Milliy хаvsizlik tushunchаsini mоhiyati Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Milliy xavfsizlikni ta’minlash
Download 51.77 Kb.
|
Milliy хаvsizlik tushunchаsini mоhiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Bob Milliy xavfsizlik tushunchasi
Milliy хаvsizlik tushunchаsini mоhiyati Mundarija: Kirish………………………………………………………….………………..3 Asosiy qism I Bob Milliy xavfsizlikni ta’minlash. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar….10 1.2 Fuqarolik erkinliklari va inson huquqlariga ta'siri…………..…………..15 II Bob Milliy xavfsizlik tushunchasi 2.1. Milliy xavfsizlik elementlari va Milliy kuch elementlari………….……..23 2.2 Iqtisodiy xavfsizlik……………………………………………………….27 Xulosa…………………………………………………………….…..28 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….29 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va turli xil saytlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) faoliyati keng muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisiga qilgan murojaatida mamlakatimizda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonun qabul qilinishi lozimligini ta’kidladi. Ushbu mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib, mazkur xizmat to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni (ehtimol ko‘pchilik duch kelgan) va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan qonun loyihasiga takliflarni qisqa va lo‘nda shaklda keltirmoqchiman, lekin aslida bu mavzuda butun boshli dissertatsiya yozish mumkin. Birinchi navbatda mazkur xizmatning funksional majburiyatlarini ko‘rib chiqish lozim. MXX aniq nima bilan shug‘ullanadi? Balki bu razvedka, kontrrazvedka va terrorizmga qarshi kurash bo‘lar? O‘z navbatida qonun ijodkorlari O‘zbekiston uchun «razvedka» va «kontrrazvedka» tushunchalari nimani anglatishiga e’tibor qaratishlari kerak. Turist metro bekatini suratga olmoqda, bir inson xorijiy elchixona vakili bilan do‘stlashib, u bilan futbol o‘ynamoqda, qaysidir viloyatga Yevropadan 30-40 nafar turist keldi yoki kimdir tuman hokimi haqida salbiy fikr bildirdi. Ularni «josus» yoki «destruktiv kuch» deb atash kerakmi? Aynan shu sababli ushbu tashkilotga oid barcha tushunchalarni, uning huquq va majburiyatlarini puxta aniqlashtirish kerak. MXXning kundalik faoliyatini ham hisobga olish lozim — bu harbiy faoliyatmi (pogonlar va pistoletlar) yoki fuqarolik ishimi (axborot va tahlil)? Shuningdek, MXXning «maxfiy faoliyati» tushunchasini aniqlashtirib olish zarur. Agar bu haqiqatan ham maxsus xizmat va uning faoliyati «mutlaqo maxfiy» bo‘lsa, unda ular maxfiy faoliyat olib borishlari shart, ular haqida hech kim hech narsa bilishi kerak emas, ular qayerda joylashgan, ishni qanday olib borishadi, qanday mashinalarni haydashadi (hozir MXX binosi Toshkent shahrining markazida joylashgan, «TST» davlat raqam belgili avtotransportlari mavjud va h.), lekin agar bu tashkilot Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining analogi bo‘lsa, unda bemalol. Download 51.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling