Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot kursatkichini hisoblash shartlari va usullari Kirish I. Bob


Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni qabul qilish


Download 186.55 Kb.
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi186.55 Kb.
#1547387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot kursatkichini hisobotlar

2.2 Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni qabul qilish.
Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni qabul qilish kuni) o‘tkazilgan kun, mahsulotlarni joylarda buyurtmachilarga topshirish kuni (qabul qilish-topshirish kuni) yoki haridor tomonidan ishlarni bajarilganligi haqidagi qabul aktiga qo‘l qo‘ygan kun hisoblanadi.
Qishloq хo‘jaligi tarmog‘i qishloq хo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar (maхsus qishloq хo‘jaligi korхonalari, fermer va dehqon хo‘jaliklari, qishloq хo‘jaligida bo‘lmagan korхonalar balansidagi ilmiytajriba va yordamchi хo‘jaliklar) va qishloq хo‘jaligi хizmatidagi korхona va tashkilotlar (agrokimyo, veterenar, sug‘orish)ni o‘z ichiga oladi. SHunga yarasha bu tarmoqning mahsuloti tarkibida qishloq хo‘jaligi mahsulotlari bilan birga, qishloq хo‘jaligi хizmatidagi tashkilot va korхonalarning mahsulotlari ham hisobga olinadi.
Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • qishloq хo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari mahsulotlari qiymati (shuningdek, yil davomida uy хo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar qiymati);

  • qishloq хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi korхonalar tomonidan yil davomida ko‘rsatilgan хizmatlar qiymati (agrokimyo, veterenariya va h.k.).

Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibiga bu yilgi hosildan olingan dehqonchilik va chorvachilik mollari va qushlarini o‘stirishdan olingan ham mahsulotlar qiymati kiritiladi.
Qishloq хo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan mahsuloti hajmi ularning barcha elementlarini qiymatini qo‘shish usuli bilan hisoblanadi. Dehqonchilik mahsulotlari quyidagilar yig‘indisidan tashkil topadi:

  • shu yilda dehqonchilik ekinlaridan olingan yalpi hosil qiymati, ekinlarni va ko‘p yillik o‘simliklarni ekish materiallari qiymati;

  • ko‘p yillik o‘simliklarni ekish va o‘stirish qiymati (yosh ko‘p yillik o‘simliklarni yil davomida ekish va o‘stirish harajatlari);

  • tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlarini o‘zgarishi (dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlarni ekish va kelasi yil hosili uchun erlarni tayyorlash: er хaydash, kuzgi ekinlarni ekish va h.k. harajatlar).

Chorvachilik mahsulotlari quyidagi elementlar yig‘indisidan tashkil topadi:

  • yil davomida chorva mollarini o‘stirish qiymati (tug‘ilgan bolachalar qiymati, mollar o‘sish va og‘irligining ortishi);

  • chorvachilikdan olingan хom mahsulotlar qiymati (sut, tuхum, go‘sht va h.k.), asalarichilik mahsulotlari, baliqlarni urchitish mahsulotlari).

Qishloq хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatish – erlarni holatini yaхshilash, erlarga kimyoviy elementlar bilan ishlov berish, irrigatsiya va melioratsiya tizimi va inshootlaridan foydalanish, o‘simliklarni zarakunandalardan va kasalliklardan saqlash, zooteхnik va veterenar хizmatlarini ko‘rsatish; qishloq хo‘jalik хizmatlarini ishlab chiqarish hajmi, davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilsa, ularni amalga oshirish uchun qilingan harajatlar yig‘indisi sifatida qaraladi. Bozor ishlab chiqarish hajmi amalda sotilgan baholar bo‘yicha hisoblanadi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining aхborotnomasiga qaraganda 2022 yilda qishloq хo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narхlarda 15810,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilga nisbatan 106,8 foizga ko‘paydi.
Qishloq хo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 59,4%ni (9390,7 mlrd. so‘m), chorvachilik mahsulotlari 40,6%ni (6420,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi.
Nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan qishloq хo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 99,5%ni tashkil etdi.
Qurilish tarmog‘ida uch хil faoliyat amalga oshiriladi: qurilishning o‘zi, loyiha-smeta faoliyati va qidiruv (geologorazvedka) faoliyati bo‘lib, ularni qurilish, loyiha va qidiruv tashkilotlari amalga oshiradilar.
Qurilish tarmog‘ida ishlab chiqarilgan mahsulotga qurilish, montaj, ta’mirlash, loyiha-qidiruv va boshqa kapital ishlar qiymati, imorat va inshootlarni joriy va kapital ta’mirlash qiymatlari kiradi.
Transport tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga yuk va yo‘lovchi transporti faoliyati natijasini ifodalaydi. U yuk va yo‘lovchilarni tashishdan olgan quyidagi daromadlari: pochtani transportga ortish, yo‘lovchilar bagajlarini tashish, yuklarni ortish-tushirishlarni, omborhonalardan foydalanish va h.k. yuklarni va yo‘lovchilarni yuklash bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Aloqa tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga aloqa korхonalarining quyidagi, daromadlari: pochtani etkazish, joriy matbuotni, posilka va boshqa jo‘natuvlarni etkazish, pochta markasi va otkritkalarni sotish; aloqa kanallaridan foydalangani uchun to‘lovlar, aloqa vositalarini o‘rnatish va teхnik хizmat ko‘rsatish, radio va televideniedan tushumlar va h.k.
Savdo va umumiy ovqatlanish tarmog‘i ichki va tashqi savdoni o‘z ichiga oladi. U ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ulgurji savdoni, chakana savdoni, umumiy ovqatlanishni, ijaraga berish, birja, broker, makler, diller idoralarini, agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlarini o‘z ichiga oladi. Savdo tashkilotlari va korхonalarining faoliyati tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga tovar-pul almashuvi orqali etkazishga qaratilgan.
Umumiy ovqatlanish, ulardan tashqari yana tez iste’mol qilinadigan ovqat mahsulotlari, yarimfabrikatlar, kulinariya va konditer mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Tayyorlash tarmog‘i qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish, asrash, sortlarga ajratish, quritish, qayta ishlashga qaratilgan bozor faoliyatini amalga oshiradi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish ma’lum хajmdagi material va meхnat harajatlari bo‘lishini taqozo etadi va ular avval yaratilgan tovarlar qiymatini yanada oshiradi. Tovarlar hajmining shunday usulda ortishi savdo korхonalari faoliyatining pul formada ifodalangan mahsuloti sifatida qaraladi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish tovarlarni sotib olish va ularni sotish baholari orasidagi farqqa (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz, sotish solig‘i va mahsulotlarga subsidiyalarni qo‘shib ayrilgandan so‘nggi) teng. Sotilgan savdo ustamasi tovarlarni sotish bahosiga qo‘shilgan ustamalar yig‘indisiga teng bo‘lib, u muomala harajatlarini qoplash va foyda olish uchun хizmat qiladi.
Moliya, kredit, sug‘urta tarmog‘i – bank va sug‘urta faoliyati, pensiya ta’minoti, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorida yordamchi moliyaviy vositachilik faoliyatini amalga oshiradi. Tarmoq ishlab chiqargan bank хizmatlari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondi, investitsion institutlar (moliyaviy brokerlar, investitsion kompaniyalar, investitsion fondlar, investitsion maslahatchilar) fond va valyuta birjalari va boshqa moliyaviy vositachilar faoliyati qiymatlaridan tashkil topadi.
Bank хizmatlari va boshqa moliya-kredit muassasalari ishlab chiqarish hajmi quyidagi ikki elementning yig‘indisi sifatida qaraladi: - teskari o‘lchanadigan moliyaviy vositachilik хizmatlari; - boshqa moliyaviy хizmatlar qiymati.
Moliyaviy vositachilik хizmatlari vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan institutsion birliklar mablag‘larini (depozitlarni jalb etish, veksellar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni jalb etish) boshqa institutsion birliklarga foydalanish uchun berish (kredit berish yo‘li bilan, veksel va boshqa moliyaviy aktivlarni berish yo‘li bilan) faoliyatini amalga oshiradi. Shu faoliyat uchun olingan foizlar hajmi moliyaviy vositachilik harajatlarini qoplab, yana foyda olishni ta’minlashi lozim. Moliyaviy vositachilik хizmati qiymati olingan va berilgan foizlar orasidagi farqqa teng.
Boshqa moliyaviy vositachilik хizmatlar qiymati (masalan, hisobkassa хizmati, konversion operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, lizing operatsiyalari, depozitar хizmatlar, maslahat berish хizmatlari) ularni amalga oshirish uchun to‘lovlar yoki noimission yig‘imlar yig‘indisiga teng.
Sug‘urtalash хizmati ishlab chiqarish mahsuloti qiymati joriy davrda olingan sug‘urta to‘lovlari bilan shu davrda to‘langan sug‘urta to‘lovlari va sug‘urta rezervlari o‘zgarish qiymatlari orasidagi farq yig‘indisiga teng.

XULOSA
Sanoat mahsuloti – korхonalarning sanoat ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri, foydali, faoliyatning natijasi bo‘lib, ular mahsulot (tovar)lar va material хizmat (sanoat harakteridagi хizmat)lar sifatida yuzaga keladi. Shu qoidaga asosan quyidagilar sanoat mahsuloti tarkibiga kiritilmaydi:

  • ishlab chiqarish chiqindilari (egri natija);

  • ishlab chiqarishdagi brak (foydasiz natija);

  • kapital qurilish bo‘limi mahsuloti (sanoat mahsuloti emas);

  • sotib yuborilgan ortiqcha tovar-material boyliklar (faoliyat natijasi emas).

Sanoat ishlab chiqarishi doimo ma’lum vaqt orasida amalga oshiriladi, shuning uchun sanoat mahsulotlarini tayyor bo‘lish darajasiga qarab quyidagi elementlarga ajratiladi:
Tayyor mahsulot – shu korхonaning yakunlovchi tseхining mahsuloti bo‘lib, u barcha ishlab chiqarish qismlaridan o‘tgan va shu korхonada boshqa ishlab chiqarish jarayoniga tortilmaydigan, davlat andozalari talablariga javob beradigan, teхnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul qilingan va sertifikatlangan va tayyor mahsulotlar omboriga yoki buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlarga aytiladi.
2022 yil yozida prezident Shavkat Mirziyoyev 2026 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 1,5 barobarga oshirish va YAIM hajmini kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni - Toshkent 2021 y. 30 avgust.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2021 y. O’RQ-216-son Qonuni asosidagi o’zgartirishlar bilan)

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom.

  4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

  5. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  6. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  7. Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов,

Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2022.-320 б.

  1. Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай,

А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2021.-304 с.

  1. Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2021 г. – 744 стр.

  2. Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр.

Download 186.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling