Kurs ishi mavzu: biologik ketma-ketliklarni taqqoslash asoslari
Download 249.13 Kb.
|
Kurs ishi mavzu biologik ketma-ketliklarni taqqoslash asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Sobirov Beyjon Tekshirdi: Urganch 2022 REJA: Kirish. I bob. Adabiyotlar sharxi.
- III bob. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 181-guruh talabasi Sobirov Beyjonning Bioinformatika fanidan KURS ISHI Mavzu: biologik ketma-ketliklarni taqqoslash asoslari. Bajardi: Sobirov Beyjon Tekshirdi: Urganch 2022 REJA: Kirish. I bob. Adabiyotlar sharxi. II bob. Asosiy qism. 2.1. Biologik ketma-ketliklarni taqqoslash asoslari. 2.2. Ketma-ketlikni tahlil qilish. 2.3. DNKning ketma-ketligi. III bob. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Genetik ketma – ketliklar tahlili Sekvenirlash natijasida qo‘lga kiritilgan ulkan ma'lumotlarni qayta ishlash bioinformatikaning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Genlarni bir yoki har xil tur doirasida solishtirilishi oqsillar vazifasi yoki turlar o‘rtasidagi munosabatni namoyish etishi mumkin (aynan shu ko‘rinishda Filogenetik daraxtlar tuzilishi mumkin). Xozirgi kunda milliardlab juft nukleotidlardan iborat minglab organizmlar genomi bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish uchun komp'yuter dasturlari qo‘llaniladi. Evolyusion biologiya Evolyusion biologiya turlarning kelib chiqishi, vaqt o‘tishi bilan ularning rivojlanish jarayonini o‘rganadi. Informatika evolyusion biolog olimlarga bir necha yo‘nalishlarda yordam beradi: Katta miqdordagi organizmlar evolyusiyasini nafaqat tuzilish yoki fiziologik nuqtai nazardan, balki ularning DNKsidagi o‘zgarishlarni ham tadqiq etish; Butun boshli genomlarni taqqoslash, bu genlar duplikasiyasi, genlarning lateral tashilishi kabi kompleks evolyusion jarayonlarni o‘rganish va bakterial o‘ziga xos faktorlarni tahmin etish imkonini beradi; Genom annotasiyasi Genomikaning kontekstida annotasiya – DNK ketma –ketliklarida gen va boshqa ob'ektlarning belgilash jarayoni kabi tavsiflanadi. Genomni annotasiyalovchi birinchi dasturiy tizim birinchi marotaba erkin yashovchi tirik organizm - Haemophilus influensae bakteriyasini genomini sekvenirlab, tahlil etib bergan gurux ishtirokchisi Ouen Uayt (ingl. Owen White) tomonidan 1995 yilda yaratilgan. Doktor Uayt genlar, tRNK va DNKning boshqa ob'ektlarini izlab topuvchi tizimni yaratdi va ushbu genlar vazifasiga birinchi marotaba tushuntirishlar kiritib o‘tdi. Ko‘pchilik zamonaviy tizimlar ham shunga o‘xshash tarzda ishlaydi, lekin bu dasturlar doimiy ravishda yangilanib va yaxshilanib boriladi. Biologik xilma – xillikni baholash. Ekotizimning biologik xilma hilligi – aniq bir muhitni tashkil etuvchi, istiqomat qiluvchi barcha turlarning to‘liq genetik yig‘indisi kabi aniqlanishi mumkin. Ushbu soxaning eng muhim potensiallaridan biri – bu nobud bo‘lib borayotgan turlarning DNK ketma – ketligi yoxud butun genomining tahlil etilishi sanaladi. Bunda o‘sha turning genetik ma'lumotlari komp'yuterda saqlanib qoladi va kelajakda ushbu tur butunlay yo‘qolib ketgan taqdirda ham uning ma'lumotlaridan foydalanish imkoni bo‘ladi. Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni: “Bioinformatika” fanining ishlab chiqarishdagi asosiy o‘rnini tibbiyot, farmasevtika sohasi va zamonaviy tahlil laboratoriyalari tashkil etadi. Tibbiyotda bu fan yutuqlaridan foydalangan holda genlarni ko‘chirib o‘tkazishda, farmasevtikada yangi dori vositalarini yaratish va ularning organizmdagi oqsillar bilan bog‘lanish mexanizmlarini o‘rganishda va zamonaviy diagnostik laboratoriyalarda foydalaniladi. Download 249.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling