YaIM tarkibining o`zgarish dinamikasi
(foizda)
Mustaqillik yillarida sanoat tarmog`i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining (1995 yilda 32,4 foizdan 2016 yilda 17,6 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi.
Sanoat tarmog`ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o`sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo`shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha oshishi ta`minlandi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi.
4-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |