Milliy g‟oyaning negizlari tushunchasi, uning mazmun va mohiyati…7


Milliy ma‟naviy meros va umuminsoniy demokratik prinsiplar. Ruhiy safarbarlik va ma‟naviy jipslikning milliy g‟oya negizida shakllanishi


Download 65.15 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi65.15 Kb.
#1640372
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

2.2 Milliy ma‟naviy meros va umuminsoniy demokratik prinsiplar. Ruhiy safarbarlik va ma‟naviy jipslikning milliy g‟oya negizida shakllanishi
O‟zbek xalqiO’zining boy milliy ma‟naviy merosi bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi. Uning ildizlari juda chuqur bo‟lib, uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi.O’zbekistonda qo‟lyozma va toshbosma asarlarningO’zidan yuz mingdan ziyod asarlar mavjud bo‟lib, ular Toshkentda Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Qo‟lyozmalar instituti, Diniy nazorat,O’zbekiston Milliy universiteti va boshqa joylarda saqlanmoqda.O’zbek xalqining ma‟naviy merosi IX-XX asrlarda yozilgan va fanning barcha muhim sohalariga, matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, minerologiya, fiqh, falsafa, tarix, adabiyotga oid asarlardir. Ma‟naviy meros – insoniyat rivojlanishining uzoq davrlar mobaynida tarkib topgan, inson aql zakovatining ifodasidir.O’zbekistonning boy ma‟naviy merosi shakllanayotgan yangi ma‟naviyatimizning negizini, poydevorini tashkil qilib, ma‟naviy merosimizda xalqimizning asriy orzu-intilishlari, bilimlari va tajribalari mujassamlashgan bo‟ladi. Milliy g‟oya va milliy mafkuramiz ham ma‟naviy merosimizga tayangan holda shakllanadi, ayni vaqtda uning yanada rivojlanishida muhim ma‟naviy omil bo‟lib xizmat qiladi. Ma‟naviy meros xalqning muqaddas xotirasi bo‟lib, uning insoniyat tarixi va ma‟naviy taraqqiyotidagi tutganO’rnini belgilab beradi. Ma‟naviy merosga ilmiy munosabatni shakllantirishda, eng avvalo, unga aksiologik mezonlarga tayangan holda yondashish taqozo qilinadi. Ma‟naviy merosni qadriyatlar nuqtai nazaridan tahlil qilish har bir muayyan qadriyatning taraqqiyotdagiO’rnini to‟g‟ri baholab, uning milliy istiqlol ma‟naviyatini shakllantirishda qay darajada xizmat qila olishini belgilashga imkon beradi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi.O’zbekistonda istiqlol sharofati bilan milliy qadriyatlar qayta tiklanib, milliy qadriyatlarimiz istiqlol madaniyatini yaratishimizda negiz bo‟lib xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlarimizning tiklanishi milliy g‟oya va milliy mafkuramizda hamO’z ifodasini topib, jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Bugungi kundaO’zbekistonda boy ma‟naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, 291 jamiyat ma‟naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Ma‟naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma‟naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me‟yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san‟at asarlari majmuidir. Ma‟naviy qadriyatlar, boyliklar jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi,O’sha davr hayotini aks ettiradi va keyingi avlodlar uchun ma‟naviy meros bo‟lib qoladi. Har bir avlod mavjud ma‟naviy merosga tayanib uni taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. Ma‟naviy meros jamiyatda alohida olingan inson uchungina emas, balki butun jamiyat, xalq uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ma‟naviy merosni baholaganda umummilliy manfaatlardan kelib chiqiladi. Ma‟naviy merosga aksiologik yondashganda xalqparvarlik va vatanparvarlik mezonlari ham asosiylardan bo‟lib hisoblanadi. Haqiqiy qadriyat vatanni sevishga, uni ardoqlashga, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun jonini fido qilishga tayyor fuqarolarni tarbiya qilishga bog‟liqdir. Jamiyatda yuksak ma‟naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an‟analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‟oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Milliy g‟oya millat tafakkurining mahsuli bo‟lib, turli xalqlarning milliy g‟oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonche‟tiqodini ifodalaydi, ayni paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Ezgu g‟oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g‟oyalar xalqlarni taraqqiyotga olib boradi. Milliy ma‟naviy qadriyatlar va milliy g‟oyaning aloqadorligi ularningO’zaro ta‟sirida namoyon bo‟lib, milliy g‟oya qadriyatlarni yanada yuksaltirish, ularni odamlarning ongi va qalbiga singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf qilish vazifalarini ham bajaradi. Milliy g‟oya va milliy mafkuraning muhim vazifalaridan biri – kelajakka komil ishonch, erkin va farovon hayotga umid hissini tarbiyalashdan iboratdir. Millatning tub manfaatlari, uningO’zO’tmishiga bergan bahosi va kelajakka ishonchi milliy g‟oyadaO’z aksini topadi. Yuksak ma‟naviyatga, pokiza axloqqa, demokratiya tamoyillariga tayangan milliy g‟oya jamiyatni rivojlanishga yetaklab, 292O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida demokratiyaning butun dunyoda e‟tirof etilgan asosiy tamoyillariga bevosita tayanilmoqda. Bu tamoyillar – erkin va adolatli saylovlar, ochiq va hisobot beruvchi hukumat, inson huquqlarining ustuvorligi, hokimiyat organlarining saylanib qo‟yilishi, so‟z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitusiya va qonunlar bilan kafolatlanishi, qonun ustuvorligi, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlarining mavjudligi hamda ularning tengligi, tayinlash yo‟li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo‟yiladigan organlar oldida hisob berishda burchliligi, ko‟ppartiyaviylik tizimining mavjudligi, umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarningO’tkazilishi, jamiyatda plyuralizm, ya‟ni fikrlar xilma-xilligi, turli-tumanligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi kabilardan iboratdir.



Download 65.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling