Tasdiqlayman” “Biologiya” kafedra mudiri: dots. G. D. Shamsidinova Laboratoriya mashg’uloti №4


Download 94 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi94 Kb.
#1653187
Bog'liq
4-laboratoriya


TASDIQLAYMAN”
Biologiya” kafedra mudiri:
_____________ dots. G.D.Shamsidinova
Laboratoriya mashg’uloti №4
Mavzu: G’o’za navlarining xilma-xilligini asosiy belgilariga qarab guruhlash.
j
G‘о‘za genomini tadqiq qilishda keng ishlatilayotgan mikrosatellit DNK-markerlari paneli yarartildi.
Birinchi marotaba g‘о‘zada tabiiy barg tо‘kish belgisi bilan bog‘liq bir necha DNK markerlari aniqlandi. Ushbu markerlarni biri 18-xromosomada joylashganligi aniqlandi. Birinchi marotaba g‘о‘zada tola unumi uchun javobgar bо‘lgan DNK genetik lokuslari aniqlanib xromosomasi almashtirilgan g‘о‘za liniyalari yordamida ularni 12, 18, 23 va 26-xromosomalarda joylashganligi kо‘rsatib berildi. Bir-necha DNK markerlari g‘о‘za tolasini rivojlanishi bilan bog‘liqligi aniqlanib ular markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) jarayonida ishlatish uchun tavsiya etildi
Xromosomani almashtirish texnologiyasi ishlab chiqilib u g‘о‘zada muvaffaqiyatli qо‘llandi.
DNK markerlari yordamida g‘о‘zada fotoperiodik gullash genlari molekulyar-genetik kartalandi.
Birinchi marotaba g‘о‘za genomidan gullashni va tola rivojlanishini initsiatsiyasini boshqaruvchi hamda fuzarioz vilt va nematoda patogenezida muhim rol о‘ynovchi kо‘p noyob kichik RNKlar klonlandi va annotatsiya qilindi.
Dunyo fanida birinchi marotaba g‘о‘za genomida rekombinatsion bloklar kо‘-lami aniqlandi, assotsiativ haritalash о‘tkazildi va tola sifat hamda chiqimi belgilari bilan bog‘liq DNK markerlar identifikatsiya qilindi. О‘zbek g‘о‘za germplazmasi kolleksiyasini molekulyar-genetik xilma-xilligi tadqiq qilindi.
Alu insersiyalari chastotasi va mitoxondrial DNKning kodlamaydigan regionini nukleotid ketma - ketliklari asosida о‘zbek populyatsiyasi genofondini tarkibi kompleks analiz qilindi.
Birinchi marotaba g‘о‘za fotomorfogenezi, gullashi va uning tolasini zayishida muhim rol о‘ynaydigan fitoxrom genlari oilasi klonlandi, tavsiflandi va ularning molekulyar evolyusiyasi о‘rganildi. Tetraploid g‘о‘zada fitoxrom genlari oilasi tо‘rta PHY A, ikkita PHY B va ikkita PHY E genlaridan tashkil topilgani kо‘rsatildi. Fitoxrom-spetsifik gen-nokaut texnologiyasining asoslari ishlab chiqil-di. О‘simliklarni о‘zining bir qator xо‘jalik axamiyatiga ega noyob genlarini faolligini kuchaytirish yoki pasaytirish orqali ularning ichki biologik potensialini keskin oshiradigan “Gen-nokaut” noyob biotexologiyasi ishlab chiqildi va u 140 dan ortiq mamlakatlarda patentlandi. G‘о‘zani fuzarioz viltga chidamliligi bilan bog‘liq bir necha DNK markerlari identifikatsiya qilindi.
G‘о‘zada MIC-3 genlar oilasi tavsiflandi va ularning molekulyar evolyusiyasi о‘rganildi. MIC-3 genlarini promotor regionlari о‘rganib chiqilib, uning asosida ildiz tо‘qimasidagina ishlaydigan genetik konstruksiyalar yaratildi, hamda GUS marker geni yordamida ildiz uchun spetsifik bо‘lgan promotor regionlari aniqlandi. Natijada hohlagan biror genni о‘simlikni ildizi tо‘qimasidagina ishlatish imkoniyati ochildi
PR-oqisillariga о‘xshab g‘о‘zani biologik stresslarda, ya’ni har-xil patogenlar va zararkunandalar xujumidan himoya qilishda muhim rol о‘ynaydigan va g‘о‘za uchun spetsifik bо‘lgan MIC-3 genlar oilasi g‘о‘zani bir-necha turlaridan klonlandi va sikvens qilindi. G‘о‘zani turli genomlarini molekulyar evolyusiyasi о‘rganildi va birinchi marotaba о‘simliklar genomlarining chidamlilik genlarini “biatandswitch” i “guradanddecoy” evolyusion modellarini ta’riflovchi genlar duplikatsiyasini patogenlarga bog‘liq patterni isbot etildi.
G‘о‘zani turli diploid va tetraploid genomlaridan о‘simliklarni sovuqqa chi-damlilik geni sifatida g‘о‘zani qurg‘oqchilikdan himoya qilishda muhim rol о‘ynaydigan eskimo-1 geni ortologi klonlandi va sikvens qilindi.
Birinchi marotaba vilt (Fusarium oxysporum f.) va nematoda bilan zararlangan hamda tuzli muhit stressi bilan ishlov berilgan g‘о‘za tо‘qimalaridan 4000 mingdan ortiq mikro RNK va kichik RNKlar klonlandi va annotatsiya qilindi. G‘о‘zani samarali transformatsiya va regeneratsiya hamda qilish uslubi ishlab chiqildi. Markazda g‘о‘za genomini fundametal asosi va genom texologiyalar bо‘yicha dunyodagi yetakchi ilmiy maktablardan biri muvaffaqiyatli rivojlanmoqda (akademiklar Abdukarimov A., Abduraxmonov I. va boshqalar).
G‘о‘za genomikasi sohasida fundamental tadqiqotlar, g‘о‘za genomida genetik xilmaxillikni о‘rganilganiligi va bu xilma xillikni ishlatilish molekulyar asoslariga fundamental hissa uchun 2010 yili Markaz olimlari Rivojlanyotgan mamlakatlar halqaro fanlar akademiyasining TWAS prize 2010 mukofotiga sazovor bо‘lishdi. Agronomik jihatdan foyidali belgilar bilan assotsiatsiya bо‘lgan DNK-markerlarni qо‘llashga asoslangan seleksiya (MAS) va “genlarni piramidalash” texnologiyalari amalga oshirildi. MASni amaliy tadbiq qilish natijasida genetik boyitilgan tola sifati takomillashgan F1BC3, F1BC4, F1BC5 i F2BC4 g‘о‘za gibridlari olindi. Xususan, MAS texnologiyasi va g‘о‘zani 16-xromosomasidagi tolani pishiqligi (strength) va uzunligi (UHML) bilan assotsiatsiyalangan BNL1122 va BNL1604 SSR markerlaridan foyidalanib tola sifat parametrlari takomillashgan g‘о‘zani ikkita MAS liniyalari (Ravnaq-1, Ravnaq-2) olindi. Ushbu navlar О‘zR Davlat nav sinash komissiyasiga topshirilib 2014 yili sinovdan muvaffaqiyatli о‘tdi.
О‘zbek g‘о‘za germplazmasi kolleksiyasidagi g‘о‘za liniya va navlarining molekulyar-genetik pasportlari yaratildi. Bu О‘zbekistonning intelektual mulki obyektlarini himoya qilish uchun xujjatlashtirilgan asosdir. Birinchi marotaba g‘о‘za uchun gen-nokaut texnologiyasi (genlarni о‘chirish) ishlab chiqilib uning yordamida gullashga va tola uzayishiga ta’sir etuvchi genlar “о‘chirildi”. Zamonaviy gen-nokaut texnologiyasi yordamida tola sifati yuqori va uzun, etrapishar, hosildor va qurg‘oqchilikka chidamli g‘о‘za seriyalari (Porloq-1, Porloq-2, Porloq-3, Porloq-4) olindi.

Savollar:

1.Ingichka tolali g’o’za navlarini ayting?
2. Viltga chidamli go’za navlarini ayting?
3. Gen-nokaut usuli bilan yaratilgan navlar qaysilar?



Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling