Milliy iqtisodiyot


Download 18.12 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi18.12 Kb.
#1549641
Bog'liq
1-жавоб чала


Milliy iqtisodiyot- bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir.
Milliy iqtisodiyot- bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o’zaro bog’liqligidir.
Iqtisodiyot, Milliy,- deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevoridir. Shu boisdan «avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo’lgani uchun birinchi navbatda uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z risq-nasibasini yaratadilar. Iqtisodiy faoliyat-u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan hatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat birinchidan, u yoki bu extiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi, ikkinchidan, maqsadning dolzarbligi va uchinchidan, boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun to’lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi. Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy faoliyatni o’rganishda milliy chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Milliy iqtisodiyoti mavjud bo’lgan barcha sohalar, birlashmalar, korxona va tashkilotlarning yig’indisidir. Ular yagona iqtisodiy tizimga, umumiy qonunlarga va rivojlanish maqsadlariga asoslangan holda birlashgan.
Milliy iqtisodiyot kursining predmeti alohida mamlakat miqyosidagi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiy jarayonlarni uning tarmoqlarini, hududiy va funktsional tarkibini qamrab oladi.
Milliy iqtisodiyot kursi:

  1. Mamlakatning yagona xalq xo’jaligi kompleksi kabi Milliy iqtisodiyotni shakllanish jarayonini o’rganadi;

  2. Iqtisodiyotni boshqarishda xaddan tashqari markazlashgan totalitar tuzumdan tubdan farq qiladigan bozor iqtisodiyotini shakllanish jarayonini o’rganadi;

  3. Mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish printsiplarini o’rganadi.

  4. Mamlakat iqtisodiyotining isloh qilishni milliy o’zbek modelini mohiyatini o’rganadi.

Iqtisodiyotning boshqarish shakllarini qayta qurish, yangi boshqaruv tashkilotlari tizimini yaratish hamda mustaqillik sharoitida davlat boshqaruvini tashkil qilishni va bozor iqtisodiyotiga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tib borish jarayonlarini o’rganadi.

N.A.Makroiqtisodiyot — mamlakat (yoki uning bir qismi, tarmoqlar) iqtisodiyotini, inflatsiya, ishsizlik, budjet taqchilligi (defisiti), iqtisodiy o'sish, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va umumiy jarayonlarni oʻrganuvchi fan. Makroiqtisodiyot YaIM, YaMM, yalpi talab, yalpi taklif, to'lov balansi, pul bozori, tovar bozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.



Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon M. nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har xilligida
Download 18.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling