Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 04/20-guruh talabasi


Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi


Download 172.11 Kb.
bet4/7
Sana21.09.2023
Hajmi172.11 Kb.
#1683642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qobiljon (1)

Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi. Ratsionalizatorlik takliflari - bu xalq xo’jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarni yechishga,
ya'ni mahsulotning loyihasini ishlab chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materiallarning xossasini o’zgartirishga qaratilgan bo'ladi. Ratsionalizatorlik ko’p qirrali muammo bo'lib, ko'proq iqtisodiy masalalarni xal etishga qaratiladi. Ratsionalizatorlik fikrlar ma'lum talabalarga javob berishi kerak: birinchidan, texnik yechimga ega bo'lishi, ikkinchidan, yangilik bo'lishi, uchinchidan foydali bo’lishi kerak.
Ratsionalizatorlik fikrlar maxsus blankada ariza sifatida beriladi. Ratsionalizatorlik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo’lsa, shu korxonaning Ixtirochi va ratsionalizatorlar jamiyatiga ariza beriladi. Agarda fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo'lsa, vazirlikka beriladi va ro’yxatga olinadi.
Patent hujjatlari. Patent axboroti. Ilmiy-texnik taraqqiyotning o’sishi ko’p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog'liq. Xalq xo’jaligining barcha sohalari bo'yicha har yil yangiliklar soni ortib boradi. Zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish juda murakkab ish. Shuning uchun hozirgi kunda tabiatni bilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o’zi amalda foydalanishi katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda kashf etilgan yangiliklar bo'yicha axborotlar saqlash, ishlov berish va xodimlarga yetkazish yo’llari qidirilmoqda, har bir davlatda ilmiy-texnik axborotlar bo'yicha maxsus tashkilotlar tuzilgan ularning vazifasi fan, texnika va ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim omil bo'lib hisoblanadi.
Patent hujjatlari - bu shunday hujjatlar yig’indisiki, unda: ilmiy-texnik tajribalar va loyihalar, konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni, kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi Ma’lumotlar bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda, model, maket, korxona mahsulotining ro'yxatga olinganligi haqida guvohnomalar va mualliflik diplomlari bo’lishi kerak. Patent axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov berish tushuniladi. Ilmiy-texnik yutuqlaming oxirgi 100­200 yillikdagi patent hujjatlari patent fondlarida saqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. O'zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g’risida»gi Qonunga muvofiq sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi sanoat mulk obyektlarga talabnomalarni ko'rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo’yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasini o’tkazadi, ulami davlat ro’yxatiga oladi, ushbu Qonunning qo'llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlami ishlab chiqadi hamda Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to'g'risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Patent idorasining faoliyatini mablag’ bilan ta'minlashning manbai Davlat byudjeti mablag’idan, patent bojlaridan, shuningdek, patent idorasi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir.

Download 172.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling