Milliy harakatli o‘yinlarning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati


Download 77.44 Kb.
bet1/3
Sana23.11.2023
Hajmi77.44 Kb.
#1795308
  1   2   3
Bog'liq
Milliy va harakatli o\'yinlar o`qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari3

Milliy va harakatli o'yinlar o`qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari

  • O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashda o‘zbek milliy harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari.
  • Jismoniy madaniyatning komil insonnini jismoniy tarbiyalashlik muqaddas vazifalarini bajarishda barcha o‘quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni (6), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (2) hamda “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonunlari (1), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentening 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-31-54 sonli “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish” to‘g‘risidagi farmonni (8) va uni bajarish tadbirlariga suyangan xolda yangi usullarni tashkil qilish va o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
  • Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarning eng kichik yoshidan boshlab milliy o‘yinlar vositasi bilan jismoniy salomatlik “poydevorini qurish” ni amalga oshirish mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to‘g‘risida Kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g‘oyat muxim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika madaniyat va sport ishlari vazirligining qarorlarida kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi.

2. 7-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruhiy asoslari.

  • Jismoniy madaniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiyaning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan har birining mazmuni, vositalari, shakl va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish kerak bo‘ladi. Bizning ilmiy tadqiqot ob’yektimiz bo‘lgan o‘zbek xalq milliy o‘yinlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ham ana shu o‘ziga xosliklarni hisobga olish zarurligi kelib chiqadi.
  • Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlaridan biz uchun eng muhimi kichik maktab yoshidir. Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining muayyan darajasi mos keladi.

Download 77.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling