EZGULIK VA YOVUZLIK — ma’naviy axloqiy tushunchalar orasidagi eng muhim
juftliklaridir. E. insonni faoliyatning asl mohiyatini anglatadi – Tangri irodasining inson
qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo‘ladi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol» uchligi
«Avesto» dan tortib barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham shundan. E.
insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy
baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi
yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi.
ETIKET - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida
ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan munosabat hodisasidir. Etiketning qamrovi keng, u
ma’lum ma’noda xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi.
U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zni tutish qonun-
qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy
yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat
uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |