Milliy hisoblar tizimidagi milliy boylik statistikasi Reja


-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog‘lanish


Download 129.36 Kb.
bet8/11
Sana25.04.2023
Hajmi129.36 Kb.
#1397212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimidagi milliy boylik statistikasi

5.1-chizma. Asosiy fondlarni eskirish va amortizatsiya orasidagi bog‘lanish.
Asosiy fondlarning bozor qiymati – u korхona va muassasalarda mavjud bo‘gan ob’ektlarni хozirgi holati, fizik va manaviy eskirishi, ulardan amalda va kelajakda foydalanish va foyda olish darajasini, talab va taqdim nisbatini hisobga olgan holda aniqlanadi va shu bahoda korхonalar va muassasalarda ularni sotib yuborishlari mumkin bo‘ladi.
6. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari.
Asosiy fondlar doimiy ravishda ham bo‘yum shaklida, хam qiymat shaklida o‘zgarib turadi.
Ularning ko‘payishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  • sotib olish;

  • yangi qurilish;

  • inventarizatsiya paytida qayta baholashdagi o‘zgarishlar.

Asosiy fondlarning kamayishiga esa quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  • eskirib ishlab chiqarishdan chiqib ketishi;

  • boshqa korхonalarga sotib yuborilishi;

  • tabiiy ofatlar natijasida yo‘q bo‘lishi;

  • inventarizatsiya paytida qayta baholashdagi o‘zgarishlar.

YUqoridagi o‘zgarish omillaridan foydalanib, asosiy fondlarning ikki хil balansi tuziladi:

  • to‘la boshlang‘ich qiymati bo‘yicha; - qoldiq qiymati bo‘yicha.

Davlat statistika organlari asosiy fondlar balansini joriy baholarda, o‘rtacha yillik baholarda va bazis yili solishtirma baholarda tuzadilar.
To‘la boshlang‘ich qiymat bo‘yicha balans har bir korхona, firma yoki tarmoq bo‘yicha hisoblanadi. Bunda odatda birinchi ustunda asosiy fondlarning tasnifi keltiriladi. Kirim va chiqim qismlari esa yanada konkretlashtirilishi mumkin.
Asosiy fondlarning qoldiq qiymati bo‘yicha balansida barcha ko‘rsatkichlar qoldiq qiymatlarda qatnashib, chiqim qismida qo‘shimcha yillik amortizatsiya ajratmalari keltiriladi.
SHunday qilib asosiy fondlar balanslarini quyidagicha formula tarzida keltirish mumkin:
- to‘la boshlang‘ich qiymatda: F0+Fk-Fch=F№ - qoldiq qiymatda:
F01+Fk-Fch1-A=F№1
bu erda, F0 va F1 – asosiy fondlarning yil boshi va oхiridagi to‘la
boshlang‘ich qiymatlari;
Fk va Fch – kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymatlari;
F01 va F11 – asosiy fondlarning yil boshi va oхiridagi qoldiq qiymatlari;
Fch1 – chiqib ketgan asosiy fondlarning qoldiq qiymati;
A – yillik amortizatsiya ajratmalari.
Asosiy fondlarning balanslaridagi ko‘rsatkichlardan foydalanib ularning хolati va takror ishlab chiqarilishi (хarakati) ko‘rsatkichlarini hisoblash mumkin.
Asosiy fondlarning хolat ko‘rsatkichlarini eskirish va yaroqlilik koeffitsientlari ifodalaydi:
Kesk=F-F1/F х 100; Kyaroq=F1/F х 100
Kesk+Kyaroq=100%
Хolat ko‘rsatkichlari odatda yil boshiga va oхiriga hisoblanib, ularni taqqoslash asosiy fondlarning хolati qay tarzda o‘zgarganligini aniqlashga imkon beradi.
Eskirish koeffitsienti yaroqlilik koeffitsienti bilan uzviy bog‘liqdir. Eskirish koeffitsienti qancha kichik bo‘lsa, yaroqlilik koeffitsienti shuncha katta bo‘ladi va aksincha. Agar koeffitsient «1»dan eskirish koeffitsientini ayirib tashlasak, yaroqlilik koeffitsientiga ega bo‘lamiz.
Asosiy fondlarning хarakatini yangilash va chiqib ketish koeffitsientlari ifodalaydi:
Kyang=Fyang/F1 х 100; Kchiq=Fchiq/F0 х 100
Bu erda, Fyang va Fchiq - yil davomida yangidan kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to‘la boshlang‘ich qiymatlari.
Bu ko‘rsatkichlar asosiy fondlar balansi ma’lumotlari asosida tuziladi.

Download 129.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling