Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mundarija I. Kirish 3 II. Asosiy qism


Download 70.36 Kb.
bet5/7
Sana09.10.2023
Hajmi70.36 Kb.
#1696529
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mun-fayllar.org

II.3.2-jadval
Iqtisodiy operatsiyalarni aniqlash va ularni guruhlash Milliy Hisoblar Tizimida hisob birligini aniqlash jarayonidan iborat. Operatsiyalar – milliy hisoblar va iqtisodiy faoliyatni hisobiga oluvchi jarayondir. Iqtisodiy operatsiyalar amalga oshirilishiga qarab bir tomonlama (transfert) va ikki tomonlama (transaktsiya) bo‘ladi. Ikki tomonlama operatsiyalarga misol qilib deyarli barcha mahsulot yetkazish va xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini keltirish mumkin. Iqtisodiy operatsiyalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) tovar va xizmatlar bilan operatsiyalar;
b) taqsimlash operatsiyalari;
v) moliyaviy operatsiyalar.
Tovar va xizmatlar operatsiyasi tarmoq hamda sektorlarda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, ularni ayirboshlash, iste’mol qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Tovar va xizmatlar bilan bog’liq operatsiyalar to’la qonli ravishta yaratilgan mahsulotning tannarxidan boshlanadi. Mahsulot (ish, xizmat ko'rsatish) tannarxi ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tabiiy resurslar, xom-ashyo materiallar, yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari qiymatlari yig'indisidan va boshqa ularni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yig'indisidan tashkil topadi. Albatta ko’pgina iqtisodiy faoliyat yurutuvchi subyektlar soliqlardan qochish yoki tushunmaslik holatida mahsulot tannarxiga boshqa iqtisodiy operatsiyalarni ham kiritib yuborishadi. Aynan shu holat ro’y bermasli uchun O'zbekistonda «Mahsulot tannarxiga kiritiladigan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi ham da moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida»gi Nizom Vazirlar Mahkamasining 5.02.1999-yilda e ’lon qilingan № 64 qarori2 bilan tasdiqlangan. Bu nizom da foydani soliqqa tortish tartibi ham hisobga olingan va korxonalarning xarajat m oddalari quyidagicha:
I. Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari:
1.1 Ishlab chiqarishning material xarajatlari:
— mahsulotga qo'shiladigan xomashyo va materiallar;
— sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni normal o'tishi uchun, asosiy fondlar uchun ehtiyot qismlar, mahsulotni o'rash, joylash uchun materiallar va h.k.);
— komplektlaydigan m ahsulot va yarim tayyor mahsulotlar;
— ishlab chiqarish (xarakteridagi xizmatlar va ishlar);
— tabiiy xomashyo (suv, yog'och va h.k.);
— energiya va yoqilg'ining hamma turlari;
— materiallarning tabiiy kamayishi.
1.2 Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to'lovlar:
— bajarilgan ishlar uchun to'lovlar;
— qo'shimcha to'lovlar;
— ishlanmagan vaqtlar uchun to ‘lovlar.
1.3 Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar:
— ish haqi fondiga nisbatan foizda ajratish;
— nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug'urtaga va boshqa ixtiyoriy to‘lovlar. 1.4 Asosiy fondlar va nom aterial aktivlar amortizatsiyasi:
— asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.
1.5 Ishlab chiqarish xarakteridan boshqa xarajatlar:
— ishlab chiqarish jarayoniga ko'rsatilgan xizmatlar;
— ishlab chiqarishni xomashyo va materiallar bilan ta’minlash;
— asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;
— o‘t o‘chirishni ta’minlash va qorovullar;
— ishlab chiqarish asosiy fondlari ijara haqi.
II. Davr xarajatlari:
2.1 Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo'lgan xarajatlar:
— tovarlarni tashish xarajatlari;
— savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari. 2.2 Ma’muriy xarajatlar:
— boshqaruv xodim lari mehnat to‘lovlari;
— ularga sug'urta ajratmalari;
— xizmat avtomobillarini asrash;
— boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, qo‘riqlash, hisoblash markazi va h.k.;
— boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizatsiyasi;
— yuqori tashkilotlarni asrash (vazirlik, idora, assotsiatsiya, konsern va h.k.);
— xizmat safari xarajatlari;
2.3 Boshqa operatsion xarajatlar:
— kadrlar tayyorlash;
— qurilishdagi kamchiliklarni yo'qotish;
— maslahat berish va axborotlar xizmati tolovlari;
— auditorlar xizmati to‘lovlari va h.k.
III. Moliyaviy faoliyat xarajatlari:
— banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to'lovlar;
— uzoq muddatli ijara uchun to‘lovlar;
— valuta kursining o‘zgarishi sababli foyda va zararlar;
— korxonaning o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.
IV. Favqulodda zararlar.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yangicha sharoitda ma’muriy, tijorat, umum xo‘jalik va moliyaviy xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilmaydi.
Balki ular (har davrning o ‘zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi. Davr xarajatlari korxonalar faoliyatida yangi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq emas, balki ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu Nizom moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga ham taalluqli bo‘lib, u mahsulot tannarxini va soliqqa tortiladigan foyda summasini to‘g‘ri aniqlash imkoniyatini beradi. Yuqoridagi nizomdan kelib chiqqan holda, davlat statistika hisobi F№ 5-ye3 ma’lumot laridan foydalanib, «А» korxona xarajatlarining tarkibiy tuzilishini tahlil qilamiz.
Ushbu jadval ( II.3.3-jadval ) quyida keltirib o’tilgan.
Jadval ma’lumotlari asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin:
— korxona xarajatlarining taxminan 3/4 qismini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etgan;
— davr xarajatlari umumiy xarajatlar tarkibida 1/5 qismini tashkil etadi;
Bundan mahsulotlarni sotish xarajatlarini salmog‘i kamayib ma’muriy xarajatlar salmog‘i ortgan;
— korxonada moliyaviy faoliyatga e’tibor kuchaygani sababli, ularning umumiy xarajatdagi salmog'i biroz ortgan;
bunday holat korxonaning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
— ishlab chiqarish xarajatlarida ish haqqi fondi 40%dan ortiq salmoqqa ega va u 2005-yilda yana ham ortgan;
— moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq xarajatlar ham o‘sgan.
Bunda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari asosiy o'rinni egallaydi.
II.3.3-jadval
Umuman olganda, xarajatlarning 3/4 qismi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi, qolgan qismi esa mahsulot tannarxiga qo'shilmaydi, balki joriy davrning o'zida korxona foydasi hisobidan qoplab yuboriladi. Xarajatlar hajmi baho darajasiga, ishlab chiqarish rentabelligiga, kapital qo'yilmalar o 'rnini qoplashga va soliq solish hajmiga ta ’sir ko'rsatadi. Xarajatlarning hajmi, tarkibi, dinam ikasini o'rganish faqat tashkilotlar faoliyatining ichki tahlili uchun emas, balki Milliy Hisoblar Tizimi doirasida makroiqtisodiy hisob-kitob ishlarini amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Mahsulot tannarxining pasayishi YalM va milliy daromad hajmini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Taqsimlash operatsiyalari daromad va mulkni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayoniga taalluqlidir. Moliyaviy operatsiyalar iqtisodiyotning turli sektorlarida moliyaviy aktivlar, passivlar va fondlar o‘zgarishini tavsiflaydi. Transfertlar bir tomonlama operatsiya bo‘lib, unda bir institutsional birlik tovar, xizmatlar yoki aktivni boshqa institutsional birlikka berib, uning evaziga hech qanday ekvivalent (tovar, xizmat va aktiv) olmaydi. Har bir sektorni tahlil qilish Milliy Hisoblar Tizimida operatsiyalarni schyotlar ko‘rinishida tasvirlashni talab etadi. Schyotlar “resurs” va “foydalanish” qismlaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatkichlar schyotlarda ikki marta yoziladi. Bir marta-resurs qismida, ikkinchi marta foydalanish qismida.
Iqtisodiy operatsiya turlarining ikkinchisi va asosiysi daramodlar bilan bo’ladigan operatsiyalardir. Buni tepadagi keltirilgan ma’lumotlardan ham bilishimiz mumkun.
Daromad haqidagi tushunchaning nihoyatda og'ir xarakterga ega ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo'lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Xiks ham tan olgan. U o'zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko'p taniqi mualliflar bir-birini o'rgangan, shuningdek, o'zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har xil ta’rif berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo'lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo'lgan daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo'lmay, balki amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to'g'ri hal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo'shiladi. Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalaning yechish maqsadiga bog'liq bo’lib, daromad — xo'jalik yurituvchi subyektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko'rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o'z ichiga olmaydi. Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to'plangan. pul (muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag'larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin Milliy Hisoblar Tizimida u boshqacha ma’noga ega. Jamlash — ixtiyordagi daromadni bir qismi bo'lib, u oxirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan. Shunday qilib, Milliy Hisoblar Tizimi ta’rifiga mos ravishda jamlash — bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag'lari, depozitlar, qimmatli qog'ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o'sishini anglatadi.
BMTning 1993-yilda qabul qilingan yangi Milliy Hisoblar Tizimiga asosan daromadlarning ko'rsatkichlar tizimi Dj.Xiks ta ’limotiga asoslangan. Uning mohiyati quyidagicha: daromad — bu eng katta summa bo'lib, uni ma’lum davr davomida iste’moi uchun ishlatish mumkin, u holda davr oxiridagi va davr boshidagi kapital hajmi o'zgarmay qoladi. Boshqacha so'z bilan aytganda, daromad ko'rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin bo'lgan sum m ani, ya’ni hech qanday kambag'allashishga yo'l qo'ym agan holda ishlatishi mumkin bo'lgan summani ifodalaydi. o'z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Xiks nazariy tahlil uchun darom adlarni ikki xil kategoriyasini keltiradi.
Birinchi kategoriya — doimiy, avvaldan ko'rish mumkin bo'lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi — amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Xiks fikricha tahlil uchun ko'proq darajada xo'jalik yurituvchi subyektlarning xulqini tushuntirib beradi. Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko'rilmagan, favqulodda tushumlarni ayirish kerak, jumladan, inflatsiya natijasida aktivlar hajmini ortishi. Shunday qilib, Dj.Xiksning darom ad haqidagi fikridan quyidagi bir necha aniq xulosalarni qilish mumkin: Birinchidan, har qanday pul tushumi ham daromad emas. Albatta, ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini o'rnini to'ldirish uchun kelib tushgan pullar — daromad bo'lib hisoblanmaydi.
Ikkinchidan, jamlashni pul summalarini, bankdagi depozitlarni va boshqa moliyaviy aktivlami (aksiyalar, obligatsiyalar va h.k.) ortishiga tenglashtirib bo'lmaydi, chunki moliyaviy aktivlar formasini o'zgarishi natijasida yoki moliyaviy majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida emas) ham moliyaviy aktivlar hajmi ortishi mumkin. Masalan, qarz olish, aksiyalar va material aktivlar sotish natijasida ham pulning hajmi ortishi mumkin. Boshqa tomondan, saqlashdagi pullar hisobidan material aktivlar (yerni, kvartirani) sotib olish ham pul hajmini kamaytiradi. Uchinchidan, favqulodda sabablar bilan kapital hajmining ortishi, masalan, inflatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan (yaqin joyda temir yo‘l o‘tkazilishi tufayli) yoki yer qiymatining ortishi ham daromad bo‘lib hisoblanmaydi.
Yangi 1993-yilda qabul qilingan Milliy Hisoblar Tizimida Dj.Xiksning daromad haqidagi umumiy ta’limotiga yanada aniqliklar kiritildi va muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlar YalM , milliy daromad, ixtiyordagi daromad, jamlash va h.k.larni hisoblash uchun aniq ta’riflar va klassifikatsiyalar ishlab chiqildi. Agar tashqi iqtisodiy aloqalar omilini hisobga olinmasa, milliy daromad, iqtisodiyotning barcha sektorlarida yaratilgan qo'shim cha qiym atlar yig‘indisiga teng. Shunday ta’rifga asoslanib, inflatsiya natijasida yoki ishlab chiqarish bilan bogiiq bo‘lmagan boshqa favqulodda sabablar bilan aktivlar qiymatini o ‘zgarishi daromad hisoblanmaydi. Dj.Xiks ta’Iimotiga asosan asosiy kapital iste’molini hisoblash uchun tiklashdagi qiymatdan foydalanish lozim, buxgalteriya hisobida esa bosh birlamchi bahodan foydalaniladi. Tan olish kerakki, M HT asosida berilgan daromadning ta’rifl va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, buxgalteriya hisobi materiallari asosida M HT hisoblamalarini tuzish, uni tahlil qilish va ma’lumotlarni mohiyatini ochishda ancha qiyinchiliklarga uchraydi. Shuning uchun yangi Milliy Hisoblar Tizimini tanqid qiluvchilar tomonidan aytiladiki, bir tomondan Milliy Hisoblar Tizimidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o'rganish uchun foydalaniladi deyilsa, ikkinchi tomondan MHTning daromad tushunchasidan xo'jalik yurituvchi subyektlar foydalanolmaydilar. Yangi M H Tda Dj.Xiks ta’limotlari asosida daromadning yangi ko‘rsatkichlar tizimi qo'llaniladi va ular taqsimlash jarayonining har xil, lekin o‘zaro bog'liq jarayonlarini ifodalaydi. Bu tizim quyidagi ko'rsatkichlami o‘z ichiga oladi: — birlamchi daromadlar;
— pul formadagi joriy transfertlar;
— ixtiyordagi daromadlar;
— natural formadagi ijtimoiy transfertlar;
— ixtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad;
— milliy daromad;
— ixtiyordagi milliy daromad.
Birlamchi daromadlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo'shilgan qiymatni birlamchi taqsimlash natijasida tushadi: mehnat haqqi; foyda; aralash daromad, mulkdan olingan daromad; ishlab chiqarish va importga soliqlar; bular birlamchi taqsimlash natijasida davlatni boshqarish organlariga kelib tushgan daromadlarni anglatadi. Lekin mulkdan olingan daromad xo'jalik yurituvchi subyektlar tom onidan davlatni boshqarish organlariga to'langan (masalan, foydaga soliqlar, uy xo'jaliklari to'laydigan um um iy daromad solig'i va h.k.) to'lovlar birlamchi darom adlar deb qaralmaydi, balki joriy transfertlar yoki qayta taqsimlash xarakteridagi to'lovlar deb qaraladi. Shu mamlakat xo'jalik yurituvchi subyektlari (rezidentlari)ga birlam chi daromadlar shu mamlakatda va boshqa m amlakatlarda yaratilgan qo'shimcha qiymatdan kelib tushadi; ikkinchi tomondan shu mamlakatda yaratilgan qo'shimcha qiymatning bir qismi shu mamlakat YalM ni yaratishda qatnashgani uchun (asosan, ish haqqi va mulkdan olingan daromad sifatida) norezidentlarga to‘lanadi. Pul formadagi joriy transfertlar qayta taqsimlash to‘lovlari joriy xarakterdagi to‘lovlar bo‘lib, ular joriy va mulkdan olingan daromadlar, davlat budjetidan ijtimoiy ehtiyojlar uchun, sug‘urta mukofotlari va o‘rnini to'ldirish va h.k. sifatida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning har bir sektori uchun daromadlar va joriy transfertlar qoldig‘i summasi ixtiyordagi daromadni tashkil etadi va u oxirgi iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Aytish kerakki, oxirgi iste’molni aniqlash qator omillarga bog‘liq:
— iqtisodiy ishlab chiqarish sohasini aniqlashga. Masalan, uy bekalarining ovqat tayyorlash va idishlarni ozoda saqlash, uy-joyni ozoda saqlash va h.k. ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan bo‘lsa, bu xizmatlar qiymatini aholining oxirgi iste’moliga qo‘shib bo'lmaydi.
— aholiga ko‘rsatilgan u yoki bu xizmatlardan olgan nafini ijtimoiy baholash. Bu baholash vaqt o'tishi bilan tubdan o'zgarishi mumkin. Masalan, avvalgi asrda shaxtyorlarga ko‘rsatilgan yuvinish (dush) katta bir xizmat sifatida qaralib, uni natural formadagi daromad sifatida qaralgan. Hozirgi vaqtda esa bu narsa elementar mehnat sharoiti sifatida qaraladi, uni tadbirkor ta’minlashi lozim. Shuning uchun dushlarni saqlash uy xo‘jaliklarini oxirgi iste’moli sifatida emas, balki korxonalaming oraliq iste’moli sifatida qaraladi. Jamlash (ixtiyordagi daromadning ikkinchi muhim qismi) ixtiyordagi daromadning oxirgi iste’moldan qolgan qismini bildiradi. Shunday qilib, jamlash va pul massasining va depozitlarning ortishi, shuningdek, moliyaviy aktivlar ortishini bir-biridan farq qilishi lozim. Jamlash — bu moliyalashtirishning va investitsiyaning muhim manbai bo'lib hisoblanadi. Jamlashning ixtiyordagi daromadga nisbatni jamlash normasi deb ataladi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, jamlash normasi 5%—20% orasida tebranadi. Statistikaning muhim vazifalaridan biri jamlash normasiga ta’sir etuvchi omillarni o ‘rganishdan iborat: bank stavkasining foizi, iste’mol kreditini berish sharti, investitsiyalar daromadligi darajasi, ixtiyordagi daromad hajmi va h.k. Lekin qayta taqsimlash jarayoni faqat pul formada emas, balki ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‘rsat'ish sifatida ham amalga oshiriladi (ta’lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va h.k. bo‘yicha nobozor xizmatlar ko‘rsatish). Shu oqimlarni xarakterlash uchun yangi MHTda natural formadagi ijtimoiy transfertlarni ko‘rsatkichi nazarda tutilgan. Ixtiyordagi daromad va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar summasi sektorning tuzatish kiritilgan daromadini tashkil etadi va u jamlash va amaldagi oxirgi foydalanishlarga ajratiladi. Shunday qilib, M HTda oxirgi iste'mol tushunchasi ikki qismga ajratiladi: oxirgi iste’mol xarajatlari va amaldagi oxirgi iste’mol. Bunday guruhlash oxirgi iste’molni moliyalashtiruvchi birliklar va bu xarajatlardan naf ko‘ruvchi birliklar orasidagi muhim farqlardan keltirib chiqarilgan. Masalan, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi to‘xtovsiz xizmatlar uchun xarajatlarni davlat organlari amalga oshiradilar, ulardan ko‘riladigan nafni esa uy xo‘jaliklari ko'radilar. Uy xo‘jaliklarining amaldagi iste’moli ularning oxirgi iste’moli uchun qilgan xarajatlaridan natural formadagi ijtimoiy transfertlar, ya’ni davlat muassasalari va notijorat tashkilotlar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga farq qiladi. Ikkinchi tomondan, davlatni boshqarish organlarining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlari ularning ixtiyordagi darom adlaridan natural formada to'langan ijtimoiy transfertlari hajmichalik kam bo‘ladi. Yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning hajmini ikki xil usulda hisoblash mumkin: yalpi va sof usullarda yoki asosiy kapital iste’moli bilan qo‘shib yoki uni ayirib tashlagan holda. Milliy daromad shu mamlakat rezidentlari tomonidan u yoki bu davrda olingan bozor bahosida hisoblangan birlamchi daromadlar yig‘indisi sifatida yuzaga keladi.
Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlaming birlamchi daromadlari va jamg'armaning yig'indisidir. U ishlab chiqamvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning barcha daromadlari ko'rinishida bo‘ladi. YaMD miqdoran YalM ga yaqin turadi. Ammo «daromad» so‘zi bu ko‘rsatkichning ishlab chiqarish bosqichida qo‘shilgan qiymat ko‘rinishida emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi. Masalan, mamlakat bo‘yicha berilgan ma’lumotlar asosida yalpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromadni hisoblaymiz (mln. AQSH dollari):
1. Yalpi ichki mahsulot — 320
2. Rezidentlaming xorijdan olgan daromadlari:
a) mulkdan olingan daromad — 16;
b) m ehnat haqqi — 6 ;
d) ishlab chiqarishga soliqlar — 2 .
3. Ushbu mamlakat yalpi ichki mahsulotidan olinadigan norezidentlaming daromadlari:
a) mulkdan olingan daromadlar — 10;
b) m ehnat haqqi — 8;
d) ishlab chiqarishga soliqlar — 4.
4. Xorijiy mamlakatlar bilan bog‘liq bo‘gan joriy transfertlar qoldig‘i:
a) ijtimoiy yordam — 4;
b) sovg‘a-salomlar — 2.
Aytish lozimki, ba’zi hollarda ayrim adabiyotlarda YalM va YaMD ko'rsatkichlari aralashtirib yuboriladi. Ammo M HTning bu ikki markaziy ko'rsatkichlari bir-biridan ham sifat, ham miqdor tom onidan farq qiladi. Sifat jihatidan prinsipial farq shundan iboratki, YalM shu mamlakat rezidentlarining ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimini hisoblaydi, milliy daromad esa shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi. Miqdor tomonidan milliy daromad YalM dan xorijdan olingan birlamchi darom adlar qoldig'iga farq qiladi. Birlamchi daromadlarga mehnat haqqi, mulkdan olingan daromad, foizlar, dividendlar, bevosita xorij investitsiyalaridan olingan daromadlarni reinvestitsiya qilishlar kiradi. Qoida bo'yicha, rivojlangan m am lakatlarda yalpi milliy daromad hajmi, yalpi ichki mahsulot hajmidan katta bo'ladi, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda esa, aksincha, YalM milliy daromaddan katta bo'ladi. Aytish mumkinki, hozirgi vaqtda O'zbekiston milliy darom adi hajmi M DH mamlakatlaridagi kabi YalM hajmidan kichik bo'ladi. Agar milliy darom adga xorijdan olingan joriy transfertlar qoldig'i qo'shilsa, M HTning yana bir m uhim ko'rsatkichi — ixtiyordagi milliy daromad ko'rsatkichini olish mumkin. U ham yalpi va sof asoslarda hisoblanishi mumkin. Ixtiyordagi milliy daromad ikki qismga: milliy oxirgi iste’mol va milliy jamlashga bo'linadi.
Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining, tadbirkorlarning, korxonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi. Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o'zi yaratilgan sohalar: mahsulot ishlab chrqaruvchi va xizmat k o ‘rsatuvchi soha xodimlari va korxonalari o'rtasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi bolib hisoblanadi va uning hajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad hajmiga teng bo‘Iadi.
Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:
1) Mehnatkashlarning birlamchi daromadlari:
a) ishlab chiqarishdagi ish haqqi fondi va boshqa fondlardan to‘langan to’lovlar;
b) tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;
d) mulkdan olingan darom adlar (renta, foizlar, dividendlar va h.k.).
2) Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari: a) korxonalarning birlamchi daromadlari;
b) fermer va dehqon xo‘jaliklarining birlamchi daromadlari;
d) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari
Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning xodimlari nafaqaxo'rlar, talabalar, o ‘quvchilar hech qanday daromadga ega bolmaydilar. Shuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo’ladi.
Milliy daromadni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakatda korxonalarning tashkilotlar va aholining oxirgi daromadlari tashkil topadi.
Milliy Hisoblar Tizimidagi iqtisodiy operatsiyalarning oxirgi turi bu moliyaviy instumentlar bilan operatsiyalardir. Moliyaviy instumentlar bilan bo’ladigan operatsiyalarning asosini to’lov balansi tashkil etadi. Iqtisodiyot sektorlari rivojini, mamlakatdagi iqtisodiy holatni va milliy iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan o’zaro aloqalari asosiy yo'nalishlari va natijalarini baholash uchun milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda toMov balansi tuziladi. To‘lov balansi (ТВ) — shu mamlakat rezidentlari yoki milliy iqtisodiyot subyektlarining boshqa mamlakatlar rezidentlari bilan o‘zaro munosabatlarini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan iborat. Bu makroiqtisodiy tahlilning muhim quroli bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davrda bironta davlat o‘z qobig'ida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmasdan rivojlana olmaydi. Mamlakatning rivojlanish darajasi, uning dunyoda tutgan o‘rni, boshqa m amlakatlar bilan o'rnatgan aloqalari, eksport hajmi va tarkibi, tashqi savdo qoldig'i, oltin valuta rezervlari hajmi hamda dinamikasi va h.k. kabi param etrlar bilan baholanadi. ТВ ko'rsatkichlari mustaqil analitik aham iyatga ega bo 'lib , «qolgan dunyo* hisoblam asi ko'rsatkichlari bilan chegaralanmaydi. ТВ asosida xorij investitsiyalari qay usulda jalb etilganini, mamlakatning tashqi qarzlari qanday o ‘zgarishini, ularning foizlarini, Markaziy bankning xalqaro rezervlari qanday o ‘zgarishini aniqlash m um kin. ТВ ko‘rsatkichlaridan ichki valuta bozori va valuta kursini tartibga keltirishda, davlatning fiskal va monetar siyosatini ishlab chiqarishda foydalaniladi. ТВ buxgalteriya hisobi prinsipida — ikki yoqlam a yozish asosida am alga oshiriladi. Har operatsiya ikki m arta qayd etiladi: bir hisobning kreditida, ikkinchi hisobning debetida, chunki ko‘pchilik operatsiyalar iqtisodiy boyliklarni almashishga asoslanadi. M asalan, korxona o ‘z m ahsulotini eksport qiladi va evaziga valuta boyliklarini oladi: yoki xorij korxonasi shu m am lakat rezidenti firmasini rivoji uchun mablag‘ qo‘yadi va evaziga moliyaviy aktivlar (aksiyalar va h.k.) yoki mulk oladi. B arter bo‘yicha almashish mumkin, u holda eksporter — korxona evaziga ekvivalent tovar va xizmatlar oladi. Agar iqtisodiy boyliklar tekinga berilsa, u holda «transfertlar» moddasi kiritiladi.

Milliy hisoblar tizimidagi iqtisodiy operatsiyalarning eng oxirgisi va eng katta qismi bu birlamchi daramadlardir quyidagi ( II.3.1-rasm ) da tasvirlangan.




Download 70.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling