Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUGA OID ADABIYOTLAR
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: milliy taraqqiyot strategiyasi, strategik imkoniyat, strategik vazifalar, taktika, istiqbol strategiyasi, jahon hamjamiyati, integratsiya, globallashuv. NAZORAT SAVOLLARI 1. Strategik vazifalarni belgilovchi mezonlar. 2. ―О‗zbek modeli‖ning strategik ahamiyati nimada? 3. О‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish imkoniyatlari va muammolari. 4. О‗zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirish omillari. 5. Strategik vazifalarni amalga oshirishni g‗oyaviy-mafkuraviy ta‘minlash zaruriyati nimada? 6. Strategik vazifalarni amalga oshirishning taktik usullari va vositalarini kо‗rsating. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR: 1. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: 2008. 2. Karimov I. A. Jaiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma‘naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. –T.: О‗zbekiston, 2007. –B.199. 3. Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta‘minlash – barcha islohot va о‗zgarishlarimizning bosh maqsadidir. О‗zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yо‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasidan: «Xalq sо‗zi», 2008 yil 9 fevral. 4. Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.:―Ma‘naviyat‖, 2008. –B. 108. 5. Berdyayev N. Duxovniy krizis intelligensii. SPb., 1909. –S.92. 6. 1 Karimov I. A. Biz kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilan quramiz. T.7. –T.: 1999 –B.373, 374, 379, 381, 7. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuacha va tamoyillar. — T.: О‗zbekiston, 2001. –B. 51-52. Milliy g„oyada inson – eng oliy qadriyat Reja: 1. О‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida insonparvarlik g‗oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bо‗lishi. 2. Inson, uning sha‘ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ta‘minlashning huquqiy kafolatlari. 3. Milliy g‗oya – inson qadr-qimmatini yuksaklarga kо‗tarish omili. Milliy g‗oyada inson – eng oliy qadriyat ekanligi. 1-masalaning bayoni: О‗zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida insonparvarlik g‗oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bо‗ladi. О‗zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan bevosita bog‗liqdir. Shaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi tо‗g‗risida fikr yuritish mumkin emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlariga yо‗l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga aylanadi. Milliy g‗oyaning fikrlar, g‗oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang‗ich bosqichi sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari amalga oshirilmoqda. О‗zbekistonda milliy tiklanish konsepsiyasi milliy ma‘naviyatni tiklash, ma‘naviy omillarni takomillashtirish bilan bevosita bog‗liqdir. Milliy g‗oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar tushuniladi. YA‘ni, milliy taraqqiyot g‗oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu maqsadlar - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir. «Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov «Hushyorlikka da‘vat» asarida. -Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‗or fikrli ziyolilar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim» 28 . Binobarin, g‗oyaviy-mafkuraviy ishlarda, kо‗proq ayni shu maqsadlarning mazmun-mohiyati: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotning о‗zi nima, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-mafkuraviy qiyofasi qay tarzda namoyon bо‗ladi; bizning sharoitda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik 28 Каримов И.А. Ҳушѐрликка даъват.Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8. –Т.8. - Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 28. jamiyati qanday amal qiladi; ularni barpo etishda qanaqa imkoniyatlar va tо‗siqlar bor; maqsadlarimizga erishish uchun jamiyatimizdagi har bir kishi, guruh, toifa, qatlamlar qanday bо‗lmog‗i va nima ishlar qilmog‗i kerak; ushbu buyuk va ezgu g‗oyalarimiz qay tariqa rо‗yobga chiqayapti kabi muammo-masalalar atroflicha yoritilishi lozim. G‗oyaviy-mafkuraviy ishlarni tashkil qilishda masala shu tartibda qо‗yilishi, milliy g‗oyani о‗qitish va targ‗ib-tashviq qilishda ayni shu muammolarni sistemali yoritishga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. ―YA‘ni, milliy mafkura, milliy g‗oya deganda bizning qanday maqsadlar, qanday amaliy yо‗nalishlarni kо‗zda tutishimiz haqida odamlar aniq tasavvurga ega bо‗lsin. Yurtimizning har bir fuqarosi uni о‗zining g‗oyasi deb bilsin‖ 29 . Shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimov g‗oya va mafkuraga bag‗ishlangan qator asarlarida, xususan mazkur fikrlari ifodalangan «Milliy mafkura - davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma‘naviy kuch-quvvat manbai» nomli fundamental asarida milliy mafkurani shakllantirishdagi murakkab masalalarni, uning davlat va jamiyat qurilishi bilan bog‗liq mazmun-mohiyatini tushuntirishga alohida e‘tibor qaratib, bu boradagi asosiy vazifalarni aniq-ravshan kо‗rsatar ekan, jumladan yana quyidagilarni ta‘kidlagan edi: «Birinchidan, о‗zining kelajagini kо‗rmoqchi va qurmoqchi bо‗lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta о‗z milliy g‗oyasiga suyanishi va tayanishi zarur. Tabiiyki, davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog‗i lozim... YA‘ni, oldin g‗oya paydo bо‗ladi, undan keyin g‗oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bо‗ladi... Bundan shunday xulosa chiqadiki, biz avvalambor qanday jamiyat qurmoqchimiz, о‗z kelajagimizni qanday tasavvur etamiz, degan savollarga о‗z javoblarimizni yana bir bor aniqlashtirib olishimiz, shundan keyin odamlarimizni ana shu olijanob maqsadlar atrofida birlashtirishimiz zarur» 30 . Demak, g‗oyaviy ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot ishlarida hozir biz qanday jamiyat qurayotganimizni, unga erishish yо‗llarini sodda, haqqoniy, hamma tushunadigan qilib tavsiflash, xalqimizda ana shular haqida aniq-ravshan bilim- tasavvurlarni hosil qilish g‗oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, odamlar о‗zlari yashayotgan jamiyat kelajagini tasavvur qilolmas ekan, ular о‗z istak, orzu, intilishlarining rо‗yobga chiqishi qanday yuz berishini bilolmaydi. Bunday sharoitda, odamlarda ertangi kunga umid va ishonch bо‗lmay, ruhiy-ma‘naviy depressiya yuzaga keladi, ularda hayotdan norozilik, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitga nisbatan salbiy munosabat paydo bо‗ladi. Ertangi kunga umid va ishonch inson hayotining mazmuni, orzu-intilishlari va faoliyatining asosi, uning tub manfaat va maqsadlarining namoyon bо‗lishidir. Ular bо‗lmasa: inson hayoti mazmunsiz, orzu-idellari sarob, faoliyati samarasiz, manfaat va maqsadlari noaniq, kelajagi qorong‗u bо‗lib, bu umuman baxtsizlikdir. YA‘ni, har qanday inson yoki millatning о‗z kelajagini umuman tasavvur 29 Каримов И.А. . Миллий мафкура – давлатимиз ва жамиятимиз қурилишида биз учун руҳий-маънавий куч- қувват манбаи.Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. –Б. 462. 30 Ўша асар: –Б. 464-465. qilolmaydigan, unga biror umidi va ishonchi bо‗lmagan holati eng katta baxtsizlikdir. Ayni paytda, bu – mafkurasizlik hamdir. Ertangi kunga umid va ishonch kelajak haqidagi bilim-tasavvurlar bilan uzviy bog‗liq. Bu bilim-tasavvurlar esa g‗oyadagi maqsad, orzu-ideallarni о‗rganish bilan hosil bо‗ladi. Shuning uchun ham, milliy g‗oya va mafkurani tushuntirishda, kо‗proq ularning mazmunida muhim о‗rin tutuvchi asosiy maqsad va orzu-ideallar yoritilishi lozim. 2-masalaning bayoni: Insoniyat XX asrning sо‗nggi 10 yilligidan boshlab, yangi tarixiy davrga qadam qо‗ydi va istiqbol rivojlanishining yangi yо‗nalishlarini belgilab olmoqda. Bu tarixiy davr xususiyatlari, eng avvalo, jamiyatning ijtimoiy- siyosiy munosabatlari paradigmalari о‗zgarishida namoyon bо‗lmoqda. Ijtimoiy- siyosiy hayotning turli sohalariga doir an‘anaviy shakllangan tushunchalar mazmuni, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlar kо‗lami, harakteri gorizontal va vertikal yо‗nalishlarda о‗zgarmoqda. Bu dunyo miqyosida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘anaviy jarayonlarning globallashuvi, integratsiyalashuvi, universallashuvi va intensivlashuvida о‗z ifodasini topmoqda. Aynan ana shunday jarayonlarda millatning, О‗zbekiston davlatining jahon hamjamiyatida munosib о‗rin topishiga bо‗lgan intilishlari kuchaymoqda. «Biz demokratik jamiyat barpo etish maqsadi sari qadamlarimizni kimgadir yaxshi kо‗rinish, kimgadir hisobot berish va soxta obrо‗ topish uchun emas, avvalo, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan manzilga bosqichma- bosqich rivojlanish yо‗li bilan yetib borish uchun qо‗ymoqdamiz. Va ana shu yо‗limizdan aslo qaytmaymiz» 31 . Istiqlol tufayli yangilanish va bunyodkorlik yо‗lidan borayotgan millat va davlat, jamiyat boshqaruvining о‗ziga xos milliy tarixiy tajribalariga, an‘analariga asoslanadi. Boshqacha aytganda, demokratik milliy davlatchilikning tarixiy boshqaruv merosi, tajribalari bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor vazifalarini belgilab bermoqda. Qolaversa, О‗zbekistonda mustaqillikka erishgandan keyin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurilishining konseptual asoslari yaratilishi bilan, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni boshqarishda tarixiy milliy ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarga bо‗lgan ehtiyoj ham, talab ham, ortib bormoqda. Zero, jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror topishi va ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalariga singib borishi yangi tipdagi inson shakllanishida muhim omil bо‗lib xizmat qilmoqda. Prezident I.A.Karimov «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi — bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yо‗lidan og‗ishmay, izchil va qat‘iyat bilan borishdir» 32 , — deb ta‘kidlaydi. Bunday mushtarak strategik maqsad, bir tomondan, milliy, о‗ziga xos davlat boshqaruvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy shart-sharoitlarini, g‗oyaviy- 31 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. Т.14. –Т.: Ўзбекистон, 2006. –Б. 70-71. 32 Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз — жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т. 13. -Т.: Ўзбекистон, 2005. - Б. 177. mafkuraviy imkoniyatlarini taqozo qiladi. Ikkinchi tomondan, muqobil demokratik tamoyillar va andozalar (standartlar)ning zamon talabiga mos dinamik о‗zgarib borishi, ularning yangi nazariy-metodologik asoslariga, mafkuraviy ta‘minlashnishga ehtiyojni vujudga keltirmoqda. Bu esa, о‗z navbatida, demokratiya fenomenini о‗rganishda turli fanlarning integratsiyalashish va differensiatsiyalashish yо‗nalishlarini belgilab bermoqda. Xususan, fuqarolarning erkinliklarini ta‘minlash, huquqini muhofaza qilish; ijtimoiy himoyalash; siyosiy madaniyati va faolligini oshirish; milliy demokratik qadriyatlari rivojini umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitish va uyg‗unlashtirish; jamiyat siyosiy institutlar faoliyatini umuminsoniyat e‘tirof etgan demokratik tamoyillar asosida takomillashtirish; ijtimoiy munosabatlarda turli-tuman kuchlar muvozanatini ta‘minlash mexanizmlarining samaradorligini aniqlash mezonini belgilash; fuqarolarning konstitusion huquqlarini muhofaza qilish asoslarini tashkil etishdan iboratdir. Aynan mana shunday siyosiy sharoit mustaqillik g‗oyasi va uni mustaxkamlash tufayli vujudga kelmoqda. 3-masalaning bayoni: Bilim, unga qо‗yiladigan bahoda aks etganidek, g‗oyaviy-mafkuraviy saviya inson va jamiyat hayotining ma‘naviy-ma‘rifiy darajasi qanday ekanligini kо‗rsatadi. Binobarin, kishilarimizning milliy g‗oyalarimizni о‗rganib, о‗zlashtirish natijasida shakllanadigan g‗oyaviy- mafkuraviy bilim saviyasi, ya‘ni milliy mafkura - jamiyatimizdagi ma‘naviy- ma‘rifiy taraqqiyot darajasining muhim kо‗rsatkichi, о‗lchov mezoni bо‗ladi. Uni chuqur bilgan kishilar xalqimizning tub manfaat va maqsadlarini hamda unga erishish yо‗llarini tо‗g‗ri anglaydi. Bunday holda mafkura xalqchillashib, inson va jamiyat hayotidagi barcha о‗zgarish jarayonlarini baholovchi, tashkillashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi va aniq maqsadga yо‗naltiruvchi о‗ziga xos dunyoqarash tizimi bо‗ladi. Shu tariqa, u davlat va jamiyat qurilishiga doir konsepsiyaning sistemalashgan nazariy-metodologik mazmunini tashkil qiladi. G‗oyaviy- mafkuraviy ishlarda milliy mafkuraning ayni shu mazmunini atroflicha yoritishga alohida e‘tibor qaratish kerak. Aks holda bu boradagi ishlar samarasiz bо‗lib qolishi, aniqroq aytganda, milliy taraqqiyot g‗oyalarining keng jamoatchilik ongi va qalbiga singishi qiyin kechishi, kishilar mafkuraning mohiyatini tо‗g‗ri tushuna olmay, unga qiziqish va ishonch-e‘tiqod sust bо‗lishi mumkin. Natijada odamlar, umuman biz barpo etayotgan davlat va jamiyat, undagi ijtimoiy tuzumning о‗zi qanaqa bо‗ladi; ular har bir shaxs, guruh, toifa turmushida, ma‘naviyatida qanday mazmun kasb etadi, eng muhimi, milliy g‗oyalarimiz qachon va qay tartibda rо‗yobga chiqadi, degan masalalar tо‗g‗risida yetarlicha bilim-tasavvur hosil qilisholmaydi. Holbuki, har qanday kishi milliy g‗oyalarimizga qiziqib, ishonib, ergashishi uchun, avvalo ularning ayni shu masalalar ifodalangan asosiy mazmuni va maqsadlarini chuqur idrok qilishi, bu maqsadlarni amalga oshirish yо‗llarini, ayniqsa, endilikda ular qay darajada rо‗yobga chiqayotganini aniq kо‗rib, bilib, his qilishi lozim. Masalan, umuman dunyodagi, xususan bizdagi taraqqiyot hozirgi maromda davom etaversa, bir, ikki, besh yoki о‗n yildan sо‗ng hayotimiz qanday bо‗ladi? Jamiyatimizdagi har bir kishi, guruh, toifaning turmush darajasi, umuman ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy, madaniy, ma‘rifiy ahvoli qanaqa bо‗ladi? Barcha ijtimoiy munosabatlar qanday xarakter kasb etadi? Bu boradagi ishlarda ana shu savollar ham aniq-ravshan yoritilishi lozim. Buning uchun, milliy g‗oya va mafkurani tushuntirishda, avvalo, ularning yuqorida bayon qilingan masalalar bilan bog‗liq asosiy mazmuni, ya‘ni xalqimizning ularda ifodalangan tub manfaat va maqsadlari yoritilishi zarur. Masalan, «Suv» deb, uning N 2 O, muz yoki bug‗ kabi xossa-xususiyatlarini tavsiflash bilan haqiqiy suv haqida tо‗g‗ri bilim-tasavvur hosil qilish qiyin. Chunki, avvalo, odamlar uchun suvning N 2 O, muz yoki bug‗ ekanligi muhim emas. Boz ustiga suvni tushuntirishda uning turli xossa- xususiyatlari qanchalik tо‗g‗ri, chuqur yoritilsa, bu boradagi gaplar suvning asl mazmunidan shu qadar uzoqlashadi. Oqibatda suv haqidagi tasavvurlar mavhum bо‗lib qolaveradi. Sababi, N 2 O, muz va bug‗lar aslida suv bо‗lsa ham ularning mazmuni bir-biridan mutlaqo farq qiladi. Shu bois, suv haqida gapirganda, odamlar uchun undagi eng muhim va zarur bо‗lgan xususiyatlarni, ya‘ni birinchi navbatda, uning hayotiy manfaat-ehtiyojlarni qondirishga tegishli asosiy mazmunini tushuntirish lozim. Afsuski, milliy g‗oya va mafkurani tushuntirishda ham ba‘zan shunga о‗xshash holat kuzatilishi mumkin. YA‘ni, uni о‗qitish va targ‗ib-tashviq qilishda, kо‗proq umumijtimoiy hayotimizdagi turli muammo-masalalar haqida fikr yuritilib, milliy g‗oyaning asosiy mazmunini yoritish e‘tibordan chetda qoladi. Milliy g‗oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar tushuniladi. YA‘ni, milliy taraqqiyot g‗oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu maqsadlar - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir. «Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik, - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov «Hushyorlikka da‘vat» asarida. -Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‗or fikrli ziyolilar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim» 33 . MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: milliy taraqqiyot strategiyasi, strategik imkoniyat, strategik vazifalar, taktika, istiqbol strategiyasi, jahon hamjamiyati, integratsiya, globallashuv. NAZORAT SAVOLLARI 1. Strategik vazifalarni belgilovchi mezonlar. 2. ―О‗zbek modeli‖ning strategik ahamiyati nimada? 3. О‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish imkoniyatlari va muammolari. 4. О‗zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini oshirish omillari. 5. Strategik vazifalarni amalga oshirishni g‗oyaviy-mafkuraviy ta‘minlash zaruriyati nimada? 6. Strategik vazifalarni amalga oshirishning taktik usullari va vositalarini kо‗rsating. 33 Каримов И.А. Ҳушѐрликка даъват.Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт-пировард мақсадимиз. Т. 8. –Т.8. - Т.:Ўзбекистон, 2000. –Б. 28. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR: 1. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T.: 2008. 2. Karimov I. A. Jaiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma‘naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. –T.: О‗zbekiston, 2007. –B.199. 3. Karimov I.A. Inson manfaatlari ustuvorligini ta‘minlash – barcha islohot va о‗zgarishlarimizning bosh maqsadidir. О‗zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yо‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasidan: «Xalq sо‗zi», 2008 yil 9 fevral. 4. Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T.:―Ma‘naviyat‖, 2008. –B. 108. 5. Berdyayev N. Duxovniy krizis intelligensii. SPb., 1909. –S.92. 6. 1 Karimov I. A. Biz kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilan quramiz. T.7. –T.: 1999 –B.373, 374, 379, 381, 7. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuacha va tamoyillar. — T.: О‗zbekiston, 2001. –B. 51-52. Inson erkinligi, huquq va manfaatlarining milliy g„oyada aks etishi Reja: 1. Inson erkinligi, huquq va manfaatlari tushunchasi, uning ma‘no- mazmuni. 2. Milliy g‗oyaning inson erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligi prinsipiga asoslanishi. 3. Mustaqillik sharoitida milliy g‗oyani rivojlantirish, uning ma‘naviy ta‘sirchanligi va mafkuraviy samaradorligini oshirish jarayonida inson huquq va erkinliklarini takomillashtirish muammosi. 1-masalaning bayoni: Inson erkinligi, huquq va manfaatlarining milliy g‗oyada aks etishi haqida sо‗z ketar ekan, eng avvalo insonparvarlik, inson erkinligi, huquq va manfaatlari tushunchasiga, uning ma‘no-mazmuniga tо‗xtalib о‗tish lozim bо‗ladi. Insonparvarlik – odamlarga mexr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va ki-shilarda yuksak ma‘naviy fazilatlarni rivojlantirishga gamxо‗rlik qilish goyalari bilan sug‗orilgan dunyoqarash. Insonni sevishning sababi, boislari, inson baxti, baxtiyor yashash uchun zarur bо‗lgan adolat haqidagi orzular qadimgi xalklarning og‗zaki ijodida, mifologik, diniy, falsafiy qarashlarida yuzaga chiqa boshlagan. Inson haqidagi hozirgi rang- barang va fundamental qarashlarning shakllanishida bularning xizmati katta. Qadimgi kishilar nazdida oliyjanob, jasur, qahramonlik kо‗rsatishga tayyor kishilarning ma‘naviyati insonparvarlik bilan yо‗g‗rilgan. Er-Xubbi Turonda, Germes yunonlarda, Agni rigveda (dini) da bunga misol bо‗la oladi. Islom ta‘limotiga kо‗ra, inson Olloh yaratgan maxluklar orasida eng karamlisidir. Inson Yaratuvchining yerdagi xalifasi, ya‘ni, Aploh buyurgan yaxshi amallarni amalga oshiruvchisi. Inson hatgo farishtalardan ham yuqori martabali zot. Sharqda futuvvat harakati insonparvarlikning yorqin namunasidir. Futuvvat Hotami Toyni insonparvar kishining umumlashgan obraziga aylantirdi. G‗arb gumanistlari insonparvarlikni insonning ichki va tashqi gо‗zalligidan deb biladilar. Ularning fikricha, odamda jismoniy va ma‘naviy ibtidolar uyg‗unlashganda insonning topgan lazzati, baxti axloqiy qimmatga ega bо‗ladi. Kant ta‘limotiga kо‗ra, inson vosita emas, balki maq-sad bо‗lishi lozim. Insonparvarlikning maqsadi inson hayoti davomida о‗z salohiyatini tо‗la namoyon qilib, jamiyatda о‗ziga munosib о‗ringa ega bо‗lish uchun maksimal sharoit yaratish, hamda bunga tо‗sqinlik qiluvchi g‗oyalarning puch ekanligini fosh qilish, g‗ov bо‗luvchi omillarni bartaraf etishdir. Insonparvarlik inson qadr-qimmatini himoya etish va erkin huquqini talab qilishdir. Inson nafaqat tabiiy ofat, ijtimoiy institutlar tazyiqidan, hatto о‗z havoi nafsi, tanazzulga olib boruvchi mayllardan himoya etilishi uchun insonparvarlik taqozo etiladi. U inson ma‘naviyatida muhitning tarbiyaviy ta‘siri va ilm-ma‘rifat orqali joy oladi. Ta‘limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatining ochilishi va uning ta‘limga nisbatan bо‗lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit о‗zaro munosabatlarining uyg‗unlashuviga qaratilgan. Insonning huquq va manfaatlari inson erkinliklari, burch va majburiyati b-n bog‗liq qarashlarni aks ettiruvchi tushunchalar bо‗lib, ular milliy g‗oyamizning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Insoniyat о‗z taraqqiyoti jarayonida insonning huquq va manfaatlariga oid bо‗lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan. Bu tizim о‗z taraqqiyotida uchta katga bosqichni bosib о‗tgan. Birinchi bosqich 1789 y.gi Fransiya inqilobining Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganidan boshlanib, 1. Jahon urushigacha bо‗lgan (1914 y.) davrni о‗z ichiga oladi. Bu davrda shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi, shaxs daxlsizligi, xususiy mulkka egalik, saylash va saylanish kabi shaxsiy va siyosiy xuquqlar bilan boshqa masalalar tartibga solingan. Ikkinchi bosqichda (1914—1950 y.lar) insonlarning turli g‗oya va harakatlar ta‘sirida mehnat qilish, dam olish, ijtimoiy yordam olish bilan bog‗liq ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik rivojlangan. Uchinchi bosqich 20- asrning 2-yarmidan bugungi kunlargacha bо‗lgan davrni о‗z ichiga oladi. Bu davrda tinch yashash, atrof-muhit tozaligiga erishish, axborot olish huquqi bilan bog‗liq masalalar faol muhokama qilinib, ularni hal etish yо‗llari qidirilmoqda. Budavrda insonning huquq va manfaatlari sohasida xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi. BMT tomonidan yetmishga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan bir yuz oltmishdan ziyod, YUNESKO da yetmishdan ortiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan о‗ttizdan kо‗proq insonning huquq va manfaatlariga taalluqli xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi paytda insonning huquq va manfaatlari bо‗yicha 400 yaqin xalqaro hujjat mavjud. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling