Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


22 
 
2-Mavzu. Ma’naviyatni yuksaltirish mexanizmlari 
Reja: 
1.  Ma’naviyatni  yuksaltirishning  konseptual,  huquqiy,  tashkiliy  hamda  institutsional 
asoslari. 
2.  Ma’naviyat  rivojlanish  dasturlarining  ishlab  chiqilishi.  Ma’naviy  sohada  huquqiy-
meyoriy bazaning yaratilishi. 
3.  Respublika  ma’naviyat  va  ma’rifat  jamoatchilik  Kengashi,  Respublika  ma’naviyat 
targ‘iboti markazining faoliyati. 
4. Ma’naviyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari 
Tayanch  tushunchalar:  ma’naviy  yuksalish,  ma’rifat,  konsepsiya,  g’oya,  mafkura, 
ma’naviya amaliyot
 
1.  Ma’naviyatni  rivojlantirishning  konseptual  asoslari  –  bu  eng  avvalo  ma’naviyatni 
rivojlantirishga  nazariy  yondashuvni,  ilmiy  va  siyosiy  pozitsiyani  bildiradi.  Konsepsiya 
tushunchasi atamasi ikki mazmunda ishlatiladi. Birinchisi – nazariy qarashlar tizimi, hodisalarni, 
jarayonlarni  nazariy  jihatdan  unday  yoki  bunday  tushunish;  ikkinchisi  –  ma’lum  qarashlarning, 
yondashuvlarning,  ta’limotlarning  bosh,  yetakchi  g‘oyasi,  bosh  tamoyili  va  ijtimoiy  mo‘ljali. 
Bosh  yetakchi  g‘oya  tevaragida  qarashlar  tizimi  shakllanadi.  Birinchi  holatda  kotsepsiya 
nazariyaga  teng  tushuncha,  uning  sinonimi  sifatida  qo‘llaniladi.  Ikkinchi  holatda  konsepsiya 
ilmiy  pozitsiyani,  ilmiy  e’tiqodni,  ilmiy  yondashuvni  belgilovchi  nuqtai  nazar,  nazariy  g‘oya, 
yoki metodologiya mazmunini anglatadi. 
Yirik  nazariyalarning  tarkibiy  qismlari,  katta  sistemalarning  muayyan  qismlarini  tahlil 
qiluvchi, ochib beruvchi kichik nazariyalar ham (sistema haqidagi umumiy nazariyaga nisbatan), 
odatda,  konsepsiyalar,  deb  ataladi.  Masalan,  O‘zbekistonda  tub  islohotlarni  amalga  oshirish 
nazariyasi  (islohotlar  nazariyasi)  nisbatan  kichik  nazariyalardan  –  iqtisodiy  islohotlar 
nazariyasidan,  davlat  va  jamiyat  qurilishi  nazariyasidan,  sud-huquq  tizimini  isloh  qilish 
nazariyasidan, ijtimoiy islohotlar nazariyasidan, ma’naviy tiklanish va rivojlanish nazariyasidan, 
kadrlar  tayyorlash  nazariyasidan,  tashqi  siyosat  nazariyasidan,  yangi  harbiy  dokrinadan  va 
sh.k.lardan  tashkil  topgan.  Ularni  umuman  islohotlarga  va  O‘zbekistonda  yangi  jamiyat  barpo 
etish  nazariyasiga  nisbatan  konsepsiyalar  deb  atash  mumkin.  Masalan,  kadrlar  tayyorlash 
konsepsiyasi va h.k. Alohida olinganda esa, ularning har birining o‘zi nazariya va o‘z navbatida 
turli  kichik  nazariyalarga  –  konsepsiyalarga  bo‘linadi.  Iqtisodiy  islohotlar  nazariyasining 
tarkibiga davlat mulkini xususiylashtirish, konsepseyasi, mulkning turli shakllarini rivojlantirish, 
moliya-kredit  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  soliq-budjet  tizimini  takomillashtirish,  bozor 
infratuzilmalarini yaratish va takomillashtirish va sh.k. konsepsiyalar kiradi.  
Davlat  va  jamiyat  qurilish  nazariyasi  davlat  hokimiyatining  uch  tarmog‘ini  bir  biridan 
ajratib,  mustaqil  etish,  huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  ko‘ppartiyaviylikni  qaror  toptirish 
konsepsiyalaridan, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, 
nodavlat  notijorat  tashkilotlarini,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarini  rivojlantirish 
konsepsiyalaridan,  markaziy  davlat  idoralari  vazifalarining  bir  qismini  bosqichma-bosqich 
mahalliy  davlat  idoralariga,  ularning  vazifalarining  bir  qismini  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 
boshqarish  organlari  va  NNT  ixtiyoriga  o‘tkazish  konsepsiyalaridan  tashkil  topgan.  Keltirilgan 
misollarda  konsepsiya  tushunchasi  birinchi  mazmunda  qo‘llanilgan.  Ikkinchi  mazmunga 
“Islohotlar  islohot  uchun  emas  –  inson  uchun”  g‘oyasi,  “Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik 
jamiyati sari”  g‘oyasi,  yoki  barcha  islohotlar – yangi  jamiyat  qurish, komil  insonni,  barkamol 


23 
 
avlodni  tarbiyalash  uchun  bosh  konsepsiya  sifatida  milliy  g‘oyamiz  “Ozod  va  obod  Vatanda, 
erkin  va  farovon  hayot”  g‘oyasi  qo‘llanilishi  mumkin.  Mazkur  g‘oyalar  masalaga  umumiy 
metodologik yondashuvni, prinsipial pozitsiyani va maqsadni belgilaydi.  
Konseptual  asoslar  deganda  muayyan  nazariyaning  yoki  amaliy  dasturning  tizimga 
aylantiruvchi, tayanchini, poydevorini, tashkil etuvchi bosh g‘oya, tamoyillar, mezonlar, talablar 
tushuniladi.  Ma’naviyatni  yuksaltirishning  konseptual  asoslarini  tafakkur  erkinligi,  fikrlar  va 
qarashlar 
xilma-xilligi, 
(mafkuraviy 
plyuralizm), 
e’tiqod 
va 
vijdon 
erkinligi 
tamoyillari,umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlar  mushtarakligi,  ularga  sodiqlik,  buzg‘unchi 
g‘oyalarga  nisbatan  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirish,  vatanparvarlik,  insonning  o‘z 
imkoniyatlarini  yuzaga  chiqarish  uchun  barcha  shart-sharoitlarni  (iqtisodiy,  huquqiy,  siyosiy, 
axloqiy, ijodiy va sh.k.) yaratish zarurligi, insonni oliy qadriyat sifatida tan olinishi tashkil etadi. 
Ularni  amalga  oshirish  uchun  qilinayotgan  amaliy  ishlar,  milliy  va  mahalliy  dasturlar,  rejalar, 
ularni  xalq  ongiga  yetkazish,  targ‘ibot-tashviqot,  har  xil  g‘oyaviy,  madaniy-ma’rifiy  va 
tashkilotchilik tadbirlari, ta’lim-tarbiya tizimini, OAVni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish, yangi 
bayramlar,  an’analarni  shakllantirish,  eskilarini  zamonaviylashtirish,  o‘z  umrini  yashab  bo‘lib, 
qoloq anaxronizmga aylanganlaridan voz kechish, turli xil ko‘rik-tanlovlar va barcha dasturlar, 
tadbirlarga  ajratilayotgan  mablag‘lar,  qo‘llaniladigan  vositalar,  ma’naviyat  sohasi  uchun 
mutaxassislar  tayyorlash  va  shu  kabilar  ma’naviyatni  yuksaltirishning  konkret  mexanizmlari 
sirasiga kiradi. 
Ma’naviyatni  yuksaltirishning huquqiy asoslarini birinchi galda O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, ma’naviyat, madaniyat sohasiga, vijdon va e’tiqod erkinligiga, so‘z erkinligiga, 
axborot  olish  erkinligiga,  til  siyosatiga,  OAVga,  ta’limga,  jamoat  tashkilotlariga,  ijodiy 
uyushmalarga, milliy madaniy markazlarga oid va ma’naviy-madaniy hayotni va munosabatlarni 
tartibga soluvchi boshqa qonunlar tizimi tashkil qiladi. 
Ma’naviyatni  yuksaltirishning  institutsional  asoslari  –  bu  oila,  mahalla,  mehnat  jamoasi, 
bog‘cha,  maktab,  AL  va  KHK,  oliy  ta’lim  muassasalari,  madaniyat  muassasalari,  muzeylar, 
kutubxonalar,  teatrlar,  kinoteatrlar,  ko‘rgazmalar,  galereyalar,  madaniyat  saroylari,  ijodiy 
uyushmalar,  ilmiy  muassasalar,  har  xil  to‘garaklar,  milliy  madaniy  markazlar,  OAV, 
matbaachilik,  nashriyotlar,  ma’naviyat  targ‘ibot  markazi,  uning  bo‘limlari,  boshlang‘ich 
tashkilotlari, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, odamlarning qiziqishlari 
asosida o‘zlari tuzgan klublari, jamiyatlari (masalan, filatelistlar jamiyatiga o‘xshash), ma’naviy 
tarbiya bilan shug‘ullanuvchi “Nuroniy” jamg‘armasi, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YOIH, 
“Vatanparvar” jamiyati kabi turli xil jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari 
va  NNTlardir.  Institutsional  asoslar  tarkibiga  kiruvchi  tashkilotlar  yuridik  shaxs  maqomiga  ega 
bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, bog‘cha, maktab, aksariyat jamoat tashkilotlari 
yuridik shaxs hisoblanadi. Urf-odatlar, marosimlar, an’analar, ijtimoiy fikr jamiyat institutlaridir. 
Ammo  yuridik  shaxs  emas.  Ular  ma’naviy  tarbiyada,  ma’naviy  yuksalishda  juda  katta 
ahamiyatga  ega.  Yoki  boshqa  misol:  maktablardagi  ota-onalar  qo‘mitasi  –  jamiyat  instituti.  U 
maktab  ma’muriyati  faoliyatini  maktabdagi  ta’lim-tarbiya    ahvolini  muhokama  qilish,  tavsiya 
mazmunidagi  taklif  va  qaror  bilan  ta’lim  muassasasining  yuqori  tashkilotlariga,  mahalliy 
hokimiyat  idoralariga  murojaat  etish  huquqiga  ega.  Ammo  ota-onalar  qo‘mitasi  yuridik 
maqomga ega emas. Ma’naviyat yuksalishining institutsional asoslariga, shunday qilib, ta’lim va 
tarbiya bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik, noyuridik shaxs bo‘lgan jamiyat hayotida tartibga 
soluvchi  (regulyativ)  va  tarbiyaviy  vazifalarni  bajaradigan  barqaror  nomoddiy  ma’naviy 
tashkilotlar kiradi.  


24 
 
O‘zbekistonda ma’naviyat sohasidagi islohotlarning amaliy tashkiliy asoslari ham mavjud. 
Bu  ishlar  bir  necha  yo‘nalishlarda  olib  boriladi.  Birinchidan,  kommunistik  mafkuraga  xizmat 
qiluvchi davlat va jamiyat institutlari tugatildi. Masalan KPSS, VLKSM (kommunistik partiya va 
komsomol)  tashkilotlari,  davlat  senzurasi,  bir  partiyaviylik  tizimi,  kommunistik  mafkura 
yakkahukmronligi  bekor  qilindi.  Ikkinchidan,  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashi, 
Ma’naviyat  targ‘ibot  markazi,  ularning  joylardagi  bo‘limlari,  boshlang‘ich  tashkilotlari, 
Respublika  milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi,  “Tafakkur”,  “Jahon  adabiyoti” 
jurnallari, “Ma’naviyat” nashriyoti, keyinchalik “Ma’naviy hayot”jurnali tashkil etildi.  
Uchinchidan,  ko‘ppartiyaviylik  tizimi  joriy  qilindi,  “Kamolot”  YOIH,  uning  qoshida 
“Kamalak”  (bolalar  tashkiloti),  yangidan  yangi  nodavlat  notijorat  tashkilotlari,  jamg‘armalar, 
milliy-madaniy  markazlar  tuzildi.  Fikrlar  xilma-xilligi,  mafkuraviy  plyuralizm  konstitutsiyaviy 
va  huquqiy  jihatdan  mustahkamlandi.  Mustaqil  OAV  paydo  bo‘ldi  va  ularning  soni  yildan-yil 
ko‘paydi.    To‘rtinchidan,  sovet  davrida  tuzilib,  saqlab  qolingan  jamoat  tashkilotlari  va  ijodiy 
uyushmalar  chuqur  isloh  qilindi,  ularga  mustaqillik  berildi.  Ular  KPSS  nazoratidan,  umuman 
partiyaviy-mafkuraviy  nazoratdan  ozod  qilinib,  faqat  qonun  oldida  javob  beradigan  bo‘ldi. 
Masalan,  urush  va  mehnat  faxriylari  kengashi  “Nuroniy”  jamg‘armasiga  aylantirildi. 
Yozuvchilar uyushmasi, bastakorlar (kompazitorlar), rassomlar, teatr xodimlari va boshqa ijodiy 
uyushmalar  badiiy  usullar  va  ijod  erkinligi  tamoyillari  asosida  o‘z  faoliyatini  olib  borish 
imkoniga  ega  bo‘ldilar.  Sovet  davrida  ular  faoliyatini  KPSS  va  davlat  senzurasi  nazorat 
qilishidan tashqari, badiiy ijod sotsialistik realizm usulida rivojlanishi talab etilar edi. 
Beshinchidan,  ta’lim-tarbiya  tizimi  tubdan  isloh  qilindi.  Ta’lim-tarbiyaning  yangi  davlat 
standartlari  ishlab  chiqildi.  Yangi  darsliklar,  o‘quv  dasturlari  yaratildi.  Ular  o‘zbek  xalqining 
madaniy,  ilmiy  merosini,  davlatchilik  tarixini,  tabiatini,  buyuk  arboblari  va  allomalari,  adiblari 
va  san’at  namoyandalari  ijodini,  hayotini  hamda  jahon  ilm-fani  va  madaniyatini  o‘rganishni 
nazarda  tutadi.  Natijada  ta’lim-tarbiya  tizimida,  umuman  ma’naviyatimizni  rivojlantirishda 
milliylik  va  umuminsoniylik  to‘laroq  uyg‘unlashtirish  imkoni  yuzaga  keldi.  Oltinchidan, 
ma’naviy-madaniy merosimizning sovet davrida  xalqdan  yashirilgan, taqiqlangan qismi  xalqqa 
qaytarila boshladi, shu jumladan urf-odatlarimiz, diniy bayramlarimiz. Ma’naviy merosimizning 
ba’zi durdona asarlari o‘zbek tiliga ilk bor  yoki  qayta tarjima qilindi. Misol tariqasida Qur’oni 
karimning  o‘zbekcha  tafsirini,  imom  Buxoriy  va  imom  Termiziylarning  sahih  hadislarini, 
Marg‘inoniyning  “Hidoya”,  Najmiddin  Nasafiyning  “Zubdatul  haqoyiq”  asarlarini,  “Avesto” 
tarjimasini,  Temur  “Tuzuklari”  nashrini,  Alisher  Navoiy  asarlarining  qisqartirilgan,  tashlab 
ketilgan  joylarini  tiklab,  qayta  nashr  etilishini,  shaharlarimiz  va  buyuk  shaxslarimiz 
yubileylarining  YUNESKO  otalig‘ida  o‘zimizda  va  xalqaro  miqyosida  nishonlanganligi  va 
boshqa ko‘plab tashkiliy ishlarni keltirish mumkin. 
Ta’kidlash  joizki,  tashkiliy  ishlar  stixiyali  amalga  oshirilmaydi.  Ular  puxta  o‘ylangan, 
tegishli  mablag‘lar  va  resurslar  bilan  ta’minlangan,  bajarish  muddatlari  va  bajaruvchilari  aniq 
belgilangan  dasturlar  asosida  amalga  oshiriladi.  Davlat  va  jamiyat  qurilishi,  umuman  islohotlar 
dasturlaridagi  tegishli  qismlar,  bo‘limlar,  xalqimiz  tarixiy  xotirasini  tiklash  va  buyuk 
arboblarimiz  va  shaharlarimiz,  “Alpomish”,  “Avesto”  yubleylarini  o‘tkazish  yuzasidan  qabul 
qilingan  qarorlar,  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  masalalarga  bag‘ishlangan  yillar  bo‘yicha  qabul 
qilinadigan  davlat  dasturlarining  tegishli  qismlari  va,  nihoyat,  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan 
Kadrlar tayyorlar milliy  dasturi,  maktab ta’limini  rivojlantirishning davlat  umummilliy dasturi, 
Bolalar sportini rivojlantirish bo‘yicha har yili qabul qilinadigan maqsadli dasturlar, Ma’naviyat 


25 
 
va ma’rifat Kengashining, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy 
markazi, tegishli nashriyotlar dasturlari va yillik ish rejalarini e’tirof etish lozim. 
Dasturlarni  amalga  oshirish  oson  ish  emas.  Buning  uchun  davlat  budjetidan,  tegishli 
jamg‘armalar  va  homiy  tashkilotlar  hisobidan  mablag‘  ajratishni,  ijrochi  kadrlarni, 
mutaxassislarni,  tegishli  tashkilotlarni,  muassasalarni,  vositalarni  jalb  qilishni  oldindan 
rejalashtirish  kerak.  Chunki  bekor  turgan  pul  ham,  resurs  ham,  tashkilot  va  muassasa  ham, 
mutaxassis  ham  yo‘q.  Hammaning  o‘z  ishi  bor.  Bundan  tashqari,  barcha  qilinadigan,  amalga 
oshiriladigan ishlar, ajratiladigan mablag‘lar, resurslar qonuniy bo‘lishi lozim. Biz yuqorida va 
avvalgi mavzularda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va ma’naviy hayotni, ma’naviy munosabatlarni 
tartibga soluvchi ba’zi qonunlarni e’tirof etgan edik. Ularga qo‘shimcha qilish lozimki, Prezident 
Farmonlari  va  Qarorlari,  Vazirlar  Mahkamasi  qarorlari  ham  ma’naviyatni  yuksaltirishning 
huquqiy-meyoriy bazasini tashkil qiladi. Bu baza muttasil kengayib, boyib borayotir. 
1994-yilda  Respublika  Ma’naviyat  va  marifat  Kengashi,  Ma’naviyat  targ‘iboti  markazi, 
2006  yilda  Respublika  milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  tuzildi.  1994  yilda 
“Tafakkur”  jurnali,  1997  yila  “Jahon  adabiyoti”,  2013  yilda  “Ma’naviy  hayot”  jurnali  tashkil 
etildi.  Respublika  teleradiokompaniyasida  “Yoshlar”  kanali,  “Ma’naviyat”  telestudiyasi  va 
ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy masalalarni yorituvchi ruknlar faoliyat yuritmoqda. 
Viloyatlarda  Respublika  Ma’naviyat  targ‘ibot  markazining  bo‘limlari,  yirik  korxonalar, 
tashkilotlarda,  ta’lim  muassasalarida  uning  boshlang‘ich  tashkilotlari  bor.  Ular  aholi  o‘rtasida 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yutuqlari, mavjud muammolari to‘g‘risida, 
milliy  g‘oya  va  mafkuraning  mazmun-mohiyati  haqida  tushuntirish  ishlari  olib  boradi. 
Shuningdek, ma’naviyat targ‘ibot bo‘limlari milliy madaniy-ma’naviy merosimiz, jahon xalqlari 
madaniyati  yutuqlari  bilan  tanishishga  ko‘maklashadi.  Ma’naviy  tahdidlar  va  xurujlar,  diniy  va 
siyosiy  ekstremizm,  boshqa  buzg‘unchi  g‘oyalardan  odamlarni  ogoh  etadi,  ularda  mafkuraviy 
immunitetni  shakllantirishga  yordam  beradi.  Odamlarimizni  vatanparvarlik,  umuminsoniy  va 
milliy  qadriyatlarga  sodiqlik  ruhida  tarbiyalaydi.  Ularni  oliy  maqsadimiz  –  ozod  va  obod 
Vatanda,  erkin  va  farovon  hayotni  barpo  etishga  ilhomlantiradi,  bu  maqsadga  safarbar  etishga, 
odamlarga o‘z yaratuvchilik imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashadi. 
Ayni  paytda  ta’kidlash  lozimki,  O‘zbekistonda  targ‘ibiy-tashviqiy,  tarbiyaviy  ishlar 
odamlar ongi bilan manipulyatsiya qilish, odamlar ongini, dunyoqarashini, ma’naviy dunyosini 
boyitish  yo‘nalishida  va  maqsadida  olib  borilmaydi.  Aksincha,  ular  odamlar  ongini, 
dunyoqarashini,  ma’naviy  dunyosini  boyitish  maqsadida  olib  boriladi.  Odamlar  ongi  bilan 
manipulyatsiya  qilish  ularning  ongiga  tegishli  siyosiy  doiralar,  tabaqalarning  g‘arazli 
manfaatlarini  ifodalaydigan  biryoqlama  fikrlarni  singdirish,  odamlarni  bu  doiralarga  foydali 
yo‘sinda  fikrlashga  o‘rgatishdir.  Mafkuraviy  kurash,  axborot  xuruji,  odamlarni  maxsus 
tanlangan,  tizimlashtirilgan,  noto‘g‘ri  talqin  qilinadigan,  ba’zan  ochiqchasiga  soxta,  yolg‘on 
axborotni  tarqatishdan  maqsad  odamlar  ongi  bilan  manipluyatsiya  qilishdir.  Shu  sababdan 
ta’lim-tarbiya  muassasalarining,  ma’naviy  tarbiyaning,  ma’naviyat  targ‘ibot  barcha  bo‘g‘in 
tashkilotlarining  asosiy  vazifalaridan  biri  ma’naviy  tahdidlarga,  mafkuraviy  kurashga,  axborot 
xurujiga  qarshi  turish  qatorida  odamlarda,  ayniqsa  yoshlarda  mafkuraviy  immunitetni 
shakllantirishdir. Bunga odamlarning dunyoqarashi, bilimlari boyishi, asl milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarini o‘zlashtirishi asosida erishiladi. Qo‘rqitish, soxtalashtirish yoki mavhum, turmush 
muammolaridan uzilgan pandu-nasihatlar orqali emas.  
G‘oyaviy-mafkuraviy,  tarbiyaviy  ishlar  uzluksiz,  rejali,  ilmiy  asoslangan,  dalillangan, 
mavjud  qiyinchiliklarni  xas-pushlamagan  holda  olib  borilishi  lozim.  Auditoriyaning  yoshi, 


26 
 
qiziqishlari,  madaniy  saviyasi  hisobga  olinishi  kerak.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  interfaol 
usullardan, zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish yaxshi samara beradi, 
auditoriyani  qiziqtiradi.  Ma’naviy-ma’rifiy tarbiyada uning individual, zamonaviy va ommaviy 
usullarini birga qo‘shib olib borish zarur.  
Ma’naviyatni  yuksaltirish  mexanizmlari  yuqorida  keltirilgan  uslubiy  yondashuvlardan 
tashqari,  qator  konkret-siyosiy,  huquqiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,pedagogik,  psixologik  va 
institutsional  mexanizmlardan  ham  tashkil  topgan.  Ma’naviyatning  moddiy-iqtisodiy  bazasini 
mustahkamlash,  yangi  madaniyat  muassasalari,  axborot  resurs  markazlari,  bolalar  musiqa  va 
san’at  maktablari,  turli  ijodiy  to‘garaklar,  ayniqsa  badiiy  havaskorlik  to‘garaklari  sonini 
ko‘paytirish  ana  shunday  mexanizmlar  guruhidan  biridir.  Yoshlar  va  katta  yoshdagi  kishilar 
uchun  turli  xil  ijodiy  ko‘rik  tanlovlar,  ijodiy  festivallar,  ko‘rgazmalar  o‘tkazish,  ijodkorlarni 
moddiy  va  ma’naviy  rag‘batlantirish,  yurtimizning  tarixiy  shaharlari  va  tabiati  bag‘riga 
sayohatlar  uyushtirish,  ichki  turizmni  rivojlantirish  yana  mexanizmlarning  bir  guruhini  tashkil 
etadi.  
Xalq  ijodi,  san’ati,  havaskorligi,  madaniy  an’analari,  urf-odatlari,  xalq  o‘yinlari,  sayllari, 
o‘yinchoqlari,  qo‘g‘irchoqlari  va  boshqa  nomoddiy  boyliklarini  e’zozlab  rivojlantirish  qatorida 
boshqa  xalqlar  adabiyotiga,  san’atiga,  madaniyatiga  bag‘ishlangan  kechalar,  tadbirlar,  kino  va 
adabiyot  kunlarini  tashkil  qilish  asarlarini  o‘zbekchaga  ag‘darib,  nashr  etish  ham 
ma’naviyatimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yuksaltirish mexanizmlaridir. 
Radio,  televideniye,  OAVni,  internetda  o‘z  saytlarimizni  rivojlantirish  ma’naviyatni 
yuksaltirishning  ta’sirchan  va  qudratli  mexanizmlaridir.  Ichki  bozorni  buzg‘unchi  g‘oyalarni 
targ‘ib  etuvchi  chetdan  noqonuniy  keltirilayotgan  “madaniy”  mahsulotlardan  himoya  qilish, 
madaniy  kontrabandaning  oldini  olish,  bu  boradagi  huquqiy  mexanizmni takomillashtirish  ham 
ma’naviyatni yuksaltirishning mexanizmlari hisoblanadi. 
 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling