SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI- individ tomonidan axloqiy ong orkali jamiyat
madaniyatini idrok etish darajasi; axloq talablari inson xatti-harakatlari jamiyatning
shakllantiruvchi ta’siri ostida qay darajada chuqur va uyg‘un ekanligi ko‘rsatkichidir. Turli
omillar ta’siri ostida: hayotiy tajriba va tarbiya; bilim va san’at shaxs jamiyatning axloqiy
madaniyati yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydi. SH.a.m. murakkab
dastur bo‘lib, o‘z ichiga insoniyatning shunday tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy
vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuitsiyani
ham o‘z ichiga oladi va ular yordamida muammoli vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi.
SHARQONA AXLOQ– xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, xushaxloqlilik, boadablilik, ota-
onaga, ustozlarga hurmat-ehtirom, xushmuomalalik, ochiq yuzlilik, vazminlik, kamtarlik,
va’daga vafodorlik, to‘g‘riso‘zlik va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |