MAVZU: JISMONIY MADANIYAT IJTIMOIY TIZIM
SIFATIDA TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI
Reja:
Kirish
I.Bob.Jismoniy madaniyat ijtimoiy tizim sifatida tutgan
o'rni va ahamiyati
1.1. Jismoniy tarbiya ijtimoiy tizim sifatida
1.2. Jismoniy tarbiya tizimining asoslari
II.bob.Jismoniy tarbiya tizimining asosiy yo`nalishlari.
2.1.Jismoniy tarbiya tizimining asosiy yo`nalishlari.
2.2 Maktab muassasalarida jismoniy tarbiya tizimi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot
Kirish
Bugungi kunda jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini shakllantirish,
yoshlarni bo`sh vaqtlarini to`g`ri va samarali tashkil etishda sportning o`rni
bеqiyos. Jismoniy tarbiya, talabalar hayotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda,
chunki u kishi salomatligini saqlash va mustaxkamlash
uni jismoniy jihatdan
rivojlantirish hamda bo`sh vaqtdan oqilona foydalanish vositasi bo`lib
kеlmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanishi yosh
avlodni jismoniy barkamol inson qilib tarbiyalash vositasidir.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Kurs ishi xozirgi kunda
mamlakatimizda ko`plab bajarilganligiga qaramay yoshlarni,
talabalarni
jismonan sog`lom va barkamol inson qilib tarbiyalash vazifalari muhim
vazifalardan hisoblanadi. Kurs ishida talabalarning
jismoniy tarbiya va sport,
sog`lomlashtirish tadbirlari va ularni tashkil etishning uslub va tamoyillari
hamda takomillashtirish shakllari o`rganilgan.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Talabalar jismoniy tarbiya, sport
sog`lomlashtirish tadbirlari
maqsad va vazifalari, shakl va turlari hamda ularni
tashkil etish jarayonlarining uslub va tamoyillarini tahlil etish.