Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 04/20-guruh talabasi
KASHFIYOT, IXTIRO, RATSIONALIZATORLIK VA PATENT AXBOROTI
Download 172.11 Kb.
|
qobiljon (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari.
1. KASHFIYOT, IXTIRO, RATSIONALIZATORLIK VA PATENT AXBOROTI
Kashfiyot tushunchasi Ilmiy texnika ijodkorlikni rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o'rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo’luvchi ilmiy potentsialni yuzaga keltiradi. Ko’p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uningyakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi. Kashfiyot - tushunchasi ikki xil: huquqiy va ommalashgan mahnoda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish huquqi» O’zbekiston Respublikasi asosiy qomusi bo’lgan konstitutsiyada kafolatlangan bo’lib, Nizomga muvofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi. Kashfiyot - moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo'lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va hodisalami aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o’zgartiruvchi tahsirga ega bo'ladi. Kashfiyot turlari. Geografiya, arxeologik, poleontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish - ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyat bilan bog'liq bo'lmay balki ekspeditsion topilma hisoblanadi. Shuningdek, matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham obyektiv haqiqatni aks ettirganligi uchun huquqiy jihatdan tan olinmaydi. 2. Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari. Kashfiyot tushunchasining mehyoriy sifatlari. Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining tahrifidan uning mehyoriy tushunchalari sifatida quyidagilar qabul qilinadi: 1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish. 2. Yangiligini asoslash. 3. Ishonchliligini asoslash. Ushbu mehyoriy tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin: Birinchi keltirilgan «moddiy dunyoda obyektiv mavjud bo’lgan qonuniyatlar, xususiyat va hodisalarni qayd qilish» tushunchasi - kashfiyotning obyektiv borliqni bilish faoliyati natijasi ekanligini anglatadi. Bu o’rinda bilish tushunchasi o’z ichiga berilgan obyekt (qonuniyat, hodisa, xususiyat)ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to'g'risidagi holatlarni qamrab oladi. «Kashfiyotning yangiligi»ga O’zbekistonda jahon miqyosidagi yangilikka ega bo’lish talabi qo'yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayanilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka dahvogar bo’lgan har qanday manba e'tiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo'lib shakllantirilib, matbuotda dahvo sifatida ehlon qilingan sanasi asosida aniqlanadi. «Kashfiyotning ishonchliligi» obyektiv mavjud bo’lgan qonuniyat, xususiyat va hodisaning aniqlanishi bilan belgilariadi. Har bir yaratilgan obyektiv yangilik (hodisa, xossa va obyektiv qonuniy bog'liqlar) nazariy yoki amaliy jihatdan asoslanadi. Kashfiyot - ilmiy ekspertizadan o'tgandan keyingina huquqiy jihatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizadan o’tkazish uchun mualliflar qilingan kashfiyot bo’yicha talabnoma beradi. Talabnoma namuna bo'yicha to'ldiriladi. Talabnoma o’z ichiga - kashfiyot bo’yicha diplom berish uchun ariza, qilingan kashfiyotning to'liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi hujjatlar, ilmiy- amaliy ahamiyati va ishonchligi haqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki ilmiy ekspertizadan o'tkazadi va mahqul topsa, kashfiyotning xaqiqatligi haqida qaror qabul qiladi. SHu asosda muallifga diplom beradi. Kashfiyotning ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi. Download 172.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling