Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


ifodalovchi umumiy mazmun va xususiyatlarga ega bo’lgan tushunchalardir


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

ifodalovchi umumiy mazmun va xususiyatlarga ega bo’lgan tushunchalardir.  
Kategoriyalarni o’z manbai, tabiatiga ko’ra ontologik, bilish shakliga ko’ra gnoseologik va 
oddiy xususiyatiga ko’ra metodologik mazmunga bo’lish mumkin 
 
Ma‘naviyat  -  jamiyatning,  millatning  yoki  ayrim  bir  kishining  ichki  hayoti,  ruhiy 
kechinmalari,  aqliy  qobiliyati,  idrokini  mujassamlantiruvchi  tushuncha.  Ma‘naviyat  keng 
ma‘noga ega bo’lib, ma‘rifat, madaniyat kabi tushunchalami o’z ichiga oladi. Maqsad, mazmun, 
shakl, metod vavosi talar kabi tushunchalar r tarbiya jarayonining mohiyati iochibberadi [5;196] 
SHaxs dunyo qarashining shakllanishida ma‘naviy-axloqiy tarbiya muhim o’ringa ega bo’lib, uni 
Fanni o’rganish metodlari 
turli tumandir 
 
Fanning kategoriyalarini umumiy, substansional va funksional 
guruhlarga bo’lish mumkin 



 
samarali  tashkil  etish  o’quvchida  ma‘naviy-axloqiy  ongni  shakllantirishga  yordam  beradi. 
Ma‘naviyat  shaxs,  xalq,  davlat  va  jamiyatning  kuch-qudrati,  taraqqiyoti,  imkoniyatlari  va 
istiqbollarini  belgilab  beruvchi  ichki  ijobiy,  ruhiy  omildir.  Milliy  ma‘naviyat 
tushunchasi.«Millat»  so’zi  tub  mohiyat,  o’zak,  negiz  degan  ma‘nolami  bildiradi.  Milliy 
ma‘naviyat  esa  «Millat»  tushunchasi  bilan  bog’liq.  «Millat»  so’zi  arab  tilida  uch  ma‘noni 
bildiradi:  1)  din,  mazhab;  2)  ummat;  3)  xalq,  qavm.  Millat  so’zi  Qur‘oni  Karimda  ham 
qo’llanilgan.  Qur‘onda  har  bir  millat  vakili  o’z  milliy  qadriyatlarini  rivojlantirishi  savobli  ish, 
lekin o’z millatidan, qavmidan chiqib, boshqa millatga o’tib olishi esa katta bir gunoh deb ta‘rif 
berilgan.  Jamiyat  rivojlanib  borgan  sari  insonlar,  xalqlar  millatlar  o’rtasidagi  ma‘naviy 
munosabat  va  aloqalar  rivojlanib  boraveradi.  Bu  borada  ma‘naviyatni  besh  guruhgabo’lib 
o’rganish  mumkin:  1)  ma‘naviy  qadriyatlar;  2)  milliy  ma‘naviyat;  3)  shaxs  ma‘naviyati;  4) 
mintaqaviy ma‘naviyat; 5) umuminsoniy ma‘naviyat. • 7 Madaniyat(«cultura» so’zidan olingan 
bo’lib,  parvarish  qilish,  ishlov  berish  ma‘nosini  bildiradi)  –  ijtimoiy  taraqqiyot  davomida 
insonlarning  faoliyati  tufayli  qo’lga  kiritilib,  ularning  ijtimoiy  ehtiyojlarini  qondirishga  xizmat 
qiluvchi moddiy va ma‘naviy boyliklar tizimi. Ma‘rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari 
hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me‘yorlarni singdirish, ta‘limtarbiyani 
takomillashtirish,  milliy  meros  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  o’rganish,  ularni  targ’ib  etish 
maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Tarbiya jarayonio’quvchining onginigina emas, 
balki  his-tuyo’ularini  ham  o’stirib  borishi,  unda  jamiyatning  shaxsga  qo’yadigan  axloqiy 
talablariga  muvofiq  keladigan  xulqiy  malaka  va  odatlarni  hosil  qilishi  lozim.  Bunga  erishish 
uchun o’quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta‘sir etib boriladi. Agar bularning birortasi 
e‘tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik 
qiladi, o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-
sharoit  yaratadi.  Tarbiyani  samarali  yo’lga  qo’yish  uchun  uning  harakatlantiruvchi  kuchini-
tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bir so’z bilan aytganda 
tarbiya jarayoni-har bir insonning hayotda yashashi (umimiy faoliyat, ta‘lim, tarbiya) jarayonida 
orttirgan  saboqlari  va  intellektual  salohiyatlarining  ijobiy  ko’nikmasinio’zida  shakllantirish  va 
o’zgalarga  berish  jarayonidir.  Tarbiya  jarayonida  ichki  va  tashqi  qarama-qarshiliklar  mavjud 
bo’lib,  u  bevosita  tarbiyalanganlik  darajasiga  bogliq  bo’ladi.  Tarbiyada  o’quvchilarning 
tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, qaramaqarshiliklar 
kuchayadi[6;40]. 8 Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismlari ham ayni 
bir  vaqtda,  faoliyatning  biror  turi  asosida  amalga  oshiriladi.  Tarabiya  jarayonining  jamiyat 
taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga 
undash  va  bu  xatti-harakatni  sekin-astako’nikmaga  aylantirib  borish  lozim.  Insonni  mushohada 
qilish qobiliyatini tarb iyalash, aqlni peshlash demakdir. Aqlongni saqlaydi. Onges a moddiy va 
ma‘naviy  manbaga  aylanadi.  Shu  tariqa  inson  sekin-asta  takomillashib,  komillikka  erishib 
boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas‘uliyat, 
sharafli  mehnat  va  qunt,  irodani  talab  etadi.  Buning  uchun  bolalarning  yosh  xususiyatlarini 
hisobga  olish  zarur.  Ma‘naviy,  insoniy  sifatlarning  shakllanishi  daoiladagi,  atrofdagi, 
jamiyatdagi  muhit  va  bolalarga  bo’lgan  munosabat  muhim  rol  o’ynaydi  [6;41].  Tarbiya 
jarayonining  natijasi  barkamol  shaxsni  shakllantirishdir.  Bu  jarayon  ikki  tomonlama  bo’lib, 
uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o’quvchi  shaxsining o’zitomonidan faollik ko’rsatishini 
taqozo  etadi.  Bu  jarayon  da  pedagog  etakchi  vazifani  bajaradi.  Chunki  u  ijtimoiy  tarbiyaning 
umumiy  maqsadlari,  mohiyatini  tushunadi  maqsadi  yolida  amalga  oshiriladigan  vazifalar 
tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab 



 
oladi  va  tarbiya  jarayoniga  tatbiq  etadi.  Tarbiya  jarayonining  mohiyatini  tarbiyaga  har 
tomonlama yondoshish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Ta‘lim va tarbiya 
jarayonlarining  ajralmas  qismlaridan  biri  ta‘lim  mazmuni  shaxsiy  xislatlarini  tarbiyalashning 
katta imkoniyatlariga egaligidadir. [5;192]. 9 1.2-§. Ta’lim jarayonida ma’naviy tarbiya masalasi 
Uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimi jamiyatni tashkil etgan tizimning tarkibiy  qismidir. Bu qismning 
samarali  ishlashi  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlaming  barcha  jihatlariga  o’z  ijobiy  ta‘sirini 
ko'rsatadi.  Shuning  uchun  ta‘lim  to’g’risidagi  Qonunda  «Ta‘lim  0’zbekiston  Respublikasi 
ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor» deb e‘lon qilinadi. A.Karimov ma‘naviyat tushunchasiga 
ta‘rif  berib,  shunday  degan  edi:  «Ma‘naviyat  haqida  gap  ketar  ekan,  men  awalo  insonni  ruhiy 
poklanishi  va  yuksalishiga  da‘vat  etadigan,  inson  ichki  olamini  boyitadigan,  uning  imon 
irodasini, e‘tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur 
qilaman» .Bu fikrni talqin qiladigan bo’lsak, undan shunday ma‘no chiqadiki, eng avvalo, har bir 
mushohada  qila  oladigan  shaxs  o’zining  haqiqiy  inson  ekanligini  tushunib'  yetishi,  ya‘ni  ongi 
rivojlanib borayotganligini fahmlashi, barcha tirik mavjudodlarga va insonlarga mehr muruwatli 
bo’la  olishi,  milliy  qadriyatlarimizni-  tiklash  va  uni  rivojlantirishga  xizmat  qila  olishi 
tushuniladi.  Ikkinchi  masalani  yoritishda  I.A.Karimov-  ning  ma‘naviyatga  ta‘rifi  hamda 
ma‘naviyat  har  bir  insonning  ikkinchi  ruhiyatining  aynan  ijobiy  qirralari,  aql-zakovati,  o’z- 
o’zini  anglash,  aniq  maqsadlar  sari  faol  harakatining  qudratli  salohiyati  ekanligiga  e‘tibor 
qaratilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi[11;108]. Xalqimizda «Bama‘ni odam, juda bama‘ni inson» 
degan  iboralar  bor.  Bu  ijobiy  ma‘nodagi  yuksak  iboradir.  Shu  bilan  birga,  «Bama‘ni  odam», 
degan tushuncha ham bor, bunday odamlar inson nomiga munosib  hisoblanmaydi  va ular hech 
qachon insonparvar bo’la olmaydi. Ma‘naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining 
ichki  10  hayoti,  ruhiy  kechinmalari,  aqliy  qobiliyati,  idrokini  mujassamlantiruvchi  tushuncha. 
Ma‘naviyat  keng ma‘noga ega bo’lib, ma‘rifat,  madaniyat  kabi  tushunchalami  o’z ichiga oladi 
[5;201]. Yuksak ma‘naviyatli insonni shakllantirish jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.Bu 
masalani  yoritishda  ma‘naviyatning  shaxs  faolligini,  mehnat  unumdorligini  oshirish,  jamiyatda 
totuvlik,  yakdillikni  ta‘minlash va umummilliy manfaatlarni uyg’unlashtirishdagi  qudratli  kuch 
o’rganiladi. Markaziy Osiyo tarixida diniy va qomusiy bilimni siyosiy aql-idrok bilan ma‘naviy 
jasoratni  o’zida  mujassam  eta  bilgan  Imom  al  Buxoriy,  at  Termiziy,  Xoja  Bahovuddin 
Naqshband,  Xoja  Ahmad  Yassaviy,  alXorazmiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Amir  Temur,  Mirzo 
Ulug’bek,  Zahiriddin  Bobur  va  boshqa  buyuk  ajdodlarimiz  milliy  madaniyatimizni 
rivojlantirishga ulkan hissa qo'shganlar, ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan ulkan 
hissalari  butun  dunyoga  ma‘lum1  .  Jamiyatning  ma‘naviy  kamoloti  o’z-o’zidan  amalga 
oshmaydi.  Har  bir  tuzum  va  davr  ma‘lum  maqsad,  g’oya  va  mafkuralar,  talab  va  ehtiyojlar 
asosida  kishilaming  ma‘naviy  kamolotiga  ta‘sir  ko’rsatadi.  Ana  shunga  asosan,  inson 
tarbiyasining  biron  tizim,  shakl  va  mazmuni,  insoniyligi  kelib  chiqadi.  Jamiyat  a‘zolarining 
ma‘naviy fazilatlari, ta‘lim tarbiyaning yo’llari va usullariga kishilaming milliy jihatlari, yashash 
va  mehnat  qilish  sharoitlari,  turmush  tarzi  kabilar  ham  ta‘sir  etadi  .Ayniqsa,  ma‘naviy 
qadriyatlarimizni chuqur bilish, uning uzviyligini ta‘minlash, har bir yosh avlodning muqaddas 
burchi  ekanligini  unutmasligimiz  kerak.  Ma‘naviyat  -  bu  kishini,  egallagan  foydali  bilimlari 
(bilim  turidan  qat‘i  nazar),  uning  hayotida  takrorlanaverishi  natijasida,  ko’nikma  va  malaka 
bosqichlaridan o’tib ruhiga singib, uning hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy 
sifatlardir. Demak, ma‘naviyat asosini bilim 1 I.A.Karimov. «0’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 
Т.:  «0’zbekiston»  nashriyoti,  1997.  139-140-betlar.  11  tashkil  qilar  ekan,  bilim  turlariga  mos 
ravishda  ma‘naviyat  turlarini  sanab  chiqsak  bo’ladi.  Bularga  diniy  ma‘naviyat,  axloq  va  odob 



 
ma‘naviyati,  dunyoni  ilmiy  bilish  ma‘naviyati,  texnik  ma‘naviyat,  kasbiy  ma‘naviyat  va 
boshqalar kiradi. Axloq va odob ma‘naviyati inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini, ya‘ni 
qobig’ini  tashkil  qilgani  uchun,  ba‘zilar  ma‘naviyat’deganda,  kishining  axloq  va  odobga  oid 
bilimlarini  uning  hayot  tarzida  aks  etishi  deb  tushunishadi.  Bu  ma‘naviyatni  tor  ma‘noda 
tushunishdir [11;104]. Ta‘lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy 
maqsad  asosida  tashkil  etilishi,  mazkur  jarayonda,  fanlararo  aloqadorlik,  shuningdek, 
dunyoqarashni  shakllantirishda  samarali  sanaluvchi  barcha  mavjud  omillarning  birligiga 
tayangan holda ish ko’rish ko’zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma‘lum 
ijtimoiy voqeahodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko’ra bilish, 
bir holatdan ikkinchi  holatga o’tishini kuzatish, ularning o’zaro bog’liqligi  va aloqadorligi,  bir-
birini  taqozo  etishini  tushuna  olish  imkonini  beradi.  Ta‘lim-tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida 
fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o’zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, 
atrof-muhit  hamda  ijtimoiy  munosabatlar  ta‘sirida  shaxs  kamolotini  ta‘minlashga  erishish 
imkoniyatlaridan  unumli  foydalanishga  intilish  maqsadga  muvofiqdir.  Ta‘lim  muassasalarida 
o’quv  predmetlari  sifatida  tavsiya  etilgan  fanlar  asoslarining  o’quvchilar  tomonidan  chuqur 
o’zlashtirilishi  ularda  keng  dunyoqarashni  shakllantirishga  yordam  beradi.  O’qituvchilar 
o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g’amxo’rlik qila borib, doimiy ravishda 
ular  tomonidan  o’zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni  amaliyotda  qo’llay  olinishiga  e‘tibor  berishlari 
zarur.  Fan  o’qituvchilari  u  yoki  bu  qonuniyatlar  va  ularning  mohiyati  bilan  o’quvchilarni 
tanishtirib  borar  ekanlar,  o’quvchilarga  turli  12  hayotiy  vaziyatlarda  ulardan  foydalanish  yoki 
ularga tayanib ish ko’rish lozimligini tushuntirib borishlari kerak. 
3)Ma’naviy  tarbiya  tizimida  insonning  yaxshi  xulqi,  muomalasi,  halolligi,  yolg‘on  va 
soxtalikdan o‘zini tiyishi va boshqa ko‘plab ijobiy xislatlarni shakllantirish muhim o‘rin tutadi. 
Kishilik  jamiyati  vujudga  kelib  dastlabki  rivojlanish  jarayonida  odamlar  munosabatini  tartibga 
soluvchi  qonunlar  hali  bo‘lmagan.  Bu  vazifani  axloq  bajargan.  Axloq  inson  ma’naviyatining 
xamirturushidir  desak,  xato  bo‘lmaydi.  Axloqiy  meyorlar,  qoidalar  qadimda,  balki,  o‘rta 
poleolitda  paydo  bo‘la  boshlagan.  Shundan  buyon  axloqiy  meyorlar  rivojlanib,  boyib, 
takomillashib  kelmoqda.  Ijtimoiy  ongning  alohida  mustaqil  shakli  sifatida  esa  axloq  ibtidoiy 
sinkretizm parchalangandan keyin vujudga kelgan. Lekin axloqiy qoidalar, meyorlar, urf-odatlar, 
marosimlar, an’analar ko‘rinishida o‘ziga xos tizim sifatida ungacha ham nisbatan ajralib turgan. 
To‘g‘ri, ularning o‘zi sinkretik bo‘lib, g‘ayritabiiy kuchlarga sig‘inish usullarini o‘z ichiga olgan.  
Axloq  hayotning  barcha  sohalarida  –  oilada,  mahallada,  mehnatda,  ishlab  chiqarishda, 
shaxslararo,  guruhlararo,  millatlararo  va  h.k.  aloqalarda  odamlarning  o‘zaro  munosabatini  va 
qarashlarini  tartibga  soladi.  U  ijtimoiy-siyosiy  kuchga  (davlat  va  ma’muriy  organlar  kuchiga) 
emas, balki jamoatchilik fikriga tayanadi. Axloqiy qoidalarni va talablarni bajarmagan kishilarga 
nisbatan  tevarak-atrofdagilarning  munosabati  sovuq  bo‘lgan,  ularni  qo‘pol  ravishda 
buzganlardan esa odamlar yuz o‘girgan, jumladan qishloqdan, mahalladan quvgan. Shu sababdan 
axloqiy  talablar  va  meyorlarga  odamlar  ixtiyoriy  bo‘ysungan.  Axloqiy  g‘oyalar,  meyorlar, 
tamoyillar  umumijtimoiy  mazmunga  ega  va  muayyan  madaniyat  vakillarining  barchasi  uchun 
barobar.  Odamlarning  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  huquq  ortida  esa  davlatning  ma’muriy 
organlari, diniy qoidalar-meyorlar ortida maxsus diniy tashkilot – machit, cherkov, sinagoga va 
h.k.,  ya’ni  muayyan  tashkilot  turibdi.  Axloq  ortida  bunday  tashkilot  yo‘q,  faqat  insoniyatning 
ko‘pasrlik tajribasi va fikri, bahosi bor. 
Axloqiy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  insonda  asl  insoniy  fazilatlarini 
shakllantirishdir.  Lekin  bu  ancha  murakkab  va  qiyin  ish.  Chunki,  bir  tomondan,  har  qanday 



 
tarbiya  asosida  bilim  yotadi.  Ikkinchi  tomondan,  bilimlar  o‘z-o‘zidan  insonni  tarbiyalamaydi. 
Ular  tuyg‘ular,  ishonch,  ixlos  bilan  bog‘lansagina,  insonning  ichki  e’tiqodiga,  dunyoqarashi 
unsuriga  aylanadi.  Ayniqsa,  axloqiy  va  estetik  tarbiyada  his  –  hayajon,  tuyg‘ular  dunyosi  – 
ko‘ngil katta ahamiyat kasb etadi. Inson keng bilimli, o‘z kasbini yaxshi egallagan tashkilotchi 
va  ishchan,  ammo  ayni  paytda  xudbin,  o‘z  manfaatlari  yo‘lida  hech  narsadan  toymaydigan, 
bag‘ritosh  zolim  ham  bo‘lishi mumkin.  Insonda insoniylik birinchi  navbatda aql,  kasbiy bilim, 
mahorat  orqali  emas,  ko‘ngil  va  mehr  (ishq)  orqali  tarbiya  topadi.  Bejiz  xalq  maqolida  “Olim 
bo‘lish  oson,  odam  bo‘lish  qiyin”  deyilmaydi.  Lekin  bundan  axloqiy  tarbiyada  aql  ikkinchi 
darajali ekan degan xulosa kelib chiqmaydi. Gap bu yerda tarbiya nimadan boshlanishi va uning 
hissiy poydevori ustida ketyapti, xolos. Insonning har qanday e’tiqodi, jumladan axloqiy e’tiqodi 
aql orqali, ijobiy bilimlar orqali vujudga keladi.  
Axloqiy  tarbiya  avvalo  axloqiy  tuyg‘ularni  shakllantirishdan  va  rivojlantirishdan 
boshlanadi.  Tuyg‘u  inson  ongining  voqelikni  his  –  hayajon  ko‘rinishida  aks  ettirishi,  voqeaga, 
predmetga nisbatan insonning bevosita hissiy reaksiyasidir (Biz sezgilar to‘g‘risida emas, tuyg‘u 
to‘g‘risida fikr yuritayotirmiz). Masalan, hayo, uyat, qahr, g‘azab, zavq – shavq, xursandchilik, 
minnatdorchilik, vijdon, adolat va h.k. faqat insonga xos tuyg‘ulardir. Ba’zi tuyg‘ular insonning 
voqeaga, predmetga salbiy, ba’zilari ijobiy munosabatini ifodalaydi. Ba’zi tuyg‘ular kishiga uzoq 
muddat,  ba’zilari  qisqa  muddat  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bu  ko‘pincha  tuyg‘uni  keltirib  chiqaragan 
voqea-hodisaning mazmuniga va inson, jamiyat hayoti uchun ahamiyatiga bog‘liq. Ahamiyatsiz 
hodisa tezda esdan chiqadi, undan ham avval u qo‘zg‘agan tuyg‘u so‘nadi. Qo‘shnilarning bolasi 
janjal  qilib,  biri  ikkinchisini  do‘pposlabdi  degan  xabar  sizda  ma’lum  tuyg‘u  o‘yg‘otadi,  lekin 
tezda  o‘tib  ketadi.  Ammo  kaltak  yegan  va  janjal  qilgan  sizning  farzandingiz  bo‘lsa,  his-
hayojoningiz  uzoqroq  davom  etadi.  Ayrim  tuyg‘ular  mazmuni  va  tuzilmasiga  ko‘ra  oddiy, 
ayrimlari esa murakkab, hatto ancha murakkab bo‘ladi. Masalan, hayo, ibo, kabi tuyg‘ular oddiy 
axloqiy tuyg‘ulardir. Ammo vijdon, diyonat, adolat, vatanparvarlik, ezgulik kabi tuyg‘ular ancha 
murakkab  tuzilishga  va  mazmunga  ega.  Ular  insonning  tuyg‘ularinigina  ifodalab  qolmasdan, 
balki butun axloq ilmini va jamiyat tajribasini mujassam aks ettiradi. 
Axloqiy tuyg‘ular insonga uzoqroq ta’sir ko‘rsatsa, hissiy kechinmalarga aylanadi. Hissiy 
kechinmalar  inson  ko‘nglini  tarbiyalaydi,  teranlashtiradi  va  noziklashtiradi.  Boshiga  tashvish 
tushib,  ko‘p  his  –  hayojonli  o‘ylarni  xayolidan  kechirgan  kishi  hayotni,  uning  muammolarini 
teranroq, chuquroq tushunadi. Agar hayot qiyinchiliklari uni ezib, ma’naviy majruhga aylantirib 
qo‘ymagan bo‘lsa, u shunday muammolarga duch kelgan boshqa kishilarga yaqindan hamdardlik 
qiladi,  vaziyatdan  chiqib  olishda  so‘zi  yoki  ishi  bilan  yordam  beradi.  Axloqiy  tarbiya  birinchi 
galda barcha ijobiy insoniy tuyg‘ularni shakllantirishi va mustahkamlashi lozim  
Axloqiy tuyg‘ular va kechinmalarni anglab olish, umumlashtirish asosida axloqiy g‘oyalar, 
tushunchalar,  baholar,  meyorlar,  kategoriyalar,  axloqiy  qonunlar  vujudga  keladi.  Inson  biror 
predmedga, hodisa va voqeaga o‘z munosabatini asoslashdan, dalillashdan avval uning shakl  – 
shamoyilini,  mazmun-mohiyatini  anglashga,  keyin  unga  baho  berishga  harakat  qiladi.  Buni  u 
turli  tushunchalar,  meyorlar  yordamida  amalga  oshiradi.  Bunda  u  o‘zining  avvalgi 
tasavvurlaridan,  bilimlaridan,  hayotiy  tajribasidan  foydalanadi.  Ko‘rgan  voqeani  (hodisani), 
voqea  ishtirokchilari  xulq-atvorini  o‘z  bilimlari,  tajribasi,  qarashlari  va  e’tiqodlaridan  kelib 
chiqib,  ijobiy  va  salbiy  baholaydi.  To‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri  deb  hisoblaydi,  ma’qullaydi  yoki 
qoralaydi. Axloqiy baho va munosabat aynan ma’qullashda yoki qoralashda namoyon bo‘ladi. 
Oddiy  (elementar)  axloqiy  tushunchalar  –  salom–alik,  uyat,  aldamaslik,  to‘g‘rilik, 
rostgo‘ylik,  o‘zaro  yordam,  mehr,  haromdan  hazar  qilish,  yolg‘onchi,  firibgar,  maqtanchoq 


10 
 
kishilarga salbiy munosabat va shu kabilar meyoriy mazmunga ega. Ular odamlarning kundalik 
munosabatini, 
aloqalarini, 
turmushini 
tartibga 
soladi. 
Axloqiy 
meyorlar 
undovchi 
(rag‘batlantiruvchi) va cheklovchi (taqiqlovchi) vazifalarini bajaradi. Undash va cheklash orqali 
odamlarning kayfiyatiga, xulq – atvoriga, kundalik turmushiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar buni 
eplay  olmasa,  ijtimoiy–ma’naviy  muhit  buziladi.  Oddiy  axloqiy  meyorlar  umuminsoniy 
xarakterga  ega.  Ular  inson  tabiati  takomillashuvi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Shu  sababdan  ular 
tilidan,  dinidan,  madaniyatidan  qat’i  nazar  hamma  xalqlar  uchun  mohiyatan  bir  xil,  ammo 
shaklan ba’zan ancha farq qilishi mumkin. 
Hamma  xalqlarda  u  yoki  bu  ko‘rinishda  salom-alik  bor,  barcha  xalqlar  to‘g‘ri  so‘zni, 
rostgo‘ylikni  yoqtiradi,  yolg‘onni  yomon  ko‘radi,  qoralaydi,  Hamma  halqlarda  qarindosh-
urug‘lar,  qo‘ni-qo‘shnilar,  jamoadoshlar  bir  birini  og‘ir  damlarda  qo‘llab-quvvatlagan,  yordam 
bergan  va  h.k.  Odamlar  o‘zaro  birlashmaganda,  bir  birini  qo‘llab  quvvatlamaganda,  hayot 
qiyinchiliklariga,  yovga,  balo-yu  qazolarga  qarshi  birgalikda  kurashmaganda,  jamiyat  yo 
halokatga  uchrardi,  yo  o‘ta  jo‘n,  ibtidoiy  ko‘rinishda  qolib  ketardi.  Oddiy  axloqiy  meyorlar 
odamlarni  birlashishga,  birgalikda  qiyinchiliklarni  yengishga,  bir  birini  qo‘llab  quvvatlashga 
undagan. Bu bilan odamlarning jamoaviylik tuyg‘usini, ijtimoiylashish darajasini, ma’naviyatini 
yuksaltirgan,  qadriyatlarning  tizimli  poydevorini  yaratgan.  Birlashish,  jamoaviylik  tuyg‘usi  va 
meyorlari  odamlarning  moddiy  va  ma’naviy  yaratuvchilik  imkoniyatlarini,  unumdorligini 
oshirgan. 
Insonning eng muhim belgilaridan biri yaratuvchilikdir. Inson aql zakovati, mehnati orqali 
tabiatni o‘zgartiradi, yangilaydi, tabiatda yo‘q narsalarni yaratadi. Axloq insonda yaratuvchilikni 
tarbiyalaydi.  Insonda  insoniy  fazilatlarni,  yaratuvchilikni  rag‘batlantiradigan  g‘oyalar, 
qadriyatlar  ezgulik  deb,  aksincha,  uni  buzg‘unchilikka  moyil  etib  tarbiyalaydigan  g‘oyalar, 
usullar va h.k. yovuzlik, deb ataladi. Axloq odamlarni bir biridan ajratadigan, uzoqlashtiradigan, 
bir  biriga  ishonchini  so‘ndiradigan  har  qanday  xatti-harakatni  cheklaydi,  qoralaydi.  Shu 
sababdan  yovuzlik,  zolimlik,  zo‘ravonlik,  o‘g‘irlik,  qotillik,  talonchilik,  yolg‘on,  xudbinlik  va 
ko‘plab  shu  kabi  salbiy  fe’l  –  atvor  axloqiy  meyorlarda  qoralandi,  taqiqlandi.  Axloqiy 
meyorlarning undovchi va cheklovchi vazifalari oqibatda inson va jamiyat rivojiga xizmat qildi. 
Bu nafaqat oddiy axloqiy meyorlarga, shuningdek murakkab axloqiy tushunchalarga, qonunlarga 
ham taalluqli. 
Lekin unutmaslik kerakki, axloqiy meyorlar qotib qolgan tushunchalar emas. Ular jamiyat 
taraqqiyoti  jarayonida,  obyektiv  shart  –  sharoitlar  yaxshilanishi,  ishlab  chiqarish  va  ta’minot 
darajasi,  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  yuksalishi,  inson  bilimlari  ortib,  ongi,  tafakkuri 
o‘zgarishi jarayonida rivojlanadi. Axloqiy meyorlar mazmunan boyiydi, shaklan takomillashadi, 
ba’zi bir taqiqlaridan voz kechadi, ba’zi bir yangi taqiqlarni joriy qiladi. Masalan, xotin – qizlar 
erkinligi,  kiyinishi,  jamoat  ishlarida  qatnashishi  va  sh.k.  bilan  bog‘liq  ko‘plab  taqiqlar  bugun 
bekor  qilingan.  Zamonaviy  jamiyatda  oila  nikoh  masalalarida  erkak  va  ayollarning  tengligi 
nafaqat  huquqiy  –  yuridik  jihatdan,  shuningdek  axloqiy  qarashlar  nuqtai  nazaridan  ham  tubdan 
ijobiy  tomonga  burildi.  Ayni  paytda  ekologik  masalalarda  zamonaviy  jamiyatning  axloqiy 
qarashlarida yangi taqiqlar paydo bo‘ldi.  
Axloq kategoriyalari va qonunlari. 
Oddiy  kundalik  meyorlarni  ifodalovchi  tushunchalardan  tashqari,  insonning  hayotga  va 
jamiyatga  nisbatan  murakkab,  ziddiyatli  munosabatlarini  ifodalaydigan,  jamiyatda  kechayotgan 
jarayonlarga  baho  beradigan,  umumiy  universal  axloqiy  tushunchalar  ham  bor.  Ular  axloq 
kategoriyalari  deb  ataladi.  Kategoriya  –  bu  tushuncha.  Lekin  oddiy  tushuncha  emas,  balki  eng 


11 
 
umumiy va o‘zi oid sohaning asosiy qadriyatini, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish qonuniyatini 
ifodalovchi, hamda umumiy mezon vazifasini o‘tovchi tushunchadir. Shu sababdan kategoriyani 
universal  va  fundamental  tushuncha  ham  deymiz.  U  oddiy  tushunchadan  qamrovining, 
mazmuning,  vazifalarining  kengligi  va  teranligi  bilan  farq  qiladi.  Axloqning  asosiy 
kategoriyalariga  quyidagilar  kiradi:  ezgulik  va  yovuzlik,  insonparvarlik,  burch,  vijdon, 
vatanparvarlik,  baxt-saodat.  Albatta,  bulardan  tashqari  adolat,  ishq  (muhabbat)  sadoqat,  zavq-
shavq  (lazzat),  haqgo‘ylik  (haqiqatparvarlik)  va  shu  kabi  muhim  murakkab  axloqiy 
tushunchalarni  ajatib  ko‘rsatish  mumkin.  Lekin  ular  oxir-oqibat  yuqoridagi  kategoriyalarning 
ma’lum  vaziyatda  namoyon  bo‘lish  shaklini  ifodalaydi.  Masalan,  sadoqat  burchning,  yoki 
vijdonning,  adolat  insonparvarlik  va  ezgulikning  konkret  ko‘rinishidir.  Huzur-halovat  (lazzat, 
zavq-shavq) baxt-saodatning muayyan holatda yuzaga chiqishidir. 
Aslini  aytganda,  barcha  axloqiy  hodisalarni,  baho  va  tushunchalarni  ikki  kategoriya  – 
ezgulik  va  yovuzlikka  keltirib  bog‘lash  mumkin.  Ammo  insonparvarlik,  burch,  vijdon,  baxt-
saodat,  vatanparvarlik  kabilarning  inson  va  jamiyat  ma’naviy  hayotida  tutgan  o‘rni  shu  qadar 
ahamiyatliki, ularni alohida kategoriyalar sifatida o‘rganish ma’qul topilgan. 
Axloq  kategoriyalarida  insoniyatning  butun  tarixi  davomida  to‘plagan  ijtimoiy-ma’naviy, 
axoqiy  tajribasi,  bilimlari,  tuyg‘ulari  mujassamlangan.  Inson  o‘zi  va  o‘zgalarining  har  qanday 
ishiga,  harakatiga,  qarori  va  so‘ziga,  jamiyatida  sodir  bo‘layotgan  voqealarga,  hodisalarga, 
hukmdorlar  siyosatiga,  hatto  o‘z  xayolidan  kechgan  o‘y-fikrlariga,  xohish-istaklariga,  kelajak 
rejalariga  baho  bergan.  Ularni  kategoriyalar  mazmuni,  talablari,  meyorlari  bilan  fikran 
qiyoslagan. O‘z xatti-harakatini,  rejalarini, fikri  va so‘zlarini ongli  yoki  ongsiz ravishda ularga 
mos tuzgan. Inson axloq kategoriyasi degan so‘zni bilmasligi mumkin. Lekin yaxshi va yomon 
degan so‘zlarni, ular mazmunini va zamirida yotgan talablarni biladi. Biror ishga qo‘l ursa, biror 
qaror  qabul  qilsa,  yomon  ish  qilmayapmanmi,  to‘g‘ri  ish  qilyapmanmi,  degan  xayolga  boradi. 
YA’ni  u  o‘z  harakatini  axloqiylik  (ezgulik  va  yovuzlik)  nuqtai  nazardan  nazorat  qiladi.  Axloq 
kategoriyalari inson va jamiyat ongining, xulq-atvorning takomillashish, rivojlanish qonuniyatini 
aks  ettiradi.  Axloq  kategoriyalari  jamiyat,  tarix,  inson  va  ularning  hayoti  mohiyat-mazmunini, 
maqsadini qanday tushunish lozimligi to‘g‘risidagi qarashlarni tizimli ifodalaydi. 
Aynan  ulardan  kelib  chiqib  konkret  tarixiy  davrda  jamiyatda  hukm  surayotgan  talablar, 
odatlar,  urflar,  davlat  yuritayotgan  siyosat  baholanadi.  Axloq  kategoriyalari  har  bir  davr 
meyorlari, qoidalari ma’lum yo‘nalishda va doirada (chegarada) rivojlanishini belgilaydi. Ammo 
bu chegarani qat’iy va aniq chizib qo‘ymaydi. Erkin va ijodiy takomillashish uchun imkoniyat 
qoldiradi.  Bu  ham  insoniyat  har  bir  avlodining  axloqiy  ongi  va  xulqi  shakllanishi, 
takomillashishining o‘ziga xos xususiyatidir. Ko‘pincha bizga o‘zgalar tajribasi, tavsiyasi kamlik 
qiladi.  Ko‘pincha  manglayimizni  g‘urra  qilib,  nohushlikni  o‘z  boshimizdan  o‘tkazmaguncha, 
hayotdan achchiq saboq olmaguncha, to‘g‘ri xulosa chiqarmaymiz. 
Axloq  kategoriyalari  odamlarning  o‘zaro  munosabatini  qattiq  o‘zgarmas  qolipga  tiqib 
qo‘ymagani uchun jamiyatda ma’naviy erkinlik, ijodiy izlanish, ijtimoiy tajriba, ijtimoiy rasum-
rusumlarni (modani) o‘zgartirib turish, xilma-xillikka intilish qaror topadi. Konservatizm asta – 
sekin  yengib  o‘tiladi.  Ayni  paytda  radikalizm  (keskin  o‘zgarish)  ham  cheklanadi.  Ma’lumki, 
inson yoshlikda radikal fikrlaydi, jamiyatni tubdan o‘zgartirishga moyillik bildiradi. Keksalikda 
inson  mavjud  munosabatlar,  ota-bobolardan  qolgan  barqaror  qoidalar  o‘zgarmasligi,  to‘lig‘icha 
saqlanib  qolishi  tarafdoriga  aylanadi.  Keksalikka  konservatizm  ko‘proq  xos.  Yoshi  keksa 
kishilardan  “odamlar  buzilib  ketdi,  mehr-oqibat  yo‘qolib  boryapti”,  “ilgari  unday  edi,  hozir 
bunday” kabi norozilik ohangidagi so‘zlarni tez-tez eshitish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday 


12 
 
so‘zlarni  barcha  zamonning  barcha  keksalari  gapirgan.  Ilgari  hatto  jamiyatning,  odamlarning 
“buzilib  ketayotgani”  oxirzamon  yaqinlashayotganining  belgisi  sifatida  talqin  qilingan.  Misr 
papiruslarida,  Mesopotamiya  sopol  taxtachalarida  bundan  5  ming  yil  avval  yuqoridagi 
mazmunda bitilgan yozuvlar topilgan. Antik davr va o‘rta asrlarda-ku bunday yovuzlar, kitoblar 
ancha ko‘p uchraydi. Axloq kategoriyalari jamiyat zamonga moslashib, mo‘tadil rivojlanishini, 
radikalizmga ham, konservatizmga ham berilib ketmasligini taqozo etadi. 
Falsafa,  etika,  madaniyatshunoslik  fanlari  tarixida  axloq  kategoriyalari  turlicha  yoritilgan. 
Ularning mohiyati, mazmuni, tuzilmasi, manbai har xil tushuntirilgan. Chunki ular inson hayoti, 
dunyoqarashi e’tiqodi bilan bevosita bog‘liq, shu boisdan ancha chigal va murakkab. Axloqning 
o‘zak kategoriyalari ezgulik va yovuzlik misolida buni ochib berish mumkin. 
Avestoda  ezgulik  va  yovuzlik  olamning  boshida,  ibtidosida  turgan  ikki  kuch  –  Axura 
Mazda  va  Agra  Maynyu  irodasi  sifatida  talqin  qilinadi,  ularning  o‘zaro  kurashi  bayon  etiladi. 
Tabiatning  jonivorlari,  o‘simliklari,  g‘ayritabiiy  (ilohiy)  asotiriy  mavjudotlar  –  barcha-barchasi 
ikkiga bo‘linib, Axura Mazda yoki Agra Maynyu qo‘shiniga kiritilgan. Masalan, asotiriy devlar 
yoki tabiatda real mavjud ilonlar yovuzlikka, turli ilohlar (ma’budlar, farishtalar) yoki tipratikan 
ezgulikka  oid  hisoblangan.  Avesto  o‘z  vaqtida  tizimlashtirilgan  ta’limotni,  qarashlarni  aks 
ettirgan  insoniyat  tarixidagi  birinchi  kitob  bo‘lgan.  Demak,  insoniyatning  ma’naviy  o‘zligini 
anglashi ezgulik va yovuzlik tushunchalarini tahlil etish va baholashdan boshlangan desak, xato 
qilmaymiz. 
Insoniyat  e’tiqod  qiladigan  hamma  dinlarda  ezgulik  va  yovuzlik  masalasi  markaziy  o‘rin 
egallaydi.  Ezgulik  –  savob,  insonni  jannatga  muyassar  qiladi.  Yovuzlik  –  gunoh,  uvol,  insonni 
do‘zax azobiga mubtalo etadi. Do‘zax yoki jannat, qiyomat kuni tushunchalari yo‘q dinlarda esa, 
ezgulik  va  yovuzlik  insonning  yangi  hayoti,  qayta  tug‘ilib  insonning  biror  boshqa  mavjudot 
(yoki  insonga)  o‘tishi,  inkarnatsiyasiga  (bizda  bu  “tanassux”atamasi  bilan  ifodalanadi)  ta’sir 
qiladi. 
Ba’zi  yondashuvlarda  ezgulik  va  yovuzlik  inson  ehtiyojlari  bilan  bog‘lab  tushuntiriladi. 
Insonga  foyda  keltiradigan,  uning  turmushini,  odamlar  bilan  munosabatni  yaxshilaydigan, 
shaxsni  kamol  topdiradigan,  o‘zini  baxtli  his  etishga  yordam  beradigan  axloqiy  g‘oyalar, 
meyorlar,  tushunchalar  ezgulik  deb,  insonga  zarar  keltiradiganlari,  azob-uqubat  va  baxtsizlikka 
duch  qiladiganlari  esa  yovuzlik  deb  talqin  qilinadi.  Shu  sababdan  ba’zi  xalqlarda  ezgulik 
tushunchasi va moddiy boylik, hatto gavdaning yetilib to‘ladan kelishi (insonning semirishi) bir 
xil  so‘z  bilan  atalgan.  Masalan,  rus  tilida  “dobro”  so‘zi  nafaqat  axloqiy  tushunchani 
(kategoriyani), shuningdek mehnat bilan topilgan boylikni (najitoye dobro) yoki biror kishining 
gavdasi  to‘lishganini  (“razdobrel”)  bildiradi.  O‘tmishda  gavdaning  to‘lishgani  sog‘lomlik 
(yaxshilik), ozib ketish (kasallik, yomonlik) alomati sifatida kundalik ongda o‘rnashib qolgan. 
Antik  davrdayoq  yunonlarda  insonning  yashashdan  maqsadi  baxtli  bo‘lish  (evdonizm), 
zavq-shavq  tuyish,  lazzatlanish  (gedonizm),  degan  qarashlar  qaror  topgan.  Ular  ezgulikning 
tarkibiy  qismi  hisoblangan.  Lekin  baxtning  o‘zi  nima,  hayot  lazzati  nima  degan  savolga  bir  xil 
javob berilmagan. Natijada baxt  ba’zan boylik orttirish,  to‘q  yashash, xohish-istaklarni  amalga 
oshirish  imkoniga  ega  bo‘lish,  lazzat  ham  ba’zan  xushta’mli  ovqatlarni  iste’mol  qilish,  nafsini 
qondirish,  aysh-ishrat  surish  qabilida  o‘ta  jo‘n  tushinilgan.  Bunday  tushunish  moddiy  jihatdan 
yaxshi  ta’minlangan  kishilarning  bir  qismida  nafs  va  hirsga  moyillikni  rag‘batlantirgan.  Shu 
sababdan  o‘tmishning  ayrim  ilg‘or  mutafakkirlari,  diniy  arboblari  maishatparastlikni,  nafsni 
qattiq  qoralab,  ularni  yovuzlik  deb,  talqin  qilgan.  Antik  davrning  buyuk  faylasufi  Suqrotning 
“ovqatlanish  yashash  uchun  kerak,  yashash  ovqatlanish  uchun  emas,”  degan  hikmati  turli 


13 
 
ko‘rinishlarda,  ifodalarda  hozir  ham  mashhur.  Aksincha,  ezgulik,  donishmandlar  fikricha,  nafs 
va hirsni jilovlash, haqqa, haqiqatga intilishdir. Haqni esdan chiqarishda bevosita yoki bilvosita 
sabab  bo‘ladigan  har  qanday  istak-hoxish,  intilish  va  ehtiyojni  ular  yovuzlikka  kiritgan.  Ba’zi 
ta’limotlar,  tasavvuf  tariqatlari  hatto  o‘zlikdan  kechishni,  ayrim  sog‘lom  ehtiyojlardan  ham 
qutilishni targ‘ib etgan. 
Ezgulik  va  yovuzlik  kategoriyalarining  mazmun-mohiyatini  chuqur  tahlil  etish,  to‘g‘ri 
xulosa  qilish  uchun  ularni  inson  tabiati,  ma’naviyati  yuksalishi  bilan  bog‘lash  maqsadga 
muvofiqdir.  Ezgulik  shunchaki  insonga  muayyan  sharoitda  foyda  keltiradigan  narsa,  tamoyil 
yoki  meyor  emas,  balki  insonning  asl  fazilatlari  shakllanishi  va  mustahkamlanishiga,  uning 
ma’naviy  va  jismoniy  kamolotiga,  o‘z  shaxsi,  oilasi,  mehnat  jamoasi,  davlat  va  jamiyat  bilan 
uyg‘un  yashashiga  xizmat  qiladigan  qadriyatlaridir.  Ezgulik  insonning  aqlli,  ma’naviy  va 
ijtimoiy  mavjudot  sifatida  takomillashishiga,  uning  sog‘lom  ehtiyojlari  o‘sishiga,  kamchiliklari 
kamayishiga,  insonning  ijodiy  imkoniyatlari,  salohiyati  yuzaga  chiqishiga  yordam  beradi.  Va, 
aksincha, yovuzlik inson shaxsiyatini ich-ichidan yemiradi, uning hayotga, jamiyatga, hatto o‘z-
o‘ziga  noto‘g‘ri  munosabatini  shakllantiradi,  insonning  salbiy  xususiyatlarini  ko‘paytiradi, 
xudbinlik,  ma’suliyatsizlik,  jaholat  botqog‘iga  botiradi.  Ushbu  munosabat  bilan  ma’rifat  –  bu 
ezgulik; jaholat – bu yovuzlik; ezgulik bu – ma’suliyat; yovuzlik-ma’suliyatsizlik; ezgulik bu – 
saxiylik;  bag‘rikenglik;  yovuzlik  bu  –  ziqnalik,  hasislik,  xudbinlik;  ezgulik  –  o‘zgalarga 
xayrixohlik,  mafkuraviy  tolerantlik,  yovuzlik  –  o‘zgacha  fikrlar,  qarashlarga,  qadriyatlarga 
toqatsizlik deyish ham mumkin. 
Ayrim diniy mazhablarda, oqimlarda, tariqatlarda, alohida qarashlarda ezgulik va yovuzlik 
masalasi ancha keskin va birtomonlama qo‘yilishiga qaramasdan, umuman olganda din hamisha 
ezgulikni  himoya  qilgan  (albatta,  o‘z  ta’limotidan,  tushunchasidan  kelib  chiqib).  Ezgulik 
tushunchasi  atrofida  insonga,  jamiyatga,  tabiatga,har  qanday  voqea  va  hodisaga,  shu  jumladan 
alohida  insonlarning  konkret  ishiga  beradigan  bahosini,  kengroq  olsak,  amaliy  munosabatini 
qurgan.  “O‘zinga  ravo  ko‘rganmagan  narsani  boshqalarga  ham  ravo  ko‘rma”degan  axloqiy 
qonun  bir  biridan  mustaqil  holda  Konfutsiy  ta’limotida  (Xitoy),  Manu  qonunida  (Hindiston), 
Tavrotda  (Yaqin  Sharq)  o‘z  aksini  topgan.  Quronda  va  payg‘ambar  hadislarida  biz  ushbu 
qonunning yana-da teranroq va kengroq talqinini uchratamiz: “O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani 
boshqalarga ham ravo ko‘rma, o‘zing bahramand bo‘lgan ne’matdan boshqalar ham bahramand 
bo‘lishiga  ko‘maklash”.  Ushbu  axloqiy  qonunning  anglab  olinishi,  va  odamlar  orasida  keng 
tarqalishida  buyuk  mutafakkirlar  bilan  bir  qatorda  diniy  kitoblar  va  diniy  voizlar  katta  rol 
o‘ynagani shubhasiz. 
Lekin dinga xos mantiqiy va ijtimoiy – ma’naviy ziddiyatlar ayrim xollarda din vakillari va 
tashkilotlarining  xato  qarorlarini  qabul  qilishlariga,  ularning  niyatidan  qat’i  nazar,  ezgulikning 
o‘z dialektik qarama-qarshiligi – yovuzlikka aylanishiga sabab bo‘lgan. Masalan, xristian katolik 
cherkovi 
salb 
yurishlariga, 
mustamlakachilik 
urushiga, 
g‘ayrindilarni 
ommaviy 
jazolashga,qirg‘in  qilishga,  o‘z  diniga  majburan  o‘tkazishga  fatvo  bergan.  Rus  pravoslav 
cherkovi  ham  undan  qolishmagan.  Chor  mustamlakachilari  “Za  sarya,  otechestvo  i  veru 
pravoslavnuyu”  (“Podshoh,  ota  yurt  va  pravoslav  dini  uchun”)  shiori  ostida  boshqa  xalqlarni 
bosib  olgan,  ko‘plarini  majburan  cho‘qintirgan,  bo‘yin  tovlaganlarni  ommaviy  qirgan.  Islom 
peshvolari ham urushlarda ommaviy qatllarga fatvo bergan. Bugun radikal islom ulomalari jihod 
niqobidagi terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotir. 
Ta’kidlash  joizki,  o‘zinga  ravo  ko‘rmagan  narsani,  boshqalarga  ham  ravo  ko‘rma,  degan 
axloqiy  qonun  shakllanishi  va  hayotga  tadbiq  etilishiga  ezgulik  va  yovuzlik  kategoriyalaridan 


14 
 
tashqari  yana  vijdon  kategoriyasi  ham  sezilarli  hissa  qo‘shgan.  Garchi  vijdonning  o‘zini 
ezgulikning  muayyan  ko‘rinishi  deb  talqin  qilish  mumkin  bo‘lsa-da,  u  insonning  ichki 
nazoratchisi,  undovchisi,  cheklovchisi,  sudyasi  sifatida  juda  ulkan  ijtimoiy-psixologik, 
aksiologik (baholash) va ijtimoiy mo‘ljal vazifalarini bajaradiki, uni nisbatan mustaqil kategoriya 
sifatida  o‘rganish  joiz.  Vijdon  iudaizm,  xristianlik,  islom  dinlarida  alohida  kategoriya  sifatida 
mavjud.  Buddaviylik,  induizm,  konfutsiychilik,  daosizm,  sintoizm  dinlarida  esa  vijdon 
tushunchasi  ezgulik  va  yovuzlik  kategoriyalari  doirasida  o‘rganiladi.  Shu  sabab  ularda  hatto 
vijdon tushunchasiga mos keladigan alohida atama yo‘q. Lekin bundan mazkur dinlarga e’tiqod 
qiluvchilar  vijdon  to‘g‘risida  tasavvurga  ega  emas,  uning  talablariga  rioya  qilmas  ekan  degan 
xulosa  kelib  chiqmaydi.  Faqat  bizda  vijdon  tarkibiga  kiritilgan  g‘oyalar,  tamoyillar,  meyorlar, 
ideallar  ularda  ezgulik  va  yovuzlik  kategoriyalari,  axloqiy  qonunlar,  ko‘rsatma  va  talablar 
tarkibiga kiritilgan, xolos. Bizda esa vijdon nisbatan alohidalashgan tizimni tashkil etgan. Aynan 
vijdon o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga berishga, sotishga, tashviq etishga, o‘zi zavq-
shavq oladigan, lazzat qiladigan narsani boshqalardan yashirishga yo‘l qo‘ymaydi. 
Vijdon  axloq  ilmi  –  etikaning  eng  ziddiyatli  kategoriyalardan  biridir.  Qadimgi  Rim 
faylasufilari  vijdonni  insonning  o‘z  xatti-harakatlarini  yo  qoralaydigan,  yo  oqlaydigan  ichki 
ovozdir,  deb  hisoblaganlar.  Stoiklar  vijdonni  insonning  o‘z  o‘zini  saqlash,  ichki  uyg‘unlikka 
erishish  vositasi  sifatida  talqin  qiladi.  Diniy-fasafiy  qarashlarga  muvofiq,  vijdon  Xudo 
tomonidan  insonga  uqtirilgan  aql  qonunidir  (lex  rationis).  Islomda  vijdon  (diyonat)  Olloh 
insonga  ato  etgan  tuyg‘u  va  majburiyat,  u  ko‘proq  ko‘ngilga  mansub.  Yevropa  mutaffakirlari 
orasida ham  vijdonda “axloqiy tuyg‘u”, his-hayojon katta o‘rin egallashini tan oladiganlar bor. 
Masalan, ingliz faylasufi A.SHeftsberi (1671-1713) axloqiy tuyg‘u insonda tug‘ma bo‘ladi, deb 
hisoblagan.  Buyuk  nemis  faylasufi  I.Kant  vijdon  va  burch  o‘rtasida  tenglik  alomatini  qo‘ygan, 
vijdon insonning o‘z burchini anglab olishi va bajarishi deb hisoblagan. Burch kategoriyasi Kant 
etikasining asosiy yadrosini tashkil qiladi. Burchiga sodiq kishi vijdonli, burchiga hiyonat qilgan 
kishi  esa  vijdonsizdir.  Burch  kategoriyasi  talqinidan  kelib  chiqib,  Kant  yana  o‘zining  ikkita 
“qat’iy imperativ” va “inson maqsaddir” degan axloqiy qonunlarini ta’riflaydi. F.Nitsshe “vijdon 
kishining  o‘z  o‘ziga  “ha”  deya  olishidir”  deydi.  Boshqacha  aytganda,  Nitsshega  ko‘ra,  vijdon 
insonning o‘z o‘zini qaror toptirishga, o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
Vijdon  to‘g‘risidagi  qarashlar  rivojlanib,  chuqurlashib  borayotir.  XX  asrning  mashhur 
mutafakkirlaridan  biri  E.Fromm  psixoanaliz  usullarini  hisobga  olib,  vijdonni  “avtoritar”va 
“insonparvar”  vijdonlarga  bo‘lishni  taklif  etdi.  Avtoritar  vijdon,  Fromm  fikricha,  tashqi 
obro‘ning  –  ota-ona,  davlat  yoki  muayyan  madaniyatda  tan  olingan  boshqa  har  qanday 
obro‘ning,  ya’ni  tashqi  -  g‘oyaning,  fikrning,  qarashlarning,  ta’limotning  insonning  e’tiqodiga, 
ichki ehtiyojiga, zaruriyatiga, uning  shaxsining  bir bo‘lagiga  aylanishdir. Bu tashqi hodisaning 
internalizatsiyalashuvi deyiladi. 
Inson ota-ona, cherkov, davlat, jamoatchilik fikri kabi obro‘larni ongli yoki ongsiz ravishda 
axloq  meyorlarini,  qonunlarini  belgilovchilar  deb  qabul  qiladi  va  bu  meyorlar  o‘zlashtirib,  o‘z 
shaxsining  bir  bo‘lagiga  –vijdoniga  aylantiradi.  Tashqi  obro‘dan  qo‘rqishga  nisbatan  vijdon 
inson  xulq  atvorini  samaraliroq  boshqaradi.  Chunki  tashqi  obro‘dan  qochib  qutulish  mumkin, 
ammo vijdoningdan yashirina olmaysan. Avtoritar vijdon sohibi qadriyatlar, ezgulik va yovuzlik 
to‘g‘risida o‘z mulohazalariga emas, balki obro‘ tomonidan belgilanadigan talablar va taqiqlarga 
tayanadi.  Agar  bu  talablar  ezgulikka  mos  bo‘lsa,  vijdon  inson  xulqini  yaxshilik,  bunyodkorlik 
tomon yo‘naltiradi. Va, aksincha. 


15 
 
Obro‘  talablarining  vijdon  meyorlariga  aylanishiga  sabab,  ularning  to‘g‘riligi  yoki 
foydaligida emas, balki obro‘ tomonidan ko‘rsatmaga aylantirilganidadir. Ushbu meyorlar xato, 
yoki  hatto  g‘ayriinsoniy  bo‘lganida  ham  vijdonning  unsuri  sifatida  barqarorlikni  ko‘rsatadi. 
Masalan,  Gitlerga,  yoki  Stalinga  to‘liq  ishongan  kishi  jirkanch,  noinsoniy  ko‘rsatmalarni 
bajarayotganida,  jallodlik  qilayotganida  xizmat  burchimni  ado  etayotirman,  deb  o‘ylagan  va 
vijdon  azobini  his  qilmagan.  Avtoritar  vijdonning  mazmuni  haqida  Fromm  quyidagilarni 
ta’kidlaydi. Obro‘ tomonidan belgilangan meyorlarni buzish har qanday avtoritar vaziyat uchun 
jinoyat  hisoblanadi.  Bo‘ysunmaslik  –  “eng  katta  gunoh”,  bo‘ysunish  –  “eng  katta  fazilat”. 
Bo‘ysunish obro‘ning oliy hokimiyatini va donoligini, odamlarni boshqarish huquqini tan olish 
demakdir.  Obro‘  o‘ziga  faqat  qo‘rquv  asosida  bo‘ysunishni  emas,  shuningdek  uning 
boshqalardan  axloqiy  ustunligini  va  ularni  boshqarish  huquqini  tan  olishni  ham  talab  qiladi. 
Obro‘  qabul  qilgan  har  qanday  qaror  to‘g‘ri.  Bunga  shubha  qilish  taqiqlangan.  Agar  obro‘ni 
tanqid  qilish  uchun  kimdadir  sabab  topilsa,  bu  sabab  obyektiv,  xolis  emas,  balki  tanqid 
qiluvchining  g‘arazidan,  niyati  buzuqligidan  kelib  chiqqan.  Tanqid  qilishga  jur’at  etganining 
o‘ziyoq tanqidchining aybdorligini isbotlovchi dalildir. 
Stalin  shaxsiga  sig‘inish  davrida  sobiq  SSSRda  va  Gitler  davrida  Germaniyada  aynan 
shunday  meyorlar  hukm  surgan.  Masalan,  XXasrning  20-va  30  yillari  boshida  SSSRda 
sotsializm  qurish  yo‘llari  to‘g‘risida  yuritilgan  bahslarda  hatto  eng  yaqin  safdoshlaridan  kim 
Stalin fikriga qo‘shilmagan, boshqa variantni taklif etgan bo‘lsa, keyinchalik qatag‘on qilingan, 
xalq dushmani deb ayblangan. 
Frommning avtoritar vijdon haqidagi fikrlari, mulohazalari an’anaviy va totalitar jamiyatlar 
mohiyatini, ularning inson ongiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sirini chuqurroq tushunishda yordam 
beradi. 
Insonparvar  vijdon  tafakkur  erkinligiga,  axloqiy  sog‘lomlik  va  mustaqillikka,  insonning 
baxtli bo‘lishiga asoslanadi, uning hayotiy faoliyati bunyodkorlikka yo‘naltirilganini ifodalaydi. 
Insonning axloqiy e’tiqodi tayyor andozaviy meyorlar, obro‘ ko‘rsatmalari asosida ko‘r-ko‘rona 
emas,  balki  uning  tanqidiy  tafakkuridan  o‘tib,  tanlanib,  ongli  qabul  qilinsagina,  gumanistik 
vijdon shakllanadi. Gumanistik vijdon egasi o‘z xatti-harakatlarini obro‘ tomonidan belgilangan 
meyorlarga,  talablarga  mosligiga  qarab  emas,  balki  ezgulik  va  yovuzlik  mezonlariga  muvofiq 
ijobiy  yoki  salbiy  baholaydi.  Agar  o‘z  xatti-harakatini  salbiy  baholasa,  vijdoni  uni  qiynaydi. 
Xatosini tuzatishga undaydi. Gumanistik vijdonning samaradorligi ham shundadir. 
Endi Kant  ta’limotida bayon qilingan  asosiy  axloqiy qonunga qaytamiz. I.  Kant  “Amaliy 
aql tanqidi”(1788 y.) asarida “kategorik imperativ” (qat’iy buyruq, amr) tushunchasini qo‘llaydi. 
Kategorik  imperativ  Kant  etikasining  asosiy  qonunidir.  U  ikki  tezisda  ifodalanadi:  “xatti-
harakatining shunday maksimaga (talab, meyorga – A.E.) mos kelsinki, unga rioya etib, sen ayni 
paytda  uning  barcha  uchun  umumiy  qonunga  aylanishini  istagil”.Bu  yuqorida  keltirilgan 
“o‘zinga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma, senga ma’qul kelgan narsadan 
boshqalar  ham  bahramand  bo‘lishini  istagil”  degan  axloqiy  qonunning  o‘ziga  xos  qat’iy  amr 
shaklidagi falsafiy ifodasidir. 
Ikkinchisi:  “xatti-harakatining  shunday  bo‘lsinki,  butun  insoniyatga  o‘z  siymongda  ham, 
har qanday boshqa kimsa siymosida ham, doimo maqsad deb bilgan holda munosabatda  bo‘lgil 
va  hech  qachon  unga  vosita  sifatida  munosabatda  bo‘lmagil”.  Kantning  ushbu  fikrlari  yevropa 
mumtoz  gumanizmining  cho‘qqisidir.  Inson  davlat  mashinasining  murvati  yoki  “buyuk 
qurilishlarining”  oddiy  g‘ishti  emas,  taraqqiyotning  oddiy  materiali  emas.  Davlat  ham,  har 
qanday  “buyuk  qurilish”,  islohot,  tarqqiyot  ham  inson  uchun.  Inson  –  ijtimoiy  taraqqiyotning, 


16 
 
davlat va jamiyat faoliyatining maqsadi. Ular pirovardida insonning  yuksalishiga xizmat qilishi 
kerak. 
Inson shaxsi bilan davlat va jamiyat hisoblashishi shart. Inson manfaatlari davlat va jamiyat 
manfaatlariga  qurbon  qilinmasligi,  o‘z  navbatida  inson  ham  faqat  o‘zining  shaxsiy  xudbin 
manfaatlarini  ko‘zlamasligi,  balki  uni  jamiyat  manfaatlari  bilan  uyg‘unlashtirishi  lozim. 
Iqtiboslardan shunday mazmun kelib chiqadi. I.Kantning kategorik imperativini uzoq sharhlash, 
tahlil  qilish  mumkin.  Aytilgan  gaplar  ular  haqida  tasavvur  hosil  qilish  uchun  yetarli,  deb 
o‘ylaymiz. 
Keyingi  asrlarda  yevropa  gumanizmi  turli  sabablarga  ko‘ra  ancha  ziddiyatli  rivojlandi. 
Ilg‘or  mutafakkirlar,  adabiyot  va  san’at  arboblari  mumtoz  gumanizm  g‘oyalariga  sodiq  qolib, 
ularni  rivojlantirgan  bo‘lsa,  ayrim  nazariyachilar  shaxs  manfaatlarini,  xohish  –  istaklarini, 
individualizmni  ortiqcha  baholab  yubordilar.XX-asrda  bu  vulgar  antropotsentrizmga  olib  keldi. 
Insonning  har  qanday  mayl  –  istaklari,  agar  ular  zo‘ravonlik  va  qotillikka,  hokimiyatni  kuch 
yordamida  ag‘darib  tashlashga  qaratilmagan  bo‘lsa,  axloqiy  jihatdan  to‘g‘ri,  deb  talqin  qilina 
boshladi.  Natijada  seksual  erkinlik,  gomoseksualizm,  birjinsli  nikohlar,  fohishabozlik, 
narkoindustriya  va  sh.k.  g‘ayriaxloqiy  hodisalar  avj  olib  ketdi.  Ba’zi  mamlakatlarda  birjinsli 
nikohlar qonunlashtirildi. 
Ta’kidlash  joizki,  axloqiy  masalalar  faqat  oila,  nikoh  va  jinsiy  munosabatlardangina, 
ko‘ngil  ochish  va  dam  olishda  ko‘riladigan  tomosha  va  foydalaniladigan  “madaniy” 
mahulotlardangina iborat emas. Mazkur masalalarda, shak – shubhasiz, g‘arb ma’naviyati, axloqi 
jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Ammo boshqa masalalarda ulardan o‘rgansa arziydigan 
narsalar bor. Eng avvalo biz g‘arbdan inson qadr – qimmati, erki, shaxsiy fikri, qarashlari bilan 
hisoblashishni  o‘rgansak  bo‘ladi.  Mehnatga  ma’suliyatli  munosabat,  xizmat  vazifasini,  ishini 
unumli va sifatli bajarish, boqimandalik qilmaslik, mehnat bozori talablariga tez moslasha olish, 
tashabbuskorlik  kabi  axloqiy  xislatlarni  ulardan  o‘rganish  kerak.  Axloqiy  tarbiyada  bular 
hammasi hisobga olinishi darkor. G‘arb axloqining bizga to‘g‘ri kelmaydigan tamoyillarni asosli 
tanqid  qilib,  inkor  etish,  o‘rganishga  arziydigan  jihatlarini  qabul  qilish  lozim.  Ma’naviy 
tarbiyaning  biror  sohasida,  jumladan  axloqiy  tarbiyada  ham  biz  milliy  mahdudlikka  tushib 
qolmasligimiz  kerak.  Endi  axloqiy  tarbiya  bilan  bog‘liq  ayrim  tamoyillar  va  baholarga 
munosabat bildirib o‘tamiz.  
Axloqiy tarbiyani kuchaytirish zarurati.        
Avvalo  individualizm  va  kollektivizm  tamoyillari  haqida...  Axloqiy  tarbiyada  shaxsning 
individuval manfaatlari, qiziqishlari, tashabbusi va sh. k.lar hisobga olinib, individualizm oqilona 
chegaralarda  inkor  qilinmasligi  maqsadga  muvofiq.  Individualizmni  to‘liq  kollektivizmga 
(jamoaviylikka)  qarama  –  qarshi  qo‘yish  yaramaydi.  YO  shaxs  manfaati,  yo  jamoa  (jamiyat) 
manfaati  qabilida  masalani  qo‘yish  xatodir.  Masalaning  to‘g‘ri  yechimi  -  shaxs  va  jamoa 
manfaatini birdek hisobga olish, ularni uyg‘unlashtirishdir.  
Kollektivizm tuyg‘usi va tamoyili inson ehtiyojlarini to‘g‘ri tarbiyalashning, insonning asl 
insoniy  tabiatini  rivojlantirishning  indivualizm  qatorida  muhim  omilidir.  Tarbiyada 
indivualizmga  bir  tomonlama  ustunlik  berilib,  kollektivizm  yetarlicha  hisobga  olinmasa,  inson 
xudbin  (egoist),  man-man,  hatto  yulg‘ich  bo‘lib  o‘sadi.  U  tashqi  ko‘rinishidan  vazmin,kamgap 
bo‘lishi  mumkin,  ammo  ichida  faqat  o‘zini  o‘ylaydi,  o‘z  manfaatini  hamma  narsadan  ustun 
qo‘yadi,  odamlarning  samimiyligidan,  ishonuvchanligidan,  yordamidan  o‘zining  g‘arazli 
maqsadlarida foydalanadi.  Hamma uning aytganini  qilishi,  “unga  yordam berishi” kerak, u esa 
hech kimga hech narsa qarz emas – mana xudbinlikning asosiy belgisi.  


17 
 
Egoizm  (xudbinlik)  asta  –  sekin  o‘rchib,  egotsentrizmga  (xudparastlikka)  aylanishi 
mumkin.  Egotsentrizm  –  inson  hamma  narsaning  markaziga  faqat  o‘z  shaxsini,  manfaatlarini 
qo‘yishi,  boshqa  har  qanday  manfaatlarga  –  jamoa,  jamiyat,  davlat  manfaatlariga  bepisand 
qarashidir.  “xudparastni  ne  qilg‘oni  o‘ziga  xubdir,  bu  nopisand  fe’lg‘a  tafovut  ko‘pdir”,  deya 
ta’kidlaydi  Alisher  Navoiy.  U  xudparastlikni  budparastlik  bilan  teng  qo‘yadi:  “Xudparast  – 
budparast”,  -  deb  yozadi  u  “Mahbubul  qulub”  asarida.  Bu  yerda  Navoiy  “butparast”  deganda 
johil,  Haq  va  haqiqatni  tanimagan,  kufr  botqog‘iga  botgan,  imon-e’tiqodsiz,  faqat  o‘ziga,  o‘z 
nafsi va jig‘ildoniga, hirsi va shahvatiga sig‘inadigan kishini nazarda tutmoqda. 
Egoizmning  vujudga  kelish  sabablaridan  biri  o‘z  farzandini  haddan  ortiq  erka  o‘stirish, 
uning  barcha  injiqliklari,  xohish  –  istaklarini  amalga  oshirish,  bolada,  o‘zlari  sezmagan  holda, 
iste’molchilik psixologiyasini shaklantirishdir. Egoizmning yana bir sababi nisbatan qobiliyatli, 
yoki  yetakchilikka  moyil,  irodali  shaxslarga  yoshlikdan  –  maktab,  kollej,  oliy  o‘quv  yurtida, 
keyinchalik mehnat jamoasida, sinfdoshlari, kursdoshlari, hamkasblari tomonidan alohida e’tibor 
berilishi, “tan olinishi”dir. Agar qobiliyatli kishi bularni hurmat va o‘ziga bildirgan ishonch, bu 
ishonchni  oqlash kerak  deb emas, balki shunday bo‘lishi kerak, chunki  men ulardan ustunman, 
kuchliman,  aqlliroqman,  deb  qabul  qilsa,  uning  egoist  bo‘lib  voyaga  yetishi  muqarrar.  Shu 
sababdan  tarbiya  jarayonida  oiladan  boshlab,  ayniqsa  maktabda  qobiliyatli  bolalarga  to‘g‘ri 
yo‘nalish berish, boshqalarning senga ko‘rsatayotgan e’tiborini, hurmatini oqlashing kerak degan 
qarashlarni ular ongiga singdirish lozim. 
Egoizmga,  odatda,  altruizm  muqobil  hisoblanadi.  Altruizm  shaxsiy  manfaatlarni 
o‘ylamasdan,  o‘zini  boshqalarga  bag‘ishlash,  boshqalardan  qo‘lidan  kelgan  yordamini 
ayamaslikdir. Altruizm beg‘arazlikning yuqori ko‘rinishi sifatida axloqiy jihatdan ma’qullansa-
da, unga munosabat bir xil emas. Ba’zilar altruizmni don-kixotlik, savdoyilikning bir ko‘rinishi, 
shaxsning  o‘ziga  nisbatan  yetarlicha  ma’suliyatda  bo‘lmasligi,  deb  hisoblaydi.  Altruizm  zarur 
hollarda  qat’iyat  ko‘rsata  olmay,  o‘zganing  egoizmiga  yon  bosishga  olib  kelishi,  jamiyat 
manfaatlarini  himoya  qila  olmaslikka,  ijtimoiy  prinsipsizlikka  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Tarbiya 
jarayonida  altruizm  egoizmning  to‘liq  muqobili  bo‘la  olmasligi,  ba’zi  hollarda  u  egoizmni 
oziqlantiruvchi,  unga  sharoit  yaratuvchi,  ba’zan  hatto  vatanparvarlik  burchini  bajarishda 
qiyinchiliklar  tug‘dirishi  mumkinligini  esdan  chiqarmaslik  kerak.  Bizda  egoizm  xudbinlik, 
altruizm  esa  muravvat  va  futavvat,  deb  atalgan.  Altruizmga  futuvvat  ko‘proq  mos  keladi. 
Futuvvat  ham  o‘zini  boshqalarning  hojatini  chiqarishga  bag‘ishlamoq,  o‘zgalarga  beg‘araz 
yordam bermoq, hamdard bo‘lmoqdir. Alisher Navoiyning ushbu bayti 
“Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q, 
Futuvvat barcha qilmoqdir, demak yo‘q”, –  
har  ikki  tushunchaining  mohiyatini  qisqa  va  juda  teran  ifodalaydi.  Garchi  futuvvat 
keyinchalik  tariqat  bilan  birlashib  ketib,  sufiyona  mazmunda  talqin  qilingan  bo‘lsa-da,  aslida  u 
dunyoviy umuminsoniy mohiyatga, mazmunga ega bo‘lgan va uni saqlab qolgan. Futuvvatning 
umuminsoniyligi  undan  diniy  va  sufiyona  mazmunda  ham  foydalanish  imkonini  bergan.  N. 
Komilov  to‘g‘ri  ta’kidlaganidek:  “tasavvuf  futuvvatda  yuksak  g‘oyalarning  amaliy-ijtimoiy 
tatbiqini  ko‘rgan  bo‘lsa,  futuvvat  tasavvufda  nazariy-e’tiqodiy  tagzaminni  topgan  edi”.  
Futuvvatga islom adabiyotida, birinchi galda O‘rta Osiyo va Eron adabiyotida, falsafiy va diniy 
ta’limotlarda yuksak ijobiy munosabatni ko‘ramiz. Futuvvat mo‘g‘ul zulmi davrida sarbadorlar, 
javonmardlar  harakatining  g‘oyaviy  mafkurasini,  shiorini  tashkil  qilgan.  Xalqimiz  orasida 
farqlanib  kelinayotgan  to‘kin-sochin  to‘y  qilish  va  mehmondo‘stlikining  ildizlari  ham,  bir 
tomondan futuvvatga borib taqaladi.  


18 
 
Ammo kundalik maishiy hayot qiyinchiliklari avomni, nafs va hirs o‘ziga to‘q kishilarning 
(bir  guruh  ziyoli,  imon-e’tiqodi  mustahkam  fidoyi  kishilardan  tashqari)  muruvvat  va 
futuvvatning yuksak g‘oyalari va mezonlari asosida emas, o‘z foydasini ko‘zlab, “sizdan ugina, 
bizdan  bugina”  talablariga  muvofiq  yashashga  undadi.  Futuvvat  ahlini  ba’zilar  devonalar  deb, 
devonalikni  esa  aqldan  ozganlik,  deb  baholadilar.  Devonalik  axmoqlik  emas.  U  sufiy  holatini 
anglatuvchi tushuncha. Futuvvat esa devonalik emas, ammo devonalikdan xoli ham emas.  
Vatanparvarlik haqida avvalgi boblarda ko‘p gapirilgan edi. Ularni takrorlab o‘tirmasdan, 
yana bir eslatmoqchimizki, haqiqiy vatanparvarlik – bu yurt ravnaqi yo‘lida o‘z kasbi doirasida 
halol  mehnat  qilish,  o‘z  xizmat  vazifasi  va  burchini  halol  bajarishdir.  Ma’naviy  tarbiyaning 
barcha  yo‘nalishlarida,  xususan  axloqiy  tarbiyada  vatanparvarlik  mehnatsevarlikka, 
ma’suliyatga,  burch  va  vijdon  amriga  aylansagina  ro‘yobga  chiqishi  mumkinligiga  e’tiborni 
qaratish  lozim.  Turkiy  xalqlarda  muhtojlarga,  g‘arib  va  musofirlarga  beg‘araz  yordam  berish 
ag‘aliq,  ataliq,  axiylik  (axiy-bobo)kabi  atamalarda  ifodalangan.  Bugun  “otaliq”  tushunchasida 
bevosita va beg‘araz  yordam  ko‘rsatish mazmuni saqlab qolingan. Masalan, maktabning otalik 
tashkiloti  unga  moddiy-o‘quv  bazasini  mustahkamlashda,  a’lochi  o‘quvchilar  va  faol 
o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirishda, bayramlarni o‘tkazishda yordam ko‘rsatadi. 
Otaliq va og‘aliq tushunchalari nafaqat ijtimoiy-maishiy mazmunida, shuningdek ijtimoiy-
siyosiy mazmunida ham qo‘llanila boshlandi. Taxt vorisining tarbiyachisi, yoki uning nomidan 
hokimiyatni  vaqtincha  boshqaruvchi  kishi  otaliq  deb  atalgan.  Og‘aliq  ham  shunga  o‘xshash 
mazmunda,  taxtga  (hokimiyatga)  yaqin  kishi  sifatida  biror  hududni  muxtoriy  boshqaruvchisi, 
taxt  vorisiga  homiylik  qiluvchi  kishi  mazmunida  qo‘llanilgan.  Shu  sabab  otaliq  va  og‘aliq 
tasavvufda  muruvvat  va  futuvvat  ko‘rinishlarini  ifodalovchi  atama  bo‘lib  rasmiylashmagan. 
Ammo  axiylik  Turkiya  va  Yaqin  Sharqdagi  ba’zi  tariqatlarda  atamaga  aylangan.  Axiy  so‘zi 
bugungi o‘zbek tilida iste’moldan chiqib ketgan. U bobo va oqsaqol so‘zlari bilan almashtirilgan. 
N.Komilov “Tasavvuf”asarida futuvvat tarofdorlari javonmardlar, axiylar, fatiylar deb atalganini 
qayd qiladi va “axiy” so‘zini do‘st, birodar deb talqin qiladi. 
Sufiycha atama mazmunida bu to‘g‘ri. Chunki bir shayxning, pirning (axiyning) muridlari 
o‘zaro do‘st, birodarlardir. Darvoqe, arabcha “shayx” oqsoqol degan mazmunini bildiradi. Aslida 
turkiy “axiy” “bobo”,“oqsoqol” tushunchalarini anglatishini  bilib qo‘yish ortiqchalik qilmas. 
Kosmopolitizm ko‘pincha vatanparvarlikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Kosmopolit butun yer 
kurrasini  o‘z  vatani  deb  biladi.  Uning  uchun  millat  tuyg‘ularidan,  vatan  tuyg‘usidan,  milliy 
manfaatlardan  go‘yoki  umumbashariy  manfaatlar  ustun.  Kosmopolitizm  sovet  mafkuraviy 
baholarga  muvofiq  milliy  nigilizmning  ko‘rinishlaridan  biri  hisoblangan.  Ikkinchi  jahon 
urushidan  keyin  SSSRda  kosmopolitizmga,  g‘arb  oldida  qulluq  qilishga  qarshi  kurash  niqobi 
ostida  aslida  tafakkur  erkinligiga,  odamlar  tashabbusiga  hamda  yahudiy  millatga  mansub 
ziyolilarga qarshi siyosat olib borilgan. Urushdagi g‘alabadan keyin odamlar qatog‘on yillarida 
vujudga kelgan ijtimoiy qo‘rquvdan ancha xalos bo‘lgan, ichki va tashqi dushmanlarni yengdik, 
endi erkin va yaxshi yashaymiz degan umid ularda paydo bo‘lgan edi.  
Yahudiylar  masalasiga  kelsak,  urush  yillari  butundunyo  yaxudiylari  SSSRga  Gitler 
qirg‘inidan ularni (halokatdan) xalos qiluvchi kuch sifatida qaragan va SSSRga har tomonlama 
yordam uyushtirgan edi. Stalin ularni urushdan keyin  yaxudiy davlati  Isroilni tuzishda qo‘llab-
quvvatlashga,  hatto  Qrim  hududidan  joy  berishga  va’da  bergandi.  Urushdan  keyin  turli 
sabablarga ko‘ra, sobiq antigitlerchilar koalitsiyasi bo‘linib ketdi va o‘zaro muxoliflarga aylandi. 
Ikki tuzum o‘rtasida sovuq urush boshlandi. Tabiiyki, yirik yahudiy bankirlari, kapitalistlari o‘z 
hukumatlari tomonida bo‘ldi. Oddiy yaxudiylar esa arosatda qoldi. Har ikki tuzum ham ichki va 


19 
 
tashqi maqsadlar yo‘lida axloqni siyosatga qurbon qildi. SSSRda kosmopolitizmga qarshi kurash 
avj  oldi,  AQShda  amalda  kommunistlarga  qarshi  Makkarti  qonuni  qabul  qilindi.  Har  ikki 
davlatda  shpionchilik  vasvasasi  kuchaydi.  SSSRda  kosmopolitizmga  vatanparvarlik  va 
internatsionalizm (sotsialistik baynalminlallik) qarshi qo‘yilgan.  
Kosmopolitizm  sun’iy  o‘ylab  topilgan  tushuncha  emas.  Uning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy, 
ma’naviy  va  boshqa  oziqlantiruvchi  omillari  va  sabablari  bo‘lgan.  Turli  tarixiy  davrlarda 
kosmopolitik  g‘oyalardan  Yevropada  diniy  va  siyosiy  mustabidlikka,  shovinizm  va 
millatchilikka,  irqchilik  va  shu  kabi  o‘ta  keskin  qarashlarga  va  siyosatga  qarshi  mafkuraviy 
kurashda  foydalanilgan.  Undan  keyinchalik  mustamlakachilar  ham  foydalanishga  harakat 
qilganlar.  
Kosmopolitik  g‘oyalar  to‘liq  yo‘qolmaydi.  Bugun  uni  globallashuv  tendensiyasi  va 
ommaviy  madaniyat  oziqlantirib  turibdi.  Urush  va  tinchlik  muammosi,  demografik  ahvol  va 
oziq-ovqat  ta’minoti,  boshqa  global  muammolar,  ayniqsa  ekologik,  iqlim  o‘zgarishi,  tabiiy 
kataklizmlar,  panepidemiyalar  xavfi  kabi  muammolar  yer  kurrasini  butun  insoniyat  uchun 
yagona  vatan,  har  bir  shaxs  sayyoramiz  taqdiri  uchun  mas’ul  ekanligini  eslatib,  kosmopolitik 
tuyg‘u uchun zamin yarataveradi. 
Axloqiy  tarbiya  orqali  insonda  erkinlik  va  mas’uliyat  tuyg‘ularini  shakllantirish  muhim. 
Erkinlik  va  mas’uliyat  dialektik  birlikni  tashkil  etadi.  Ular  ayricha  holda  mavjud  emas. 
Mas’uliyatsiz  erkinlik  –  bu  boshboshdoqlik,  anarxiya,  cheklanmagan  xudbinlik  va  h.k.lardir. 
Erkinlik – bu mas’uliyatdir, ma’suliyatsizlik va xudbinlik esa – qaramlikdir, o‘z nafsi va hirsiga 
qullikdir.  
Aksilaxloqiy  g‘oyalar,  tushunchalar,  afsuski,  hayot  qiyinchiliklari  ta’sirida,  ijtimoiy  va 
insonlararo  munosabatlarda  masala  yechimining  noto‘g‘ri,  adolatsiz,  ammo  oson  yo‘lini 
tanlashning  salbiy  tajribasi  sifatida  vujudga  kelgan.  Qiynalib,  mehnat  qilib  topishdan  ko‘ra, 
ba’zan vazifani suiiste’mol qilib, pora olib, yoki o‘g‘irlik qilib topish osonroq. Achchiq haqiqatni 
aytib,  aybni  tan  olishdan,  yolg‘on  aytib  aybni  yashirish  osonroq.  Lekin  aslida  bu  “oson” 
hisoblangan  tushunchalar  ertami-kechmi  jamiyatga,  odamlarga  juda  katta  zarar  keltiradi. 
Shuning uchun qadim zamonlardan ular aksilaxloqiy hisoblangan va qoralangan.  
Erkinlikning falsafiy ta’rifi anglab olingan zarurat (Gegel), anglab olingan zarurat bo‘yicha 
harakat  (Engels)  ekanligini  yana  bir  bor  eslasak,  erkinlik  ezgulik  va  yovuzlikni  aniq  farqlab, 
gumanistik  vijdonni  tarbiyalash  asosida  vujudga  kelishi  ayonlashdi.  Lekin  bular  bilan 
cheklanmaydi.  Erkinlik  axloqiy  tanlashda  namoyon  bo‘ladi.  Shu  sababdan  u  iroda  bilan  ham 
bog‘liq. Binobarin, erkin shaxsni voyaga yetkazish uchun unda mustahkam irodani, qaror qabul 
qila  olishni,  o‘z  xatti-harakatini,  qabul  qilgan  qarorini  tanqidiy  baholab,  unga  zarur  hollarda 
tuzatish kirita olish mas’uliyatini tarbiyalash talab etiladi. 
Axloqiy  g‘oyalar,  meyorlar  rivojlanishini  ko‘rsatuvchi  mezon  –  bu  jamiyatda  inson 
erkinligining  o‘sishi,  qadr  –  qimmatining  ortishidir.  Inson  erkinligini,  ongi  va  tafakkurini 
cheklashdan,  uni  hukumron  diniy  yoki  siyosiy  mafkuraga,  urf  –  odat  va  an’analarga  majburan 
buysundirishdan voz kechishda, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlanishda, fikrlar va qarashlar 
xilma  –  xilligi  qaror  topishida,  insonparvarlik  g‘oyasi  boyib,  inson  jamiyat  taraqqiyotining 
maqsadiga aylanishida axloq va umuman ma’naviyat rivoji namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonda 
axloqning cheklovchi, taqiqlovchi meyorlari nisbatan kamayib (to‘liq yo‘qolishi mumkin emas, 
taqiqsiz,  cheklashsiz  jamiyat  tizimi  buziladi),  undovchi,  rag‘batlantiruvchi  meyorlari  ko‘payib, 
kuchayib  boradi.  Axloqiy  tarbiyada  insonga  o‘zini  tiyishni,  ba’zi  salbiy  narsalarni  qilmaslikni 
o‘rgatish barobarida ijobiy, savob ishlar qilishga ehtiyoj tug‘dirish, ezgulikka befarq, indeferent 


20 
 
bo‘lmaslikni  shakllantirish  muhimdir.  Yozuvchi  Bruno  Yasenskiyning  do‘stingdan  va 
dushmaningdan  qo‘rqma,  befarq  kishilardan  qo‘rq,  degan  o‘giti  doimo  dolzarbdir.  Yozuvchi 
ta’biri  bilan  aytganda,  nari  borsa,  do‘sting  senga  xoinlik  qilib,  sotishi,  dushmaning  o‘ldirishi 
mumkin.  Befarq  kishilarning  jim  va  beparvo  qarab  turishi  tufayli  sotqinlik  ham,  qotillik  ham 
qayta-qayta  sodir  bo‘laveradi.  Yozuvchining  ehtirosli  obrazli  fikridan  axloqiy  tarbiyaning 
muhim undovchi vazifasi – faol hayotiy pozitsiyani egallashni tarbiyalash ekanligi ayonlashadi. 
Axloqiy  talablar,  meyorlar  insonni  jamiyatning  boshqa  a’zolari  bilan  uyg‘unlikda 
yashashga, jamiyat institutlaridan to‘g‘ri foydalanishga, odamlarga va jamiyatga qo‘shilib, uning 
bir to‘laqonli a’zosi bo‘lishga o‘rgatadi. Shu sababdan bolalarda, yosh avlodda axloqiy talablarni 
tarbiyalash bilan ota-onalar, oila, mahalla, bog‘cha, maktab, mehnat jamoasi, jamoat tashkilotlari 
– jamiyatning asosiy bo‘g‘inlari o‘z vakolatlari doirasida shug‘ullanadi. Ularning faoliyati yana-
da  samaraliroq  bo‘lishi  uchun,  tarbiya  ishlarini  muvofiqlashtirish  maqsadga  muvofiq. 
Tarbiyaning  oiladan  tashqari  bosqichlarida  bu  vazifani  xalq  ta’limi  muassasalari,  yoshlarning 
jamoat  tashkilotlari  o‘z  zimmasiga  oladi.  Maktab  ota  –  onalar  qo‘mitalari,  mahalla  o‘zining 
tegishli komissiyalari orqali oilaning tarbiyaviy faoliyatiga yordam berishi mumkin.  
Har  qanday  tarbiya  ikki  tomonlama  jarayonligini,  bola  nafaqat  tarbiyaning  obyekti, 
shuningdek  subyekti  ham  ekanligini  (o‘z  o‘zini  tarbiyalashni)  nazarda  tutsak,  bolaning 
boshqalardan  olayotgan  o‘rnagi  shaxsiy  kuzatuvlari  uning  qanday  inson  bo‘lib  shakllanishida 
katta  rol  o‘ynashi  oydinlashadi.  Jamiyatdagi  shiorlarning,  mafkuraviy  targ‘ibot-tashviqotning 
hayotga, haqiqatga mosligi yoki mos kelmasligi yoshlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan 
tarbiya jarayonida haqiqiy qiyinchiliklarni, muammolarni ulardan yashirmaslik, faqat sabablarini 
to‘g‘ri  tushuntirish  kerak.  Yarimhaqiqatni  aytish,  faqat  yutuqlarini  ko‘z-ko‘z  qilib, 
kamchiliklarni  xaspo‘shlash,  muvafaqqiyatsizliklar  sababini  “obyektiv”  sabablarga  (ob-havo, 
qurg‘oqchilik va h.k.), yoki tashqi muxoliflar kirdikorlariga, jahon iqtisodiyoti konyunkturasiga 
keltirib bog‘lash, o‘z xatolarimiz borligini tan olmaslik tarbiya ishiga zarar keltiradi. 
Bolaning  axloqiy  tarbiyasiga  ota  –  onalar  va  kattalarning  xulq  atvori  sezilarli  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Ota  –  onalar  va  kattalar  bolaga  qanchalik  yo‘l  –  yo‘riq  berib,  pandu  nasihatlar 
qilmasin,  o‘zlari  nomaqbul  turmush  kechirsalar,  aytgan  gaplariga  amal  qilmasalar,  ularning 
barcha  tarbiyaviy  urinishlari  chippakka  chiqadi.  Bola  ularga  ishonmaydi,  hatto  aytgan  to‘g‘ri 
so‘zlarini ham yolg‘on sifatida qabul qiladi. Ota – ona, kattalar qilmishi bolaga hamisha bevosita 
yoki  bilvosita  ibrat,  taqlid  uchun  namuna  bo‘lib xizmat  qiladi.  Ota  –  ona  xulq  –  atvori  bolaga 
hamisha aktual (hozirning o‘zida) yoki potensial (kelajakda) ibratdir. Yaxshi xulq – yaxshi ibrat, 
yomon xulq – yomon ibrat. 
Axloqiy  tarbiyada  axloqqa  zid  g‘oyalarga  nisbatan  murosasizlik,  ma’naviy  immunitet 
shakllanishiga  yetarlicha  e’tibor  qaratilishi  shart.  Yolg‘on,  hasad,  nafs,  hirs,  fahsh,  o‘g‘rilik, 
zo‘ravonlik,  qotillik,  xoinlik,  xudbinlik  va  shu  kabi  insonning  asl  tabiatiga  zid  g‘oyalar, 
tushunchalar inson va jamiyat hayotida salbiy rol o‘ynaydi, ma’naviyatni ich – ichidan yemiradi. 
Axloqiy  tanlashning  mazmun-mohiyati  ham  aksilaxloqiy  tushunchalardan  ustun  bo‘la  olish, 
halokatli  yovuzlik  yo‘lidan  ketmaslik,  ezgulikka,  insonparvarlikka,  vijdonga  sodiq  qolishdir. 
Axloqiy  tanlashda  inson  o‘z  xudbinligi,  nafsi,  hirsi,  hasadi,  qo‘rqoqligi  va  boshqa 
kamchiliklaridan ustun kela olishi lozim. Zarur hollarda u siyosiy rejim qutqusiga, mukofotlariga 
uchmasligi,  yoki  tazyiqidan  qo‘rqmasdan,  xalqiga,  vataniga  sodiq  qolishi,  insoniy  burchiga, 
vijdoniga  xilof  ish  qilmasligi  kerak.  Bu  endi  shunchaki  oddiy  axloqiy  tanlash  emas,  ma’naviy 
jasoratdir.  Islom  Karimov  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  asarida  ma’naviy  jasoratni 
aynan shunday talqin qiladi. 


21 
 
O‘zbekistonda barkamol avlod axloqini tarbiyalash miliy nomukammallik tuyg‘usidan xoli, 
o‘z  kuchiga,aql-zakovatiga,  bilimiga  ishonadigan,  mehnatsevar,  boqimandalikning  har  qanday 
ko‘rinishidan or qiladigan, qat’iyatli, irodali, vatanparvar, o‘z milliy madaniyati, xalqi tarixidan, 
yutuqlaridan  g‘ururlanadigan,  ayni  paytda  millatchilik  va  milliy  man-manlikdan  yiroq, 
kamchiliklarni  tanqidiy  baholay  oladigan  va  ularni  bartaraf  etishga,  yaratuvchlikka  intiladigan 
halol insonni shakllantirishni anglatadi. Bunga barcha kuch va vositalar yo‘naltirilishi kerak. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling