4
1 –Mavzu: “Intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari” fanining predmeti, maqsadi va
vazifalari
Reja:
1.“Intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Fanning asosiy kategoriyalari va ijtimoiy gumanitar fanlar bilan o’aro aloqadorligi.
3. Ma’naviy va axloqiy tarbiya tushunchasi.
4.Axloq ma’naviyatning o‘zagi sifatida.
Tayanch iboralar: intellekt, ma’naviyat, ma’naviy tarbiya, kategoriya, axloq, madaniyat,
siviliztasiya,
Fan shakllashining obyektiv, subyetkiv hamda ichki va tashqi sabablari bor. Umuman
olganda asosiy sabab sifatida O’zbekiston xalqining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan huquqiy demokratik jamiyatni shakllantirish va rivojlantirish asosida munosib hayot
kechirishini ta’minlashdan iboratdir.
Barcha fanlar o’z predemtiga ko’ra ikkta katta guruhga bo’linadi:
1. Tabiat qonunlarini o’rganuvchi
matematika,
bilogiya, fizika kabi tabiiy fanlar.
2. Kishilik jamiyatining rivojlamnish qonunlarini o’rganuvchi tarix, adabiyot, falsafa
milliy g’oya kabi
ijytimoiy fanlar
Fanning obyekti-Xalqimizning tarixiy, milliy –ma’naviy merosi, qadriyatlari, maqsad va
mo‘ljallari, demokratik prinsiplarini namoyon bo‘lishining umumiy va milliy xususiyatlarini
o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: