib, «o`qitish», «o`rgatuvchi» degan so`zlardan «didaktika» so`zma-so`z tarjimasi ta`lim nazariyasini anglatadi.

A. Ta`limning asosiy vazifasi

- yosh avlodni ilmiy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat didaktika pedagogakaning «nimaga o`qitish», «nimani o`qitish», «qanday o`qitish» kabi savollariga javob izlaydi.

O`qituvchi ta`lim samaradorligiga erishish va o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun ta`lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o`quvchilar tomonidan;

- o`quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr yuritish, o`rganilgan ma`lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni odatiy, yangi kutilmagan vaziyatlarda qo`llash bosqichlari yordamida uyushtiriladi.

Ta`lim qoidalari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig`indisiga aytiladi.

B. Ta`limning ilmiyligi. Ilmiy bilimlar-voqelikning haqqoniy intiqosidir.



Tevarak-atrofni o`rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning ichki muhim xossalarini va o`zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilimlarnigina qoidasi-ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e`tiqod tafakkuri rivojlanadi. Ilmiylik qoidasi ta`lim jarayonida o`quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyot darajasiga, muvofiq keladigan ilmiy bilamlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borilishi ta`limga qaratilgan.

V. Sistemalilik (tizimi) izchillik printsipi.

Ta`lim vazifasini ma`lum bir tizimsiz bajarib bo`lmasligini ko`rsatadi. O`quv materialini tushuntirish tizimi:

-o`quv materialini tushuntirish tizimi:

-o`quv materialini aniq bayon qilingan g`oyalarga;

-o`qituvchi bu g`oyalarni qaysilarini tushuntirmoqchi ekanligiga;

-baholar, bilimlarni o`zlashtirishga qanchalik imkonniyat berilishi;

-fikrlash xususiyatlariga darsdagi bilimlarni o`zlashtirish jarayoni tushuntirilishiga bog`liqdir.

Ta`limda izchilikka rioya qilib o`qitish lozim, toki bugun o`rganilgan bilimlar kecha o`rganilganlarni mustahkamlasin, ertaga o`rganiladiganlarga zamin hozirlansin.

G. Ta`lim va tarbiyaning birligi qoidasi (amaliyot va nazariya) uni ta`minlamoq uchun:

-bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham, ilmiy, ham g`oyaviy jihatdan to`g`ri talqin qilishi, o`qitilayotgan tamoyilning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta`lim jarayonida hadislardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi, lozim. SHuningdek bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkamlash o`zlashtirilishi va turmushda unga amal qilish, muammoli jarayonni va kasbga qiziqish tashabbuskor ta`limga e`tiqod kuchining uyg`unligi, ta`lim jarayonida o`quvchilarning uyushqoqlik, intizomlililik va javobgarlikni sezish, o`zaro yordam hislarini tarbiyalash zarur.

Nazariya va amaliyot birligi. Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o`zlashtirish va uni amalda qo`llay olish, o`quv materiallarini idrok qilish, anglash, mustahkamlab, esda saqlab qolish kabi ruhiy jarayonlar bilan bog`liq holda bir butun jarayonni tashkil qiladi.

D. Onglilik, faollik, mustaqillilik qoidasi:

-bilimlarni ongli ravishda o`zlashtirish

-hayotiy hodisa, jarayonlar bilan bog`lash

-nutqiy ravojlantirish nazarda tutadi.

-tafakkur qilish qobiliyati



-ma`ruza, seminar dasrlarini qo`shib olib borish jarayonini yanada takomillashtiradi

E. Ko`rgazmalilik qoidasi:

-o`qitish sifatini oshiradi

-o`qitish jarayonida ko`rish, eshitish, xid bilish, ta`m-maza bilish, teri, muskul-harakat kabi sezgi organlarining bir yo`la ob`ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.

-tez qulay, oson o`zlashtiradi.

-uzoq vaqt esda qoladi

-sxema, jadval, diogramma materiallari ustida taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish xulosa chiqarishda ahamiyatga egadir.

Bo`lishi mumkin:

-grafik-ko`rsatmali qurollar, chizmalar, diogramma, diofil’mlar.

-gramplastinkalar, magnit lentasi, badiiy o`qitish namunalari, talaffuz qilishga oid materiallar

-gerbariylar kollektsiyalar, ashyolar, rasm-fotosurat, ovozsiz kinofil’mlar

Z. Ta`limning o`quvchilarga mos bo`lish qoidasi:

-o`quv materialining mazmuni, uning xajmi harakteri

-jismoniy rivoji

-saviyasi, imkoniyatlariga loyiq bo`lishi

"osondan qiyinga qarab borish"

-materialni xaddan tashqari engil bo`lishi qiziqishni so`ndiradi

-aksincha qiyin, og`ir bo`lsa, qo`yilgan misol va masalalarni echish, hal qilishga qurbi etmasa o`z kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug`diradi.

"Ma`lumdan noma`lumga qarab borish"dir.

"Soddadan murakkabga qarab borish"dir.



O`qitish usullari o`quv materialining xarakteriga mos holda to`g`ri tanlangan bo`lmog`i lozim. Bilish, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirib olishning mustahkamligiga avvalo o`qitish qoidalari: tushunarlilik, tizimlilik, izchillilik, nazariya va amaliyotning bog`liqligi, ko`rsatmalilik, o`quvchilarning ongliligi, faolliligi qoidalarini amalga oshirish bilan erishiladi.

Ma`naviyat nazariyasida ta`lim mazmunini shakllantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 1.Ta`lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi tamoyili. Bu tamoyil ta`lim mazmuniga zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalarni shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlarni kiritishni ko`zda tutadi.

2. O`qitishning mazmun protsessual jixatlariyaing yagonaligi tamoyili Bu tamoyil o`quv jarayonining konkret xususiyatlari, tamoyillari, ularni amalga oshirish texnologiyalari va o`zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.

3. Turli darajadagi ta`lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Buni shakllantirish nazariy tasavvur, o`quv fanlari, o`quv materiallari, ta`lim oluvchining shaxsi kabi qismlarning muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi.

4. Ta`lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning umuminsoniy madaniyati, uning ma`naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol ijodiy va amaliy o`zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi.

5. Ta`lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni integratsiyalash, uzviylik va fanlararo alokalarni o`rnatishni talab qiladi.



6. Ta`lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi tamoyili. Ta`lim mazmunining amaliy komponenti malaka va ko`nikmalarni shakllantirishni o`z ichiga oladi. Tashqi yoki amaliy, ichki yoki intellektual malaka va ko`nikmalar mavjud.

Malaka va ko`nikmalar barcha o`quv fanlari uchun umumiy bo`lishi mumkin, xar bir o`quv fani uchun o`ziga xos va xarakterli bo`ladi. Malaka va ko`nikmalar muayyan faoliyat turining asosini tashkil etadi. Faoliyatning esa bilish, mexnat, badiiy, ijtimoiy, qadriyatlarga yo`naltirilgan va kommunikativ turlarini qayd qilish mumkin.



Ijodiy faoliyat tajribasi. U yangi muammolarni xal qilish va voqelikni ijodiy qayta yaratishga tayyor bo`lishda namoyon bo`ladi.

SHaxs munosabatlari tajribasi. Bu asoslash (motivatsiya) -baholash, hissiylik, irodalilik munosabatlar tizimidan iboratdir. Bu tajriba dunyoga, voqelikka, odamlarga baho berish munosabatida namoyon bo`ladi.

Demak, ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasining quyidagi didaktik tamoyillarini har bir talaba bilishi kerak:


  1. Onglilik tamoyili;

  2. Ko`rsatmalilik tamoyili;

  3. Ilmiylik tamoyili;

  4. Ketma-ketlik tamoyili;

  5. Puxta o`zlashtirish tamoyili va hakazolar.

Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi darslarida asosiy didaktik maqsadlardan biri fanni talabaning to`la egallashiga erishish.

Albatta har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko`zlanadi. Ular orasida bittasi bosh maqsad bo`lib, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.

Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o`qitilayotgan mavzuning mazmunini ochib beradi. Birinchi holda yangi tushunchalar bilan tanishtirish bo`lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va ko`nikmalarni hosil qilish, to`rtinchisida, bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish va x.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O`tilganlarni takrorlash oldin o`tilgan darslarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o`z ichiga oladi. YAngi materialni bayon qilish har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.

Rivojlanish mohiyati, uning sur`ati jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida insonlarning ma`naviy kamoloti darajasiga bog`liq bo`lgan. Qaerda ma`naviy rivojlanish yuksak bo`lib, ma`rifiy-tarbiyaviy ishlar oqilona yo`lga qo`yilgan bo`lsa, shu erda jamiyat ijtimoiy mezonlari asosida tez taraqqiy qilganligi tarixdan ma`lum. Biz qurayotgan demokratik huquqiy davlatning uchta muhim tomoni bor. Bu iqtisodiyot, siyosat va ma`naviyat. SHu uch omil qanchalik mustahkam va o`zaro kuchli dialektik aloqada bo`lsa, kelajagimiz ravnaqi ham shunchalik ishonchli bo`ladi.Jamiyat tez rivoj topadi. YUksak ma`naviy burchlar kecha yoki bugun o`ylab topilgan emas. Ular insoniyatning necha-necha asrlik hayotiy tajribasi davomida yuzaga keladi. Ma`naviyat insonga ona suti, ota namunasi o`giti bilan singib kelgan.

Mustaqil respublikamizning bugungi ma`rifiy va ma`naviy hayotida asrlarga teng sezilarli o`zgarishlar yuz bermoqda. Milliy an`analarimiz va asriy qadriyatlarimiz tiklanmoqda, ularning xayotimizdagi o`rni yanada mustahkamlanmoqda. Jamiyat ma`naviyatini yanada yusaltirish uchun, rivojlantirishning o`ziga xos yo`lidan borayotgan mamlakatimiz taraqqiyotining ustivor yo`nalishlaridan biri ekanligini bugun yaqqol ko`rib turibmiz. Zero, fuqarolarni milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalashda ma`naviyatning roli beqiyos ekanligi hammaga ma`lum.

Kuchli, qudratli davlat kuchli ma`naviyat zamirida vujudga keladi. Mustaqillik qo`lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobaynida yaratib kelingan g`oyat ulkan, bebaxo ma`naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilganligi natijasida halqimizning o`z taqdirimizning chinakam egasi, o`z tarixining ijodkori o`ziga xos milliy qadriyatlarning, madaniyatning sohibi sifatida tan olindi. Qisqa vaqt ichida jamiyatimizning barcha sohalarida shu jumladan, ma`naviy-madaniy sohada ko`zga ko`rinarli o`zgarishlar amalga oshirildi. eng quvonarlisi shundaki, tarixiy, milliy va ahloqiy qadriyatlar hamda an`analarning, muqaddas zaminimizning jamiyatni manaviy yuksaltirishdagi o`rni va ahamiyati qayta tiklandi.

Ma`naviyat asosolari ta`limining vositalariga birinchidan O`zbekiston Prezidenti asarlari kiradi.CHunki mamlakatimizda xalqimiz ma`naviyatini tiklashda Islom Karimovning roli katta. YUrtboshimizning «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Jamiyatimizning mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin», «Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajagiga ishonchdir», «Ma`naviy yuksalish yo`lida», «Maktab-taraqqiyot, madaniyat va saodat kaliti» va boshqa asarlarida zamonaviy milliy ma`naviyatimizning asoslari ishlab chiqilgan. Bu asarlarda milliy ma`naviy tiklanish va ma`naviyatni rivojlantirish g`oyalariga asoslangan ma`naviyat tushunchasiga ta`rif berilgan.

Mustaqil mamlakatimizning oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish va yo`lga qo`yilganiga ancha vaqt bo`ldi. YUqorida aytilanidek, 1997 yilda bu fan «Ma`naviyat va ma`rifat asoslari» nomi bilan kiritilgan edi. O`tgan davrda mazkur fanning maqsadi va vazifalari xususida ma`lum tasavvur paydo bo`ldi, uning samaradorligini oshirish yuzasidan uslubiy pedagogik qarashlar tizimi shakllandi. O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq bu sa`yi –harakatlarni yanada faollashtirish talab etiladi. CHunki xalqaro andozalardagi bu hujjatlar tizimi zimmasiga dunyo ilm-fan yutuqlaridan yaxshi xabardor, xalqimizning nomidan jahon miqyosida baralla so`z ayta oluvchi O`zbekiston sha`nini ulug`lashga qodir farzandlarni kamol toptirishdek g`oyat ma`suliyatli vazifa yuklanmoqda.

Mamlakatimizning maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlanayotgan mutaxassislarni faqat kasb nuqtai-nazaridan emas, balki ularning dunyoqarashlari ma`naviyati, tafakkuri, mafkuraviy-siyosiy etukligi, ahloqiy barkamolligi va ijtimoy faoliyati jihatlarini ham hisobga olgan holda shakllantirish g`oyat muhim vazifadir. Bu borada ma`suliyat o`qituvchilar zimmasiga tushadi.

Ma`naviyat asoslari ta`limi vositasiga ikkinchidan, darslik va o`quv qo`llanmalari kiradi.

O`quvchilarning ijodiy izlanishi, qo`shimcha bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda, ijodiy foydalanishda darsliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikdan foydalanish, u bilan ishlash yo`llarida modul ta`lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda mavzu, tugallangan fikrni qismlarga, qism esa blok modullarga ajratiladi.

Har bir qismni o`quvchilar, mustaqil o`zlashtirishlari uchun o`quv topshiriqlari tuziladi. O`quv topshiriqlar asosida har bir model yakunida savol-javob o`tkaziladi, xulosa chiqariladi. Hamkorlikda o`qitishning asosiy g`oyasi: o`quv topshiriqlarini birgalikda bajarish, hamkorlikda o`qishni o`rgatish, kerakli bo`lgan axborotni izlash manbalari, izlanish bosqichlari, to`plangan axborotlar, materiallar, faktlar ustida tahlil o`tkazish, xulosalar yasash, yangi faktlarni to`plash, umumlashtirish va xulosa yasash, olingan natijalarni rasmiylashtirishdan iborat.

Ijodiy faoliyat tarkib topishi uchun:


    1. O`quvchilarga tayyor bilimlar berilmasdan, bilimlarni mustaqil o`zlashtirish usularini egallashi;

    2. Bitta muammoni hal etish uchun har xil nuqtai nazarni bayon etish, boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan izlanishlar olib borish zarurligini tushuntirishlari;

    3. O`quvchilarni tadqiqot metodlaridan foydalanish ko`nikmasiga ega bo`lishning ahamiyati, zarur ahborotlar, faktlar, materiallar to`plash, ularni turli nuqtai nazardan tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, xulosa, yakun yasashlari kerak.

O`qituvchining asosiy vazifalari:

YOshlarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har birida bilimlarning muhimligini tushuntirish, mustaqil ishga o`rgatish, yoshlarga mustaqil faol mustaqil ish talabini singdirishdan iborat.

Maktabning vazifasi aniq bilimlar hajmini bilibgina qolmay, balki o`zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida talaba-o`quvchilarda ijodiy ish ko`nikmalarini hosil qilish va mustaqil ta`lim va bilim olish uchun o`ziga xos qobiliyatni shakllantira oladigan bo`lishi lozim.

Muammo?


  1. An`anaga ko`ra o`qituvchi hozirgacha yaxshi bajaruvchilarni tayyorlashni mo`ljallaydi, mazmunli bilim beradi, lekin ushbu mazmunli bilimlarni maqsadga muvofiq ishlatish uslublari haqida bilim bermaydi.

  2. Ijodiy faoliyatni rivojlanishga e`tiborni kam qaratadi.

Ma`naviyat asoslari ta`limining eng muhim vositalaridan biri o`quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishdir.

O`quvchi-talabalarning jonli bilish faoliyati uchun quyidagilar xosdir:



  • bilimga va o`quv maqsadlariga bo`lgan chuqur, har tomonlama qiziqish;

  • aqliy, jismoniy va intellektual kuchlarni faol namoyon qilish;

  • diqqat, xotira, iroda va boshqa ruhiy sifatlarni to`plash;

Bilish faolligi jarayonida quyidagi 4 sath ajratiladi:

  • reproduktiv faollik. Bunda tayyor bilimlarni egallashga tayyorgarlik, qizg`in qayta ishlash faoliyati amal qiladi;

  • applikativ faollik – unga qizg`in tanlov-yaratish faoliyatiga tayyorlik xarakterlidir;

  • izohlashdagi faollik – ma`no-mazmunni qizg`in izohlash, tushuntirish va ochib berishga tayyorlik;

  • produktiv (samarali) faollik – unga yangilikni qizg`in ijod qilishga tayyorlik xarakterlidir.

Bilish faolligi rivojlanishi bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi:

  • mustaqil xatti-harakatlarga intilishda namoyon bo`ladigan amaliy faoliyatdagi faollik;

  • o`rganilayotgan hodisalarning mohiyati va tamoyillarini qo`lga kiritishdagi intilish;

  • ijodiy faollik (oliy bosqich) bo`lib, u sabab-oqibat bog`lanishdan, ijodiy fikrlarning haqqoniyligiga, uning hayotiy va bilish qimmatiga ishonch hosil qilishdan tarkib topadi.

Aql rivojlanishining xarakterli xislatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • atrof-muhitga faol munosabatda bo`lish;

  • o`ziga ma`lumlar chegarasidan chiqishga intilishi;

  • nazariy va amaliy maqsadlarda bilimlarini oshirish va ularni ijodiy qo`llashning doimiy zaruriyati;

  • kuzatuvchanlik, hodisalar va faktlarning eng mohiyatli jihatlarini va aloqalarini ajrata olish qobiliyati;

  • muammolarni ratsional hal qilish uchun zarur bo`lgan vazifalar va vositalar o`rtasidagi aloqalarni ta`minlovchi harakatlar va izlanishlarning izchilligi;

  • ishdagi aniqlilik va natijalarni qo`lga kiritishdagi ishonchlilikni ta`minlovchi intizomlilik;

  • aqliy kenglik – bu aqliy faoliyat va xotira rivoji izchilligiga asoslangan hosila sifatdir;

  • keng ilmiy axborotlarga asoslanish qobiliyati;

  • keng ilmiy ufq, texnik va komp’yuter vositalaridan foydalanish malakasi;

  • real voqelik jarayonlarini to`xtovsiz aks ettiruvchi tushunchalarni o`zlashtirish va foydalanishga moyillik;

  • aqliy faoliyatning dinamikligi;

  • mustaqillilik va ijodiy harakter.

Rivojlangan aqlning eng oliy shakli ijodiy tafakkurdir. U insonning bilish bosqichi va ob`ektiv voqelikni aks ettirish jarayonining oliy shaklidir. Ijodiy tafakkur faollikning va kishining mustaqil faoliyatining oliy shakli sifatida ijtimoy ahamiyat va betakrorlik kasb etadi. U ijodiy javob talab qilanadigan masalaning qo`yilishi; muammoni ko`ra olishi; oldindan qo`yilgan gipoteza va masalani echish yo`llari va usullarini aniqlash uchun zarur bo`lgan bilimlarni safarbar qilish; maxsus kuzatuvlar va eksperimentlar, tug`ilgan fikrlarni ifolalashni aks ettiradi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling