Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mundarija I. Kirish 3 II. Asosiy qism
Download 70.36 Kb.
|
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mun-fayllar.org
II.3.2-jadval
Iqtisodiy operatsiyalarni aniqlash va ularni guruhlash Milliy Hisoblar Tizimida hisob birligini aniqlash jarayonidan iborat. Operatsiyalar milliy hisoblar va iqtisodiy faoliyatni hisobiga oluvchi jarayondir. Iqtisodiy operatsiyalar amalga oshirilishiga qarab bir tomonlama (transfert) va ikki tomonlama (transaktsiya) boladi. Ikki tomonlama operatsiyalarga misol qilib deyarli barcha mahsulot yetkazish va xizmat korsatish operatsiyalarini keltirish mumkin. Iqtisodiy operatsiyalar quyidagi guruhlarga bolinadi: a) tovar va xizmatlar bilan operatsiyalar; b) taqsimlash operatsiyalari; v) moliyaviy operatsiyalar. Tovar va xizmatlar operatsiyasi tarmoq hamda sektorlarda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, ularni ayirboshlash, istemol qilish jarayonlarini oz ichiga oladi. Tovar va xizmatlar bilan bogliq operatsiyalar tola qonli ravishta yaratilgan mahsulotning tannarxidan boshlanadi. Mahsulot (ish, xizmat ko'rsatish) tannarxi ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tabiiy resurslar, xom-ashyo materiallar, yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari qiymatlari yig'indisidan va boshqa ularni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yig'indisidan tashkil topadi. Albatta kopgina iqtisodiy faoliyat yurutuvchi subyektlar soliqlardan qochish yoki tushunmaslik holatida mahsulot tannarxiga boshqa iqtisodiy operatsiyalarni ham kiritib yuborishadi. Aynan shu holat roy bermasli uchun O'zbekistonda «Mahsulot tannarxiga kiritiladigan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha xarajatlar tarkibi ham da moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida»gi Nizom Vazirlar Mahkamasining 5.02.1999-yilda e ’lon qilingan № 64 qarori2 bilan tasdiqlangan. Bu nizom da foydani soliqqa tortish tartibi ham hisobga olingan va korxonalarning xarajat m oddalari quyidagicha: I. Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari: 1.1 Ishlab chiqarishning material xarajatlari: mahsulotga qo'shiladigan xomashyo va materiallar; sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni normal o'tishi uchun, asosiy fondlar uchun ehtiyot qismlar, mahsulotni o'rash, joylash uchun materiallar va h.k.); komplektlaydigan m ahsulot va yarim tayyor mahsulotlar; ishlab chiqarish (xarakteridagi xizmatlar va ishlar); tabiiy xomashyo (suv, yog'och va h.k.); energiya va yoqilg'ining hamma turlari; materiallarning tabiiy kamayishi. 1.2 Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to'lovlar: bajarilgan ishlar uchun to'lovlar; qo'shimcha to'lovlar; ishlanmagan vaqtlar uchun to lovlar. 1.3 Ijtimoiy sugurtaga ajratmalar: ish haqi fondiga nisbatan foizda ajratish; nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug'urtaga va boshqa ixtiyoriy tolovlar. 1.4 Asosiy fondlar va nom aterial aktivlar amortizatsiyasi: asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma. 1.5 Ishlab chiqarish xarakteridan boshqa xarajatlar: ishlab chiqarish jarayoniga ko'rsatilgan xizmatlar; ishlab chiqarishni xomashyo va materiallar bilan taminlash; asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari; ot ochirishni taminlash va qorovullar; ishlab chiqarish asosiy fondlari ijara haqi. II. Davr xarajatlari: 2.1 Mahsulotni sotish bilan bogliq bo'lgan xarajatlar: tovarlarni tashish xarajatlari; savdo korxonalari va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala xarajatlari. 2.2 Mamuriy xarajatlar: boshqaruv xodim lari mehnat tolovlari; ularga sug'urta ajratmalari; xizmat avtomobillarini asrash; boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, qoriqlash, hisoblash markazi va h.k.; boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizatsiyasi; yuqori tashkilotlarni asrash (vazirlik, idora, assotsiatsiya, konsern va h.k.); xizmat safari xarajatlari; 2.3 Boshqa operatsion xarajatlar: kadrlar tayyorlash; qurilishdagi kamchiliklarni yo'qotish; maslahat berish va axborotlar xizmati tolovlari; auditorlar xizmati tolovlari va h.k. III. Moliyaviy faoliyat xarajatlari: banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to'lovlar; uzoq muddatli ijara uchun tolovlar; valuta kursining ozgarishi sababli foyda va zararlar; korxonaning oz qimmatbaho qogozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari. IV. Favqulodda zararlar. Yuqoridagilardan korinib turibdiki, yangicha sharoitda mamuriy, tijorat, umum xojalik va moliyaviy xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Balki ular (har davrning o zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi. Davr xarajatlari korxonalar faoliyatida yangi korsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq emas, balki ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish bilan bog'liq xarajatlarni oz ichiga oladi. Bu Nizom moddiy nemat ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga ham taalluqli bo‘lib, u mahsulot tannarxini va soliqqa tortiladigan foyda summasini to‘g‘ri aniqlash imkoniyatini beradi. Yuqoridagi nizomdan kelib chiqqan holda, davlat statistika hisobi F№ 5-ye3 ma’lumot laridan foydalanib, «А» korxona xarajatlarining tarkibiy tuzilishini tahlil qilamiz. Ushbu jadval ( II.3.3-jadval ) quyida keltirib o’tilgan. Jadval ma’lumotlari asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin: — korxona xarajatlarining taxminan 3/4 qismini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etgan; davr xarajatlari umumiy xarajatlar tarkibida 1/5 qismini tashkil etadi; Bundan mahsulotlarni sotish xarajatlarini salmogi kamayib mamuriy xarajatlar salmogi ortgan; korxonada moliyaviy faoliyatga etibor kuchaygani sababli, ularning umumiy xarajatdagi salmog'i biroz ortgan; bunday holat korxonaning moliyaviy holatiga ijobiy tasir korsatadi; ishlab chiqarish xarajatlarida ish haqqi fondi 40%dan ortiq salmoqqa ega va u 2005-yilda yana ham ortgan; moliyaviy faoliyat bilan bogliq xarajatlar ham osgan. Bunda qimmatli qogozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari asosiy o'rinni egallaydi. II.3.3-jadval Umuman olganda, xarajatlarning 3/4 qismi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi, qolgan qismi esa mahsulot tannarxiga qo'shilmaydi, balki joriy davrning o'zida korxona foydasi hisobidan qoplab yuboriladi. Xarajatlar hajmi baho darajasiga, ishlab chiqarish rentabelligiga, kapital qo'yilmalar o 'rnini qoplashga va soliq solish hajmiga ta sir ko'rsatadi. Xarajatlarning hajmi, tarkibi, dinam ikasini o'rganish faqat tashkilotlar faoliyatining ichki tahlili uchun emas, balki Milliy Hisoblar Tizimi doirasida makroiqtisodiy hisob-kitob ishlarini amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Mahsulot tannarxining pasayishi YalM va milliy daromad hajmini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Taqsimlash operatsiyalari daromad va mulkni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayoniga taalluqlidir. Moliyaviy operatsiyalar iqtisodiyotning turli sektorlarida moliyaviy aktivlar, passivlar va fondlar ozgarishini tavsiflaydi. Transfertlar bir tomonlama operatsiya bolib, unda bir institutsional birlik tovar, xizmatlar yoki aktivni boshqa institutsional birlikka berib, uning evaziga hech qanday ekvivalent (tovar, xizmat va aktiv) olmaydi. Har bir sektorni tahlil qilish Milliy Hisoblar Tizimida operatsiyalarni schyotlar korinishida tasvirlashni talab etadi. Schyotlar resurs va foydalanish qismlaridan iborat bolib, korsatkichlar schyotlarda ikki marta yoziladi. Bir marta-resurs qismida, ikkinchi marta foydalanish qismida. Iqtisodiy operatsiya turlarining ikkinchisi va asosiysi daramodlar bilan boladigan operatsiyalardir. Buni tepadagi keltirilgan malumotlardan ham bilishimiz mumkun. Daromad haqidagi tushunchaning nihoyatda og'ir xarakterga ega ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo'lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Xiks ham tan olgan. U o'zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko'p taniqi mualliflar bir-birini o'rgangan, shuningdek, o'zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har xil tarif berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo'lganligini etirof etgan va umuman malum bo'lgan daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo'lmay, balki amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to'g'ri hal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo'shiladi. Uning fikricha daromadning tarifi tahlil va amaliy masalaning yechish maqsadiga bog'liq bolib, daromad xo'jalik yurituvchi subyektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga tasir ko'rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o'z ichiga olmaydi. Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to'plangan. pul (muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag'larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin Milliy Hisoblar Tizimida u boshqacha manoga ega. Jamlash ixtiyordagi daromadni bir qismi bo'lib, u oxirgi istemol maqsadlari uchun sarflanmagan. Shunday qilib, Milliy Hisoblar Tizimi tarifiga mos ravishda jamlash bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag'lari, depozitlar, qimmatli qog'ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o'sishini anglatadi. BMTning 1993-yilda qabul qilingan yangi Milliy Hisoblar Tizimiga asosan daromadlarning ko'rsatkichlar tizimi Dj.Xiks ta limotiga asoslangan. Uning mohiyati quyidagicha: daromad bu eng katta summa bo'lib, uni malum davr davomida istemoi uchun ishlatish mumkin, u holda davr oxiridagi va davr boshidagi kapital hajmi o'zgarmay qoladi. Boshqacha so'z bilan aytganda, daromad ko'rsatkichlari insonlarni istemoli uchun ishlatishi mumkin bo'lgan sum m ani, yani hech qanday kambag'allashishga yo'l qo'ym agan holda ishlatishi mumkin bo'lgan summani ifodalaydi. o'z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Xiks nazariy tahlil uchun darom adlarni ikki xil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya doimiy, avvaldan ko'rish mumkin bo'lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Xiks fikricha tahlil uchun ko'proq darajada xo'jalik yurituvchi subyektlarning xulqini tushuntirib beradi. Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko'rilmagan, favqulodda tushumlarni ayirish kerak, jumladan, inflatsiya natijasida aktivlar hajmini ortishi. Shunday qilib, Dj.Xiksning darom ad haqidagi fikridan quyidagi bir necha aniq xulosalarni qilish mumkin: Birinchidan, har qanday pul tushumi ham daromad emas. Albatta, ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini o'rnini to'ldirish uchun kelib tushgan pullar daromad bo'lib hisoblanmaydi. Ikkinchidan, jamlashni pul summalarini, bankdagi depozitlarni va boshqa moliyaviy aktivlami (aksiyalar, obligatsiyalar va h.k.) ortishiga tenglashtirib bo'lmaydi, chunki moliyaviy aktivlar formasini o'zgarishi natijasida yoki moliyaviy majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida emas) ham moliyaviy aktivlar hajmi ortishi mumkin. Masalan, qarz olish, aksiyalar va material aktivlar sotish natijasida ham pulning hajmi ortishi mumkin. Boshqa tomondan, saqlashdagi pullar hisobidan material aktivlar (yerni, kvartirani) sotib olish ham pul hajmini kamaytiradi. Uchinchidan, favqulodda sabablar bilan kapital hajmining ortishi, masalan, inflatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan (yaqin joyda temir yol otkazilishi tufayli) yoki yer qiymatining ortishi ham daromad bolib hisoblanmaydi. Yangi 1993-yilda qabul qilingan Milliy Hisoblar Tizimida Dj.Xiksning daromad haqidagi umumiy talimotiga yanada aniqliklar kiritildi va muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlar YalM , milliy daromad, ixtiyordagi daromad, jamlash va h.k.larni hisoblash uchun aniq tariflar va klassifikatsiyalar ishlab chiqildi. Agar tashqi iqtisodiy aloqalar omilini hisobga olinmasa, milliy daromad, iqtisodiyotning barcha sektorlarida yaratilgan qo'shim cha qiym atlar yigindisiga teng. Shunday tarifga asoslanib, inflatsiya natijasida yoki ishlab chiqarish bilan bogiiq bolmagan boshqa favqulodda sabablar bilan aktivlar qiymatini o zgarishi daromad hisoblanmaydi. Dj.Xiks taIimotiga asosan asosiy kapital istemolini hisoblash uchun tiklashdagi qiymatdan foydalanish lozim, buxgalteriya hisobida esa bosh birlamchi bahodan foydalaniladi. Tan olish kerakki, M HT asosida berilgan daromadning tarifl va makroiqtisodiy korsatkichlarni hisoblash, buxgalteriya hisobi materiallari asosida M HT hisoblamalarini tuzish, uni tahlil qilish va malumotlarni mohiyatini ochishda ancha qiyinchiliklarga uchraydi. Shuning uchun yangi Milliy Hisoblar Tizimini tanqid qiluvchilar tomonidan aytiladiki, bir tomondan Milliy Hisoblar Tizimidan xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatini o'rganish uchun foydalaniladi deyilsa, ikkinchi tomondan MHTning daromad tushunchasidan xo'jalik yurituvchi subyektlar foydalanolmaydilar. Yangi M H Tda Dj.Xiks talimotlari asosida daromadning yangi korsatkichlar tizimi qo'llaniladi va ular taqsimlash jarayonining har xil, lekin ozaro bog'liq jarayonlarini ifodalaydi. Bu tizim quyidagi ko'rsatkichlami oz ichiga oladi: birlamchi daromadlar; pul formadagi joriy transfertlar; ixtiyordagi daromadlar; natural formadagi ijtimoiy transfertlar; ixtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad; milliy daromad; ixtiyordagi milliy daromad. Birlamchi daromadlar xojalik yurituvchi subyektlarga qo'shilgan qiymatni birlamchi taqsimlash natijasida tushadi: mehnat haqqi; foyda; aralash daromad, mulkdan olingan daromad; ishlab chiqarish va importga soliqlar; bular birlamchi taqsimlash natijasida davlatni boshqarish organlariga kelib tushgan daromadlarni anglatadi. Lekin mulkdan olingan daromad xo'jalik yurituvchi subyektlar tom onidan davlatni boshqarish organlariga to'langan (masalan, foydaga soliqlar, uy xo'jaliklari to'laydigan um um iy daromad solig'i va h.k.) to'lovlar birlamchi darom adlar deb qaralmaydi, balki joriy transfertlar yoki qayta taqsimlash xarakteridagi to'lovlar deb qaraladi. Shu mamlakat xo'jalik yurituvchi subyektlari (rezidentlari)ga birlam chi daromadlar shu mamlakatda va boshqa m amlakatlarda yaratilgan qo'shimcha qiymatdan kelib tushadi; ikkinchi tomondan shu mamlakatda yaratilgan qo'shimcha qiymatning bir qismi shu mamlakat YalM ni yaratishda qatnashgani uchun (asosan, ish haqqi va mulkdan olingan daromad sifatida) norezidentlarga tolanadi. Pul formadagi joriy transfertlar qayta taqsimlash tolovlari joriy xarakterdagi tolovlar bolib, ular joriy va mulkdan olingan daromadlar, davlat budjetidan ijtimoiy ehtiyojlar uchun, sugurta mukofotlari va ornini to'ldirish va h.k. sifatida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning har bir sektori uchun daromadlar va joriy transfertlar qoldigi summasi ixtiyordagi daromadni tashkil etadi va u oxirgi istemol va jamgarish uchun ishlatiladi. Aytish kerakki, oxirgi istemolni aniqlash qator omillarga bogliq: iqtisodiy ishlab chiqarish sohasini aniqlashga. Masalan, uy bekalarining ovqat tayyorlash va idishlarni ozoda saqlash, uy-joyni ozoda saqlash va h.k. ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan bolsa, bu xizmatlar qiymatini aholining oxirgi istemoliga qoshib bo'lmaydi. aholiga korsatilgan u yoki bu xizmatlardan olgan nafini ijtimoiy baholash. Bu baholash vaqt o'tishi bilan tubdan o'zgarishi mumkin. Masalan, avvalgi asrda shaxtyorlarga korsatilgan yuvinish (dush) katta bir xizmat sifatida qaralib, uni natural formadagi daromad sifatida qaralgan. Hozirgi vaqtda esa bu narsa elementar mehnat sharoiti sifatida qaraladi, uni tadbirkor taminlashi lozim. Shuning uchun dushlarni saqlash uy xojaliklarini oxirgi istemoli sifatida emas, balki korxonalaming oraliq istemoli sifatida qaraladi. Jamlash (ixtiyordagi daromadning ikkinchi muhim qismi) ixtiyordagi daromadning oxirgi istemoldan qolgan qismini bildiradi. Shunday qilib, jamlash va pul massasining va depozitlarning ortishi, shuningdek, moliyaviy aktivlar ortishini bir-biridan farq qilishi lozim. Jamlash bu moliyalashtirishning va investitsiyaning muhim manbai bo'lib hisoblanadi. Jamlashning ixtiyordagi daromadga nisbatni jamlash normasi deb ataladi. Amaliyot shuni korsatmoqdaki, jamlash normasi 5%20% orasida tebranadi. Statistikaning muhim vazifalaridan biri jamlash normasiga tasir etuvchi omillarni o rganishdan iborat: bank stavkasining foizi, istemol kreditini berish sharti, investitsiyalar daromadligi darajasi, ixtiyordagi daromad hajmi va h.k. Lekin qayta taqsimlash jarayoni faqat pul formada emas, balki ijtimoiy-madaniy xizmatlar korsat'ish sifatida ham amalga oshiriladi (talim, sog'liqni saqlash, madaniyat va h.k. boyicha nobozor xizmatlar korsatish). Shu oqimlarni xarakterlash uchun yangi MHTda natural formadagi ijtimoiy transfertlarni korsatkichi nazarda tutilgan. Ixtiyordagi daromad va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar summasi sektorning tuzatish kiritilgan daromadini tashkil etadi va u jamlash va amaldagi oxirgi foydalanishlarga ajratiladi. Shunday qilib, M HTda oxirgi iste'mol tushunchasi ikki qismga ajratiladi: oxirgi istemol xarajatlari va amaldagi oxirgi istemol. Bunday guruhlash oxirgi istemolni moliyalashtiruvchi birliklar va bu xarajatlardan naf koruvchi birliklar orasidagi muhim farqlardan keltirib chiqarilgan. Masalan, ijtimoiy-madaniy xarakterdagi toxtovsiz xizmatlar uchun xarajatlarni davlat organlari amalga oshiradilar, ulardan koriladigan nafni esa uy xojaliklari ko'radilar. Uy xojaliklarining amaldagi istemoli ularning oxirgi istemoli uchun qilgan xarajatlaridan natural formadagi ijtimoiy transfertlar, yani davlat muassasalari va notijorat tashkilotlar tomonidan aholiga korsatilgan xizmatlar hajmiga farq qiladi. Ikkinchi tomondan, davlatni boshqarish organlarining tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlari ularning ixtiyordagi darom adlaridan natural formada to'langan ijtimoiy transfertlari hajmichalik kam boladi. Yalpi milliy daromad korsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy korsatkichlaridan biri bolib hisoblanadi. Uning hajmini ikki xil usulda hisoblash mumkin: yalpi va sof usullarda yoki asosiy kapital istemoli bilan qoshib yoki uni ayirib tashlagan holda. Milliy daromad shu mamlakat rezidentlari tomonidan u yoki bu davrda olingan bozor bahosida hisoblangan birlamchi daromadlar yigindisi sifatida yuzaga keladi. Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlaming birlamchi daromadlari va jamg'armaning yig'indisidir. U ishlab chiqamvchi va xizmat korsatuvchilarning barcha daromadlari ko'rinishida boladi. YaMD miqdoran YalM ga yaqin turadi. Ammo «daromad» sozi bu korsatkichning ishlab chiqarish bosqichida qoshilgan qiymat korinishida emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi. Masalan, mamlakat boyicha berilgan malumotlar asosida yalpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromadni hisoblaymiz (mln. AQSH dollari): 1. Yalpi ichki mahsulot 320 2. Rezidentlaming xorijdan olgan daromadlari: a) mulkdan olingan daromad 16; b) m ehnat haqqi 6 ; d) ishlab chiqarishga soliqlar 2 . 3. Ushbu mamlakat yalpi ichki mahsulotidan olinadigan norezidentlaming daromadlari: a) mulkdan olingan daromadlar 10; b) m ehnat haqqi 8; d) ishlab chiqarishga soliqlar 4. 4. Xorijiy mamlakatlar bilan bogliq bogan joriy transfertlar qoldigi: a) ijtimoiy yordam 4; b) sovga-salomlar 2. Aytish lozimki, bazi hollarda ayrim adabiyotlarda YalM va YaMD ko'rsatkichlari aralashtirib yuboriladi. Ammo M HTning bu ikki markaziy ko'rsatkichlari bir-biridan ham sifat, ham miqdor tom onidan farq qiladi. Sifat jihatidan prinsipial farq shundan iboratki, YalM shu mamlakat rezidentlarining malum davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimini hisoblaydi, milliy daromad esa shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi. Miqdor tomonidan milliy daromad YalM dan xorijdan olingan birlamchi darom adlar qoldig'iga farq qiladi. Birlamchi daromadlarga mehnat haqqi, mulkdan olingan daromad, foizlar, dividendlar, bevosita xorij investitsiyalaridan olingan daromadlarni reinvestitsiya qilishlar kiradi. Qoida bo'yicha, rivojlangan m am lakatlarda yalpi milliy daromad hajmi, yalpi ichki mahsulot hajmidan katta bo'ladi, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda esa, aksincha, YalM milliy daromaddan katta bo'ladi. Aytish mumkinki, hozirgi vaqtda O'zbekiston milliy darom adi hajmi M DH mamlakatlaridagi kabi YalM hajmidan kichik bo'ladi. Agar milliy darom adga xorijdan olingan joriy transfertlar qoldig'i qo'shilsa, M HTning yana bir m uhim ko'rsatkichi ixtiyordagi milliy daromad ko'rsatkichini olish mumkin. U ham yalpi va sof asoslarda hisoblanishi mumkin. Ixtiyordagi milliy daromad ikki qismga: milliy oxirgi istemol va milliy jamlashga bo'linadi. Malum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat azolarining, tadbirkorlarning, korxonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi. Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o'zi yaratilgan sohalar: mahsulot ishlab chrqaruvchi va xizmat k o rsatuvchi soha xodimlari va korxonalari o'rtasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi bolib hisoblanadi va uning hajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad hajmiga teng boIadi. Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi: 1) Mehnatkashlarning birlamchi daromadlari: a) ishlab chiqarishdagi ish haqqi fondi va boshqa fondlardan tolangan to’lovlar; b) tadbirkorlarning oz faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari; d) mulkdan olingan darom adlar (renta, foizlar, dividendlar va h.k.). 2) Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari: a) korxonalarning birlamchi daromadlari; b) fermer va dehqon xojaliklarining birlamchi daromadlari; d) xizmat korsatuvchi korxonalarning birlamchi daromadlari Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning xodimlari nafaqaxo'rlar, talabalar, o quvchilar hech qanday daromadga ega bolmaydilar. Shuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo’ladi. Milliy daromadni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakatda korxonalarning tashkilotlar va aholining oxirgi daromadlari tashkil topadi. Milliy Hisoblar Tizimidagi iqtisodiy operatsiyalarning oxirgi turi bu moliyaviy instumentlar bilan operatsiyalardir. Moliyaviy instumentlar bilan boladigan operatsiyalarning asosini tolov balansi tashkil etadi. Iqtisodiyot sektorlari rivojini, mamlakatdagi iqtisodiy holatni va milliy iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan ozaro aloqalari asosiy yo'nalishlari va natijalarini baholash uchun milliy hisoblar tizimi korsatkichlari bilan bir qatorda toMov balansi tuziladi. Tolov balansi (ТВ) — shu mamlakat rezidentlari yoki milliy iqtisodiyot subyektlarining boshqa mamlakatlar rezidentlari bilan o‘zaro munosabatlarini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan iborat. Bu makroiqtisodiy tahlilning muhim quroli bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davrda bironta davlat oz qobig'ida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmasdan rivojlana olmaydi. Mamlakatning rivojlanish darajasi, uning dunyoda tutgan orni, boshqa m amlakatlar bilan o'rnatgan aloqalari, eksport hajmi va tarkibi, tashqi savdo qoldig'i, oltin valuta rezervlari hajmi hamda dinamikasi va h.k. kabi param etrlar bilan baholanadi. ТВ ko'rsatkichlari mustaqil analitik aham iyatga ega bo 'lib , «qolgan dunyo* hisoblam asi ko'rsatkichlari bilan chegaralanmaydi. ТВ asosida xorij investitsiyalari qay usulda jalb etilganini, mamlakatning tashqi qarzlari qanday o ‘zgarishini, ularning foizlarini, Markaziy bankning xalqaro rezervlari qanday o ‘zgarishini aniqlash m um kin. ТВ ko‘rsatkichlaridan ichki valuta bozori va valuta kursini tartibga keltirishda, davlatning fiskal va monetar siyosatini ishlab chiqarishda foydalaniladi. ТВ buxgalteriya hisobi prinsipida ikki yoqlam a yozish asosida am alga oshiriladi. Har operatsiya ikki m arta qayd etiladi: bir hisobning kreditida, ikkinchi hisobning debetida, chunki kopchilik operatsiyalar iqtisodiy boyliklarni almashishga asoslanadi. M asalan, korxona o z m ahsulotini eksport qiladi va evaziga valuta boyliklarini oladi: yoki xorij korxonasi shu m am lakat rezidenti firmasini rivoji uchun mablag qoyadi va evaziga moliyaviy aktivlar (aksiyalar va h.k.) yoki mulk oladi. B arter boyicha almashish mumkin, u holda eksporter korxona evaziga ekvivalent tovar va xizmatlar oladi. Agar iqtisodiy boyliklar tekinga berilsa, u holda «transfertlar» moddasi kiritiladi. Milliy hisoblar tizimidagi iqtisodiy operatsiyalarning eng oxirgisi va eng katta qismi bu birlamchi daramadlardir quyidagi ( II.3.1-rasm ) da tasvirlangan. Download 70.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling