Milliy iqtisodiyot
Download 14.29 Kb.
|
iqtisodiyot MT 21.110 Toshpo\'latova M.
Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor. Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir. Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda . Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Download 14.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling