Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mundarija I. Kirish 3 II. Asosiy qism
Download 70.36 Kb.
|
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mun-fayllar.org
I. Asosiy qism
I.1 MHT da iqtisodiy operatsiya tushunchasi va uning tasniflanishi Milliy hisoblar tizimi yuqorida aytganimizdek mamlakatning ijtimoiy -iqtisodiy holatini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan tarzda taqdim qila oladigan yagona hisobotlar tizimidir.Demak Milliy hisoblar tizimi bir so'z bilan aytganda mamlakatning ichida va mamlakat bilan bo'g'liq bo'lgan xalqaro va ichki iqtisodiy operatsiyalarni ma'lum bir tartibda àks ettirib boruvchi va uni barchaga ma'lum standartlar asosida taqdim etuvchi tizimdir. Shundan kelib chiqqan halda bizlar milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalar nimaligini va uning qanday tasniflanishini bilishimiz kerak. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalar deganda iqtisodiy xojalik birliklarining hamkorlikda tovar va xizmatlar ishlab chiqarishi va ulardan foydalanishi, daromadlarni birgalikda taqsimlab, qayta taqsimlab, moliyaviy aktivlarni o'zlashtirib, bir-birlari bilan qarz majburiyatlarini olishi tushuniladi. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalar obyektlari bo'lib tovarlar, xizmatlar, pullar, moliyaviy hujjatlar va boshqalar tushuniladi. Iqtisodiy operatsiyalarda qatnashuvchi xo jalik birliklariga mustaqil faoliyat yurituvchilar va mustaqil ravishda xojalik qarorlarini qabul qiluvchilar kiradi. Bundan tushunishimiz mumkunki barcha iqtisodiy operatsiyalar bevosita xo'jalik birliklarining buxgalteriya hisoblarida amalga oshiriladi. Milliy hisoblar tizimida esa o'sha buxgalteriya hisoblarida qayt qilingan va statistika organlariga topshirilgan hisobotlardan foydalaniladi. Bundan ko'rinib turibdiki Milliy hisoblar tizimi va buxgalteriya hisoblari bir - biri bilan uzviy bog'liqdir. Milliy Hisoblar Tizimida buxgalteriya hisobining bazi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalami ikki yoqlama yozish prinsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi kop jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaaiv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan taminlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi malumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlami qabul qilish uchun foydalanilsa, Milliy Hisoblar Tizimida esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo'yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u malum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi. «Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilcha avval gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V.Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar oz aksini topgan. Milliy Hisoblar Tizimini rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qoshgan va u Milliy Hisoblar Tizimini o'zaro boglangan ko'rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, istemol, jamg'arish) va uning malumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korxonalar xomashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to'laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo'sh qolgan mablag'larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo'jalik yurituvchi subyektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug'urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaaiv organlari, uy xo'jaliklari, har xil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, aksiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan har xil operatsiyalami amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar o'zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iqtisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida awalo xo'jalik yurituvchi subyektlar haqidagi malumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma'lumotlarni tartibga solish lozim bo'ladi. Bunday tartibga solish Milliy Hisoblar Tizimi doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy korsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oxirgi foydalanish, investitsiyalar, jamgarish, ixtiyordagi daromad va ular orasidagi boglanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga keltirish natijasida olingan malumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishda qollaniladi: davlat boshqaruv organlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun; korxonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tadbirkorlar va biznesmenlar tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o'rganish uchun; xalqaro tashkilotlar (BMT, XVF, Jahon banki, OESR) tomonidan xalqaro iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam ko'rsatish, kreditlar berish va h.k.). Xalqaro tashkilotlar faqat Milliy Hisoblar Tizimidagi muhim iqtisodiy ko'rsatkichlarni yig'ishi bilan emas, balki ular Milliy Hisoblar Tizimining nazariyasi va metodologiyasi bilan, xalqaro andozalarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadilar. Hozirgi vaqtda shunday andozalar sifatida BMTning statistik komissiyasi tomonidan 1993-yilda ishlab chiqarish andozalari qo'llanilmoqda. Milliy Hisoblar Tizimini oz funksiyasini to'liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini, yani YalM va milliy daromadni yaratish qayerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganin bilish nihoyatda muhim hisoblanadi. MaIumki, bunday chegara ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida o'zgarib boradi. Bunday chegarani aniqlashda quyidagi iqtisodchi olimlarning: F.Kene, A.Smit, K.Marks, A. Marshall va boshqalarning ilmiy ishlari katta ta sir korsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qollanilgan xalq xo'jaligi balansida iqtisodiy faoliyat chegarasiga faqat moddiy nemat ishlab chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial xizmat korsatuvchi soha tarmoqlari (boshqaruv, mudofaa, sog'liqni saqlash, ta lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan sohaga kiritilgan. Bu sohada faqat milliy daromadni qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish jarayoni amalga oshiriladi deb qaralgan. Milliy Hisoblar Tizimida iqtisodiy ishlab chiqarish chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va xizmatlar unga kiritilgan: tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o zi uchun ishlab chiqarish ham (masalan, fermerlar tom onidan ozi uchun ishlab chiqargan qishloq xo'jaligi mahsulotlari); sotish uchun ko'rsatilgan xizmatlar; moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investitsiya fondlari, sug'urta kompaniyalari va h.k.); davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko'rsatilgan nobozor xizmatlar (boshqaruv sohasidagi jam oa xizmatlari, mudofaa, sog'liqni saqlash, talim sohasidagi yakka holdagi xizmatlar va h.k.); yollanma xizmati (oshpaz, bog'bon, haydovchi)lar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar uy-joy egalari tomonidan o'zlariga ko'rsatilgan xizmatlar. Milliy Hisoblar Tizimining yana bir muhim yo'nalishi «daromad» ko'rsatkichini hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta limotiga ko'ra «daromad» bu o'zining to'plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o'ziga hech qanday moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda istemol tovarlari va xizmatlarini sotib olishi mumkin bo'lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi. Milliy Hisoblar Tizimining yana bir yo'nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Awalgi davrda qiymatni faqat tirik m ehnat yaratadi deb qaralgan bo'lsa, Milliy Hisoblar Tizimini talimotiga asosan yer va kapital ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi. 1993-yilda qabul qilingan Milliy Hisoblar Tizimining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, unda xojalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar bo'yicha guruhlarga ajratilgan: 1. nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar; 2. moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar; 3. davlatni boshqarish; 4. uy xo'jaligi; 5. uy xo'jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlar. Har bir xo'jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan funksiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan, nomoliyaviy korporatsiyalaming funksiyalari tovarlar ishlab chiqarish va nomoliyaviy xizmatlar ko'rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bozorda ishlab chiqarish xarajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta minlovchi baholarda sotadilar; moliyaviy korporatsiyalarning funksiyasi bo'sh qolgan moliyaviy mablag'lami bir joyda to'plab, ularni investorlarga malum shartlar asosida beradilar. Shunday qilib, moliyaviy korporatsiyalar resurslami saqlovchilar va investitsiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o'ynaydilar. Davlatni boshqarish muassasalarining funksiyasi milliy boylik va milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul xizmat ko'rsatish (boshqarish, mudofaa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.). Uy xo'jaligiga kiritilgan birliklar o'z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va xizmatlarni sotib oladilar. Bundan tashqari, uy xo'jaliklari kichik nokorporativ korxonalarni (fermerlar, oilaviy restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korxonalar bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana oz ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korxonalar faoliyatining moliyaviy natijasi bo'lib, aralash daromad hisoblanadi va u ham foyda elementlarini, ham ish haqqini oz ichiga oladi. Nokorporativ korxonalarning uy xo'jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va xarajatlarini o'z egalarining daromad va xarajatlardan ajratish qiyin bo'lgan. Uy xo'jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy tashkilotlar) funksiyalari shu tashkilotlar azolariga bepul xizmat ko'rsatishdan iborat. Shunday qilib, Milliy Hisoblar Tizimida behisob miqdordagi xo'jalik yurituvchi subyektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga sektorlarga birlashtirilgan. Milliy Hisoblar Tizimida har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig'indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: -ishlab chiqarish, - daromadlarni hosil bo'lishi, -darom adlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, -ularni saqlash va jam g'arish, -moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi. Iqtisodiy operatsiyalar institutsion birliklar ortasidagi erkin har qanday iqtisodiy manoga (tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, foydalanish, taqsimlash, qayta taqsimlash, moliyaviy aktivlarni ozlashtirish, majburiyat olish) ega bolgan munosabatlar. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalar quyidagicha tasniflanadi. I.1- sxema Operatsiyalar tasnifi Ushbu sxemada asosiy iqtisodiy operatsiyalar tasnifi korishimiz mumkun. Xuddu korxonaning bxgalteriya hisobida iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun Tovar va xizmatlar bahosi kerak bolganidek, Milliy Hisoblar Tizimida ham iqtisodiy operatsiyalar qayd qilish uchun baho asosiy omil hisoblanadi. Shu sabablari ham bizlar iqtisodiy operatsiyalar mazmunini tushnishimiz uch avvalo bahoning nima ekanligini bilishimiz kerak. Baho bozordagi talab va taklifni muvozanatga keltirishdagi ahamiyati bilan xarakterlanadi. Bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan baho tushunchasi uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuniga nisbatan ancha farq qiladi. Birinchisida baho sirtdan, almashish jarayonidagi orni va funksiyasi nuqtai nazaridan qaraladi. Ikkinchisida esa, soz bahoning ichki mazmuni haqida boradi, takror ishlab chiqarish jarayoni nuqtai nazaridan, iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmunidan kelib chiqadi. Bahoning iqtisodiy kategoriya nuqtai nazaridan mazmuni shundan iboratki, u tovarning ishlab chiqarish qiymatini pulda ifodalaydi, yani tovarni ishlab chiqarish uchun sarf boladigan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfini pul korinishida ifodalaydi. Shuning uchun ham tovar va xizmatlarning joriy bahosi ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati hajmini aniqlash imkoniyatini beradi. Milliy Hisoblar Tizimida baho huddi shu manoda, yani ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot va yaratilgan milliy daromad hamda ularning tarkibiy qismlarini pulda ifodalashning aniq va real quroli sifatida ishlatiladi. Milliy Hisoblar Tizimida bahoni belgilaydigan turli omillar va baho turlari mavjud. Baho shakllanishiga tasir qiluvchi omillar jumlasiga ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari turli xil soliqlar va ishlab chiqarilgan mahsulotning joyi va vaqtini, bozordagi talab konyunkturasini, tovarni ishlab chiqaruvchidan istemolchigacha bolgan oraliqdagi boginlarni, saqlash va reklama xarajatlarini, tashish va sotishda korsatilgan turli xizmatlarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari zikr qilingan omillarni baho shakllanishida hisobga olish narx qaysi bosqichda va sharoitda aniqlanayotganiga, narxga qanday funktsional mano berilayotganligiga bogliqdir. Bahoning shakllanishida ishlab chiqarishdagi xarajatlar va mablaglar, hamda soliqlar va subsidiyalar asosiy rol oynaydi. Oz navbatida ular ikki guruhga bolinadi; 1) mahsulotga tolanadigan soliqlar; 2) ishlab chiqarishga tolanadigan soliqlar. Mahsulotga tolanadigan soliqlar mahsulot ishlab chiqarilganda, sotilganda yoki chetga chiqarilganda olinadi. Bularga qoshilgan qiymat soligi, aksiz yigimlari, import soliqlari kiradi. Ikkinchi xil tolovlarga esa, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganligi uchun albatta tolanishi kerak bolgan tolovlar kiradi. Ular kopincha ishlab chiqarishning birlamchi omili bolib, sarflanganligi yoki turlicha xojalik faoliyati yoki bitimlariga bogliqligi bilan izohlanadi. Bularga mehnat haqi uchun tolovlar, yer soligi, ishlab chiqarish fondlari soligi, malum iqtisodiy va kasbiy faoliyat uchun litsenziya olish, transport vositalarini ishlatganlik uchun tolanadigan soliqlar, moliyaviy va moddiy aktivlar bilan operatsiyalar uchun soliq, atrof muhitga keltirilgan zararni qoplash uchun tolanadigan soliq, xalqaro operatsiyalar otkazishga tolanadigan soliqlar (masalan, xorijiy valyutalar oldi-sotdisi, chet elga borish operatsiyalari va hokazolar). Milliy hisoblar tizimida bahoning quyidagi turlari va tarkibi mavjud ( I.2- rasm ). I.2-rasm. Baho turlari. Milliy hisoblar tizimidagi iqtisodiy operatsiyalarnng qiymatlari va mazmunini bilish uchun bahoning har bir turning mazmunini va mahiyatini bilishimiz kerak. Baho turlaridan birinchisi bu omillar bahosidir: Omillar bahosi - ishlab chiqarishda sarflangan tovar va xizmatlar qiymati yoki ishlab chiqarish omillar uning xizmat bahosida (bu baho TOB tuzishda ishlatiladi). Ikkinchi turi esa bu Asosiy bahodir: Asosiy baho - bu baho, ishlab chiqaruvchini bir birlik mahsulot bahosini ifodalaydi. Bunda mahsulot uchun soliq hisobga olinmaydi, lekin mahsulotga berilgan subsidiya qoshib hisoblanadi (bu bahodan tarmoq va sektorning YaQQni hisoblashda foydalaniladi). Uchunchi turi esa ishlab chiqaruvchi bozor bahosi: Ishlab chiqaruvchini bozor bahosi - bu baho, ishlab chiqaruvchini bir birlik mahsulot bahosi bolib, mahsulot uchun sof soliqlar qoshilgan boladi. (QQS va import soligi ayrilgan holda). Tortinchi turi esa bu xaridorni bozor bahosi - bu baho, xaridorni bir birlik mahsulot uchun tolangan baho bolib, mahsulotning QQS va import ustamasi qoshib hisobga olinadi. MHTda baholarning shakllanishi hamda ularning tarkibiy qismi va baholarning ozaro boglanishi I.3-jadvalda tasvirlangan
Zahiradagi tayyor mahsulot, xom ashyo va asosiy kapitalning istemol qiymatlari ortacha joriy bahoda olinadi. YaIM yuqoridagi barcha baho turlarida ifodalanadi. Agarda YaIM omillar bahosida bolsa, uning tarkibiga mehnat haqi, oraliq istemol va yalpi foyda qiymatlari kiritiladi. Omillar bahosiga ishlab chiqarish sof soligi va mahsulot soligi qoshilsa, YaIM asosiy yoki ishlab chiqaruvchi bahosida boladi. YaIMni bozor bahosida ifodalash uchun, ishlab chiqaruvchi bahosiga savdo ustamasi va transport xarajati qoshiladi. Yalpi qoshilgan qiymat har xil baholarda ifodalanishini va ularni bir bahodan ikkinchi bahoga otishni korib chiqamiz: Mehnat haqi + oraliq istemol xarajati + yalpi foyda = YaQQ omillar bahosida + ishlab chiqarish soligi ishlab chiqarishga berilgan subsidiya = YaQQ asosiy bahoda + mahsulot soligi (QQS va import soligidan tashqari) mahsulotga berilgan subsidiya = YaQQ ishlab chiqaruvchi bahoda ifodalangan boladi. Eksport va import tovarlar «Fob» va «Sif» usulida baholanadi va «Fob bahosi», «Sif bahosi» deb yuritiladi. «Fob» bahosi deyilganida tovarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning bahosiga tovar eksport qiluvchining davlat chegarasini kesib otgan vaqtida tashish, sugurta qilish, saqlash va hokazo xizmatlarga boladigan xarajatlarning yigindisi tushuniladi. «Sif» bahosi esa import qiluvchi tovarni oz davlatiga olib kirganda import boji va boshqa soliqlardan tashqari bergan tolovidir.
Download 70.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling