Milliy g’oya uning tarixiy ildizlari


Xalqaro vaziyatning o’zgarishi


Download 33.05 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi33.05 Kb.
#1007354
1   2   3   4
Bog'liq
Milliy g’oya uning tarixiy ildizlari

Xalqaro vaziyatning o’zgarishi. XXI asr bo’sag’asida jahon tapaqqiyotininr mazmuni tubdan o’zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan - SSSR va AQSh etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o’zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda "sovuq urush" siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning echakchisi bo’lgan ulkan imperiya - SSSR parokanda bo’ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O’zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi.

Xalqaro vaziyatda tub o’zgarishlar sodir bo’lsada, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo’lmoqda:

• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o’sdi. Mamlakatlar o’rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg’or texnologiya, erkin sarmoyalarni to’plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud.

• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o’rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o’zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo’lgan.

• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o’rtasida "xaqiqiy" va "soxta" dindorlik belgilari bo’yicha qarama-qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom tsivilizatsiyasi bilan boshqa tsivilizatsiyalar o’rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga Havfsizlikka tahdidning kuchayishiurinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O’zbekiston, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.

• "Sovuq urush" siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo’lib qolmoqda.

• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
• Tobora kuchayib borayotgan korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, yashirin kurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo’rt bo’lib turganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g’oyatmurakkab va muammoli bo’lib keldi, hozir ham shunday bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo’lib qoldi. Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. Davrimizning muhim xususiyati aholi talab extiyojlarining g’oyat darajada o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv zaruriyat bo’lib qoldi. Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo’linmasdir. Shu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqadadir. 


Download 33.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling