2001-2016 yillarda YaHM ning o`sish sur`ati (2000 y.=100%)
2001-2016 yillarda YaHM ning nisbatan kichik o`rtacha yillik o`sish sur`ati o`rtacha respublika darajasi (107,3 %) bilan taqqoslaganda Navoiy (104,5 %), Farg`ona (105,8 %) va Toshkent (106,5 %) viloyatlarida kuzatildi.
O`zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy o`sish sur`atlaridagi notengliklar bir qator ob`ektiv sabablar – bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy-geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko`pgina omillar bilan izohlanadi.
10-rasm
2016 yilda YaIM ni shakllantirishda hududlarning ishtiroki
(YaIM ga nisbatan foizda).
Respublika YaIM ni shakllantirishda YaHM ning ulushi bo`yicha Toshkent shahri 15,8 % bilan yetakchilik qildi. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari mos ravishda 10,3 va 7,5 % ko`rsatkich bilan keyingi o`rinlarni egallaydi.
YaHM ning eng kam ulushi Sirdaryo (2,1 %), Jizzax (2,5 %) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (3,3 %) qayd etiladi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |