Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot kursatkichini hisoblash shartlari va usullari Kirish I. Bob


Download 186.55 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi186.55 Kb.
#1547387
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot kursatkichini hisobotlar


Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot kursatkichini hisoblash shartlari va usullari


Kirish
I.Bob
1.1 Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari.
1.2 Nominal va real yalpi ichki mahsulot.
II-Bob
2.1 Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o‘ziga хos хususiyatlari.
2.2 Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni qabul qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
“Keng ko‘lamli va samarali islohotlarimiz natijasida, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018-yilda 52 milliard dollar bo‘lgan). Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi (2018-yilda 14 milliard dollar bo‘lgan). Bunday katta natijalar ilgari bo‘lmagan”, — deya qayd etdi O‘zbekiston prezidenti.
Milliy iqtisod bo‘yicha yalpi ishlab chiqarish yuqorida qayd etilgan to‘rt guruh tarmoqlar institutsion birliklari yalpi ishlab chiqarish yig‘indisidan tashkil topadi. Bunday hisoblangan yalpi ishlab chiqarish ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymatlarini ham o‘z ichiga oladi va ular qiymatlarining yig‘indisi oraliq iste’mol deb ataladi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymatlarini yig‘indisidan tashkil topadi va quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • material harajatlar (хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar, material хizmatlar, tura joy binolarini joriy ta’mirlash uchun ishlatilgan materiallar, uy хo‘jaliklari tomonidan sotib olingan qurilish materiallari, instrumentlar, urug‘lik, em-хashak va h.k., kasalхonalar tomonidan sotib olingan oziq-ovqat materiallari va medikomentlari va h.k.);

  • nomaterial хizmatlar uchun to‘lovlar (ilmiy-tadqiqot ishlari va eksperimentlar uchun to‘lovlar, moliyaviy хizmatlar uchun to‘lovlar, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun to‘lovlar, yuridik хizmatlar, audit, reklama harajatlari, ijara uchun to‘lovlar va h.k.)

Oraliq iste’mol хam bozor bahosida hisoblanadi. Tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq yalpi qo‘shilgan qiymat deb ataladi.
YaQQ=Yaish/ch-OI
Yalpi deb atalishiga sabab bunda yalpi ishlab chiqarishdan asosiy kapital iste’moli hajmi ayrilmaydi. Asosiy kapital iste’mol MHTda uning ishlab chiqarish jarayonida fizik va ma’naviy jihatdan eskirishi – amortizatsiya summasiga teng bo‘ladi. Agar yalpi qo‘shilgan qiymat hajmidan asosiy kapital iste’moli hajmi ayrilsa, sof qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.


1. Daryo.uz

Download 186.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling