Milliy g‟oyaning negizlari tushunchasi, uning mazmun va mohiyati…7
Milliy g‟oya va milliy ma‟naviy merosO’rtasidagi uzviylikning Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlarida nazariy asoslanishi
Download 65.15 Kb.
|
kurs ishi
2.3 Milliy g‟oya va milliy ma‟naviy merosO’rtasidagi uzviylikning Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlarida nazariy asoslanishi
Mustaqillikdan so‟ng boy ma‟naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma‟naviyatini yuksaltirish, milliy g‟oya va mafkuraning asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish masalasiga katta e‟tibor qaratildi. Milliy g‟oyaning jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy hayoti bilan, boy tarixiy madaniy va ma‟naviy merosimiz bilan bog‟liqligi masalalariO’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlarida bayon qilingan.O’zbekistonda barpo etilayotgan Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga, boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha‟ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslanadi. Ushbu masalaga Prezidentimizning Konstitusiya kuni munosabati bilan tantanali marosimdagi ma‟ruzasida alohida e‟tibor qaratilgan bo‟lib, Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitusiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha‟ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart, – deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, – ...Barchamiz bir narsani tushunib olishimiz kerak: yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, 293 huquq va erkinlik bilan birga, javobgarlik va mas‟uliyatni ham chuqur his etishimiz zarur. Bunga erishish esa, faqat va faqatO’zimizga bog‟liq. Ko‟zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo‟lmasin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yo‟lda beqiyos kuchqudrat manbai bo‟lib xizmat qiladi1 . Milliy g‟oya, milliy mafkuradagi eng muhim g‟oyalardan biri komil inson g‟oyasi bo‟lib, bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda katta e‟tibor berilmoqda. Barkamol avlod tarbiyasida boy tarixiy ma‟naviy merosimiz muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma‟naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas‟uliyatniO’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‟liq, – deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, – ... Biz yoshlar uchun ularning sog‟lom tug‟ilishidan boshlab, toki mustaqil hayotga kirgunicha barcha zarur sharoitlarni yaratib berish maqsadida qanday katta ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi ma‟lum. Mana, biz Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini, Toshkent shahrida esa Islom sivilizasiyasi markazini barpo etmoqdamiz. Bu ishlarni kimgadir ko‟z-ko‟z qilish uchun amalga oshirayotganimiz yo‟q. Maqsadimiz – islom dinining haqiqiy insonparvarlik mohiyatini, ma‟rifiy islomni bolalarimiz ongiga singdirish. Shu yo‟lda bizning buyuk ajdodlarimiz qanday ulug‟ ishlarni amalga oshirganlari haqida ular ana shunday maskanlarga kelibO’zlari uchun kerakli bo‟lgan eng muhim bo‟lgan bilim va tasavvurlarga ega bo‟ladi. Eng asosiysi, ularning qalbida boy tariximiz, madaniy merosimiz bilan faxrlanish tuyg‟usi kamol topadi2 . Prezidentimiz asarlarida g‟oyaviy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu ishlarni olib boruvchi kishilarni faollikka chaqiruvchi fikrlar ham mavjud bo‟lib, mafkura sohasida bo‟shliq degan narsaningO’zi hech qachon bo‟lmaydi, – deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, – Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta‟sirlanishdan to‟xtamaydi. Demak, unga doimo ma‟naviy oziq kerak. Agar shu oziqniO’zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo‟ladi, aytinglar? Bunday oziqni u astasekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yo‟l bermasligimiz kerak. Mana, gap nima haqida ketyapdi! Buning uchunO’zini jamiyatimiz, yoshlarimiz ma‟naviyati, g‟oyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun mas‟ul deb bilgan insonlar – bu mahalla yoki diniy tashkilotlar bo‟ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta‟sir kuchiga ega ijodkor ziyolilar bo‟ladimi – ularning barchasi ayniqsa faol bo‟lishlari lozim1 . Prezidentimiz ta‟kidlabO’tganlaridek, – Biz qanday marraga erishmoqchi bo‟lsak, unga faqat ona yurtimizga mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik bilan erishamiz. Biz erkin va farovon kelajagimizni qurmoqchi bo‟lsak, faqat mard va olijanob xalqimiz bilan birga barpo etamiz 2 . Prezidentimiz asarlarida yoshlarO’rtasida g‟oyaviy-tarbiyaviy ishlarni olib borishda yoshlar ittifoqi faoliyatini kuchaytirish masalasiga ham e‟tibor qaratilgan.O’zbekiston yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‟shgan buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo‟lish tuyg‟usini shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur O’rganish va keng targ‟ib etishga qaratilgan mazmundor, ta‟sirchan loyihalarni amalga oshirishga tashabbus ko‟rsatishi nur ustiga nur bo‟lur edi3 . Boy tarixiy ma‟naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‟unligi asosida O’zbekiston fuqarolarida milliy g‟urur va iftixor tuyg‟ularini shakllantirish va yuksaltirish g‟oyaviy-mafkuraviy sohada olib borish zarur bo‟lgan asosiy vazifadir. Tarixiy ma‟naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash va shu asosda milliy g‟oya va mafkurani shakllantirish va mustahkamlash masalasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72- sessiyasida so‟zlagan nutqida ham e‟tibor qaratilgan bo‟lib, Bugungi kunda 1 Мирзиѐев O’zbekiston jadal rivojlanmoqda, – deydi Shavkat Mirziyoyev, – Biz ajdodlarimizning donishmandlik an‟analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat‟iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‟lidan bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‟zlangan maqsad – “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‟lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. Umuman olganda Prezident asarlarida tarixiy ma‟naviy meros, milliy va diniy qadriyatlar, barkamol insonni tarbiyalash masalalariga katta e‟tibor qaratilgan. Bugungi kunda jamiyat ma‟naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy g‟oyani shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iborat bo‟lib, milliy g‟oyani shakllantirishda xalqimizning azaliy an‟analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, fuqarolarda kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma‟rifat tuyg‟ularini singdirish masalasiga katta e‟tibor qaratilmoqda Xulosa Milliy g‘oyaning ma’no-mazmunini belgilaydigan asoslardan biri xalqimizning qadimiy va boy tarixi bo‘lib, yurtimizdagi qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari, Vatanimizning shonli tarixi, boy tarixiy moddiy va ma’naviy merosi to‘g‘risidagii tasavvur va tushunchalar, shu muqaddas diyorda yashayotgan har bir inson qalbida g‘urur – iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari, san’at durdonalari, milliy qahramonlarimizning ibratli hayoti milliy g‘oya va mafkuramiz oziqlanadigan manbalardir. Har qanday g‘oya singari milliy g‘oya ham o‘zining tub ildizlariga egadir. Shu ma’noda unga kuch berib, rivojlanishi uchun asos vazifasini o‘taydigan milliy g‘oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlarini yaratish bilan birga, uning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish yurtning baxtli kelajagini o‘ylagan har bir fuqaro uchun mas’uliyatdir. Milliy g‘oya fanining tarixiy ildizlari o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi, ozod va obod Vatani ravnaqi yo‘lida tinmay samarali erkin mehnat qilishi, insoniylikni ulug‘ fazilat deb bilib, komil insonlarni voyaga yetkazishga yordam beruvchi moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlariga asoslanadi. Milliy g‘oyaning falsafiy asoslari deb har qanday g‘oya va mafkuraning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ma’naviy asos bo‘lib, nazariy-uslubiy vazifani bajaradigan ilmiy falsafiy ta’limotlarga aytiladi. Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2011. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.:O‘zbekiston, 2011. -370 b G’ulomov J. Tarbiyaviy korreksion faoliyatning yoshlarda moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligini tarbiyalashdagi o’rni. – Т.: ТDPU, 2001. G’oya va mafkura. – Т.: “Ijod dunyosi” nashr uyi, 2002. Markaziy Osiyo: g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar. – Т.: “Ijod dunyosi” nashr uyi, 2002. Milliy g’oya: targ’ibot tehnologiyalari va atamalar lug’ati. – Т.: “Akademiya”, 2007. Internet saytlari 1.www.ziyonet.uz 2www.ziyo.com 3.www.fayllar.org 4.lex.uz Download 65.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling