Milliy g’oya uning tarixiy ildizlari
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni
Download 33.05 Kb.
|
Milliy g’oya uning tarixiy ildizlari
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish nuqtai nazaridan va o’z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jug’rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li O’zbekiston xududi orqali o’tgan. Bu erda savdo yo’llari tutashtan, tashqi aloqalar hamda typli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Evropa va Osiyoni bog’laydigai yo’llar Markaziy Osiyodan, uning o’rtasida joylashgan O’zbekistondan o’tmoqda. • Markaziy Osiyoda jug’rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. • O’zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. • Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada etakchi o’rida turadi. • Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zahiralari va strategic materiallarga ega, dexqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o’zini ta’minlashga qodir. • O’zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o’zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. • Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat tsivilizaliyasida salmoqli o’rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o’tkazish salohiyatga ega. Jug’rofiy-siyosiy jihatdan O’zbekistonda qiyinchiliklar tug’diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan: • O’zbekiston o’zining jug’rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan mintaqada joylashgan. O’zbekiston fors ko’rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko’pgina yirik davlatlar va bizga qo’shni davlatlarning geografik manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi kuzatilmoqda. • Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O’zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar kurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstrimizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afgoniston kabi beqarorlik o’chog’i bilan chegaradosh. • Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo’nalishda transport komunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O’zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o’tadigan olis yo’l bo’lib, O’zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi. • Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
Download 33.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling