Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 04/20-guruh talabasi
Ixtirochilik g’oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo'limlaridan foydalanish
Download 172.11 Kb.
|
qobiljon (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi.
- Xulosa
Ixtirochilik g’oyasini ishlab chiqishda bilimlar banki bo'limlaridan foydalanish
6. Tizimlangan axborotlarni ko'rgazmaliligini oshirish, ya’ni matn holidagi axborotlardan turli ko’rinishdagi grafik tasvirlarga o’tish. Bunda yangi, samarali texnika va texnologiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanayotgan barcha talabalar uchun axborotlar majmuasidan foydalanish imkoniyati ortadi. 7. Axborotlardan kompyuterlar yordamida foydalanish. Ixtirochilik faoliyatida tahlil qilinishi lozim bo'lgan axborotlar hajmi ortib borayotganligi - tadqiqotchilar aqliy mehnatini yengillashtirishda zamonaviy axborot texnikalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. 3. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi.Ixtiro-bu xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida texnik yechimlari bilan ijobiy natijaga ega bo‘lgan yangilik xisoblanadi. Kashfiyot-obyektiv borliqni xossalari, xodisa va qonuniy bog‘liqlarni aniqlanadi, ixtiro bu oldin bo‘lmagan texnik vazifalarni yechishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o‘rtasida dealektik o‘zaro bog‘liq bor. Ko‘p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilmlarni rivojlantiradi. M: N, G. Basov, A.M. Proxorov va Pounsonlarning kvant jarayonining qo‘llashga asoslangan elektromagnit to‘lqinlarni ko‘paytirish bo‘yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p ixtirolarni yaratishga sabab bo‘ladi.Ilmiy texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Jumladan, I. I. Kichkin Ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatgich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining me’zoni hamda uning yuqori ilmiy texnik darajasini ta’minlovchi omil deb xisoblaydi. M.A.Vachevskiy «Ixtiro qilish»ni «qo‘yilgan masalani yechish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo‘li bilan yetishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklimf qilish» deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha-ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlnadigan yangi texnik yechimni ishlab chiqishga yo‘naltiligan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zexinlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin. shbu meyoriy tushunchalarni qo‘yidagicha tavsiflash mumkin: Birinchi keltirilgan «Moddiy dunyoda obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, xususiyat va xodisalarni qayd qilish» tushunchasi kashfiyotning obyektiv borliqni bilish faoliyati natijasida ekanligini anglatadi. Bu o‘rinda bilish tushunchasi o‘z ichiga berilgan obyekt (qonuniyat, xodisa, xususiyat) ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to‘g‘risidagi xolatlarni qamrab oladi. «Kashfiyotning yangiligi»ga O‘zbekistonda jahon miqyosidagi yangilikka ega bo‘lish talabi qo‘yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayonilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka davogar bo‘lgan har qanday manba etiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo‘lib shakllantirilib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi. «Kashfiyotning ishonchliligi» Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat va xodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan obyektiv yangilik (xodisa, xossa va obyektiv qonuniy bog‘liqlar) nazariy yoki amaliy jixatdan asoslanadi. Kashfiyot-ilmiy ekspertizadan o‘tgandan keyingina xuquqiy jixatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizada o‘tkazish uchun mualliflar (mualliflar kollektivi) qilingan kashfiyot bo‘yicha talabnoma (zayavka) beradi. Talabnomadan namuna bo‘yicha to‘ldiriladi. Talabnoma o‘z ichiga- kashfiyot bo‘yicha diplom berish uchun a’riza, qilingan kashfiyotning to‘liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi xujjatlar, ilmiy-amaliy ahamiyati va ishonchligi xaqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi va ma’qul topsa kashfiyotni xaqiqatligi xaqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beradi. Kashfiyotning-ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi. Xulosa Bu dunyoda yashab ilmga rag'bat etmagan kishini hammomga kirib, yuvinmay chiqqan nodonga o'xshatishadi. Shukr bo'lsinkim, ilm istovchi yoshlar ko'p. Ammo ular orasida o'qishga ko'p miqdorda pul to'lab kirganlari holda hech narsani o'rganmagan holda, o'qimay yurish uchun yana qo'shimcha haq to'lovchilar ham bor. Demoqchimizki, ota yoki ona, amaki yoki tog'a farzandi yoki jiyanini o'n bir yil o'qigani bilan bilimsiz ekanini bilsa-da, pul, o'z nomi bilan aytganda PORA evaziga oliy o'quv dargohiga kiritadilar. Bu bilan kifoyalanishsa, olam gulkiston edi. Afsus-ki, o'sha bola, ilmga chanqoq, ammo puli bo'lmagan tufayli o'qishga kirolmayotgan zehn egasining o'rnini turgan o'sha dumbul, baribir ilm olmaydi. To'rt- besh yil davomida bittagina daftarni xo'jako'rsinga dastmoya qilib ko'tarib yuradi-yu, borib kelaveradi. Imtihon chog'larida esa yana otasining cho'ntagi kavlanadi. Bundan ayrim muallimlar ham manfaatdor. O'sha "ayrim muallimlar" ilm istagidagi idrokli bola o'rniga dangasa va nodonning o'qishga kirib olganidan qayg'urmaydilar. Kelajak yoshlar qo'lida, ammo o'sha pora bilan kirigan nodon talabalar biror korxonalarda rahbar bo'lsa jamiyat taqdiri nima bo'lishini hech kim o'ylamaydimi ?! Jamiyat taqdiri mayli, hatto o'sha o'qituvchilar o'z fanlarining kelajagini o'ylamaydilar. Jamiyatga xiyoat qiladilar, fanga xiyonat qiladilar. Qiyomatdagi javobdan qo'rqmaydilar. Ilmsiz bolaga diplom berilishi tufayli jamiyatning ulardan ozor chekishi ularni tashvishga solmaydi. Nega-ki, o'shalar agarda mansab egasi bo'lsa, bema'ni qarorlar chiqarish, quruq majlisbozlik-u qog'ozbozlikdan boshqa narsani eplay olmasligini hamma biladi. Pora berib o'qishga kirganlarni ikki toifaga ajratish mumkin: Birinchisi, yuqorida aytilgandek, bitta daftarchani to'rt yil davomida ko'tarib olib o'qishga borib kelaveradi va o'zidan g'ururlanib o'zini ko'rsatish uchun boib kelaveradi. Ikkinchi toifa bulardan ham battarroq. Bu toifa esa birorta vijdonsiz muallimni topib, unga sinov daftarchasi (zachotkasi)ni berib qo'yadi, vassalom ! O'zi o'qishga qadam bosmaydi. Sinov daftarchasiga baholar o'zi qo'yilaveradi. Oqibatda bu noinsof diplom ishini ham a'lo baholarga himoya qilib tashlaydi. Bundaylarga yoshlarning o'zlari "zachyotkasi o'qiydi" deb ta'rif beradilar. Download 172.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling