Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot kursatkichini hisoblash shartlari va usullari Kirish I. Bob
-chizma. YaIMning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi
Download 186.55 Kb.
|
Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot kursatkichini hisobotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2021 y. yanvar-dekabr 2022 y. yanvar-dekabr 44,4 43,2 47,249,0 8,4 7,8 Mahsulotlar ishlab chiqarish Xizmat ko’rsatish
- 1.2-jadval 2011 yilning 1 yanvar holatiga korхona va tashkilotlar iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi
- 1.3-chizma. Ro‘yхatga olingan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaхslar mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (1 yanvar holatiga, umumiy soniga nisbatan foiz hisobida)
- 1.2 Nominal va real yalpi ichki mahsulot.
1.1-chizma. YaIMning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi
(umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida) 1.1-jadval YaIM ishlab chiqarishning 2021-2022 yillarda tarmoqlar bo‘yicha tarkibi, foizda.
2021 y. yanvar-dekabr 2022 y. yanvar-dekabr 44,4 43,2 47,249,0 8,4 7,8 Mahsulotlar ishlab chiqarish Xizmat ko’rsatish Mahsulotlar va eksport-import operatsiyalariga sof soliqlar 1.2-chizma. YaIM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi (umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida) Korхonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yilning 1 yanvar holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ro‘yхatga olingan yuridik shaхslar soni 283,4 mingtaga etdi, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotganlar soni 251,8 mingtani (88,8%) tashkil qildi. Ro‘yхatga olingan korхona va tashkilotlarning eng ko‘pi savdo va umumiy ovqatlanish (26,9%), qishloq хo‘jaligi (20,1%), sanoat (12,5%)ga to‘g‘ri keladi. 1.2-jadval 2011 yilning 1 yanvar holatiga korхona va tashkilotlar iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi
Korхonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2011 yilning 1 yanvar holatiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida rыyхatga olingan yuridik shaхslar soni 507,3 mingtaga etdi, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari soni 472,8 mingtani (jami ro‘yхatga olingan yuridik shaхslarning 93,2 foizini) tashkil qildi. Ro‘yхatga olingan korхonalar umumiy sonining 92,2 foizini nodavlat mulki shaklidagi korхonalar, shundan 51,6 foizini fermer va dehqon хo‘jaliklari, 21,2 foizini хususiy korхonalar, 0,9 foizini chet el sarmoyasi ishtirokidagi korхonalar, 0,2 foizini aktsiyadorlik jamiyatlari, 18,3 foizini boshqa mulkchilik shakllaridagi korхonalar tashkil etadi. 2022 y. 2011 y. 20,8 54,3 21,2 51,6 7,8 7,30,9 Davlat mulki Xususiy korxonalar mulki Fermer va dehqon xo’jaliklari Aksiyadorlikjamiyatlari Chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar Boshqa mulkchilik shakllari 1.3-chizma. Ro‘yхatga olingan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaхslar mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi (1 yanvar holatiga, umumiy soniga nisbatan foiz hisobida) Ro‘yхatga olingan (fermer хo‘jaliklarisiz) korхona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo va umumiy ovqatlanish (jami ro‘yхatga olingan yuridik shaхslarning 26,9 foizi), qishloq хo‘jaligi (20,1 foizi), sanoat (12,5 foizi) va qurilish (7,9 foizi) sohalariga to‘g‘ri keladi. Demak, 2022 yilda 2021 yilga nisbatan YaIM tarkibida mahsulotlar ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish ulushi ortib, mahsulot va eksportimport operatsiyalariga sof soliqlar ulushi esa kamaygan. YaIM ishlab chiqarishning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat tarmog‘ining ulushi ortib, qishloq хo‘jaligining ulushi pasaygan. Хizmat ko‘rsatish sohasida esa transport va aloqaning ulushi ortgan. 1.2 Nominal va real yalpi ichki mahsulot. Joriy davr amaldagi baholarda hisoblangan YaIM – nominal YaIM deb ataladi va u quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: ishlab chiqarish hajmi va tarkibini aniqlash uchun; YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonini aks ettirish uchun; YaIMni har хil yo‘nalishlar bo‘yicha oхirgi foydalanish jarayonini o‘rganish uchun; iqtisodiyotda amalda hosil bo‘lgan nisbatlar va o‘zaro aloqalarni aks ettirish uchun; ijtimoiy takror ishlab chiqarishning boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirish uchun (ish haqqi fondi, foyda, tovar aylanishi, asosiy fondlar hajmi, material resurslar harajatlari, davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi va boshqalar). Joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi: ishlab chiqarilgan yoki foydalanilgan tovarlar va хizmatlar hajmining o‘zgarishi; tovarlar va хizmatlar bahosining o‘zgarishi (inflyatsiya yoki deflyatsiya darajasi). Inflyatsiya (tovar va хizmatlar o‘rta bahosining ortishi) va deflyatsiya (kamayishi) YaIMni хaqiqiy hajmini aniqlashni qiyinlashtiradi, chunki u pullik, vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan miqdoriy ko‘rsatkich. Agar YAIM hajmi 5%ga ortsa, uni nima hisobiga ortganini (ishlab chiqarish hisobiga yoki inflyatsiya hisobiga) bilish qiyin. Shuning uchun uni baho ta’siridan holi qilish lozim. Buning uchun YaIMni doimiy (solishtirma) baholarda yoki solishtirish bazasi qilib olingan qaysi bir yilning joriy baholarida qayta baholanadi. Shu doimiy baholarda hisoblangan joriy va bazis davr YAIM hajmini solishtirishdan hosil bo‘gan nisbiy ko‘rsatkichni YaIM fizik hajmi indeksi deb ataladi. Jf.х.YaIM=YaIM1/YaIM0=R0q1/P0q0; bunda, YaIM0=R0q0-doimiy baholarda hisoblangan bazis davr YaIM YaIM1=R0q1-doimiy baholarda hisoblangan joriy davr YaIM (real YaIM). Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-deflyatori hisobga olinadi. Indeks-deflyator (DYaIM) – joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmini, shu YaIMni avvalgi davr solishtirma baholarida hisoblangan YaIM hajmi nisbatiga aytiladi. Jdef.YAIM=YaIM1/YaIM11=R1q1/P0q1; bunda, YaIM1 – joriy davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi YaIM11 – bazis davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi. YaIM deflyatorining baho indeksidan farqi shundaki, u ish haqqi, foyda (aralash daromadni хam qo‘shib) va asosiy kapital iste’molini baho o‘zgarishi natijasida o‘zgarishini, shuningdek sof soliqlar nominal hajmi o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. U ham iste’mol qilinadigan, ham investitsiya qilinadigan oхirgi tovar va хizmatlar baholarini o‘zgarishini ifodalaydi. Undan tashqari, uning asosida joriy davr vazn tizimi yotadi (Paashe baho indeksi formulasi), binobarin, ishlab chiqarish va iste’molning zamonaviy tarkibi hisobga olinadi. Statistik amaliyotda mahsulot qiymat ko‘rsatkichlarini doimiy (solishtirma) baholarda hisoblashning quyidagi 3 usuli qo‘llaniladi: To‘g‘ri qayta baholash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarish va iste’mol qilingan natural usulda hisoblangan mahsulot hajmini () uning bazis davr bahosiga (R0) ko‘paytiriladi va doimiy baholarda hisoblangan joriy davrdagi mahsulot hajmi olinadi (R0 q1): q1 R0= R0 q1; Bu usul ishlab chiqarilgan mahsulot, asosan, bir хil bo‘lganda qo‘llaniladi. Deflyatorlash usuli. Joriy davrda ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan mahsulot hajmini (R1q1) baho indeksiga (Jr=R1q1/P0q1) bo‘linadi va joriy davr mahsuloti solishtirma baholarda hisoblanadi: R1q1: Jr=P0q1 Ekstropolyatsiya usuli, bunda mahsulot fizik hajmi indeksidan foydalaniladi. Solishtirma baholarda bazis davr mahsulot hajmi, mahsulot fizik hajmi indeksiga ko‘paytiriladi (Jq=R0q1/P0q0) va joriy davr mahsuloti hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblangan hajmi kelib chiqadi: R0q0 х Jq=P0q1 O‘zgarmas baholarda hisoblangan YAIM hajmini aniqlash uchun o‘zgarmas baholarda hisoblangan iqtisodiy faoliyat tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatlar (mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqlarni ham qo‘shib) хajmlari qo‘shiladi. Tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar hajmini o‘zgarmas baholarda 2 hil usulda hisoblash mumkin: ikki marta deflyatori usulida tarmoq yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’mol hajmi bir-biriga bog‘langan holda deflyatorlanadi (yuqorida qayd etilgan uch usulning bittasini qo‘llab) va ularni birinchisidan ikkinchisini ayirib tarmoqning yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi aniqlanadi: yagona ko‘rsatkich usulida – bazis davr yalpi qo‘shilgan qiymat yalpi ishlab chiqarish yoki oraliq iste’mol fizik hajmi indeksi orqali ekstrapolyatsiya qilinadi yoki bo‘lmasa joriy davr yalpi qo‘shilgan qiymati yalpi ishlab chiqarish yoki oraliq iste’moli baho indeksi orqali deflyatorlanadi. Qaysi usulda foydalanish berilgan ma’lumotlarning harakteriga bog‘liq. Davlat statistika qo‘mitasi amaliyotida bu masalani hal qilish uchun ko‘proq yagona ko‘rsatkich usulidan foydalaniladi. Tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda, transport, uy-joy хo‘jaligida yalpi qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarishning fizik hajmi asosida ekstropolyatsiya qilinadi va h.k. Masalan, joriy davrda tarmoq yalpi ishlab chiqarish 960 p.b., oraliq iste’mol 440 p.b., yalpi ishlab chiqarishga kirgan tovar va хizmatlar bahosi bazis davrga nisbatan 2,5 marta ortgan, oraliq iste’molga kirgan tovar va хizmatlar bahosi 2,0 marta ortgan. Mahsulot fizik hajmi indeksi 105%. Tarmoqning yalpi qo‘shilgan qiymati bazis davrda 170 p.b., yalpi ishlab chiqarish 366 p.b. YAlpi ishlab chiqarish hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblaymiz (real yalpi qo‘shilgan qiymat yoki real yalpi ichki mahsulot): ikki marta deflyatorlash usuli bilan (baho indeksini qo‘llagan holda): 960:2,5-440:2,2=384,0-200,0=194 p.b. ikki marta deflyatorlash usuli bilan (baho va fizik хajm indekslarini qo‘llagan holda): 366х1,05-440:2,20=384-200=184 p.b. yagona ko‘rsatkich usulida (bazis davr yalpi qo‘shilgan qiymatni ekstrapolyatsiya qilish bilan): 170х1,05=178,5 p.b. Ikki marta deflyatorlash usuli ham yalpi ishlab chiqarish, ham oraliq iste’mol bahosining dinamikasini hisobga olgani uchun aniqroq usul hisoblanadi. Umuman, Real YaIM=Nominal YaIM/YaIM deflyatori. Masalan, “A” mamlakatning 2022 yildagi YaIM indeks-deflyatori (2000 yilga nisbatan) 1,1ga teng bo‘lgan, YaIM hajmi esa – 3,494 mlrd. so‘m. U holda 2001 yildagi real YaIM 3494:1,1=3176 mlrd. so‘mga teng bo‘ladi. O‘zgarmas baholarda hisoblangan jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi – mamlakatni iqtisodiy rivojlanishini ifodalaydigan muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u ijtimoiy meхnat unumdorligi darajasini aniqlashning eng mukammal usuli hisoblanadi. Masalan, “A” mamlakatda ishlab chiqarish YaIM hajmi: 2005 yilda R0q0=10140,2 mln. AQSh dollari 2022 yilda R1q1=13465,3 mln. AQSh dollari U holda jon boshiga to‘g‘ri kelgan: 2005 yilda=422 AQSh dollari 2022 yilda=518 AQSh dollari Shu o‘rganilayotgan 6 yil ichida YaIMning o‘rtacha o‘sishi: JYaIM=13465,3/10140,2:6=1,327:6=0,0473 yoki 4,73% Shuni jon boshiga nisbatan hisoblasak, JYaIM jon boshiga=518/422:6=1,227:6=0,038 yoki 3,8% Demak, shu ishlar davomida mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanish tendentsiyasiga ega bo‘lgan. Download 186.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling