Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

MAISHIY  TURMUSH  –  insonning  o‘z  faoliyatini  tiklashi  uchun  zarur  bo‘lgan  dam 
olish, xordiq chiqarish va hayotdan zavq olishi b-n bog‘liq hayotiy zarur soha.  
M.t.  bevosita  ijtimoiy  soha,  xususan  sotsial  infrastruktura  holati  b-n  bog‘liq.  O‘z 
navbatida  sotsial  infrastruktura  faoliyati  insonning  yashash  muhitining  qulayligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Insonning barcha qobiliyatlari jamiyat uchun foyda keltirishi ko‘p 
jihatdan uning hayoti qanday ta’minlanganligiga, hayotdan olayotgan qoniqishiga bog‘liq. Bu 
kabi muammolarga mamlakatimizda e’tibor berib kelinmoqda.  
M.t.  maishiy-kommunal  xo‘jalik, jismoniy  tarbiya  va  sport,  madaniyat,  maishiy  xizmat, 
savdo, passajir trasporti,  aloqa, tabiatni muhofaza etish muassasalari  faoliyatiga ham bevosita 
bog‘liq.  Bu  sohalarda  odamlarning  qoniqish  hosil  qilishi  hayot  faoliyatining  aniq  sharoitlari, 
ya’ni mehnat, maishiy soha, bo‘sh vaqtni tashkil etish holati b-n ham o‘lchanadi.  
Madaniy  qadriyatlar  va  xizmatlarga  (ta’lim,  axborotlar  tizimi,  san’at  va  h.k.) 
ko‘pchilikning  qo‘li  etishi  ham  m.t.  holatiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatishi  tabiiy.  SHuningdek, 
joylarda    ta’lim  xizmatlarining  sifati,  tibbiy  xizmatlardan,  shu  jumladan  dorixonalardan 
foydalanish,  uy-joy  kommunal  xizmatlarining  sifati,  ichimlik  suvi,  tabiiy  gaz  b-n 
ta’minlanganlik,  elektr  energiyasi  ta’minoti,  maishiy  xizmatlardan  foydalanish,  madaniy 
xizmat  ob’ektlari  (kutubxonalar,  madaniyat  klublari  va  b.)  b-n  ta’minlanganlik,  jismoniy 
tarbiya  va  sport  xizmat  ob’ektlari  holati  (bolalar  sport  maydonchalari,  sport  klublari  va  b.), 
hududlarni  obodonlashtirish  va  sanitar  holati  –  bularning  barchasi  dinamik  o‘zgarishlar 
jarayonini boshdan kechirmoqda. 
Dastavval har bir oila o‘z turar joyining egasi bo‘lishi kerak. Aholini toza ichimlik suvi 
b-n ta’minlash, qishloq joylarni gazlashtirish kabi murakkab muammolarning hal qilib borilishi 
ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir. 
Baholarni  erkinlashtirilishi,  savdo  tizimi  va  maishiy  xizmat  sohasining  bir  maromda 
xususiylashtirib borilishi savdo tarmog‘idan aholining foydalanishini hal qilib borish imkonini 
beradi.  SHu  maqsadda  iste’mol  mollarining  ko‘pini  o‘zimizda  etishtirishni  ta’minlash  uchun 
mahalliy ishbilarmonlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, 
qishloq joylarda savdo shaxobchalari va maishiy xizmat muassasalarini ko‘plab barpo etish ana 
shu maqsadlarga olib boradigan yo‘ldir. 
Qishloq  joylarda  transport  va  aloqa  tarmog‘ini  rivojlantirish,  odamlar  uchun  zarur 
qulayliklar yaratish sohasida sezilarli ishlar qilinmoqda. 
Inson dunyoga baxtli yashash uchun keladi va bu imkoniyat unga faqat bir marta beriladi. 
Insonning baxtli, demakki to‘laqonli hayot kechirishi esa bo‘sh vaqtni samarali tashkil etishiga 


90 
 
ko‘p  jihatdan  bog‘liqdir.  SHu  ma’noda  mamlakatimizda  madaniyat,  san’at,  sportning 
rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar m.t. ning boy asosga ega bo‘lishiga 
xizmat qiladi. Sayyohlik, aholi hordiq chiqaradigan ko‘plab madaniyat va istirohat bog‘lari va 
ko‘ngilochar  inshootlarning  yaratilganligi  ham  inson  hayotini  rang-barang  va  mazmunli 
qilishga yordam beradi.  
SHu b-n birga bu sohada ham boshlangan ishlarni yanada izchil davom ettirish maqsadga 
muvofiq.  Ayniqsa,  bolalar  sportini  rivojlantirish  bo‘yicha  ko‘plab  qishloq  joylarida  qurilgan 
sport  inshootlarini  va  majmualarini  zarur  anjomlar  b-n  jihozlash,  yoshlarni,  ayniqsa  qizlarni 
ularga ko‘proq jalb etish faoliyatini kuchaytirish lozim. 
MAHR – (turk. teng huquqli nikoh tuzilgan paytda xotiniga ajratib beriladigan mulk) nikohning 
asosiy  sharti,  nikoh  paytida  kuyov  tomonidan  kelinga  sovg‘a  qilinadigan,  keyinchalik  faqat 
xotinga tegishli bo‘lgan mulk. Mahr faqat islomga xos, qalin tashqi tomondan mahrga o‘xshasa 
ham, qadimdan qolgan urf-odatdir 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling