Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana22.11.2020
Hajmi1.4 Mb.
#149900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MIG tarixi nazariyasi


23
  
Insoniyat  taraqqiyotining  tarixiy  tajribalari  demokratik  tamoyillarga 
asoslangan  davlatgina  bosh  islohotchilik  rolini  bajarishi  mumkinligini  nazariy  va 
amaliy  jihatlardan  isbotlab  bergan.  Darhaqiqat,  jamiyat  siyosiy  institutlari  ichida 
davlatning bosh islohotchilik rolini belgilaydigan kuch-qudrati, avvalo, demokratik 
institutlarning  mustaqil  faoliyat  kо‗rsatishi  uchun  shart-sharoit  yaratish,  fuqarolar 
va  jamiyatning  barcha  siyosiy,  ijtimoiy  salohiyatini  rо‗yobga  chiqarish, 
tadbirkorlik  va  iqtisodiy  tashabbuslar  erkinligi  uchun  zarur  imkoniyatlarni  tashkil 
etib berish qobiliyati bilan о‗lchanadi. 
 
О‗zbekistonda  milliy  mustaqillikni  mustahkamlash  va  yurt  tinchligi,  Vatan 
ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik 
roli  quyidagi  xususiyatlarida  namoyon  bо‗ladi:  1)  davlat  -  siyosiy  hokimiyatning 
uzviy  mushtaraklashgan  institutlari  tizimiga  ega  bо‗lib,  milliy  g‗oyani  amalga 
oshiradigan,  strategik  maqsadlarga  yо‗naltirilgan  ichki  va  tashqi  funksiyalarini 
bajarishning  mukammal  mexanizmlariga,  vositalariga  ega;  2)  davlatning 
demokratik  konstitusionalizmga  asoslangan  qonuniy-huquqiy  tamoyillari  va 
ularning  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  faravonligi  manfaatlariga  mos  kelishi 
                                                 
22
Каримов  И.  Инсон  манфаатлари  устуворлигини  таъминлаш  –  барча  ислоҳот  ва 
ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. «Халқ сўзи», 2008 йил 9 феврал. 
23
 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.:―Маънавият‖, 2008. –Б. 108. 

bosh  islohotchilik  roli  samaradorligini  belgilaydigan  mezon  hisoblanadi;  3) 
davlatning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat 
qilish  jaryonida  islohotchilik  rolini  takomillashtirib  borishi  yurt  tinchligi,  Vatan 
ravnaqi  va  xalq  faravonligini  ta‘minlash  darajasi  bilan  о‗lchanadi;  4)  Milliy 
taraqqiyotning  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g‗oyalarini  amalga 
oshirilishi  davlatning  islohotchilik  roli  natijasi  bо‗lib  qolmasdan,  shu  bilan 
birgalikda, uning mavjudligi sharti va rivojlanishini ta‘minlaydigan omillaridir.  
Uchinchidan,  insoniyat  jamiyatining  har  qanday  bosqichida,  umuman 
ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarni,  xususan  g‗oyaviy-mafkuraviy  munosabatlarni 
tashkillashtirish,  boshqarish  va  nazorat  qilish  muayyan  qonunlarni  taqozo  qilgan. 
Bu  qonunlarni  yaratish  «texnologiyasi»,  ularga  qat‘iy  amal  qilish  mexanizmlari 
mukammalligi  jamiyat,  shaxs  va  boshqa  ijtimoiy-siyosiy  institutlar  tomonidan 
ustuvorligini ta‘minlash darajasiga bog‗liq bо‗ladi.  
Zero, umumdemokratik tamoyillarga asoslangan qonunlar ustuvorligi milliy 
taraqqiyotning  asosiy  g‗oyalarini  amalga  oshirish  yо‗nalishlarini  belgilaydigan 
mezonlar  tizimida  alohida  ahamiyatga  ega.  Chunki,  bu  g‗oyalarni  inson  ongiga 
singdirish, amaliy hayotiga joriy etish: 1) jamiyat rivojlanishini tashkillashtiruvchi, 
boshqaruvchi va nazorat qiluvchi qonunlar ustuvorligini hammaning birdek e‘tirof 
etishi  hamda  istisnosiz  bajarishiga;  2)  qonunlarni  yaratuvchi  va  qabul  qiluvchi 
demokratik  institutlar  faoliyati,  ularni  amalga  oshirish  usullari  va  vositalaridagi 
milliy  xususiyatlarining  umuminsoniy  andazalarga  mosligiga;  3)  jamiyatning 
dinamik  о‗zgarishiga  mos  mavjud  qonunlar  tizimi  о‗zgarishini  taqozo  qiladigan 
obyektiv  zaruriyat  va  ehtiyojni  о‗z  vaqtida  anglash  asosida  qonunlarni  tahrir 
qilishga;  4)  aholi  turli  qatlamlarining  huquqiy  ongi  va  madaniyatini  rivojlantirish 
hamda  ularni  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi  va  xalq  farovonligi  uchun  xizmat 
qilishga yо‗naltirishga bog‗liq bо‗ladi.  
Shuni  alohida  ta‘kidlash  kerakki,  aksariyat  holatlarda  qonun  ustuvorligi 
haqida gapirilganda, huquqiy qonunlar nazarda tutiladi, Vaholanki, tabiat, jamiyat 
va inson tafakkurining rivojlanish qonunlari obyektiv xarakterga ega bо‗lib, inson 
ularni  bilish  asosida  о‗z  amaliy  va  nazariy  faoliyatini  oqilona  tashkil  qilishi 
mumkin.  
Insonning  tarik  organizm  sifatida,  biologik-fiziologik  tuzilishi  —  tabiat 
qonunlariga  moslashuvini,  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  esa  —  jamiyat  qonunlariga 
bо‗ysunishini taqozo etadi. Agar, inson bu qonunlarning obyektivligini suiste‘mol 
qilsa,  muqarrar  ravishda,  jazosini  tortadi.  Shuning  uchun  qonun  ustuvorligi 
deganda,  birinchi  navbatda,  tabiat  qonunlarining  ustuvorligini  ham  e‘tirof  etish 
kerak.  Chunki,  insonning  tabiat  qonunlarini  ilmiy  bilishi  asosida,  uni  о‗sib 
borayotgan  ehtiyojlariga  kо‗ra,  oqilona  о‗zgartirishi  va  о‗zlashtirishi,  umuman 
jamiyat  taraqqiyotining  darajasini  belgilaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
insonlarning tabiat qonunlariga asoslanib yashash madaniyatini shakllantirmasdan, 
ijtimoiy  hayot  qonunlariga  kо‗ra  yashash  madaniyatini  rivojlantirib  bо‗lmaydi. 
Undan  tashqarida  esa,  milliy  g‗oyaning  amaliy  faoliyat  doirasini  tasavvur  qilish 
mumkin emas.  
Tо‘rtinchidan,  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g‗oyasining 
asosiy  maqsadi  —  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  о‗tish  davrida,  aholini 

ijtimoiy  muhofaza  qilish  bilan  bevosita  bog‗liqdir.  Chunki,  О‗zbekistonning 
demografik  strukturasi,  iqtisodiy  ishlab  chiqarishning,  mustabid  tuzumdan  meros 
bо‗lib  qolgan,  tarkibiy  tuzilishi  aholining  moddiy  jihatdan  kam  ta‘minlangan, 
nochor qatlamini davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilishni kun tartibiga qо‗ygan 
edi.  
Bu  vazifaga  mamlakatimizda  davlat  ijtimoiy  siyosati  darajasida,  yurt 
tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligini  ta‘minlashning  zaruriy  sharti  va  
gumanistik tamoyili sifatida qaralmoqda. «Aholining real pul daromadlari bir yilda 
27  foizdan  ziyod  kо‗paydi.  Statistika  idoralari  ma‘lumotlariga  kо‗ra,  2001  yilda 
mehnatga  layoqatli  aholining  о‗rtacha  ish  haqi  kun  kechirish  uchun  minimum 
darajada zarur bо‗lgan mablag‗ning 99 foizini tashkil qilgan bо‗lsa, 2007 yilda bu 
kо‗rsatkich  3  barobardan  kо‗proq  oshdi.  Ta‘kidlash  joizki,  bu  raqam  Mustaqil 
Davlatlar  Hamdо‗stligi  mamlakatlari  о‗rtasida  yuqori  kо‗rsatkichlardan  biri 
hisoblanadi»
24
.Lekin, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tamoyili, keng va universal 
mazmunga  ega  bо‗lib,  faqatgina  kam  ta‘minlangan  kishilarga  insonparvarilk 
yordami  kо‗rsatish  yoki  moddiy  jihatdan  kо‗mak  berishdan  iborat  emas,  balki 
hayot  sharoitining  barcha  tomonlarini  yaxshilashni  ham  о‗z  ichiga  oladi.  Shu 
nuqtai  nazardan,.  2007  yilga  kelib  «aholini  ichimlik  suvi  bmlan  ta‘minlash  84 
foizga, shu jumladan, qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta‘minlash 
82  foiz,  qishloqlarda  esa  77  foizgacha  о‗sishini»
25
  ijtimoiy  himoyaning  muayyan 
yо‗nalishi tarzida qarash kerak.  
2007  yil  mamlakatimizda  Sog‗liqni saqlash tizimini  tubdan isloh  qilishning 
ikkinchi  bosqichini  amalga  oshirish  bо‗yicha  maxsus  dastur  qabul  qilindi  va  u 
bugungi  kunda  amalga  oshirilmoqda.  Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasidan  va 
amaliy maqsadga javob berishidan kelib chiqqan holda, tibbiyot sohasi boshqaruv 
tizimining barcha bо‗g‗inlari qayta kо‗rib chiqilmoqda. 
Davlatning  ijtimoiy  muhofaza  siyosati  mamlakatimizda  yashayotgan 
aholining  iqtisodiy,  siyosiy,  ma‘naviy,  madaniy,  ruhiy  hayot  sharoitlarini 
mentalitetiga yot g‗oya va mafkuralarning tajovuzidan muhofaza qilishni ham о‗z 
ichiga  oladi.  Zero,  millat  ruhiga,  hayot  tarziga  yot  bо‗lgan  g‗oyalarning 
mamlakatimizga kirib kelishiga qarshi kurash, fuqarolarning g‗oyaviy-mafkuraviy 
immunitetini shakllantirish ham ijtimoiy  muhofaza siyosatining muhim  yо‗nalishi 
bо‗lib, milliy taraqqiyotni rag‗batlantiruvchi zaruriy omildir.  
Yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g‗oyasi  va  aholini  ijtimoiy 
muhofaza  qilish  tamoyili  о‗rtasidagi  bog‗lanish,  ularning  biri  ikkinchsini  taqozo 
qilishida  namoyon  bо‗ladi.  Xususan:  1)  Vatan  ravnaqi  g‗oyasi  aholining  barcha 
qatlamlarini  ijtimoiy  himoya  qilish  mexanizmlari,  usullari  va  vositalari 
samaradorligini ta‘minlagan vaziyatda, о‗z mazmuniga ega bо‗ladi;  
2)  aholining  ijtimoiy  himoyalanish  darajasi  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq 
farovonligi  g‗oyasining  gumanistik  mazmun  va  mohiyatini  ifodalaydigan  asosiy 
mezondir;  3)  jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  sohalardagi  izchil 
                                                 
24
 Каримов И. Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош 
мақсадидир. «Халқ сўзи», 2008 йил 9 феврал. 
25
 Каримов И. Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош 
мақсадидир. «Халқ сўзи», 2008 йил 9 феврал 

rivojlanish  xususiyatlari  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligi  g‗oyasini 
faol amalga oshirish jarayonida namoyon bо‗ladi; 4) yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, 
xalq  farovonligi  g‗oyasi  dinamik  xarakterga  ega  bо‗lsa  ham,  har  qanday  tarixiy 
davrlarda  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilishning  umumiy  maqsad  va  vazfalarini 
ifodalaydi.  
Beshinchidan,  О‗zbekistonning  milliy  taraqqiyot  xususiyatlarini  hisobga 
olgan  holda,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  tadrijiy,  evolyusion  yо‗l  bilan 
bosqichma-bosqich  о‗tish  tamoyili,  hozirgacha  jamiyatni  rivojlantirishga  doir 
mavjud  bо‗lgan  ijtimoiy  fikr  tarixidagi  nazariyalar  va  g‗oyalarning  mazmunini, 
umuminsoniy  tamoyillarini  rivojlantirishning  konkretlashgan  yо‗nalishidir.  Zero, 
jamiyat  taraqqiyotining  tarixiy  tajribalari  ijtimoiy  hayotni  inqilobiy  yо‗l  bilan 
keskin о‗zgartirishlar, uning ravnaqini emas, balki g‗oyat xavfli: iqtisodiy, siyosiy, 
ma‘naviy  inqirozlarining  asosi,  boshlanishi  bо‗lganligini  qayta-qayta  isbotlab 
bergan.  Bu  haqda  N.Berdyayev  «Intelligensiyaning  ma‘naviy  inqirozi»  degan 
asarida:  «Har  qanday  revolyusiya  reaksiyaga  qarshi  reaksiyadir,  undan  keyin  esa 
revolyusiyaga qarshi reaksiya boshlanadi»
26
, deb yozgan edi. Shu nuqtai nazardan, 
jamiyatimiz  rivojlanishidagi  vorislik  munosabatlari,  tadrijiylik,  «yangisini 
qurmasdan,  eskisini  buzmaslik»  tamoyili  yurt  tinchligi,  Vatan  ravnaqi,  xalq 
farovonligining zaruriy sharti bо‗lib qolmoqda. 
 
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:  
milliy  taraqqiyot  strategiyasi,  strategik  imkoniyat,  strategik  vazifalar, 
taktika, istiqbol strategiyasi, jahon hamjamiyati, integratsiya, globallashuv. 
 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.  Strategik vazifalarni belgilovchi mezonlar. 
2.  ―О‗zbek modeli‖ning strategik ahamiyati nimada? 
3.  О‗zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashish  imkoniyatlari  va 
muammolari. 
4.  О‗zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirish omillari. 
5.  Strategik  vazifalarni  amalga  oshirishni  g‗oyaviy-mafkuraviy  ta‘minlash 
zaruriyati nimada? 
6.  Strategik  vazifalarni  amalga  oshirishning  taktik  usullari  va  vositalarini 
kо‗rsating. 
 
MAVZUGA OID  ADABIYOTLAR: 
1. 
О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: 2008. 
2. 
Karimov  I.  A.  Jaiyatimizni  erkinlashtirish,  islohotlarni  chuqurlashtirish, 
ma‘naviyatimizni  yuksaltirish  va  xalqimizning  hayot  darajasini  oshirish  –  barcha 
ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. –T.: О‗zbekiston, 2007. –B.199. 
3. 
Karimov  I.A.  Inson  manfaatlari  ustuvorligini  ta‘minlash  –  barcha  islohot  va 
о‗zgarishlarimizning  bosh  maqsadidir.  О‗zbekiston  respublikasi  Prezidenti  Islom 
                                                 
26
 Бердяев Н. Духовный кризис интеллигенции. СПб., 1909. –С.92. 

Karimovning  2007  yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va 
2008  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  ustuvor 
yо‗nalishlariga  bag‗ishlangan  Vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi  ma‘ruzasidan: 
«Xalq sо‗zi», 2008 yil 9 fevral. 
4. 
Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.:―Ma‘naviyat‖, 2008. 
–B. 108. 
5. 
Berdyayev N. Duxovniy krizis intelligensii. SPb., 1909. –S.92. 
6. 
1
 Karimov I. A. Biz kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilan quramiz. T.7. –T.: 1999 
–B.373, 374, 379, 381,   
7. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi:  asosiy  tushuacha  va  tamoyillar.  —  T.:  О‗zbekiston, 
2001. –B. 51-52. 

Milliy g„oyaning jamiyat hayoti sohalari bilan bog„liqligi 
Reja:  
1.    Jamiyat  hayoti  sohalari  tushunchalari,  ma‘no-mazmuni.    Milliy   
g‗oyaning jamiyat hayoti sohalarida aks etishi.   
2. Milliy g‗oya bosh maqsadini amalga oshirishda jamiyat hayoti  sohalarini 
rivojlantirishning о‗rni. 
3.   Mustaqillik  tufayli jamiyat hayoti sohasida erishilgan yutuqlar. Ularning 
milliy g‗oya g‗oya maqsadlari bilan  uyg‗unligi 
 
1-masalaning bayoni:  Milliy   g‗oya jamiyat hayotining barcha sohalarida, 
jumladan,  ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,  ma‘naviy sohalarda aks etadi.  Har qanday 
g‗oyaning  asosida,  uning  mazmuni  va  maqsadini  tashkil  qilgan  bilimlar  yotadi. 
Shunga kо‗ra, milliy g‗oyada biz barpo etayotgan davlat va jamiyatning shakllanib, 
rivojlanish  qonuniyatlari,  undagi  barcha  ijtimoiy  munosabatlar  xarakteri,  bugungi 
va  istiqboldagi  taraqqiyotimiz  mohiyati  tо‗g‗risidagi  bilimlar  mujassamlashgan. 
Binobarin,  g‗oyaviy-mafkuraviy  muammolarga  oid  ilmiy  tadqiqot,  ta‘lim-tarbiya, 
targ‗ibot-tashviqot  ishlarida  ayni  shu  masalalar  keng  yoritilishi,  odamlarda 
xalqimiz, mamlakatimiz oldida turgan eng muhim maqsad va vazifalar tо‗g‗risida 
aniq-ravshan  bilim-tasavvurlar  hosil  qilinishi  zarur.  «Chunki  jamiyatimiz, 
mamlakatimiz  о„z  oldiga  qо„ygan  ezgu  muddao  va  vazifalarni  aniq-ravshan 
belgilab  olmasdan  turib,  millatimizning  asriy  an‟ana  va  urf-odatlarini, 
о„zligimizning  asosiy  xususiyatlarini  mujassam  etadigan  milliy  mafkurani 
shakllantirish mumkin emas.  
Buning  uchun,  avvalo,  biz  qanday  davlat,  qanday  jamiyat,  qanday  tuzum 
barpo etmoqdamiz, uning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy asoslari nimalardan 
iborat, degan savolga javob topishimiz kerak»,
27
 deydi Prezidentimiz I.A.Karimov. 
Binobarin,  milliy  g‗oya  va  mafkurani  tushuntirishda  ularning  davlatimiz  va 
jamiyatimiz  qurilishiga  doir  nazariy-metodologik  mazmunini  yoritish  muhim 
ahamiyatga ega.  
Ma‘lumki,  fikr  asosida  -  g‗oya,  g‗oya  asosida  esa  mafkura  shakllanadi. 
YA‘ni, inson(lar) fikran biror zarur ishni mо‗ljallab, uni amalga oshirishga qat‘iy 
ahd  qilsa,  bu  g‗oya  bо‗ladi.  G‗oya  konkret  inson,  guruh,  millat  yoki  jamiyatning 
hayotiy  manfaat  va  maqsadlarini  ifodalab,  ularning  ishonch-e‘tiqodlari  va 
faoliyatiga asos bо‗lsa, mafkuraga aylanadi. 
2-masalaning bayoni: Bugungi kunda biz barpo etayotgan jamiyatning oliy 
maqsadlaridan  biri  insonlarning  farovon  hayotini  ta‘minlashdir.  Jamiyatni 
boshqarishda  odamlarni  farog‗atda  yashashga  imkon  beruvchi,  birdamlikka 
yetaklovchi,  intizomni  shakllantiruvchi  qonunlarni  yaratish  ayni  biz  kо‗zlagan 
maqsadga  xizmat  qiladi.  Shunga  bog‗liq  tarzda  aytib  о‗tish  joizki,  XX  asr 
boshlarida  ozod  yurt  qayg‗usida  yashagan  Abdulla  Avloniy  bu  haqda  shunday 
degan  edi:  «Intizom  deb,  qiladurgan  ibodatlarimizni,  ishlarimizni  har  birini  о‗z 
vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bо‗lmasa edi. Insonlar 
                                                 
27
  Каримов  И.А.  Миллий  истиылол  мафкураси-халы  эътиыоди  ва  буюк  келажакка  ишончдир.Озод  ва  обод 
Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8. –Т. :Ўзбекистон, 2000. –Б. 495.  

bir  daqiqa  yasholmas  edilar...  Alhosil,  har  bir  millatning  taraqqiy  va  taoliysi 
ishlarini  vaqtida  nizomdan  chiqarmay  tartib  ila  yuritmakga  bog‗liqdur...  Ishlarini 
tartib  uzra  yuritgan  kishilarning  ishlari  yerida,  о‗zlari  tinch  va  rohatda  umr 
о‗tkarurlar»
2

              О‗z  yurtlarini  ozod  va  obod  kо‗rishni  orzu  qilgan  jadid  ziyolilari  ham 
tarbiya  masalasiga  alohida  e‘tibor  qilganlari  bejiz  emas  edi.  Yana  bir  bor 
Avloniyning  Forobiy  fikrlariga  hamohang  mulohazalariga  e‘tibor  beraylik.  ―Har 
bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati,   deb ta‘kidlaydi Avloniy, — 
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‗liqdur». Kо‗rinib turibdiki, Forobiy va Avloniy 
turli  davrda  yashaganliklariga  qaramay,  odamlarni  erkin  va  farovon  jamiyatga 
tarbiya orqali yetaklashga da‘vat qilganlar. 
         Forobiy  g‗oyasiga  kо‗ra,  fozil  jamiyat  faqatgina  odamlar  jamoasi  borligi 
uchungina fozil deb atalmaydi, balki adolatli qonunlarga va boshqaruv qoidalariga 
rioya qilgani, dono rahbarga ega bо‗lishga, odamlarning tahsinga loyiq odatlari va 
axloqini  rо‗yobga  chiqarishga  sharoit  yaratgan  jamiyat  bо‗lgani  uchun  ham 
fozildir. 
         Mamlakatdagi  tuzumning  gо‗zal  va  yaxshi  bо‗lishi  xukmdorning 
bilimdonligi  va  о‗zga  tuzumlardagi  farovonlik  va  boshqa  ijobiy  jihatlardan 
xabardorlik  bilan  borliq  degan  fikr  ham  Forobiyni  zamonaviy  demokratiya 
nazariyotchilari  qatoriga  qо‗yishimizga  imkon  beradi.  Buning  ustiga,  fuqarolik 
jamiyati  haqidagi  hozirda  kо‗plab  bildirilayotgan  fikr  mulohazalar  ham 
mutafakkirning nazaridan chetda qolmagan. Forobiy mamlakat aholisi xushxulqqa 
ega  bо‗lmagan  takdirda  kuchli  hokimiyatga  ehtiyoj  turiladi  deb  ta‘kidlaydi. 
«...Hokimiyat ixtiyoriy qabul qilinganda kо‗proq ma‘qul va har tomonlama qulay 
hisoblanadi...  johil  odamlar  ustidan  hukmronlik  va  ularni  hokimiyatga 
bо‗ysundirish haqiqatan tо‗g‗ri ish bо‗lishi bilan birga, erkin va mehr shafqatlilarni 
bо‗ysundirish о‗ta bema‘nilikdir»
1
. Darhaqiqat, komil inson ustidan hukmronlikka 
ehtiyoj  yо‗q.  Komillikka  intiluvchi  insonlar  faoliyati  fozil  jamiyatni 
shakllantiruvchi omillardan biridir. 
              Mutafakkir  fozillar  shahrining  ziddi  bо‗lgan  shaharlar  (jamiyat)  haqida 
ham  fikrlar  bildiradiki,  bu  holat  hozirgi  zamon  jamiyatining  ayrim  jihatlariga 
tanqidiy  munosabatda  bо‗lishni  talab  qiladi.  Forobiyning  ogohlantirishi  shundaki, 
johil  jamiyat  aholisi  baxt  saodatga  intilmaydi,  baxt  saodat  nimaligini  bilmaydi 
ham.  Chunki,    johil  odam  hech  qachon  baxt  topmagan  va  baxt  saodatga 
ishonmaydi xam. Farovonlikka kelsak johil odam (haqiqiy obodonlikni bilmasdan) 
ba‘zilar nazarida baxtu davlat bо‗lib kо‗rinadigan о‗tkinchi, yuzaki narsalarni, mol 
dunyoni, jismoniy lazzatlarni, xirsu shahvatni, obrо‗, amal, shon shuhratni haqiqiy 
baxt,  farovonlik  deb  о‗ylaydi.  Shu  ne‘matlardan  har  biri  johil  odam  nazarida 
hayotdan maqsad, baxt saodat bо‗lib kо‗rinadi. 
            Moddiy  va  ma‘naviy  ne‘matlarning  barchasi  birgalikda  uyg‗unlashgan 
chog‗dagina  haqiqiy  baxt  saodatga  erishish  mumkin.  Bu  ne‘matlarning  teskarisi  
tan kasalliklari, kambag‗alchilik zavq va lazzatdan mahrumlik hurmat va obrо‗ning 
yо‗qligi  –  baxtizlikdir.  Yolg‗iz  jismi  talablarini,  hirsini  qondirish,  ishrat, 
kayfsafoga  intilish  baxt  saodatni  bildirmaydi.  Ehtiroslar  tizginini  jilovlamay, 
shaxsiy  istaklarini  tinimsiz  qondirishga  intilishlar  ham  shular  jumlasidandir. 

Forobiy, shuningdek bir birlarini maqtashni, kо‗kka kо‗tarish, bir birlarining oldida 
yoki  begonalar  kо‗ziga  ulug‗vor,  shon  shavkatli  bо‗lib  kо‗rinishga  soxta 
urinishlarni ham johillikning kо‗rinishi sifatida baholaydi. 
            Farovonlikka  intiladigan  jamiyat  a‘zolarining  о‗z  g‗oyalari,  ixtiyoriy  amal 
qilishga  jazm  etgan  qadriyatlariga  sobitligini  talab  etadi.  Forobiy  fikriga  kо‗ra, 
fozil  jamiyat  aholisining  nazariy  qarashlari  va  amaliy  ishlariga  nisbatan  begona 
g‗oyalar asta kirib olib, ularning qarashlarini о‗zgartirib yubormasligi kerak. Zgro, 
inson  baxt  saodat  nimaligini  tushungan  bо‘lsayu,  unga  erishishni  maksad  kilib 
olmasa, g‘oya va xohishiga aylantirmagan bо‘lsa, unga nisbatan ozgina bо‘lsada, 
ishvk va zavk sezmasa, istak va mulohazasini, kuch va kuvvatini boshka narsalarga 
sarflasa,  bu  kilmishlari  noо‘rindir.  Insonlik  mohiyati  haqiqiy  baxt  saodatga 
erishuv  ekan,  inson  bu  maqsadni  о‗zining  oliy  g‗oyasi  va  istagiga  aylantirib,  bu 
yо‗lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt saodatga erishadi. Inson, avvalo, 
baxt saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni о‗ziga 
g‗oya  va  eng  oliy  maqsad  qilib  olishi,  butun  vujudi  bilan  maftun  bо‗lishi  kerak. 
Keyin  bu  baxt  saodatga  olib  boradigan  amal  va  vositalarning  nimalardan  iborat 
ekanligini  bilib  olishi  zarur.  Sо‗ngra  esa  baxt  saodatga  erishtiradigan  ishlarni 
shaxsan  bajarishga  kirishmogi  lozim  bо‗ladi.  Forobiyning  ushbu  fikrlari  bugungi 
kunda о‗z milliy g‗oyasining pirovard maqsadi sifatida fuqarolik jamiyatini barpo 
etishni  kо‗zlayotgan  jamiyatimizning  maqsadlariga  hamohang  ekanligini  anglash 
mushkul ish emas. 
              Xullas,  farovon  jamiyat  g‗oyasi  mustaqil  va  barqaror  taraqqiyot  yо‗liga 
kirayotgan jamiyatlar uchun ikki hissa qadrlidir. Shu ma‘noda, uning umuminsoniy 
jihatlariga,  demokratik  mohiyatiga  ulkan  e‘tibor  berilayotganligi  tabiiydir. 
Prezident  Islom  Karimov  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  tayangan  holda 
ozod  va  obod  Vatan,  demokratik  jamiyat  qurish  jarayoniga  davlat  siyosati 
darajasida e‘tibor qaratayotganligi ham shundan. 
3-masalaning  bayoni:  Istiqlol,  demokratiya  va  taraqqiyot  о‗zaro  vobasta 
tushunchalar.  Chunki  agar  milliy  mustaqillik  bо‗lmasa,  erkinlik  ham,  erkin 
rivojlanish  ham  bо‗lmaydi.  Shaxs  erkinligi  millat  erkinligidan  ayri  tushuncha 
emas.  Shu  bois,  О‗zbekiston  о‗tgan  asr  boshlarida  istiqlolni  qо‗lga  kiritganda 
birbiri  bilan  vobasta  ikki  vazifa  kun  tartibida  turardi:  biri  —  mustaqillikni 
mustahkamlash  bо‗lsa,  ikkinchisi      bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik 
jamiyat qurish. 
          Hozirgi  paytda  О‗zbekistonda  bu  ikki  jarayon  muvaffaqiyat  bilan  davom 
etmoqda  va  mamlakatimiz  tobora  iqtisodiy  taraqqiy  etgan  davlatlar  safiga  kirib 
bormoqda.  Yana  shu  narsa ham  aniq bо‗ldiki, iqtisodiy  taraqqiyot  ijtimoiysiyosiy 
va ma‘naviyma‘rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi shart ekan. Boshqacha 
aytganda,  iqtisodiy  taraqqiyot  osmondan  tushadigan  mо‗jiza  emas,  balki  uni 
О‗zbekiston  xalqining  о‗zi  amalga  oshiradi.  YA‘ni  xalqimizning  ma‘naviy 
ma‘rifiy saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik 
baland bо‗lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, faravon hayotni 
ta‘minlashgashart sharoityaratiladi»
1
. Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni 
yaxshi  anglab  yetib,  shunga  qarab  faoliyat  olib  borishi  lozim  bо‗ladi.  Ammo  bu 
jabhada  muammolarimiz  kо‗p.  Zero,  demokratiya  —  erkin  yashash  va  erkin 

faoliyat  olib  borish,  fikr  bildirish,  о‗z  irodasini  ifodalash,  haq  huquqlaridan 
bemalol  foydalanish  va  jamiyat  ishlariga  faol  qatnashishni  anglatadi.  О‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasi  bunga  tо‗la  kafolat  beradi  va  har  bir  fuqaroning 
huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma‘naviyat egasi 
bо‗lish,  mas‘uliyat  va  jamiyat  oldidagi  burchni  his  qilishni  talab  etadi.  Qonun, 
huquq  imkoniyatlar  bersa,  axloq,  burch,  о‗zgalar  manfaati  bilan  hisoblashish, 
insoniylik  udumlari,  vijdon  esa  mas‘uliyat  yuklaydi,  har  bir  individual  shaxs 
manfaati  bilan  jamiyat  manfaati  chambarchas  bog‗liq  ekanini  har  soatda  bizga 
bildirib turadi. Shu bois hukuk va burch, erkinlik va mas’uliyat qamma vakt birga, 
uzviy oloqada amal qiladigan tushunchalardir. О‗zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi 
va tadbirkorlik ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat о‗zaniga tushadi, 
kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zо‗ravonlik qilinishiga yо‗l qо‗yilmaydi. 
            Demokratiya  hamma  sohalarda  shaxsiy  qobiliyatni  charxlaydi,  raqobat  va 
«kim  о‗zar»ga  bardosh  berishni  talab  qiladi.  Bu  muttasil  va  muntazam  ravishda 
izlanish,  ixtirolarni  amalga  oshirishni,  har  doim  olga  intilishni  talab  qiladi.  
Sustkashlik  qilgan,  yangilik  yaratishga  noqobil  odam  taraqqiyotdan  orqada  qolib 
ketaveradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik shaxsiy manfaatni ustun qо‗yishga 
mayllik  vujudga  kelishi  muqarrar.  Xudbishshkning  bir  necha  jihatlari  bor:  о‗z 
iste‘dodi  va  qobiliyatini  ishga  solib,  fikri  va  rejalarini  hayotga  tadbiq  etish  ham 
aslida  xudbishshk  ya‘ni  shaxs  sifatida  о‗zlikni  namoyon  qilishdir.  Buni  ijobiy 
ma‘nodagi xudbinlik deb atash mumkin. Bunday xudbinlik individual say harakat 
jamiyat rivojiga yordam beradi. Ammo faqat о‗zini о‗ylaydigan, boshqalar mehnati 
evaziga boyishga intiluvchi shaxslar ham bor. О‗lar о‗zlarini eng dono, eng kuchli 
hisoblab, atrofdagilarga bepisand munosabatda bо‗ladilar, kibru havoga beriladilar 
va  jamiyat  rivojiga  naf  keltirmaydilar.  Mana  bunday  manmanlik  va 
hukmfarmonlikka  asoslangan      xudbinlik  aslida  ma‘naviy  kashshoklik  tufayli 
paydo  bо‗ladigan  axloqiy  qusurdir.  Zero,  «о‗zim  bо‗lay»  falsafasi  milliy 
vatanparvarlik  tuyg‗usini  sо‗ndiradi.  «О‗zim  bо‗lay»  deb  intiladigan  odam 
iymone‘tiqodni xam poymol etadi. Bunday odam haromhalol, yaxshiyomonni ham 
farklamaydi,  qanday  bо‗lmasin,  qayerda  bо‗lmasin  о‗zlashtirib  olsa  bо‗lgani, 
boshqasi bilan ishi yо‗q 
            Shunisi  ma‘lumki,  bizning  ulug‗  shoirlarimiz,  mutafakkir  bobolarimiz, 
avliyo  shayxlarimiz  hirs  va  hasadga,  shaytoniy  nafsga  berilish,  bu  yо‗lda 
odamlarga  jabrzulm  Qilishga  qarshi  chiqqanlar.  Xalqimiz  axloqining  eng  yaxshi 
jihatlari  shu  bois  hozir  ham  о‗z  kuchini  kо‗rsatmoqda.  Biz  tariximiz,  ulug 
madaniyatimiz  obidalari,  ma‘naviy  qadriyatlarni  tikladik.  Xalqimizning  ruhiyati 
tiklandi.  Ma‘naviy  merosimiz  bilan  faxrlanamiz,  ulug‗  Vatan  farzandlari 
ekanligimiz dilimizni g‗ururga tо‗ldiradi. Buning о‗ziyoq Vatanimizning buguni va 
kelajagi  uchun  qayg‗urish  hissini  uyg‗otadi.  Biz  chinakamiga  uygoq  xalq  sifatida 
dunyoga  boqmoqdamiz,  dо‗stu  dushmanni  ajratib,  milliy  manfaatlarimiz  uchun 
kurashmoqdamiz.  
         Har  bir  xalq  о‗zining  milliy  mustaqil  davlati  bilan  о‗zligini  kо‗rsata  oladi. 
Xalqaro rivojlanish sharoitida boshka mamlakatlar bilan raqobat qila oladi. Xullas, 
xalq (millat), mamlakat va davlat tushunchalari ajralmas yaxlitlikdir. 

         О‗zbekistonning  mustaqil  mamlakat  sifatidagi  mavjudligi  uning  milliy 
davlatchiligi  taraqqiyoti  bilan  birgalikda  olib  qaralgandagina  mazmunmohiyatga 
ega  bо‗ladi.  Tarixiy  tajribalar  aynan  о‗tish  davrida  davlatning  islohotchilik  roli 
benihoya  katta  bо‗lishini  tasdiqlamoqda.  Shu  ma‘noda,  mustaqil  О‗zbekiston 
davlatini  xalqimizning  irodasi  va  ruhini  ifodalaydigan,  uning  birligini 
ta‘minlashdagi о‗rni beqiyosdir. 
           Davlatni  shunchaki  ma‘muriy  instrument,  boshqaruv  apparati,  xolos  deb 
talqin  etish  yetarli  emas.  Bu  ta‘rif  demokratiya  sharoitida  ham  milliy  birlik  va 
xalqning  ma‘naviy  yaxlitligi,  demak  uyushib,  jipslashib,  rivojlanish  yо‗liga 
chiqnshiga xalaqit beradi. Qolaversa, taraqqiyot ham, demokratiya ham о‗z о‗zidan 
sodir  bо‗lmaydi.  Mamlakat  xavfsizligini,  osoyishtaligini  ta‘minlash,  siyosiy 
manfaatlar  tо‗qnashuvida  dadil  turib,  milliy  manfaatni  himoya  qilish  davlat 
zimmasidadir. 
           Demokratiya  sharoitida,  albatta,  davlat  va  uning  tarkibiy  qismi  bо‗lgan 
hokimiyatga  munosabat  о‗zgaradi.  Chunki  hokimiyat  jamiyat  nazorati  ostida 
bо‗ladi.  Saylash  va  saylanish  mexanizmining  amal  qilishi,  davlat  rahbarlarining 
hisob berib turishi, matbuot erkinligi, jamoat tashkilotlarining faolligi — bularning 
hammasi  davlatning  mutlaq  g‗oyalarga  berilishiga  yо‗l  qо‗ymaydi.  YA‘ni  shaxs, 
jamiyat  va  davlat  о‗zaro  yaqinlashib  boradi,  birbiriga  hisob  berish  kuchayadi. 
Natijada, shaxs va davlat manfaatlari uyg‗unlashib boradi. 
           Ana  shunday  sharoitda  milliy  g‗oya  qanday  ahamiyatga  ega  bо‗ladi,  u 
demokratik  qadriyatlarning  xalq  ongiga  singashi  va  joriylanishiga  tо‗sqinlik 
qiladimi yoki davlatning ilohiylashuviga sabab bо‗ladimi? 
Bunga faqat «yо‗q» deb javob berish mumkin. 
          Birinchidan,  milliy 
G

OYA 
—  bu  har  bir  shaxs  va  butun  jamiyatga  tegishli 
g‗oyadir.  Milliy  istiqlol  g‗oyasi  fikrlar  va  mafkuralar  xilmaxilligiga  asoslanadi; 
milliy g‗oya jamiyat mafkurasi, davlat mafkurasi emas; 
          Ikkinchidan,  milliy 
G

OYA 
negizida  vatanparvarlik  millatparvarlik  tuyrusi 
yotadi.  Demak  milliy  g‗oya  va  milliy  taraqqiyot,  yurt  rivoji  vobasta.  Shu  nuqtai 
nazardan  ham  yurtboshimiz  Islom  Karimovning  «Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va 
farovon hayot qurish — pirovard maqsadimiz» degan hikmatli sо‗zida ma‘no kо‗p. 
Bu jumlada mustaqillikning abadiyligi, demokratik erkinliklar, Vatan ravnaqi, har 
bir fuqaro hayotining farovonlashuvi kо‗zda tutiladi. 
          Uchinchidan,  milliy  g‗oya  hech  narsani,  jumladan,  davlatni  ham,  alohida 
shaxslarni  ham  ilohiylashtirishni  nazarda  tutmaydi,  balki  xalqning  eng  ezgu  his 
tuyg‗ulari, intilishlarini ifodalab, bunyodkorlik ishlariga rag‗batlantiradi. 
          Tо‗rtinchidan,  milliy  g‗oya  allaqanday  totalitar  xususiyatga  ega  mafkura 
emas,  u  biron  bir  shaxs  ishlab  chiqqan  va
 
zо‗rlab jamiyatga tiqishtirayotgan yoki 
tepadan  tushirilgan  «yagona  g‗oya»  ham  emas.  U  xalqning  о‗z  tafakkuri  mevasi 
bо‗lib, milliy ma‘naviy negizga tayanadi. 
         Beshinchidan,  milliy  g‗oya  umumbashariy  fikrlar,  ilmiy  yutuqlarni  jamlab 
singdirishni ham kо‗zda tutadi. Yevropa mutafakkirlaridan biri K.Gelvetsiy yozgan 
edi:  «Vatanga  muhabbat  butun  dunyoga  muhabbat  bilan  muvofiq  keladi.  Ilmu 
ma‘rifat nuridan bahramand bо‗lgan har bir xalq bu bilan о‗z  kо‗shnilariga zarar 
yetkazmaydi.  Aksincha,  davlatlar  qanchalik  ma‘rifatli  bо‗lsalar,  ular  о‗zaro 

gayalar, bilimlar almashishga moyil bо‗ladilar va oqibatda shu tufayli butun dunyo 
aqli  ortib  boraveradi».  Shu  bois,  milliy  g‗oya  mamlakatni  yakkalab  qо‗yadi, 
taraqqiyotni susaytiradi, deguvchilar xato qiladilar. 
            Shunday  qilib,  milliy  g‗oya  —  milliy  rivojlanish  lokomotivi.  Turgan  gap, 
bunda  davlatchilik 
G

OYASI
,
 
davlat  va  uning  rahbariga  hurmat,  milliy  davlat 
salohiyati bilan faxrlanish ham muhim о‗rin tutadi. «Bu — mening xalqim, bu — 
mening «Vatanim», deb faxrlangan odam «Bu — mening davlatim» deya faxralana 
olishi ham kerak. Davlat bir organizm sifatida о‗zini takomillashtirib, demokratik 
jamiyatni  tashkil  etuvchi  kuch  sifatida  har  doim  millat  ravnaqiga  rahnamo  bо‗lib 
turadi. 
           О‗zbekistonning  istiqlol  davridagi  rivojlanishi,  о‗ziga  xos  taraqqiyot  yо‗li 
buni  isbotlab  turibdi.  Donishmand  Gegel  yozgan  edi:  «Xalq  (millat)ning  tub 
maqsadi davlat bо‗lish hamda о‗zini shu holatda saqlashdir. Xalq (millat) davlatsiz 
hech  qanday  tarixga  ega  bо‗lmaydi...  Davlat  xalq  hayotining,  ya‘ni  san‘at,  axloq, 
din, fanning asosi va ularni atrofiga tо‗playdigan xalq ruhidir». 
          Gegel  nazarida  о‗zlikni  anglashning  oliy  kо‗rinishi  ham  milliy  о‗zlikni 
anglashdir. Chunki, toki kishilar о‗zlarini bir tarix bir ruhiyat, bir makon kishilari 
deb  his  etmasalar  va shu  asosda birlashmasalar,  tarix sahnasiga  chiqa  olmaydilar, 
zero tarixning о‗zi «millatlar ruhining raqobatlashuvidir» (Gegel). 
Demak milliy rivojlanish omillari quyidagilardan iborat: 
1. 
 
Milliy 
istiqlol 
g‗oyasiga  asoslangan  bunyodkorlik  fidoyilik  va 
 
vatanparvarlik. 
2.  
Milliy  ma‘naviy  yuksalish  va  ilmiy  salohiyat,  madaniy  darajaning 
 
balandligi. 
3.  
Milliy yakdillik  siyosiy barqarorlik. 
4.  
Mustahkam milliy davlatchilik asoslarining mavjudligi. 
5.  
Milliy о‗zlikni anglashning yuksak darajada  bо‗lishi va boshqalar. 
Milliy g‗oya demokratiya va milliy davlatchilikning negizlarini tashkil etadi. 
           Prezident Islom Karimov birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sessiyasida 
sо‗zlagan ma‘ruzasida
1
 qо‗lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob etib, tahliliy nazardan 
о‗tkazar  ekan,  yaqin  yillardagi  muhim  ustuvor  yо‗nalishlardan  biri  sifatida 
«jamiyat  ma‘naviyatini  yanada  yuksaltirish»  deb  e‘lon  qildi.  Xо‗sh,  buning  eng 
ustuvor  yо‗nalishi  hisoblanmish  «mamlakat  siyosiy,  iqtisodiy,  davlat  va  jamiyat 
qurilishini  yanada  erkinlashtirish»  vazifasi  bilan  qanday  aloqasi  bor?  Aytish 
mumkinki, bevosita aloqasi bor. Chunki siyosiy va iqtisodiy hayotni erkinlashtirish 
degan  gap  jamoat  tizimlarini,  fuqarolarning  о‗zо‗zini  boshqaripshi  rivojlantirish 
demakdir.  Buni  kim  amalga  oshiradi?  Albatta,  fuqarolarning  о‗zi.  Shunday  ekan, 
fuqarolar  о‗z  haqhuquqini  tanimasdan,  faollashmasdan,  siyosiy  ongi  oshmasdan, 
chinakamiga vatanparvar, fidoyi bо‗lmasdan bu vazifalarni ado eta olmaydi. 
Bu  ulkan  vazifani  bajarish  uchun  har  bir  fuqaro  chinakamiga  fuqarolik 
burchini anglagan, kurashchan va faol bо‗lishi lozim. 
         Erkin fuqaro va ozod shaxs quyidagi tо‗rt jihatni, ya‘ni: 
1)о‗z haq haquqini taniydigan va buning uchun kurashadigan; 
2)о‗z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib uning samarasini kо‗radigan; 

3)atrofida  sodir  bо‗layotgan  voqeahodisalarga  mustaqil  munosabat  bildira 
oladigan; 
4)shaxsiy  manfaatini  mamlakat  va  xalq  manfaati  bilan  uygun  holda  kо‗rib 
faoliyat yuritadigan bо‗lishi lozim. 
Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling